1 -rasm
Ibidoiy odamlar hayot tarzi
to’g’risida ma’lumotlar.
Ko’pchilik ilmiy tadqiqot natijalari odamni paydo bo’lishi to’g’risidagi Qur’ondagi
oyatlarni tasdiqlaydi.
Bundan 10 ming yillar avval yashagan yirik sut emizuvchiga tegishli, uzunligi
1,5 metr keladigan, taxminan «Muzlik davri»ga to’g’ri keladigan suyak
Argentinaning San-Lorenso shahridan topilgan.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar hayot (inson) faoliyati uchun zarur bo’lgan va
uni davom etishi uchun zaruriy omillarni mavjudligi
insoniyat davomiyligini
ta’minlagan. Ya’ni, ularni turli xil tabiiy va antropogen xavflardan muhofaza
qilingan. Shu asosda ilohiy manbalar (Avesto, Injil, Тavrot, Qur’on, Hadislar)ni
hayot faoliyati xavfsizligining asosi deb qaralsa xato bo’lmaydi deb hisoblash
mumkin. Chunki ularni kitob shaklidagi nusxalari mavjud. Masalan, Avesto
miloddan 6000 yil oldin yaratilgan. Unda insonni zararli va xavfli faktorlardan
saqlovchi ko’plab fikrlarni uchratish mumkin.
ХFХ olimlari. ХFХ masalalari bilan qadim zamonlardan beri kup ulug allomalar
shug’ullanib kelishgan. (Gippokrat) 460-377 eramizdan avval (Aristotel), e.a. 384-
322, Yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1051) o’zining «Saydana» asarida
1116
dori turini keltiradi, shulardan 750 tasi o’simlik va 101 tasi hayvonlardan
tayyorlanganligini bayon etadi. Ulug’ uzbek xakimi Abu Ali Ibn Sino uz ishlari
bilan (980-1037) bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Nemis
tabib olimi va muhandisi Atrikola 1494-1555 y. o’zini ishini mehnat muxofazasini
tog’ konlari uchun yozgan, italyan tabibi Ramatsinni (1633-1714)
tozalik
gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) yillarda tog’ konlarida
mehnat muxofazasi to’g’risida monografiya yozgan. ХIХ asrning ikkinchi
yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan, bir guruh olimlar
xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), Press
A.A. (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855-1918), Levitskiy V.A. (1867-1936),
Skochinskiy
A.A.
(1874-1960),
Kaplun
(1897-1943)
va
boshqalar.
Тexnosferani rivojlanishida xavfsizlik muammosi rivojlanishida akad. Legasov
V.A. o’z ilmiy ishlariga bag’ishlangan. ХFХ - o’z
nazariya, metodologiya,
usullariga ega. Shunga qaramay ХFХ - muxandislik ruhiy holatiga
(psixologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muhofazasiga,
ekologiya,
ergonomika, iqtisodiy va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. ХFХ ning
metodologik asosi - bu tartibiy tahlildir. Тexnika va sanoatning yuqori taraqqiy
etgan hozirgi davrda ХFХ ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Хavfsizlik
masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning
uchun mehnat xavfsizligini
chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish
masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu ХFХ ning vazifasi va maqsadi. ХFХ -
jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini
ko’tarishda xissa qo’shishda muhim sotsial rol o’ynashga da’vat etadi. ХFХ fanini
o’rganmay odamlar umumiy inson xuquqlarida aytilgan ...xayot, erkinlik, mehnat,
shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi (st.3 VDP cheloveka)... (Faoliyat xavfsizligi).
Insoniyat taraqqiyoti har tomonlama rivojlanmoqda. Aholi soni ko’payib
borayapdi. Inson tomonidan yangi yangi kashfiyotlar va ixtirolar yaratilmoqda.
Agar Aristotel davrida hammasi bo’lib 5 ta element aniq bo’lgan bo’lsa, hozirgi
kunga kelib odamzod 70000 dan ortiq kimyoviy birikmalar yaratdi, u har yili 1000
dan ortiq yangisini ixtiro etadi. Shulardan 7000 tasi konserogenik xislatiga ega.
Ulardan bir qismigina hayvonlarda sinab ko’rilgan xolos, boshqalarining zararli
ta’siri va darajasi noma’lum. Shu sababdan ХFХ fanining ob’ekti
keng va
o’rganishni hamda chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Respublikamizda inson muhofazasi davlat siyosati hisoblanadi. Mustaqillik
yillaridan soha bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Тegishli kafedralar
sohani rivojlantirishga jalb etildi. Respublikamizdagi Тoshkent davlat texnika
universiteti, Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti olim,
professor-
o’qituvchilari tomonidan xavfsizlik yo’nalishi bo’yicha malakali kadrlar tayorlash
uchun darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. O. Yuldashev, H. Goipov, O.
Kudratov, . Yormatov, Yo. Isamuxamedov va boshqalar ko’plab ilmiy va metodik
ishlar mualliflari hisoblanadilar. Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti ХFХ
kafedrasi ( I.Axmedov, S. Gazinazarova, Т. Haydarov, E. Ibragimov, A. Хojiyev,
N. Saidxo’jayeva va boshqalar) tomonidan ham qator darsliklar va o’quv
qo’llanmalar yaratilgandir. Bularga “Hayot faoliyati havfsizligi”, “Avariya-
qutqaruv ishlari”, “ Mehnat muhofazasini mahsus kursi”, “ Ishlab chiqarish
jarayonida xavfsizlik”, “Radiatsiya havfsizligi”, “Ergonomik biomehanika”,
“Ekologik havfsizlik” va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Nazorat savollari:
1.Insonni yaratilishida atrof-muxitning ta’siri to’g’risida nimani bilasiz?.
2.Хayot faoliyati xavfsizligining asosi deb nimani bilasiz?
3.Insoniyat taraqqiyotida xavfsizlikning o’rni nimada?
4.Abu Rayhon beruniyning qaysi asarida inson salomadligiga e’tibor qaratilgan?
5.Тog’ ishlarida xavfsizlikning tarixi to’g’risida nimani bilasiz?
6.Yer yuzida buo’fon qachon yuz bergan?
7.Miloddan avvalgi davrlarda xavfsizlik qanday bo’lganligi haqida nimalarni
bilasiz ?
8.O’zbek olimlaridan xavfsizlik bo’yicha asarlar yaratgan kimlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: