4.
Mehnat xavfsizligining umumiy masalalari to’g’risida nimalarni bilasiz?
5.
Sanoat xavfsizligi bo’yicha dekloratsiyalari xaqida nimalarni aytish mumkin?
6.
Nurlanish olganlarga tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha tushuncha bering.
7.
Yonish va portlash jarayoni turlari va chegaralari xaqida nimalarni aytish mumkin?
6. Bakalavr mutaxassislarining burch va majburiyatlari. Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim oluvchilarning vazifalari
Kalit so’zlar. biosferaning tuzilmasi, ekologik tizimlar, muhit va
organizmlarning o’zaro munosabati, ekologiya va inson salomatligi, atrof-muhit,
global muammolari, hodisa, zararlanish, jarohatlanish, xavflar, avariya va
favqulotda vaziyatlar
,
baxtsiz hodisalar, ularni baholash va tahlili, oqibat, ishchi,
ishlovchi, ta’sir, hodisa.
Ma’muriyatning xavfsiz va sog’lom ish sharoitini tashkil qilish majburiyatlari
Sanoat korxonalarida, tashkilotlarida xavfsizlikni ta’minlash va ish sharoitini
yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi sifatida
mehnat qonunlari kodeksiga
yozib qo’yilgan.
Ma’muriyat
tarkibiga
rahbar
xodimlar,
ya’ni sanoat korxonalariga
tashkilotlarida tashkilotchilik, ma’muriy-xo’jalik
ishlarini amalga oshiruvchi,
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qiluvchi, ishlab chiqarishdagi xodimlarni
boshqaruvchi, moddiy mablag’larni taqsimoti bilan ishlash
va uni nazorat qilish
ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi.
Ma’muriyat xodimlariga qo’yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular
davlat siyosati va uni amalga oshirish, davlat va
xalq manfaatlarini yaxshi
tushungan bo’lishlari, mehnat sharoiti tartibini aniqlay bilishlari, ishchilarni
mehnat intizomini saqlash va ishga rag’batlantirish, ish unumini oshirish darajasini
bir necha o’n yil oldindan ko’ra biluvchi shaxs bo’lishlari kerak. Ma’muriyat
zimmasiga yuklatiladigan majburniyatlar asosan ishchilar bilan ma’muriyat
o’rtasida tuziladigan mehnat bitimidan kelib chiqadi.
Mehnat bitimini tuzish
majburiyati O’zbekiston Respublikasining Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan.
Bu qonuniyat sifatida quyidagicha tahlil qilinadi. Ishchi ma’lum mutaxassislik
bo’yicha belgilangan ishni korxona ichki tartibi-qoidalariga rioya qilgan holda
bajarishni, ma’muriyat esa mehnat qonunlariga asosan va jamoat bitimida ko’zda
tutilgan ma’lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o’z zimmasiga oladi.
Mehnat qonunlarida ko’zda tutilgan majburiyatlar quyidagilardir: har bir ishchi,
xizmatchini mutahassisligi va malakasiga qarab ma’lum mashina,
stanok va
boshqalardan iborat ish joyi, sog’lom va xavfsiz ish sharoiti sifatli ish qurollari
bilan ta’minlash, sanoat va mehnat intizomini
har taraflama mustahkamlash, ish
sharoitini kundan – kunga yaxshilab borishni ta’minlash maqsadida zarur texnik
jihozlar o’rnatish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-
tadbirlarini amalga oshirish.
Bundan tashqari rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklanadi. Bu
vazifalar bshqaradigan lavozimga doir tavsiyanomada belgilangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: