Nazorat savollari
1. Yo’lga chiqishdan oldin nazorat qilishni tushuntirib bering.
2. Yo’nalishda ishlaganda va ATKga qaytgandan keyin nazorat qilish haqida nima bilasiz?.
3.Avtomobillarning texnik holatiga tashxis qo’yishni bilasizmi?
4. Transport vositalarining texnik holati va jihozlanishiga hamda yuklarning belgilanishigaqo’yiladigan qo’shimcha talablar.
Mavzu 60-61. Yuk bekatining vazifasi va tashkiliy tuzilmasi. T va L shakldagi terminallar.
Reja:
1. Terminallar va ishlab chiqarish bazalari.
2. Yuk bekati (GAS) ning asosiy vazifalari.
3. Yuk bekatlari (GAS)ning asosiy qurilma (mexanizmlar) va inshootlari.
Tayanch iboralar: Yuk bekati, tashkiliy tuzilmasi, shaharlararo yuk tashish, transport ekspeditsiya xizmatini ko’rsatish, hisob-kitob ishlari, omborxonalar ishi. Yuk toifa(marka)lari.
Bayoni:
Yuk bekati.
Avtomobil yo’nalishidagi ahamiyatga molik yuk aylanish punktlarining trassalarida joylashgan muntazam ishlab chiqarish korxonalarga, yoki, tashish jarayonlari talab etilayotgan va tashkiliy tijorat, texnik tadbirlar bajarishga mo’ljallangan, harakatlanuvchi tarkiblardan samarali foydalaniladigan joylarga –yuk bekatlari (GAS) deb aytiladi.
Yuk bekatining (GAS) asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
yuk oqimi va aylanishini muntazam ravishda o’rganish va tashkil qilish; mijozlar bilan doimo bevosita aloqada bo’lish; tashish shartnomalarini tuzish;
transportning imkoniyatlariga mos tashish- tezkor rejalarini tuzish; transport ekspeditsiya ishlarini bajarish;
konteynerlarda tashish, kichik partiyadagi yuklarni jo’natish, tashish buyurtmalarini qabul qilish, yuklarni qabul qilish va jo’natish;
ATK va yuk jo’natuvchilar bilan hisob-kitob qilish; yuk bekati (GAS) bo’yicha tashish- yarim tirkamalarni avtoyo’nalish bo’yicha shatakka olib tortib borish va manyovr ishlarini amalga oshirish va hokazo;
tranzit holda o’tayotgan avtopoyezdlarni saqlashni tashkil qilish; yo’nalishdan qaytgan avtomobillarni yuk egalarining omborxonalariga yetkazib berish, manyovr ishlarini bajarish;
Yarimtirkamalarni saqlash, ortish-tushirish ishlarini nazorat qilish (yuk jo’natuvchi, yuk qabul qiluvchi omborlarida); Yuk saqlash omborlarini tashkil qilish, yuklarni toifalarga va yo’nalishlarga ajratish;
TXK stansiyalari va punktlarida yonilg’i quyish shaxobchalarini tashkil qilish; avtomobillarning texnik holatini nazorat qilish, harakatlanuvchi tarkiblarni vaqtinchalik saqlash;
yo’nalish avtopoyezdlar haydovchilariga maishiy xizmat ko’rsatish, dam olish va ovqatlanish maskanlari, oshxona ,mexmonxonalarni tashkil qilish;
Harakatning tashkil qilishning qo’llaniladigan usuliga harakatlanuvchi tarkibning oqimi quvvatiga, yuk bekati (GAS) joylashgan joyig’a qarab, uning ish hajmi va majmuyi har hil bo’ladi.
Avtoyo’nalishning ishini to’ppa-to’g’ri usulda bajarilganda yuk aylanishlari katta bo’gan puntlarda joylashgan yuk bekatlarida (GAS) ko’proq rivojlanish bo’ladi (ishlab chiqarish
markazlari temir yo’l stansiyalari, sanoat,daryo va dengiz bandargohlari va hokazo); Bu yerda yuqorida ko’rsatilgan barcha ishlar majmuasi bajariladi.
Yo’nalishdagi yuk bekatlari (GAS) –esa asosan o’tayotgan avtopoyezdlarni saqlash, TXK va taminlash, haydovchilarga maishiy hizmat ko’rsatish(dam olish,ovqatlanish);
Tijorat ishlari kichik hajmda bajariladi va yuk bekati (GAS) joylash gan manzilga kelgan va u yerdan jo’natiladigan mahalliy yuklarni qabul qilish va jo’natish ishlarini o’z zimmasiga oladi. Bu turdagi yuk bekat (GAS) larni trassa bo’yicha joylashtirish va rivojlantirish–tranzit yuklarni tashishga xizmat qiladigan avtopoyezdlarning o’rganilgan ish tartibiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |