Yuldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR



Download 2,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/66
Sana23.05.2022
Hajmi2,64 Mb.
#607667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Soliq va soliqsiz to`lovlarga nimalar kiradi? 
2. Soliqlarni iqtisodiy mohiyati va ahamiyati nimadan iborat? 
3. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimadan iborat? 


12 
4. Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi? 
5. Fiskal flinksiyasi? 
6. Rag`batlantirish funksiyasi? 
7. Nazorat funksiyasi? 


13 
II bob. 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ 
STAVKALARI
l-§. O`zbekistonda soliq solish tizimi va uning asosiy elementlari
Biz awalo, soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarining bir-biridan 
farqini bilishimiz zarur. 
Bu yerda nazariy jihatdan soliq tizimi deganda soliqlar yiq'indisi tushuniladi. 
Soliq solish tizimi deganda iqtisodiyot subyektlarini muayyan soliqlarga 
tortishning tashkiliy usullari yig`indisi tushuniladi, ya'ni soliq solish tizimi amaliy 
uslublar yiq'indisidir. 
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy Majlis tomonidan belgilangan va 
ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlar-ning tuzilish usullari va 
tamoyillari yiqindisiga aytiladi. Bu tizimning o`rni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimi bilan aniqlanadi. 
Hozirgi davrda O`zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor 
iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarini mablag` bilan ta'minlash zarurligi bilan 
belgilanadi. 
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan 
iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, 
soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi. 
Soliq subyektlari bu soliq munosabatlarining ishtirokchilaridir. Bularga 
asosan soliq to`lovchilar: yuridik shaxslar-korxona, tashkilot, firma va jismoniy 
shaxslar-aholi kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, ya'ni soliq 
oluvchi. 
Soliq obyekti-bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk qiymati, 
tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko`pincha soliq nomi obyekt nomi bilan 
ataladi. Masalana, yer solig`i yoki daromad solig`i. 
Soliq manbayi - bu soliq to`lovchi (subyekt)ning daromadidir. Daromad, yalpi 
daromad, tushum. Ba'zi soliqlarda soliq obyekti va manbasi bir bo`ladi. Masalan, 
korxonalar daromadiga soliqda obyekt yalpi daromad, soliq manbasi daromaddir 
Aholining daromad solig`ida obyekti yalpi daromad, manba ham yalpi 
daromad. 
Markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq va yig`imlar turlarining 
yiq'indisiga soliq tizimi deb ataladi. 
Tizim-bu yig`ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan 
bog`liqligi ham ifoda etilgan. 
Soliq tizimining elementlari soliq obyektiga qarab uch guruhga bo`lish 
mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan 
soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz 
solig`i, konlardan foydalanganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan 
olinadigan soliqlarga foyda solig`i va daromad soliqlari kiradi. 
Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i va yer soliqlari kiradi. 
Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga bo`lish mumkin. 
To`g`ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan 
(foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy soliq to`lovchi bitta 


14 
shaxs boiadi. Soliq ilgaridan aniq belgilangan boiadi. Uning manbayi bo`lib 
korxona va tashkilotlarning xo`jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun 
hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbayi bo`lib to`g`ridan-to`g`ri aholining 
daromadi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig`i, yer solig`i va daromad solig`i 
to`g`ri soliqlarning eng muhim turlaridir. 
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog`liq 
bo`lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (bahosiga) ustama 
tarzda belgilanadi. 
Ular so`zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste'molni 
kamaytiradi. Bu soliqlarni ba'zan ist'mol soliqlari deb ham ataladi. Bunday 
qaraganda, ularni go`yo mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi to'layotgan 
bo`ladi. Aslida esa ularning haqiqiy toiovchisi tovar va xizmatlarni iste'mol 
qiluvchilar bo`ladi. Egri soliqlar guruhiga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i 
va bojxona bojlari kiradi. 

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish