I. Fanning mazmuni:
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mutaxasisligi asosida tilning o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalarini shakllantirish, Grammatik qoidalarni o’rgatish, mutaxasislikka oid terminlarni
o’rgatish, xususan o‘rganilayotgan chet tili ko‘nikmalari to‘g‘risidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlash.
Fanning vazifasi – umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga ko‘ra talabalarning o‘rganilayotgan chet tilini B1 darajada egallashlari uchun zaruriy til ko‘nikmalarini o‘rgatish va muloqot malakalarini rivojlantirishBoshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi bakalavr yo‘nalishi uchun ingliz tilida muloqot qila oladigan (intermediate level) mutaxassislarni tayyorlashning asosiy komponentlaridan biri bu ingliz tillarni bilishga o‘rgatishdir. O‘qitishdan amaliy maqsad talabalarni Chet tilida muloqot qilishga tayyorlashdir. Ushbu amaliy maqsadga erishish jarayonida ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi. Tarbiyaviy vazifalar Chet tilini o‘qitishni yaxshilashga zamin yaratadi, yani Chet tilini o‘qitish talabalarning umumta’limiy darajasini oshirishga, uning dunyoqarashini kengaytirish,
Vatanga sadoqatni, milliy iftixor hissini tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Qolaversa, prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning 2017 yil 11 avgustdagi “ Ta’lim muassasalarida Chet tillarini o’rganish va o’qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari” to’g’risidagi qarorlari sohaga qaratilayotgan e’tibor qanchalik katta ekanligidan dalolat bermoqda. Shu yilning 6 may sanasida prezidentimiz ingliz tili fani o’qituvchilarini test tizimidan olgan natijalarini katta tanqid ostiga oldi va “ Chet tillarini o’qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi yangi qarorini tasdiqladi. Xorijiy tilni o‘rganishning umumtalimiy ahamiyati quyidagilar:
a). 2 til sistemasini ona tili va Chet tilini taqqoslash talabaning filologik dunyoqarashini kengaytiradi, o‘z nutqiga etiborliroq munosabatda bo‘lishga imkon beradi;
b). Chet tilini o‘rganish talabaning fikrlash va anglash faolligini oshiradi;
c). olinadigan malumot ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va kundalik turmushga oid turli xil faktlarni o‘z ichiga oladi.
II. Аsоsiy qism (amaliy mashg‘ulotlar)
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy mashg‘ulotlarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun quyidagi umumlashgan mavzular tavsiya etiladi:
Kelajakdagi mutaxassis kasbiy faoliyati.
O’zi, kun tartibi, qiziqishlari, yashayotgan joyi haqida gapirib bera olish
O’zi yashayotgan davlati geografik joylashuvi, tuzilishi va davlat ramzlari haqida bilimga egabo’lish
Ekologiya va salomatlik
O‘rganilayotgan xorijiy tilning fonetika va grammatika qismlari bo‘yicha quyidagi
mavzular tavsiya etiladi:
O‘rganilayotgan tilning tovush tizimi urg‘u, intonatsiya, so‘zlarning bog‘lanishi va
so‘zturkumlari: ot, sifat, son, fe’l, ravish, yordamchi so‘zlar, artikllar, predloglar, ravishdosh, sifatdosh fe’llarning aktiv va passiv formalari, modal fe’llar, infinitive va infinitivli
konstruksiyalar modal so‘zlar, modal yuklamalar, fe’l zamonlari, murakkab to‘ldiruvchi, otlarning ko‘plik formasi, sifat darajalari, gap bo‘laklari va ularning umumiy tasnifi, zamonlarning moslashuvi ko‘chirma va o‘zlashtirma gap.
O‘rganilayotgan xorijiy tilning sintaksis qismi bo‘yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Gap, sodda gap, bir bo‘lakli gaplar, ikki bo‘lakli gaplar. Qo‘shma gaplar, aktiv va passiv forma, passiv formaning alternativalari.
|
O‘rganilayotgan xorijiy tilning leksika qismi bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi:
Mutaxassislikka oid termin va tushunchalar. Abbreviatura, idiomalar, frazeologik birliklar. Ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘z birikmalari, lug‘atlar va ularning tarkibi.
Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko’p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va boshqa kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat.
Kompetentsiya - kommunikatsiya (muloqot) ishtirokchilari tomonidan ta’limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig’indisini ifodalaydi.
Chet tili kommunikativ kompetentsiyasi — o’rganilayotgan Chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o’z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi:
Lingvistik kompetentsiya o’rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni yetarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirishi, o’qish va yozuv)da qo’llay bilishni nazarda tutadi.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarda bakalavr talabasi egallayotgan mutaxassislig ibo‘yicha o‘z
davlati va tili o‘rganilayotgan mamlakat ta’lim tizimi, uning yutuq va kamchiliklarini o‘rganishi,
tahlil qilishi, mutaxassislikka oid lingvistik atamalar bilan ishlashi, egallayotgan sohasi bo‘yicha xorijiy tillardagi internet resurslaridan samarali foydalanishi nazarda tutiladi. Talabalar
o‘rganilayotgan chet tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarin ijonli muloqot, mashqlar bajarish,
mashqlarni tarjima qilish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, audio va video materiallar asosida bilimlarini mustahkamlash, tarjima materiallaridan foydalanish, o‘tilgan mavzular yuzasidan dialog qilish va shu kabilar orqali talabalar bilimini oshirish tavsiya etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogic va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq
|
Fandan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti
№
|
Amaliy mashg’ulot mavzulari
|
Soat
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |