Mavzu. O`zbekiston Respublikasida mehnat qonuniyati asoslari
Reja:
1. Mehnat qilish qonunlari, xavfsizlik texnikasi, yong`inga qarshi chora-tadbirlar.
2. O`zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonunlari.
3. Mehnatni muhofaza qilish
Mehnatmuhofazasi xaqidagi qonunchilik.Xar qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo`lishidan qat'iy nazar uzining xuquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson xuquqlarini ximoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konistitutsiyasi bo`lishi zarur.
Mehnatmuhofazasi xaqidagi qonunchilik.Xar qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo`lishidan qat'iy nazar uzining xuquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson xuquqlarini ximoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konistitutsiyasi bo`lishi zarur.
Bu Konstitutsiyasi avvalo inson xuquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlar ham himoyalanishi kerak. Mustaqil O`zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda O`zining birinchi demokratik Konstitutsiyasini e'lon qildi.
Bu Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlarni himoyasiga qaratilgan. 37-moddada «Xar bir shaxs qonunda ko`rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan va uning davomida «Sud xukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollarda (xarbiy xizmat chog`ida, favkulotda holat sharoitida va xokazo) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi «deyilishi avvalgi Konstitutsiyadagi takror umumiy jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istexkom bazasi bo`lib xizmat qiladigan «barcha fukarolar ish bilan ta'minlanadi» degan qonundan tubdan fark qilishi ko`rinib turibdi.
Shu bobning 38-moddasida «Barcha yo`llanib ishlayotgan fuqarolar dam olish xuquqiga egadirlar. Ish vaqti va xaq to`lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi» deyilgan jumla ham bir muncha ijobiy xususiyatlarga ega. Dam olish xuquqini ta'minlash, mana shu xuquqni amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak.Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan, bu esa oldinga qarab siljish imkoniyati demakdir.