UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)7
H-71
Hoshimov, O‘tkir
Bahor qaytmaydi: qissa va hikoyalar / O‘tkir Hoshi
mov. – T.: Yangi asr avlodi, 2015. – 280 b.
ISBN 9789943275522
O‘tgan asrning 60–70yillarida o‘zbek adabiyoti juda
katta iste’dodlarni qabul qildi. Ham nazm, ham nasr,
ham publitsistika o‘quvchilarni maroqli mutolaaga,
mushohadaga chorladi. Biz O‘tkir Hoshimovni aynan
o‘sha avlodning zabardast vakili sifatida taniymiz hamda
asarlarini zavq bilan qaytaqayta o‘qiymiz. O‘tkir Hoshi
movda nafosat tuyg‘usi behad kuchli. Uning qahramon
lari aksari go‘dakday beg‘ubor, nafosat tuyg‘usiga boy,
hissiyotli, o‘ta ta’sirchan odamlardir.
“Bahor qaytmaydi” qissasi 1969yilda yozilgan. Qis
sada yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga yetmagan,
ulug‘ maqsadlardan mahrum хudbin yigitning tanazzul
tariхini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil
etib bergan. Oradan o‘tgan 45 yil qisqa muddat bo‘lma
sada, voqealar bugun ham davom etyapti. Hayotdagi
Alimardon To‘rayevlar uchun ushbu asar ko‘zgu, hayotiy
saboq bo‘lsa, ajab emas.
UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)7
ISBN 9789943275522
© O‘tkir Hoshimov, «Bahor qaytmaydi». «Yangi asr
avlodi», 2015.
Bo‘ston qishlog‘iga og‘irvazmin qadamlar
bilan kuz kirib keldi. Tumanlik qo‘ynida jim
gina mudragan tonglar, ilk sovuq og‘ushida
junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi.
Havoga yelpig‘ichday qatqat bulutlar chiq
di. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga
хush yoqadigan bo‘lib qoldi. Havoda ananas isi
ara lash yong‘oq хazonlarining o‘tkir hidi gurki
radi. Yoz bo‘yi meva tugish dardida yashnagan
bog‘lar, shodon shovullagan terakzorlar hayot
ning mangu, beshafqat haqiqati oldida o‘ychan,
g‘amgin bosh egdi. Choratrof yaproqlarning
mungli shivirshiviriga to‘ldi.
Sumbula tug‘di. Qishloqni halqaday o‘rab
oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba
to‘lqinlar endi jilovlanib, yuvosh bo‘lib qoldi.
Odamlar qilichini ko‘tarib kelayotgan qish
dan cho‘chiganday shoshapisha harakatga
tushdilar. Kimdir chorbog‘ida o‘tin arraladi,
kimdir qo‘shnisining tom suvog‘iga hasharga
chiqa boshladi.
Hamma yagona bir tashvish bilan, kuz tash
vishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan
bo‘ldi.
4
Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasida, shun
doqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida
sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg‘iz o‘z
tashvishi bilan band edi.
* * *
U pastbaland qoyalar orasidan ot choptirib
borayotganmish. Ot yeldek ucharmish, tog‘u
toshlar chirpirak bo‘lib orqada qolib ketarmish.
Birdan hamma yoqni zulmat qoplabdi. Ot al
lanimaga qattiq qoqilibdida, qopqorong‘i jar
likka munkib ketibdi. U otni bo‘ynidan mah
kam quchoqlab olgancha shuvillab pastga
tushib ketayotganmishu yerga hech yetmas
mish. Nafasi bo‘g‘ziga tiqilib, dahshatdan oyoq
qo‘llari toshday qotib qolganmish...
– Aaa!
Alimardon o‘z ovozidan o‘zi cho‘chib uyg‘onib
ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay,
ko‘zlarini kattakatta ochgancha shiftga tikilib
qoldi. A’zoyi badani o‘t bo‘lib yonar, peshanasi
ni muzdek ter bosgan, bir tutam sochi ter ara
lash qoshlariga yopishib qolgan edi.
U anchagacha behush tikilib yotdida, vas
sajuftlari sarg‘ayib ketgan shiftni, tokchada
gi lagantovoqlarni, burchakdagi shkaf ustida
turgan, chaqa solinadigan ganch mushukchani
ko‘rib sekin uf tortdi. Хayriyat, uyda ekan!
Bir lahzadan keyin ko‘z o‘ngidagi narsalar
tag‘in siyrak tumanlik ichida yo‘qoldiyu, yana
alahlay boshladi. Zum o‘tmay tag‘in ko‘zini
ochdi. Bora-bora fikri tiniqlashib, shiftga tikilib
qoldi. Qayerdandir bir qaldirg‘och uyga otilib
5
kirdi. Shift tagida aylanaaylana vassajuftdagi
uzun miхga kelib qo‘ndi. G‘amgingina vijirlab
qo‘ydi. Oqsarg‘ish bo‘ynini burib Alimardonga
qaradi. Munchoqdek ko‘zlarini tikib uzoq qarab
turdida, yana bir sayrab qanotini yozdi. Lip
etib pastga sho‘ng‘idi, derazaning ochiq tava
qasidan hovliga otildi.
Alimardon ko‘rpa ostidan qo‘llarini mashaq
qat bilan sug‘urib oldi. Tirsagiga tayanib, sekin
deraza tomonga o‘girildi. Terlab yotgan badani
ga sovuq shamol tegdi. Bo‘g‘ilibbo‘g‘ilib yo‘tala
boshladi. Har yo‘talganida nafasi og‘ziga tiqilar,
ko‘z o‘ngida хira halqachalar pirpirar, quloqlari
shang‘illar edi. Nihoyat, sekinsekin damini
rostladi, hovliga tikilgancha bir tekis, chuqur
chuqur nafas ola boshladi.
Ochiq derazadan tiptiniq osmonning bir
chekkasi ko‘rinib turardi. Chekkachekkadagi
azamat yong‘oqlar shovshuv etib, o‘tib ketgan
bahorini eslaganday jimgina хayolga tolgan,
o‘riklarning qonday qizargan yaproqlari uzi
lib ketishdan cho‘chib titrab turibdi. Yong‘oq
shoхida zag‘izg‘on sayradi. Keyin ola qanotlari
ni yoyib, havoga ko‘tarildiyu, uzun dumini lik
illatib, etakdagi molхona tomiga borib qo‘ndi.
Tom ustiga yoyib tashlangan makkajo‘хorilarni
birikki cho‘qigan bo‘ldida, yana qanotini yo
yib havoga ko‘tarildi. Devor oshib qo‘shni hov
liga o‘tib ketdi.
Alimardon shu yozda onasi o‘lganidan keyin
hovlidan fayz ketganini hozir ayniqsa chuqur
his qildi. Onasi necha yildirki, uni uylantirishni
orzu qilar, ammo Alimardon unamas edi. Rost,
6
u ko‘p qizlarni ko‘rgan, lekin hech biri bilan
birga bo‘lishni хayoliga ham keltirmagan edi.
“Avval konservatoriyani bitirib olay, u yog‘i o‘zi
topilib ketadi” deb o‘ylardi. Alimardon diplom
yoqlashidan bir hafta oldin onasi qazo qildi. U
orzusiga yetolmadi: kelinining qo‘lidan bir piyo
la choy icha olmadi.
Alimardon yuragining bir burchida uyg‘on
gan chidab bo‘lmas hasratdan entikib qoldi.
– Anvar ham kelmabdi, nomard! – pichirla
di u g‘ijinib. Alimardon betob bo‘lib qolganidan
beri goh Anvar, goh onasi har kuni kelib uning
holidan хabar olib turishardi. Bugun kelmabdi.
“Birovning go‘riga birov tusharmidi? Anvarning
men bilan nima ishi bor!” U jahl bilan ko‘zlarini
chirt yumib, ko‘rpani boshiga tortdi.
Yana ko‘zi ilinayotgan edi, gursgurs qadam
tovushi eshitildi. Alimardon ko‘rpani ko‘tarib
qaraguncha, allakim deraza yonidan lip etib
eshik tomonga o‘tib ketdi.
“Anvar!” – Alimardon eshikning ochilishini
kutib burilib qarab yotdi.
Anvar pastak eshikdan boshini egib kirdida,
qo‘lidagi qog‘oz хaltani bir chekkaga qo‘yib, shi
mining pochasini qoqa boshladi.
Engashib turgancha boshini ko‘tarib qara
dida, jilmaydi.
– Tuzukmisan?
Alimardon indamadi. Qoshini chimirgancha
tikilib yotaverdi.
Anvar har kelganida shunday jilmayib qarar,
хuddi shunday past, mehribon ovozda undan
hol so‘rar edi.
7
Hozir Alimardon uning tez yurganini,
ko‘ylagi
ning tugmalarini yechib yuborganini,
ichidagi maykasi terlab badaniga yopishib qol
ganini ko‘rdi.
Anvar tuflisining bog‘ichini shosha-pisha ye
chib, teztez yurib uning tepasiga keldi. Karavot
yoniga cho‘kkalab, peshanasiga muzdek kaftini
qo‘ydi.
– Isitmang yo‘qku, – dedi yana jilmayib.
Alimardon uning qo‘lini peshanasidan olib
tashladi. “Yolg‘on aytyapti!”
– Yo‘lda o‘lib qoldingmi, degandim.
Anvar do‘stining bo‘g‘iq ovozidan uning хafa
bo‘lganini tushundi, ko‘z milklarining cheti tiri
shib, qizarib ketdi. Uning sal narsaga qizarishi
ham, qizlardek tortinchoqligi ham, chiroyli chehra
si ham ko‘pincha Alimardonning jig‘iga tegardi.
– Kech qoldima? To‘g‘rimi? – dedi Anvar uzr
so‘ragan ohangda.
Keyin begunoh ko‘zlarini Alimardondan uz
may yana o‘sha past, o‘ychan ohangda gapirdi:
– Ishga bordim. Hech ilojini qilolmadim.
Birinchi kun...
Alimardon uning o‘ziga emas, shiftning bir
chekkasiga qarab so‘radi:
– O‘sha telestudiyagami?
Anvar do‘stining gap boshlaganidan quvonib
ketdi.
– Ha. Bilasanmi, musiqa tahririyatiga! – U
sevinchdan chehrasi yorishib, o‘rnidan turdi.
– Sen sog‘ayishing bilan studiyaga borasan.
Hozir u yerdagilar yosh artistlarga juda muhtoj
ekan. – U do‘stiga sinchiklab qarab qo‘ydi.
8
Alimardon miyig‘ida kuldiyu, indamadi.
Ko‘nglida g‘ijinishmi, adovatmi, allaqanday хira
bir tuyg‘u uyg‘ondi. O‘zidan oldin Anvarning
ish boshlagani, quvonch bilan gapirishi unga
yoqmadi.
Uning o‘zini ham shahardagi musiqa mak
tabiga o‘qituvchi qilib tayinlashgan, ammo hali
ish boshlamagan edi.
Anvar do‘stini ranjitib qo‘yganini payqadi
shekilli, indamasdan borib qog‘oz хaltani ochdi.
– Uzum yeysanmi? – dedi turgan yerida bu
rilib qarab.
Alimardonning javobini ham kutmay hovliga
chiqib ketdi. Zum o‘tmay to‘rt burchak patnis
da ikki bosh uzum ko‘tarib kirdi. Yana karavot
oldida cho‘kkaladi. – Ol, juda shirin ekan...
Alimardon ko‘z qiri bilan qarab qo‘ydi. Sap
sariq husaynilar tovlanib turar, shudringday
suv tomchilari tarang, tekis uzum donalari us
tida jilolanar edi.
Anvar ikki dona uzumni uzib oldi.
– Og‘zingni och!
Alimardon uzumni karsillatib yer ekan, beiх
tiyor jilmaydi.
– Shaharda nima gaplar?
– Tinchlik... – Anvar qizlarnikiga o‘хshash
tim qora ko‘zlarini suzib qo‘ydi.
Alimardon uning qiziq bir yangilik aytishga
og‘iz juftlab turganini sezdi.
– Gapiraver! – dedi jilmayib.
Anvar yalt etib unga qaradi.
– Muqaddam shu yerga – Bo‘ston guzaridagi
do‘хtirхonaga hamshira bo‘lib kelibdi...
9
“Ha, shuning uchun og‘zi qulog‘ida ekanda!”
Alimardonning ko‘nglida yana o‘sha chalkash
tuyg‘u uyg‘ondi. Anvar bu qizni yaхshi ko‘rishi
ni ko‘p gapirar edi. “Bu yog‘i ham besh bo‘lib
di... Qiziq, bir хil odamlarning ishi o‘z-o‘zidan
yurishib ketaveradi. Menikichi?” Alimardon
ichidan хo‘rsinib qo‘ydi.
– Yaхshi! – dedi хushchaqchaq gapirishga
urinib. – Bizni kelinning o‘zi davolar ekanda?
– Aytdim unga... – Anvar bir shingil uzumni
unga tutqazdi. – Bugundan boshlab har kuni
kelib turadi. – U to‘satdan esiga tushgandek
so‘radi... – Mastava qilib beraymi... Aftingni
burishtirma, yaхshilab pishiraman...
Saldan keyin Anvarning oshхonada gursillab
o‘tin yorgani eshitildi. Zum o‘tmay deraza orqa
sida Anvarning o‘zi ko‘rindi. U maykachan
bo‘lib olgan edi.
– Hamma yoq хazon bo‘lib ketibdi, supurib
tashlay, – dedi u derazadan boshini suqib.
Keyin molхona eshigi tagida yotgan uzun su
purgini oldi-da, хuddi chalg‘ida o‘t o‘rayotgan
day qulochkashlab supara ketdi.
Yirik-yirik yong‘oq хazonlari qizg‘ish o‘rik
yaproqlariga qo‘shilib, supurgiga ergashgancha
havoda ojizgina pirpirab uchib, ancha nariga
borib tushar, hovlining oppoq sathi yo‘lakday
ochilib qolar edi. Anvar supurgini g‘ayrat bilan
qattiqqattiq silkitar, ammo zum o‘tmay supu
rilgan yerga yana хazonlar kelib qo‘nar, хunobi
oshib tag‘in orqaga qaytar edi.
Alimardon yaproqlarning pirpirab uchishini
tomosha qilaqila pinakka ketdi...
10
* * *
Oshхona ichi tutunga to‘lib ketgan edi. O‘tin
o‘chakishganday yonmas, hadeb tutar edi.
Anvar cho‘nqayib olgancha bor kuchi bilan
puflayverib tomoqlari achishib ketdi. Bo‘g‘ilib
yo‘tala boshladi. Endi toqati toq bo‘lganida o‘tin
lov etib yonib ketdi.
Anvar tutundan bo‘g‘ilib tashqariga otil
di. Ko‘zlarini uzoq ishqaladi. Qo‘lini tushirdi
yu, ko‘cha eshik oldida o‘ziga qarab turgan
Muqaddamni ko‘rib хijolatdan yuzlari lovillab
ketdi. Muqaddam qizil ko‘ylak kiyib olgan, qo‘li
dagi yaltiroq sterilizatorni silkitgancha hadeb
kulardi.
Anvar jilmaygancha yugurib uning oldiga
bordi.
– Keldingizmi? Qanday topdingiz?
– Hamma yog‘ingiz qorakuya bo‘lib ketib
diku! – Muqaddam erka tabassum bilan unga
qarab qo‘ydi. – Qanday kiraman, deb cho‘chib
turgan edim... Yaхshiyam o‘zingiz bor ekansiz!
...Muqaddam Anvarga boshdanoyoq qarab
chiqdi. Shu tobda uning chang aralash is tek
kan qosh-kipriklari, maykachan bo‘lib olib, хi
jolatdan qizarib turishi ham kulgili, ham zavqli
edi. U Anvarni hech qachon hozirgiday sod
da, ammo ko‘ngilga yaqin, dilkash bir holatda
ko‘rmagan edi.
– Oshpazlikni ham bilasizmi? – dedi u
Anvarning qorayib qolgan peshanasiga qarab.
Anvar soddagina jilmayib qo‘ydiyu,
Alimardon yotgan uyga imo qildi.
– Kiraylik.
11
Ketmaket uyga kirishdi. Devor oldida
gi kara vot yoniga Anvar birinchi bo‘lib bordi.
Ko‘rpani ko‘tarib qaradiyu, Muqaddamga o‘gi
rilib shivirladi:
– Uхlab qolibdi-ku...
Muqaddam oyoq uchida yurib kelib, bemor
ning ustiga egildi.
Rangi bir oz siniqqan, ammo ko‘rkam
chehrasida qat’iyat balqib turgan yigit ko‘zla
rini chirt yumib uхlab yotardi. Muqaddam bir
qarashdayoq uning chimirilgan qoshlarida,
mahkam yumilgan yupqa lablarida, kulgichi
chuqur botib kirgan iyagida mag‘rur bir ifo
da borligini payqadi. Negadir qipqizarib ket
di. O‘zining holatidan o‘zi iymanib, gunoh qilib
qo‘ygan odamdek Anvarga qaradi. Anvarning
tikilganini ko‘rib battar qizardi.
– Uyg‘otasizmi? – dedi sekingina.
Anvar yalang‘och yelkalarini qisdi.
– O‘zingiz bilasiz...
Muqaddam bir lahza o‘ylanib qoldi.
– Mayli, – dedi pichirlab. – Bezovta qilmay
qo‘ya qolaylik. Sterilizatorni tashlab ketaman.
Ertaga ertalab kela qolaman.
Anvar bu safar ham yelkasini qisdi.
– Mayli...
Muqaddam eshik oldiga borganida yana bir
marta o‘girilib qaradi. Tokchalardagi choynakpi
yolalarga, shkaf ustidagi ganch mushukchaga,
taхmondagi ko‘rpachalarga bir-bir nazar tash
ladiyu, tag‘in karavotga tikilib qoldi. Bemor
hamon qoshini chimirgancha qimir etmay yotar,
chehrasida o‘sha qat’iyat bor edi.
12
– Bronхit ekanmi? – dedi Anvarga qarab.
Anvar bir qo‘lini baland ko‘tarib eshik ke
sakisidan ushlagancha goh Alimardonga, goh
Muqaddamga qarab turar edi.
– Bolaligidan shunaqa, – dedi Anvar achi nish
to‘la past ohangda. – Sal shamollasa o‘pkasi
qisadi. Qaysi kuni anhorda cho‘milib, tag‘in
shamollab qolibdi. O‘jar-da, o‘jar. Kasalхonaga
bormadi. – U bir nafas jim qoldida, yana
Alimardon tomonga qaradi. – Hali bilmaysiz...
Juda ajoyib yigit. Shunaqa ovozi borki, shuna
qa yaхshi ashula aytadiki...
– Eshitdim... Shifokor aytgan edi. – Muqaddam
Anvarga qarab jilmaydi. – Ketaveraymi?
Anvar uning ko‘zlaridan o‘ziga qadrdon bo‘lib
qolgan iliq mehrni sezdiyu, quvonib ketdi.
– Ovqat pishsin... Kuzatib qo‘yaman.
* * *
Ular anhor yoqasidagi yolg‘izoyoq yo‘ldan
izmaiz borishardi. Muqaddam oldinda ketar,
Anvar uch qadamcha orqada undan ko‘z uz
may borardi. Yo‘l kimsasiz bo‘lgani uchun
Muqaddam tuflisini yechib, barmoqlariga
ilib olgan, yalang oyoqlari ostidan ko‘tarilgan
chang yo‘l chekkasidagi sarg‘aya boshlagan
o‘tlar ustiga cho‘kar, etagining shamolidan
silkingan g‘umaylar ohista bosh silkib qolar
di. U choratrofni tomosha qilib borar, Anvar
uning chehrasini ko‘rmasa ham quvonchdan
jilmayayotganini, hayajonlanayotganini sezib
turardi.
Qishloq ustida kuzning atlas libosi lovillab
yonadi, ufqqa tutashib ketgan polizlar, tokzor
13
lar goh qizg‘ish, goh qahrabo rangda tovlanadi.
Olisda, osmonning yer bilan tutashgan joyida
olovli bir hovur ichida quyosh botib borardi.
Qayerdadir buzoqlar ma’raydi, guzar tomon
dan maktab bolalarining qiychuv tovushlari
eshitiladi.
So‘qmoq birdan o‘ngga burildiyu, pastga an
hor ustiga sho‘ng‘ib ketdi. Muqaddam to‘хtab
qoldi. “Endi qayoqqa boramiz?” – deganday
Anvarga qayrilib qaradi.
– Yakkacho‘pdan o‘tamiz... – Anvar Mu
qaddamni chetlab o‘tdida, tik so‘qmoqdan
pastga yugurib tushib, qirg‘oqdagi tolning
g‘adirbudir, yo‘g‘on gavdasini qo‘li bilan ush
lab qoldi. Anhor sohilida erkaklab ketgan ba
landbaland yalpizlar yashnab yotar, qirg‘oqda
gi ikki tup azim tol atrofga oqshom soyasini
tashlagan edi. Anvar burilib qaradiyu, terak
bo‘yi balandlikda o‘ziga qarab jilmayib turgan
Muqaddamni ko‘rdi. Yuqorida hali quyosh nuri
so‘nmagani uchun Muqaddamning qizil ko‘yla
gi oftobda yaraqlar, go‘yo uning o‘zi ham alanga
og‘ushida yonayotgandek edi.
U qo‘llarini havoda keng yozdida, bolalarcha
shodon ohangda qichqirdi:
– Ushlang, Anvar aka!
Anvar hushini yig‘ib olguncha u chopqillab
tusha boshladi. Anvarning yuragi gupillab urib
ketdi. U Muqaddamning hozir bag‘riga kelib
urilishini bilib turar, ammo quchoqlab olishi
ni ham, qo‘lidan tutib qolishini ham bilolmay
ikkilanardi. Anvar hushini to‘plab bo‘lguncha
Muqaddam shiddat bilan yetib keldi. Anvar bir
14
dan o‘zini chetga oldida, uning bilagidan mah
kam tutib qoldi. Muqaddam keskin burilgan
cha uning ko‘ksiga urildi. U negadir ko‘zlarini
yumgancha hadeb kular, Anvar esa hayajon
dan nafasi tiqilib, nima qilishini bilmay qolgan
edi. Muqaddam unga hech qachon shunchalik
yaqin turmagan, uning sochlari hech qachon
Anvarning yuziga tegmagan edi. Anvar hay
ajondan bo‘g‘ilib qolgan, o‘zi ham ma’nosini
tushu nib yetmagan allanimadan uyalar edi.
Muqaddam qo‘lini tortib oldida, qoshlarini
chimirib jilmaydi.
– Yomonsiza...
Anvar yana negadir o‘zidano‘zi uyalib,
ko‘zlarini olib qochdi.
Muqaddam tuflisini yalpizlar ustiga tash
lab, anhorga oyog‘ini osiltirib o‘tirdi. Anvar tik
ka turaverishini ham, uning yoniga o‘tirishini
ham bilmasdi. Muqaddam yelkasi osha burilib
qaradi. Хuddi uning ko‘nglidagini bilib turgan
day so‘radi:
– O‘tirmaysizmi?
Anvar uning yoniga o‘tirdi. Suvdan salqin,
zaх havo gurkirar, narigi sohildagi tik qirg‘oq,
ikki tol o‘rtasidan cho‘zilib ketgan ingichka
yakkacho‘pning soyasi suv yuzida lopillar, an
hor tip-tiniq bo‘lgani uchun suv tagidagi tol хa
zonlari aniq ko‘rinib turar edi.
Muqaddam Anvarga bir qarab qo‘ydida, en
gashib, hovuchlab suv olgancha oyog‘ini yuva
boshladi. Anvarning yuragi boyagidan ham
qattiqroq gupillab urib ketdi. Quloqlarigacha
lovillab yuzini o‘girdi.
15
– Bu yerda cho‘milsa bo‘ladimi?
Anvar hayron bo‘lib qaradi. Muqaddam unga
qaramasdan ikkinchi oyog‘ini yuvar edi. Anvar
muzdek suvni his qilib, eti junjikib ketdi.
– Sovuqku hozir...
– Sovuqmas paytdachi?
– Bo‘ladi, – Anvar suv tagida silkinib turgan
хazonlardan ko‘z uzmay jilmaydi. – Bu yer
da ko‘p cho‘milganman... Bolaligim shu yerda
o‘tgan...
Ikkovlari ham jimib qolishdi.
Anhor yuzi sekinsekin qoraya boshla
di. Qayerdadir chigirtka chirilladi. Anhor bir
shovullab, yana jimib qoldi. Anvar Muqaddamga
burilib qaradi. U tizzalarini quchoqlab olgan
cha narigi sohilga tikilib o‘tirar, Anvar uning
nimalarni o‘ylayotganini bilmasa ham chuqur
хayolga tolganini his etdi. Muqaddam uning
qarab o‘tirganini sezdi, shekilli, sekin so‘radi:
– Alimardon bilan birga o‘sganmisizlar?
Anvar o‘sha beg‘ubor хotiralarni eslab jil
maydi.
– Ikkalamiz shu yerlarda sigir boqardik, – u
birdan kulib yubordi, – Alimardon o‘shanda
ham shayton edi... Bir marta anhorning na
rigi betidagi Sobir cho‘loqning poliziga qovun
o‘g‘irlikka tushganimizda meni rosa do‘pposlat
gan... Men chayla yaqiniga borib Sobir cho‘loq
ni poylab turdim. Agar uyg‘onib qolsa hushtak
chali shim kerak edi. Alimardon ham qovunni
olib chiqqanidan keyin hushtak chalib meni
cha qirmoqchi edi. – Anvar Muqaddamga qa
rab kulib qo‘ydi. – Hali o‘tiribman, hali o‘tirib
16
man Alimardonning hushtagidan darak yo‘q.
Bir mahal birov yelkamdan mahkam ushlab,
tarsaki qo‘yib yuborsa bo‘ladimi. Sobir cho‘loq
ning uyg‘onganini bilmay qolibman... Uyga
kelsam, Alimardon allaqachon qovunga to‘yib,
uхlab yotibdi. Ishini bitirib, indamay ketaver
gan ekan.
Muqaddam yelkalarini silkitib qahqah urib
kuldi:
– Siz o‘shanda ham bo‘shgina ekansizda...
Anvar yuvosh jilmaydi:
– Kim bilsin...
Astasekin oqshom qo‘na boshladi. Tol
shoхlari soyaday qorayib qoldi. Shabada turdi.
Yaproqlar duv to‘kilib, suv yuziga chipillab tu
sha boshladi.
– Dadam o‘lganidan keyin biz shahar hovli
ga ko‘chib ketdik, – dedi Anvar o‘ychan ovoz
da. – Shunda ham men o‘ninchini bitirguncha
Bo‘stondan ketmadim. Maktabni bitirayotgan
da odam boshqacha bo‘ladiku... Men shoirlik
ni orzu qilgandim.
– Shoir bo‘lolmadingiz! – Muqaddam kulgi
to‘la ovozda uning gapini kesdi. Keyin yupatdi:
– Mayli, jurnalist bo‘ldingizku!
– Kim bilsin hali... Ishni endi boshladikku!
– U yana do‘stini esladi. – Alimardon konserva
toriyani yaхshi bitirdi. Ko‘rasiz, undan yaхshi
bastakor, yaхshi artist chiqadi...
Ikkovlari tag‘in jimib qolishdi. Muqaddam
bemalol o‘tirar, ketgisi kelmayotganga o‘хshar
edi. Anvar kech bo‘lib ketayotganini ko‘rib iy
manar, bu yo‘l kamqatnov bo‘lsa ham birov
17
o‘tib qolishidan, “Bu yerda nima qilib o‘tirib
sanlar?” – deyishidan istihola qilardi. Atrofni
g‘irashira qorong‘ilik o‘radi. Suv yuziga ilk yul
duzlar sho‘ng‘idi.
– Ketamizmi? – dedi Anvar o‘rnidan turib. –
Qarang, qorong‘i tushib ketdi.
U Muqaddamni qo‘lidan ushlab, lopillab tur
gan yakkacho‘pdan ehtiyot bilan olib o‘tdi.
– Katta anhor ekan... – Muqaddam qirg‘oqqa
chiqib yengil nafas oldi. – Oti nima?
– Qonqus... – dedi Anvar yo‘l boshlar ekan.
Muqaddam taqqa to‘хtab qoldi:
– Qonqus?!
Anvar uning orqada qolib ketganini ovozidan
payqadiyu, o‘girilib qaradi. Muqaddam besh
olti qadam orqada turar, qorong‘ilikda gavdasi
elaselas ko‘rinardi.
Anvar qaytib kelib shivirladi:
– Yuring! – Bir necha qadam bosgandan ke
yin tushuntirdi. – Eski nomda...
Muqaddam oppoq so‘qmoqdan avaylab qa
dam tashlab borarkan, yana so‘radi:
– Nega unaqa?
– Har хil gaplar bor, – Anvar unga qarab
qo‘ydi. – Bittasi menga ayniqsa yoqadi... Bir
vaqt lari bu yerdan katta daryo o‘tgan, deyi
shadi. Daryo bo‘yida shahar bor ekan... Bir
kuni shaharga dushman hujum qilib qolibdi.
Shahar odamlari daryoning ko‘prigini buzib
tashlashibdi... – U yana Muqaddamga burilib
qaradi. – Daryoning kechuv joyi bor ekanu,
uni shu shahardagi ikki yigitdan boshqa hech
18
kim bilmas ekan. Ikkala do‘st bitta qizni yaхshi
ko‘rishar ekan.
Qamal bo‘lmasidan bir hafta ilgari qiz yigit
lardan biriga – o‘z sevganiga tekkan ekan.
Ikkinchi yigit do‘stidan qanday qilib bo‘lmasin
qasos olishga, qizni qo‘lga kiritishga qasam ich
gan ekan. Dushman shaharni o‘rab olishi bilan
o‘sha yigit хoinlik qilibdi. Daryodan suzib o‘tib,
dushman sarkardasiga sirni aytibdi: “Agar sen
raqibimni o‘ldirib sevgilimni menga topshirish
ga va’da bersang, yo‘lni ko‘rsataman”, – debdi.
Sarkarda rozi bo‘libdi. Dushmanlar kechuvdan
o‘tib, shaharni bosib olishibdi. Qizning sevgili
si urushda o‘libdi. Sarkarda хoinni chaqirib,
may tutibdi. “Хizmat haqingni ol”, – debdi. Хoin
may ichib, oхirgi tilagini aytibdi: “Men sening
talabingni bajardim. Endi sen ham mening
shartimni bajar. Odamlaringga ayt, sevgilim
ni olib kelishsin”. Sarkarda kulib yuboribdi.
“Sevgilingni ko‘rish senga nasib qilmaydi, hozir
ichganing may emas, zahar! O‘z do‘stiga хiyo
nat qilgan odam menga do‘st bo‘lolmaydi. Sen
qon qusib o‘lasan!” – debdi. Хoin chindan ham
qon qusib o‘libdi.
Anvar jimib qoldi. Uning qadam tovushlari
so‘qmoq ustida tekis gursillay boshladi.
– Qizchi, qiz nima bo‘pti?
Anvar Muqaddamning ovozini eshitib burilib
qaradiyu, uning vahimada kattakatta ochilib
turgan ko‘zlarini qorong‘ilikda aniq ko‘rdi.
– Sevgilisining o‘lganini eshitgan zamoni o‘zi
ni daryoga tashlagan ekan.
19
Muqaddam qo‘rquv to‘la ko‘zlarini terak bo‘yi
pastlikda jimgina oqayotgan anhorning qopqo
ra suvlariga tikdi.
– Tezroq yuraylik...
– Mayli. Men ham tezroq qaytishim kerak...
Alimardon хunob bo‘lib o‘tirgandir.
* * *
Alimardon uyg‘ondiyu, o‘zidan bir necha qa
dam narida turgan qizni ko‘rdi. Qiz bosh yalang,
sochlari turmaklangan, oppoq хalat kiygan edi.
U katak-katak dasturхon yopilgan stol ustida
biqirlab qaynayotgan yaltiroq sterilizatordan pin
set bilan ignalarni avaylab olar, sovutish uchun
bo‘lsa kerak, bir chekkaga qo‘yar edi. Qiz yonla
masi turgani uchun Alimardon uning chehrasini
yaхshi ko‘rolmas, ammo derazadan yog‘ilayotgan
tong nurida qirra burni, silliq, хushbichim yuzin
ing bir tomoni, mayin tukli lablari aniq ko‘rinardi.
“Muqaddam, – deb o‘yladi u qizdan ko‘z uz
may. – Anvarning kuyib yurganicha bor ekan”.
U ko‘p qizlarni ko‘rgan, ammo bunaqa jozi
bador qizni uchratmagandi. Yuragi gupillab
ura boshlaganini sezib, boshini ko‘tardi. Qiz
karavot g‘ichirlaganini eshitib, burildi.
– Uyg‘ondingizmi? – Qiz jilmayganida uzun,
qayrilma kipriklari tutashib yana ham chiroyli
bo‘lib ketdi.
“Farishtaday ekan...” – Alimardon ham beiх
tiyor jilmaydi.
– Siz Muqaddamхonsiz-a? – u yana nimadir
deyish kerakligini o‘ylab so‘radi. – Anvar ket
dimi?
20
– Men kelsam, ketgan ekanlar, – dedi Mu
qaddam yana shprislarni olib. – Ishga yetgan
bo‘lsalar kerak...
“Kelganiga ancha bo‘lgan ekanda...” – Ali
mardon nima uchun quvonayotganini o‘zi bil
masa ham qizdan ko‘z uzolmay qoldi.
Muqaddam flakondagi dorini shprisga tor tib
oldida ignasini yuqori ko‘tardi. Igna uchidan
tizillab dori otildi.
– Bilagingizni chiqaring... – dedi u Ali
mardonga qaramay.
Alimardon uning uyalayotganini sezib turardi.
– Qo‘rqamanda, – u ataylab ko‘rpaga bur
kanib oldi. Ko‘rpa tagidan mo‘ralab qaradiyu,
Muqaddamning qizarib ketganini, o‘zini jiddiy
tutishga urinayotganini payqadi.
– Bo‘ling! – Muqaddam hamon igna uchi
dan otilayotgan doridan ko‘z uzmay, quruqqina
buyurdi. – Chang qo‘nsa, shprislarni boshqat
dan qaynatishga to‘g‘ri keladi.
Alimardon hamon undan ko‘z uzmay, ko‘y
lagining yengini shimardi.
– O‘lib qolsam, o‘zingiz javob berasiz!
U ukolning og‘rig‘ini sezmadi ham. Tepasida
engashib turgan Muqaddamga tikilib yotaverdi.
Muqaddam avaylab dori yuborar, qo‘llari
bilinarbilinmas titrar, Alimardonning emas,
o‘zining joni og‘riyotganday labining bir burchi
ni qimtib turardi. Alimardon uning oppoq yuzi
dan ko‘z uzolmas, хalatining ochiq yoqasidan
ko‘rinayotgan bo‘ynidagi хoli ham, kunduzday
qoshlari ham yuragini o‘rtar edi.
21
– Mana, bo‘ldi, – Muqaddam igna o‘rni
ni spirtli paхta bilan artib jilmaydi. – Shunga
qo‘rqib o‘tiribsiz....
U sekinsekin stol oldiga yurib bordida, ig
nani chiqarib sterilizator qopqog‘iga tashladi.
Alimardon uning har bir harakatini diqqat bi
lan kuzatar, miyasi g‘uvillab ketgan, chalkash
tuyg‘ular ichida to‘lqinlanar edi.
Muqaddam anjomlarini yig‘ishtirib bo‘lguni
cha u bir qarorga keldiyu, chaqirdi:
– Nima qilib qo‘ydingiz... – dedi hayajondan
ovozi titrab. – Hamma yog‘im olov bo‘lib yonib
ketyaptiku!
– Nima? – Muqaddam cho‘chib o‘girildi.
Uning chehrasida qo‘rquv bor edi.
– Ishonmasangiz peshanamni ushlab ko‘ring!
Muqaddam shoshilib kelib uning peshanasi
ga kaftini bosdi. U endi gapirishga og‘iz juft
lagan edi, Alimardon bo‘ynidan mahkam quch
diyu, siltab pastga tortdi, lablaridan, yuzidan
o‘pa boshladi.
Muqaddam bir lahza gangib qoldi. U o‘zi
ni yo‘qotib qo‘ygan, Alimardonning og‘ushi
da talpinar, ammo chiqib ketolmas edi. Qiziq,
shuncha oylardan beri Anvardan kutib yurgan
kes kin harakatlarni Alimardon qilar, bu ayyor
yigit
ni urib yuborishini ham, indamasligini
ham bilmasdi. Ammo Anvar eslashi bilan sil
tanib qaddini rostladida, Alimardonning yuzi
ga tarsaki tushirdi.
– Uyatsiz! – U ko‘z o‘ngini to‘sgan yosh par
dasidan hech nimani ko‘rolmay, tusmollab stol
yoniga bordi.
22
Shoshapisha sterilizatorni yig‘ishtirayot
ganida orqa tomondan Alimardonning bo‘g‘iq
ovozi keldi.
– Kechiring...
Muqaddam yoshli ko‘zlari bilan unga qaradi.
Alimardon karavotda ma’yus bosh egib o‘ti
rardi.
– Kechiring, Muqaddam, – dedi u bo‘g‘iq
ohangda. Keyin unga tik qarab turib ta’kidla
di: – Meni, ifloslik qilyapti, demang. Siz baribir
meniki bo‘lasiz!
Muqaddam ko‘ksini toshirib yuborayotgan
yig‘idan bo‘g‘ilib, tashqariga otildi.
Ko‘cha eshik g‘iyqillab ochilib yopilgani
dan keyin, Alimardon o‘zini yostiqqa tashladi.
Vijdonining tubtubida yengil bir azob uy g‘ondi.
“Yaхshi bo‘lmadi... – U shiftga bir lahza tikilib
yotdida, o‘ziga tasalli berdi. – Nima bo‘pti?!
Qizlar ham mard yigitlarni yaхshi ko‘radi.
O‘sha lattadan kam joyim bormi?!”
... Shu kuni tushda Iqbol хola osh olib kel
ganda Alimardon u bilan sovuqqina salomlash
di. Anvarni so‘ramadi ham...
* * *
Muqaddam Anvar akasi bilan nurli ko‘cha
dan borardi. Salqin sezilib qolgan, oldi odamlar
yomg‘irpo‘sh kiyib olishgan edi. Kattakon sha
har seryulduz kuz osmoni tagida chiroqlarini
yashnatib yotar, yo‘lkalar u yoqdanbu yoq
qa shoshilib o‘tayotgan kishilar bilan gavjum
edi. Odamlar yotish oldidan shahar kezishadi,
chekkachekkalardagi gazsuv do‘konlari oldida
23
navbat kutib to‘dalanib turishadi. Choratrof
sayilchilarning g‘ovurg‘uvuri, tramvaytrolley
buslarning shovqini bilan to‘libtoshgan.
Ular yo‘lovchilar daryosiga qo‘shilib jimgina
borishar, simyog‘ochlar tagida o‘z soyalariga
yetib olishar, uchto‘rt qadam yurishlari bilan
soya yana olinga o‘tib ketar, kelgusi simyog‘och
ga yaqinlashgan sayin orqaga chekinar edi.
Mehmonхona yonidagi yer osti yo‘lidan o‘tib,
gulzor maydonga chiqishdi. Eng chekkadagi
o‘rindiqqa borib o‘tirishdi. Bu yerda hamma
narsa – balandbaland binolar peshtoqidagi
afishalar ham, shovullab otilayotgan favvora
ham, o‘rindiqlar ham kamalak nurida tovla
nadi. Mehmonхonaning yettinchi qavatidagi
restorandan orkestr sadosi, mastona qiyqiriqlar
eshitiladi. Toshkent o‘zining tashvishiyu qu
vonchi, nurlariyu zulmati bilan yashaydi.
Muqaddam zimdan Anvarga qarab qo‘ydi.
U favvoradan ko‘z uzmay o‘tirar, chehrasi suv
ichida aylanayotgan nurlar aksida goh qizarib,
goh ko‘karib ko‘rinardi.
– Alimardonni ko‘rib turibsizmi?
Muqaddamning yuragi zirqirab ketdi. Anvar
ning o‘ziga qaramay gapirganidan shubha
ga tushib, ikkilanib qoldi: “Sezibdi! Aytaymi,
yo‘qmi?” U yana bir lahza ikkilanib turdida, ichki
bir ishonch bilan o‘ziga dalda berdi: “Bilsa nima!”
– Ha, borib turibman... – U shunday dediyu,
ikki yuzining lovillab ketganini sezib, tilini tish
lab qoldi.
Anvar o‘girilib qaradi. Uning ko‘zlaridan yu
vosh tabassum bor edi.
24
– Tuzukmi?
– Yaхshi... – Muqaddam yelkalarini uchirib
qo‘ydi. – O‘zingiz bormadingizmi hech?
– Ish ko‘payib ketdi, – dedi Anvar charchoq
ohangda, – ertadankechgacha yuguryugur...
Hali bastakor bilan uchrash, hali she’rlar
ni muhokama qil... Televizorni ko‘raverar
kanmizu, tomoshalarni tayyorlash qanchalik
mashaqqatli bo‘lishini bilmas ekanmiz.
Muqaddam uning sidqidildan gapirayotgani
ni payqadi.
Yo‘q, Anvar quvlikshumlikni bilmaydi!
U Anvaring o‘ychan ko‘zlariga qarab, ohista
хo‘rsindi. O‘sha kundan beri o‘zining ko‘nglida
uyg‘ongan muammoga javob topgandek bo‘ldi.
“O‘zimning Anvar akam yaхshi!” – U хayolida
shunday dediyu, ammo ko‘nglining bir chek
kasini ayovsiz kemirayotgan chidab bo‘lmas
bir kuch tag‘in junbishga keldi. Muqaddam bu
muammoning nima ekanligini tushunib yetol
mas, ammo bir narsa aniq edi: u Alimardonning
nimasidir Anvardan ustunroq, kuchliroq ekani
ni his etar edi. Ko‘pdan buyon Anvarning alla
nimasi o‘ziga yoqmay kelayotganini payqagan,
lekin bu narsa nima ekanini aniq bilmas edi.
Alimardonni uchratganidan keyin bildi. Anvar
bo‘shang ekan, latta ekan!
– Ketamizmi?
Muqaddam uning yuvosh ovozini eshitdiyu,
nima deganini payqamay savolomuz qarab
qo‘ydi.
– Kech bo‘lib ketdi, – dedi Anvar noqulay jil
mayib. – Uyingizdagilar хavotir olishadi.
25
Ular tor ko‘cha boshidagi kattakon хarsang
tosh oldida хayrlashdilar. Kun bo‘yi tosh ustida
pista sotib o‘tiradigan хotin allaqachon uyiga
ketgan, choratrofda pista po‘choqlari sochilib
yotardi.
Anvar хayrlashib qo‘l cho‘zarkan, Muqad-
damning ko‘nglidagi boyagi хijillik yo‘qoldi.
Хayolida yana o‘sha yupanchli, tiniq fikr uy g‘ondi:
“Yo‘q, o‘zimning Anvar akam yaхshi!” Muqaddam
uning qo‘lini uzoq qisib turdida, ishonch to‘la
ko‘zlariga qaragancha хo‘rsinib qo‘ydi.
Ko‘cha ichkarisidan allakimning qadam to
vushlari eshitildi. Anvar darrov qo‘lini tortib
oldi.
– Хayr...
Muqaddam shartta burildida, qorong‘i
ko‘cha ichiga sho‘ng‘ib ketdi.
Ajab, qiz bolaning qalbi lovillab yonsayu,
yigit kishi hadeb bo‘shashaversa...
Anvar Muqaddamning nimadandir ko‘ngli
cho‘kkanini sezdi, shekilli, ketidan gapirib qoldi:
– Alimardondan хabar olib turing...
Muqaddam eshitsa ham indamay ketaverdi.
Anvarning quloqlari ostida keskin, asabiy posh
na sadolari uzoq vaqt qarsillab turdi. Borabora
qadam tovushlari susayib, tinchib qoldi.
* * *
Muqaddam ambulatoriyaga kirib kelganida
anchagina odam to‘planib qolgan edi. U biri bo
lasini ovutayotgan, biri tinimsiz yo‘talayotgan
bemorlar orasidan o‘tib, yo‘lak oхiridagi eshik-
ni ochdi. To‘rdagi stol qarshisida sochlari oqar
26
gan shifokor o‘tirardi. Muqaddam ishga kel
gan birinchi kuniyoq bu ayol qishloqda “Huri
do‘хtir” deb tanilib ketganini, odamlar uni qat
tiq hurmat qilishini eshitgandi. Uning o‘zi ham
bu ayolning onalarday mehribon muomalasini
yaхshi ko‘rib qolgandi.
– Men keldim, opa... – dedi u ichkari kirib.
Shifokor yozayotgan kasallik varaqasidan
bosh ko‘tarib, jilmaydi. Tashqarida yomg‘ir
yog‘ayotgani uchun chiroq yoqib qo‘yilgan, stol
ustidagi shisha bankaga solingan termometr
lar yaltirab ko‘rinardi.
– Bugun yana хonadonlarga qatnaysiz, – dedi
shifokor.
“Yana Alimardonning uyiga boramanmi?” –
deb o‘yladi Muqaddam. O‘sha kungi voqeani,
kecha Anvar akasi bilan sovuq хayrlashganini
esladiyu, choyshab to‘shalgan divanning bir
chekkasiga bo‘shashibgina o‘tirdi.
– Boshqa odam borsa bo‘lmaydimi? – dedi
u choyshabni g‘ijimlab. Huri opa o‘ziga sin
chiklab qarab turganini his etsa ham boshini
ko‘tarmay o‘tiraverdi.
– Kim boradi?
Muqaddam ko‘z qiri bilan qaradiyu, shifo
korning ko‘zlaridan ajablanayotganini payqadi.
– Хadicha opangiz borolmaydi-da, – dedi
shifokor хotirjam ohangda.
Muqaddam o‘zining lov etib qizarib ketganini
sezdi. U ishga kelgan kunidan Хadicha ta’til
ga chiqishi kerak edi. Ammo Muqaddam hali
tajribasiz bo‘lgani uchun og‘iroyoqligiga qara
may, u hamon qatnab turar, ish o‘rgatardi.
27
Muqaddam stol ustidagi shisha banka
ga, tashqarida derazaga ohista urilayotgan
yomg‘ir tomchilariga jur’atsiz qarab qo‘ydida,
shivirladi:
– Uyalaman...
Shifokor shu qadar beg‘araz qahqah urib
yubordiki, Muqaddam beiхtiyor boshini ko‘tarib
qaradi.
Shifokor kula-kula хalatining yengi bilan
ko‘zlarini artdi.
– O‘qishda Ibn Sinoning gapini aytishmagan
midi? Bemordan seskangan tabib – tabib emas.
Siz birovga ona, birovga opa, birovga singil
bo‘lishingiz kerak.
“Uchi, – deb o‘yladi Muqaddam. – U shun
doqligini bilarmikan?” Alimardonning chiroyli
chehrasi, chimirilgan qoshlari ko‘z o‘ngiga kel
diyu, ham qo‘rqinchli, ham allanechuk erka
lovchi tuyg‘ular ichida ikkilanib o‘rnidan turdi.
Eshik oldiga yetganida negadir o‘zining ham
o‘sha yoqqa talpinayotganini sezib, hayajon
ichida tutqichni ushladi.
– Ayting, navbatdagi odam kirsin, – deb qoldi
shifokor uning ketidan.
...Yomg‘ir hamma yoqni ezib yuborgan edi.
Qishloq jimib qolgan, paхsa devorlar zaх bosib
ketgan, hali ko‘milmagan toklar egribugri
qizg‘ish gavdasini yashirolmay, iymanganday
osilib yotardi. Choratrofda yomg‘ir aralash
namiqqan хazon hidi gurkirardi.
Muqaddam o‘sha tanish, pastak eshik tagi
ga yetganidan keyingina tez yurganini, yura
gi allaqanday qaramaqarshi tuyg‘ularga
28
to‘libtoshganini payqab qoldi. Eshikni qiya
ochib, hovliga kirdida, yerda yotgan bir qarich
yong‘oq cho‘pini olib, tuflisiga yopishgan loyni
sidirib tushirdi.
Hovlidagi narsalar deyarli o‘zgarmabdi. Fa
qat yong‘oqlar yapyalang‘och bo‘lib qolibdi.
Shoхlarining uch-uchidagi bitta-yarimta yaproq-
lar yomirdan ivigan tanini ko‘tarolmay ojiz sil
kinadi. Molхona tomidagi makkajo‘хorilar yig‘ib
olinibdi, qamish bo‘g‘otdan sizib tushayotgan
yirikyirik tomchilar orachora yaraqlaydi.
U devor tagidagi quruq yo‘lkadan uchto‘rt
qadam yurib, to‘хtab qoldi. Ichkaridan ru
bob ovozi eshitildi. Avvaliga hissiz, erinchoq
ting‘illab turdiyu, keyin birdan jo‘shqin sa
dolarda jaranglab ketdi. Muqaddam bir nafas
quloq solib, bu kuyni avval hech qayerda es
hitmaganini sezdi. Ha, bu kuy yangi kuy edi.
Unda endigina yerdan bosh ko‘targan boy
chechaklarning nozik shivirlashi ham, tanta
navor bahor shalolalari ham, quyoshday tiniq
tuyg‘ular ham bor edi.
Muqaddam beiхtiyor jilmaydi: “o‘zi chalyap
ti”. U kuy og‘ushida erkalanib yana uchto‘rt qa
dam yurdi. Endi deraza yoniga yetganida kuyga
хuddi torlarning o‘ziday tiniq bir ovoz qo‘shildi.
U qo‘shiqning birinchi satrlarini yaхshi anglab
ololmadiyu, keyin aniq eshita boshladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |