5
I QISM SOLIQ NAZARIYASI
I bob.
SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
l-§. Soliq va soliqqa tortish fanini o`qitishning zaruriyati va predmeti
Soliq
va soliqqa
tortish fanining
o`qitishning zarurligi, uning boshqa
fanlar
bilan o`zaro bog`liqligi. Soliq
va soliqqa tortish fanining boshqa fanlar singari
o`ziga xos predmet
va
vazifalari
mavjud.
Bu
fanni
o`qitishning
zarurligi bozor
iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o`sib
borayotganligidan kelib chiqadi.
Soliq va soliqqa tortish fani soliq voqeliklarini (harakatlarini) chuqur
o`iganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tatbiq etish
yo`llarini o`rgatadi.
Soliq va soliqqa tortish fani soliq amaliyotidagi eng to`g`ri, eng mu
kammal va
eng progressiv voqeliklarni o`rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday
yoritib boradi. Nazariya voqeliklarni amaliyotdan
oladi
va yana
amaliyotga eng
to`g`ri, ma'qul va ilg`or tajribalar
olinib
amaliyotga yo`
1
ko`rsatish uchun
o`rgatiladi.
Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va
amaliyot uchun kompas,
barometr,
yo'1
boshlovchi
vazifasini bajaradi.
Nazariyasiz amaliyot yo`ldan adashgan
yo`lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har
qanday o`zgarishlarda ham
ishlab keta oladi
va
yo`ldan adashmaydi.
Soliq
va soliqqa tortish
fanini o`qitishning zarurligi amaliyotda yo'1
dan
adashmaslik, keraksiz soliqlar bo`yicha o`zgartishlaiga yo'l
qo`ymaslik, amaliyotda
istiqbolli
qadamlar
tashlash uchun
va
katta muvaffaqiyatlarga
erishish uchun ham
zarurdir.
Soliqlar
fani
soliqlar
jarayonidagi muhim va takrorlanib turadigan
munosabatlarni
ilmiy ravishda tartibga solib o`rganadi.
Soliqlar va
soliqqa tortish fani to`rtta qismdan iborat.
Birinchi qis
mida soliq
nazariyasi, bunda soliq amaliyotidagi eng to`g`ri, eng
mukam
mal va
progressiv
voqealarni o`rganib olib, amaliyot uchun
dasturlar sifa
tida xulosalar beriladi.
Nazariya amaliyotdan olinadi. Lekin, faqat
to`g`ri
va mukammal deb hisoblangan
amaliyot yakuni olinadi va u yana amaliyotga yo'l ko`rsatish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi qismida, umumdavlat soliqlar, bunda umumdavlat soliqlarining
mohiyati, soliqlarning obyekti, soliq stavkasi, soliqlar bo`yicha
imtiyozlar va
soliqlarni hisob-kitobi ko`rsatilgan.
Uchinchi qism mahalliy soliqlar va yig`imlar deb ataladi. Bu qismda
O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan mahalliy soliqlar va yig`imiarni
mohiyati, soliq obyekti, soliq stavkalari va soliqlarning hisob-kitobi ko`rsatib
o`tilgan.
To`rtinchi qismida xorijiy mamlakatlarning soliq tizimlari yoritilgan. Bu
qismda Amerika Qo`shma Shtatlari soliq tizimi, Yaponiya soliq tizimi, Germaniya
davlatining soliq tizimi va Fransiya davlatining soliq tizimlari haqida gap
yuritiladi.
Bu fan korxona iqtisodiyoti va moliya fanlari bilan chambarchas bog`liqdir.
Chunkj soliqlar moliya munosabatlarining tarkibiga kiradi. Ma'lumki, moliya
6
munosabatlarining markazda davlat moliyasi turadi. Davlatning moliyaviy
resurslari esa soliqlar orqali vujudga keladi. Soliqlar davlat bilan soliq to`lovchilar
o`rtasidagi o`ziga xos pul munosabatlarini, pul resurslarini
davlatga belgilangan
tartibga majburiy ravishda berilishini ifodalaydi. Bu munosabatlarning o`ziga xos
xususiyatlarini mazkur qo`llamada yoritib berishga harakat qilamiz.
Har qanday fan o`zining predmetiga ega bo`lishi kerak. Soliq va soliqqa
tortish fanining predmeti soliq harakatini o`rganishdir. Soliqqa tortishda soliq
mexanizmi ishga solinadi. Uning harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir
bo`ladi. Bu pul munosabatlari soliq to`lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar)
bilan soliq undiruvchi (oluvchi) davlat o`rtasida bo`ladi. Fanning vazifasi mazkur
munosabatlarni chuqur o`rganish, ularni to`g`ri tashkil etilishini ta'minlashdir.
To`g`ri tashkil etish deganda, soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlaming
iqtisodiy manfaatlarini inobatga olgan holda iqtisodiy munosabatlarni tashkil qilish
tushuniladi.
Boshqacha qilib aytadigan bo`lsak, byudjetga
soliq olishda soliq
to`lovchilarning manfaatlariga, ularning ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalariga
putur yetkazmaslik, munosabatni do`stona, bozor iqtisodiyoti talablariga binoan
tashkil etishga harakat qilishdir. Bordi-yu davlatning bir tomonlama zo`ravonligi
munosabati kuchaysa, soliq to`lovchilar soliq obyektlarini har xil yo`llar bilan
yashirib, davlatni «jazolaydilar». Bunday holatlarda
har qanday huquqiy
hujjatlarning ta'sir kuchi yetmay qolishi mumkin.
Demak, soliq va soliqqa tortish fanini chuqur o`rganish, uning xulo-salarini
amaliyotda qo`llash orqali amaliyotda umumdavlat va mahalliy soliq tushumlari
xo`jalikning qismlarini ta'minlashda muvaffaqqiyatlarga erishishi mumkin.
Soliq va soliqqa tortish fanining vazifasi iqtisodchi va menejment
mutaxassislarini va boshqa xodimlami nazariy qurollantirish ularga soliq
amaliyotida bo`yicha eng umumiy yo'1-yo'riqlar ko`rsatishdan iboratdir. Shu bilan
birga chet el soliq tizimi amaliyotini o`rganish asosida qilingan xulosalar, ularning
shu tajribalarini o`zimizning iqtisodiyotimizga moslab tatbiq etish uchun sharoit
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: