Австрия (Габсбурглар) империяси XVII асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошида



Download 19,77 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,77 Kb.
#228946
Bog'liq
Австрия (Габсбурглар) империяси XVII асрнинг иккинчи ярми – ХХ а


Австрия (Габсбурглар) империяси XVII асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошида

Режа:

  1. Габсбурглар монархияси XVII асрнинг иккинчи ярми - XVIII асрда: ички ривожланиш ва ташқи сиёсат.

  2. Габсбурглар монархияси “маърифатли абсолютизм” сиёсати шароитида.

  3. Габсбурглар монархияси таркибидаги миллий вилоятлар.

  4. Австрия империяси XIX асрнинг биринчи ярмида.

  5. Австро-Венгрия монархиясининг юзага келиши.

  6. Австро-Венгрия XIX асрнинг охирги чораги – ХХ аср бошида.

  7. Австро-Венгрия Биринчи жаҳон уруши йилларида.

Avstriya bu davrda Gabsburglar sulolasi qo’l ostida edi. Bu sulolaning asosiy vakillari sifatida tarixda Karl V, Mariya Tereziya, Iosif II, Frans Iosiflar tilga olinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Gabsburglar sulolasining tashqi siyosatda o’bro’si mamlakat ichida yuritayotgan siyosati tufayli unchalik ham yaxshi emas edi. Xususan bunga bir nechta sabablar bo’lib, eng avvalo, sulola ijtimoiy taraqqiyotning dushmani, Yevropada esa xalqlarning milliy ozodlik harakatlarini yo’qqa chiqaruvchi sifatida ko’rilgan. Bu sulola qay tarzda mamlakat hokimyat tepasiga kelishiga nazar solsak, Babenberglar 1246-yilda butunlay qirilib ketgandan so‘ng, qirolliklararo qonunga muvofiq, 1273-yilda hokimiyat tepasiga gabsburglar keldi. Manbalarda ularning qarorgohi Shvetsariyada ekanligi ta’kidlanadi.

Monarxlaming cheklanmagan hokimiyati bilan ma'rifatparvar-faylasuflar tomonidan tavsiya qilingan ba’zi islohotlami amalga oshirishga intilishlarining qo'shilib ketishi «ma'rifatli absolutizm» siyosati nomini olgan edi. Bu siyosat ayniqsa Avstriyada mustahkamlandi. Knyaz Ventsel Anton Kaunits 1753 yildan boshlab kanslerlik lavozimida ishlab, Avstriyaning atoqli diplomati, degan nom bilan shuhrat qozondi va «ma'rifatli absolutizm» ruhida o'tkaziladigan islohotlar

tarafdori bo'ldi. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlaktni bunday siyosat yo’lidan borishi asosan, qoloq davlatlar uchun mos edi. Bu monarxiyalarning podsholari o'z islohotchilik faoliyatida fransuz burjua «ma’rifatchilari» tomonidan ilgari surilgan ba’zi g'oyalardan foydalangan edilar. Lekin buning fransuz monarxiyasidan ajratib turuvchi jihatlari ko’p edi. Tarixchilar bu siyosatning aynan Avstriya siyosatida ko’rish mumkin bo’lgan yan bir muhim jihati sifatida bu siyosat qaysidir ma’noda mamlakat tuzumiga qarshi dehqonlarning qarshiliklarini tartibga solishda qo’l kelganligini tan olishadi. Natijada esa kontrefarmatsiya davridagi diniy ta’qiblar mamlakatdan juda ko’p sonly dehqonlarning chiqib ketishiga sababchi bo’ladi. O’rnatilgan tartib monarxiya mamlakatning Yevropadagi bir qator Angliya, Fransiya,Gollandiya va ayrim nemis knyazliklari e’tiborini tortib ko’plab qarshiliklarga duch kelgan holda iqtisodiy jihatdan ham bu davlatlardan orqada qolyotganligini yaqqol ko’rsatib qo’ydi.

Keying davrlarda Gabsburglar sulolasi mamlakat bo’ylab kontreformatsiyava germanlashtirish siyosati bilan birga markazlashtirish siyosatini ham qo’lladi. Xususan, bunday siyosat Vengriya, Transilvaniya, Chexiya Slovakiya, Xorvatiya kabi boshqa yana bir nechta viloyatlarda uchraydi. Biroq ushbu siyosat omma uchun ma’qul bo’lmadi va bu mamlakatda hukm surgan tez-tez norozilik kayfiyatiga sabab bo’la oldi.


Avstriyada ayniqsa Iosif II faoliyati «ma'rifatli absolutizm»ning yaqqol namunasidir.

XIX asrda Germaniyada hukmronlik qilish bo‘yicha Prussiya va Avstriya o‘rtasida raqiblik oshdi. Muqaddas Rim davlati parchalanib ketgandi. Rasmiyatchilik uchun 1806-yilda imperator Frans tojni topshirdi. 1804-yildayoq



Avstriya imperatori unvoni qabul qilingandi. 1866-yilda Avstriya va Prussiya orasida urush boshlandi. Gabsburglar bu urushda mag’lub bo’ldi va ulaming nemis hududidagi boshqaruvlariga chek qo’yildi. Avstriya faqato’zining muammolariga, asosan, millatlar muammosiga e ‘tibor qaratdi. Dunay monarxiyasida mustaqil b oiishni istagan o’ndan ortiq tilli xalqlar kun kechirardi. Ko’p xalqli davlatni qutqarish uchun ikki tomonga ham foydali yo'l topish zamredi. 1867-yil Vengriya davom etuvchi avtonomiyani qo’lga kiritdi.

Jahon urushi davomida monarxiya tugatildi. 1916-yilda imperator Frans Yozefning 86 yoshda vafot etishi bilan Avstriya xalqlarini bog‘lab turgan oxirgi rishta ham uzildi. Imperator Karl boshqaruvdan bosh tortib, Shvetsariyaga surgunga ketdi. 1918-yil, 12-noyabrda Venada respublika e ’lon qilindi. Ayniqsa, jahon urushidagi mag’lubiyatdan so’ng g’olib davlatlarning mag’lublar bilan imzolagan shartnomasiga hukumatni asoratga solib qo’ydi. 1919-yil imzolangan Sent Jermen shartnomasi muhim joylarning xususan, Janubiy Tirol qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ldi. Monarxiyaning territoriyasidagi meros davlatlar Avstriyaga dushmanlarcha munosabatda b o ‘ldi va oziq-ovqat keladigan yo‘llarini, ya ’ni chegarani yopti. 50 milllion aholili imperiyaning poytaxti kichkina davlatga katta bo‘lib qolgan edi.
Download 19,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish