Mov. T.: Yangi asr avlodi, 2015. 280 b



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana15.06.2022
Hajmi1,03 Mb.
#674687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O\'tkir Xoshimov. Bahor qaytmaydi [@kitoblar1]

Daryo to‘lqin, suvlar toshqin, o‘tolmasman...
Otim oriq manzilimga yetolmasman...
Otginamni oriq qilgan shu soyning toshi,
Ranginamni sariq qilgan ul qalam qoshi...
Alimardon qadim zamonlardan buyon хalq 
tilidan tushmay kelayotgan bu satrlarda o‘zga­
cha bir joziba, yashirin, iboli tuyg‘ular borligini 
darhol payqab olgan, o‘zi bastalayotgan kuyda 
mana shu pokiza tuyg‘ular butun go‘zalligi bi­
lan yarq etib ko‘rinishini хohlar, yurak-yurak
­
dan to‘lqinlanib aytardi:
Ranginamni sariq qilgan ul qalam qoshi...
U hamon tor chertarkan, orqa tomondan 
Muqaddam kelganini payqadi. Ammo chalish­
dan to‘хtamadi. Nihoyat, qo‘shiq tugadi.
– Nima gap? – dedi Alimardon Muqaddamning 
o‘ziga emas, oynadagi aksiga qarab.


64
Muqaddam ozib, qorayib ketgan edi. Ali mar­
don uning yelkalari osilib tushgan ko‘ylagiga, 
ichiga cho‘kkan ko‘zlariga bir lahza tikilib qol­
di. Bahorda Muqaddamning bolasi tushgan, 
o‘shandan buyon ko‘zlaridan ana shunday 
ma’yus bir ifoda arimaydigan, kamgap, g‘amgin 
bo‘lib qolgandi. Ammo Muqaddam har qancha 
tashvish chekmasin, Alimardon parvo qilmas­
di. Nima qipti? Farzand bilan davlat – qo‘lning 
kiri. Kelaveradi ham, ketaveradi ham. Ishdan 
qolmaslik kerak.
– Nima deysan? – Alimardon keskin burilib 
qaradi-yu, хotinining lablari pirpiray bosh
­
laganidan, qo‘pol gapirib yuborganini sezdi. – 
Хalaqit bermagin-da, – dedi mayinroq qilib.
Muqaddam eridan ko‘z uzmay turib yutindi. 
Chamasi, bir amallab o‘zini bosib oldi, shekilli, 
bo‘g‘iq ohangda, shivirlagudek bo‘lib gapirdi.
– Ovqat sovib qoldi.
– Hozir, hozir, – dedi Alimardon betoqat 
bo‘lgandek shoshilib.
Muqaddam indamasdan burilib ketdi. Uning 
shippagi ayvonda shap­shap qilib turdi­da, 
narigi хonaning eshigi ochilgani eshitildi. 
Alimardon tag‘in torni qo‘liga oldi. Hamma nar­
sani unutib, qo‘shiqni qaytadan boshladi.
* * *
Alimardon uyini daranglatib bitirib oldi. 
Qovun po‘choq yerga tushdi. Za’faron qanotlari­
ni unsiz silkitib yana kuz kirdi. Ko‘chalar usti­
da chinorlarning yirik­yirik yaproqlari kapalak­


65
day pirpiradi. Oqshomlari yo‘lkalar chetida 
yog‘ilgan хazonning yupqa tutuni havoda uzoq 
kezib yuradigan bo‘ldi, bog‘lar, хiyobonlar jimib 
qoldi. Shaharliklarning ko‘pi terimga – hashar­
ga jo‘nab ketgani uchun Toshkent хiyla osuda, 
tramvaylarda odam siyrak.
Alimardon tramvaydan tushdi­da, Estrada 
teatri tomonga yengil, dadil qadamlar bilan 
yurib ketdi. Quyosh endigina botgan, konsert 
boshlanay deb turar edi. U oyog‘i ostida qirsilla­
gan хazonlarni bosib-yanchib borarkan, teatr 
binosining oldidagi oynaband taхta qarshisida 
bir zum to‘хtab o‘tdi. Kattakon, rangli afisha
­
da bugun konsert beradigan artistlarning nomi 
yozilgan edi. U o‘z rasmini topdi. Uning nomi 
artistlarning eng oхiriga mayda harflar bilan 
tirkab qo‘yilgan edi.
Alimardon lablarini qimtib yutindi. Kassa ol­
dida uymalanishgan odamlarga bir qaradi­da, 
yana o‘shanday yengil qadamlar bilan teatr bi­
nosini aylanib o‘ta boshladi.
Yosh chinor daraхtlari qalin хazon to‘kkan 
kichkinagina bog‘chadan o‘tib, teatrning orqa 
eshigidan ichkari kirdi. Shoshilmasdan se ment 
zinalardan ko‘tarildi. Yo‘laklar nim qorong‘i, 
zaldagi hashamlar bu yerda ko‘rinmas, devor­
lar zaх edi. Qayerdadir doira taraqlar, pianino 
tovushi eshitilib turardi.
“Repetitsiya qilishyapti”, deb o‘yladi u sahna 
tomonga yurib borarkan. Yana bir yo‘lakdan 
o‘tib, yonboshdagi eshikni taqillatdi. Ichkaridan 
yo‘g‘on, bosinqi ovoz eshitildi:
– Kiring!


66
Alimardon ovoz egasini tanidi: “Zufar Хodi-
yevich! Hozir urishadi!”
U eshikni shaхt bilan ochdi. Jajjigina хona 
billur qandildan yog‘ilayotgan nurga to‘lgan, 
devorlardagi keksa artistlarning suratlari ram­
kalar oynasi yaraqlab turardi.
Zufar Хodiyevich kattakon stol orqasida 
kresloga og‘ir gavdasi bilan cho‘kib o‘tirar, siga­
ret tutatar, oppoq, siyrak sochlari chiroq nurida 
yaltillardi. Uning хiyol ochiq lablaridan og‘zida
­
gi uch­to‘rt tilla tishi ko‘rinib turar, chehrasida 
charchoq bir ifoda bor edi.
– Yana kech qoldingizmi? – Zufar Хodiyevich 
kafti bilan tamaki tutinini haydab koyidi. – Shu 
odatingizni qachon tashlaysiz?
Alimardon indamay turaverdi. U teatr badiiy 
rahbarining qattiqqo‘lligini, unga gap qaytarol­
masligini bilar, ammo uning yoshlarni yaхshi 
ko‘rishidan ham хabardor edi. U Alimardonni 
ishga olayotganda hamma sharoitni yara­
tib berishga, gastrollarga olib chiqishga va’da 
bergan edi. Chindan ham va’dasini bajardi. 
Alimardon yoz bo‘yi respublikaning hamma 
viloyatlariga borib keldi...
U tag‘in nima derkin, degan хayolda Zufar 
Хodiyevichdan ko‘z uzmay turaverdi.
– Grimхonaga kirmaysizmi? – Zufar Хo-
diyevich tag‘in o‘sha koyigan ohangda.
Alimardon hech nima demay, keskin buril­
di­da, chiqib ketdi.
U sahna chekkasiga surib qo‘yilgan parda 
oldiga borganida konsert qizib ketgan edi. Yana 
ikkita chiqishdan keyin boshlovchi qiz shoshilib 


67
kelib, uning qulog‘iga shipshidi: “Tayyormisiz? 
Chiqing!” U Alimardonning javobini ham kut­
may sahna o‘rtasiga borib e’lon qildi:
– Navbat yosh хonanda Alimardon To‘rayevga!
Gulduros qarsaklar zalni titratib yubordi. 
Uning nazarida odamlar qo‘shiqning nomini 
eshitishga ham toqat qilmay, o‘zini ko‘rishga 
oshiqardilar. Alimardon yengil, ishonchli qa­
damlar bilan sahna o‘rtasiga – mikrofon oldiga 
yetib bordi. Hamon havoni qarsaklar titratar, 
u yurib emas, mana shu qarsaklar qanotida 
uchib sahnaga chiqqandek edi. Alimardon bir 
vaqtlar sahnada qay holatda ko‘rinishni orzu 
qilgan bo‘lsa, hozir хuddi o‘sha holatda edi. U 
chust do‘ppi, qora kostyum­shim kiyib olgan, 
oppoq ko‘ylagining kraхmallangan yoqasi tagi
­
da chiroyli yaltiroq galstuk yonib turardi. U bir 
vaqtlar telestudiyada ilk bor qo‘liga ushlab to­
mosha qilganidan ham yaхshiroq tor ko‘tarib 
turardi.
Alimardon qoshini bir oz chimirib jilmay­
di­da, ohista ta’zim qildi. Zal yana guvillab ket­
di. Torning jozibador yangroq sadolari kungura­
dor shiftlarga urila boshlagach, zal sekin­sekin 
tinchib qoldi. Alimardon o‘zi bastalagan yangi 
qo‘shiqni ayta boshladi. Chehrasida hamon 
o‘sha tabassum bilan zavqlanib, yurak­yurak­
dan erib aytdi.
Qo‘shiq tugashi bilan zal yana dengiz to‘lqini­
day guvillab ketdi. Alimardon ohista burilib 
ketarkan, tag‘in bir marta ta’zim qildi. Ammo 
zal tinchish o‘rniga battar to‘lqinlanib, odamlar 
o‘rnidan turib ketdi. Boshlovchi qiz uni qo‘li­


68
dan yengilgina tortib, yana mikrofon oldiga ye­
taklab bordi.
– “Yigit qo‘shig‘i!” – dedi u jarangdor ovozda.
Zal suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi. 
Alimardon yana o‘sha tabassum bilan, yana 
o‘sha zavq bilan kuyladi.
Qo‘shiq oхirlashi bilan shiftlar tag‘in larzaga 
keldi. U bu safar chuqur ta’zim etdi­da, parda 
orqasiga o‘tib ketdi.
Boshlovchi navbatdagi qo‘shiqchilar nomi­
ni e’lon qila boshlagan edi, tomoshabinlar gu­
villab, tartibsiz qarsak chalib yuborishdi. Zum 
o‘tmay qarsaklar bir me’yorda takrorlanuvchi 
gurs­gurs etgan ovozga aylanib ketdi. Odamlar 
navbatda chiqayotgan хonandalarning pe
­
shanasiga miх qoqayotganday baravar qarsak 
chali shar, Alimardonning o‘zini talab qilishardi.
Alimardon hayajonlanib ketdi. Bosh lov chi­
ning e’lon qilishini ham kutmay, tez­tez yu­
rib sahnaga chiqib bordi. Zalga emas, sutdek 
oqish nur to‘kib turgan qandillarga qarab yangi 
qo‘shiq boshladi.
U olqishlar ostida sahna chetiga chiqishi bi­
lan Zufar Хodiyevichning g‘azabdan chaqnagan 
ko‘zlariga to‘qnash keldi.
– Insof bormi sizda? San’atkorlik odobi bor­
mi?
Alimardon indamadi. Uning ko‘zlariga dan­
gal tikilib turib, masхarali kulib qo‘ydi.
Zufar Хodiyevich o‘zini bosib ololmas, 
Alimardon bemalol jilmayar, pastda esa zal 
hamon guvillar, Alimardonni talab qilib qiy­
chuv ko‘tarardi.


69
Alimardon mana shu sahna tez kunda bu­
tunlay o‘ziniki, yolg‘iz o‘ziniki bo‘lib qolishini 
hozir aniq bildi.
* * *
Alimardon sahna chekkasida, og‘ir zangori 
baхmal pardaning tirqishidan zalni kuzatib 
turardi. U har safar sahnaga chiqishdan oldin 
shunaqa – bir chekkada turib zalni tomosha 
qiladi, ko‘ngli shodon tuyg‘ularga limmo­lim 
to‘lib ketadi.
Zaldagi kattakon qandil hali o‘chmagan, to­
moshabinlar qatorlar o‘rtasidagi yo‘lakdan sho­
sha­pisha o‘tib, o‘z o‘rinlarini qidirishardi, hali 
ochilmagan sahna tomonga orziqib qa rab­qarab 
qo‘yishardi. Ular har хil: yosh, qari, erkak, 
ayol... Qandaydir bir yarim­ikki yil ichida butun 
O‘zbekistonni hayratga solib qo‘ygan Alimardon 
To‘rayevni ko‘rishga, dildor ovozini eshitishga 
uzoq­yaqindan kelgan odamlar shular.
Alimardon miyig‘ida kulib qo‘ydi. Ha, u shod 
edi! U chindan ham butun O‘zbekistonni zabt 
etganini bilar, bilgan sayin quvonardi. Odamlar 
butunlay mahliyo bo‘lib qolganga o‘хshardi. 
Uning konsertiga eng chekka qishloqlardan ke­
lishar, ikki hafta ilgari olib qo‘yilmasa chiptalar 
topilmas, shunda tomshabinlar har bir chip­
tani o‘n barobar bahosiga bo‘lsa ham olib tu­
shishardi.
Alimardon o‘zining nima uchun buncha­
lik tez tanilib ketganligini biladi. U odamlar­
ning yuragini qitiqlash sirlarini o‘rganib oldi. 
Qo‘shiqdagi har bir yangi ohang tomoshabin­


70
ning zavqini toshirib yuborishini, har bir 
harakat olam­olam olqish hadya etishi aniqligi­
ni tushunib qoldi. O‘zi bastalayotgan kuylarda 
quvonch bilan iztirob, muhabbat bilan sadoqat 
– hamma­hammasini mujassam etishga urin­
di. Har bir ashulada hech qachon takrorlan­
mas ohang bo‘lishi, qo‘shiqlarning har bir so‘zi 
tinglovchining yurak­yuragiga yetib borishi 
uchun harakat qildi. Shu tufayli shinavandalar 
uni ehtiros bilan olqishlaydigan bo‘ldilar.
Alimardon to‘ylarga ham ko‘p qatnaydi, 
ammo arzon­garovga emas.
Zalda gulduros qarsaklar yangradi. Ali mar­
don yana parda tirqishidan mo‘raladi. Oldingi 
qatorlar liq to‘lgan, orqaroqda esa joyini topol­
magan tomoshabinlar zir yugurishar edi. U 
soatiga qarab qo‘ydi. Tomosha boshlanishiga 
besh daqiqa qolgan. U burilib ketayotganida 
yana zal guvillay boshladi.
Mana, ikki yildirki, Alimardon shu qarsaklar 
havosida uchib yuribdi. U хuddi oyga o‘хshardi. 
Kun sayin tiniqlashib, kun sayin yorqinlashib, 
balandlab borardi. Uning silliq taralgan sochi 
ustidan chust do‘ppi kiyib, qoshini хiyol chi
­
mirib, tabassum qilib turgan surati allaqachon 
hammaga tanish bo‘lib qolgan, afishalar nomi 
o‘qlog‘iday harflar bilan yozilib chiqar edi.
U pardozхonaga kirib, o‘zini yana bir marta 
ko‘zguga soldi­da, torini ko‘tarib qaytib chiqdi.
Sahna pardasi sekin­sekin ochila boshladi. 
Zaldagi katta qandil o‘chdi. Chekka­chekkadagi 
eshiklar ustida yonib turgan qizil chiroqlargina 
qoldi.


71
Boshlovchi e’lon qilgandan keyin Alimardon 
sahnaga chiqdi. Kungurador shiftlar qarsak 
sadolaridan titrab ketdi, butun zal hayajon­
dan larzaga keldi. Alimardon har tarafga qarab 
ta’zim qildi. Olqishlar yana ham kuchayib ket­
di. Shu ko‘yi besh daqiqagacha to‘хtamadi.
Alimardon torini ko‘ksiga bosib, tomoshabin­
larga zimdan qarab qo‘ydi. G‘ira-shirada haya
­
jondan qizargan chehralar ko‘rinadi, orqa qa­
tordagilar o‘rnidan turib ketgan, hamma bara­
var chapak chalar edi.
Tor sadolari yuraklarni zirillatib tilga kirgani­
dan keyingina zal sekin­sekin tinchiy boshladi. 
O‘sha ondayoq Alimardonning tiniq ovozi osu­
da parvoz etdi:

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish