uyushmasi bilan kelishilgandan keyin ishchilarning umumiy majlisida muhokama
qilinadi.
Nomenklatura chora-tadbirlariga asosan ish sharoitini yaxshilash chora-
tadbirlari kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo’lib qarash
mumkin:
1. Baxtsiz xodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar:
bunga
qo’shimcha saqlovchi va muhofaza qiluvchi to’siqlarni o’rnatish, blokirovka qilish,
muhofazaning avtomatik tizimlarini qo’llash, uzoqdan turib boshqariladigan
asboblar joriy qilish, signal tizimlari, mexanizatsiyalashtirish masalalari va
boshqalar kiradi.
2. Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini kamaytirishga
qaratilgan chora-
tadbirlar: ishchilarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalardan muhofaza qiluvchi
qurilmalar tayyorlash yoki sotib olish, yaxshi shamollatish va havoni
mo’tadillashtirish tizimlarini o’rnatish, eskilarini takomillashtirish,
umumiy havo
almashtirish usullari bilan birga xavfli moddalar ajraladigan joyni ham ajratish,
havo so’rish tizimida mukammallashtirilgan mashinalardan foydalanish, havo
holatini kuzatadigan asboblar o’rnatish va boshqalar.
3. Ish sharoitini umuman yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar: mo’’tadil
yoritish, sanitariya-maishiy xonalar holatini yaxshilash, maxsus kiyim-bosh va
oyoq kiyimlarini
vaqtida sifatli remont qilish, mehnatni muhofaza qilish
kabinetlari, burchaklari va vistavkalari tashkil qilish va boshqalar.
Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar taqozo qilinadigan chora-
tadbirlar, masalan, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni maqsadga
muvofiq tashkil qilish masalalari, garchi ish sharoitini
yaxshilashga qaratilgan
bo’lsada, nomenklatura chora-tadbirlariga kiritilmaydi.
Nomenklatura chora-tadbirlari ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning
umumiy majlisida tasdiqlangani sababli, ular bajarilishi shart bo’lib qoladi va bu
haqda ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Unga sarflanadigan
mablag’ sanoat korxonasining
asosiy fondidan olinadi, ya’ni bu xarajatlar
umumsex va umumzavod xarajatlari hisobiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish
nomenklatura chora-tadbirlariga ajratilgan mablag’lardan boshqa maqsadlarda
foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.
Mehnatni
muhofaza
qilishning
nomenklatura
chora-tadbirlari
sanoat
korxonalarida o’tkazilishi lozim bo’lgan va bu korxonalarning bosh rejasiga
kiritilgan.
Mazkur
rejaga
sanoat
korxonasi
joylashgan
maydonlarni
obodonlashtirish, ishchilar yashaydigan zonalar holatini yaxshilash, korxona tashqi
ko’rinishi va unga tutashuvchi yo’l va yo’lkalar holatini yaxshilash, barcha ishlab
chiqarish zonalarini ko’kalamzorlashtirish masalalari kiradiki, bular tuman, viloyat
miqiyosida hisobga olinadi va unga ma’lum mablag’ ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: