Yo’nalishga kirish


Atmosfera ifloslanishining iqtisodiy zararlari



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

Atmosfera ifloslanishining iqtisodiy zararlari.
Atmosferaning ifloslanishi 
turar joy va kommunal xo’jalikka, qishloq va o’rmon xo’jaligi sanoatga, tarixiy-
tabiiy yodgorliklarga ham ta’sir etadi. Natijada, xalq xo’jaligiga katta zarar 
yetkazadi. AQShda havoning ifloslanishi natijasida jon boshiga o’rta hisobda 
yiliga 65 doll. zarar to’g’ri keladi. Atmosfera ifloslanishining keltirgan zararlarini 
quyidagicha bo’lish mumkin: 
Atmosferaning ifloslanishi tufayli materiallarning yemirilishi va korroziyaga 
uchrashi. Bunda atmosferadagi chang, qurum, qattiq zarrachalar va ba’zi 
gazlarning ta’sirida binolar, inshootlar, metallar yemiriladi, kiyim-kechak va 
gazmollarning bo’yoqlari buziladi, qadimiy-tarixiy yodgorliklar nuraydi. 
Ma’lumotlarga qaraganda sanoati rivojlangan, atmosferasi iflos katta shaharlarda 
temir korroziyasining tezligi kichik shaharlardagiga nisbatan 3 barobar, qishloq 
joydagilarga nisbatan 20 barobar, alyuminiyda esa 100 barobar tez boradi, qadimiy 
arxitektura yodgorliklari, jumladan, O’zbekistondagi qadimiy obidalar, marmar 
va bronzadan ishlangan monumentlar tez yemiriladi. Atmosferaning ifloslanishi, 
shuningdek, mashina ranglarini, gazmollar, kiyim-kechak, teri materiallarini va 
umuman shahardagi turli xil ob’ektlar ranglarini tez o’zgartirib yuboradi. 
Atmosferaning ifloslanishini oldini olishning eng qadimiy yo’li - bu zavod-
fabrikalardan tutun chiqaruvchi trubalarni balandroq qurishdir. Тutun chiqaruvchi 


trubalar qancha baland bo’lsa, zaxarli changlar va gazlar shuncha keng maydonga 
yoyilib, uning yer usti konsentratsiyasi kamayadi. Masalan, balandligi 100 m 
bo’lgan trubadan chiqayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bo’lgan territoriyaga 
tarqalsa, balandligi 250 m bo’lgan trubadan chiqqan chang, gazlar radiusi 75 km 
territoriyaga tarqaladi. Lekin bu usulda havodagi chang, gazlar miqdori
kamaymaydi, faqat keng territoriyaga tarqaladi.Uning atrof-muhit, iqtisodiyot 
ob’ektlarini zararlik darajasi kamayadi. Тutun qurimidan o’simliklar katta 
zarar ko’radi. Qurum o’simlik yaproqlariga tushsa unga quyosh nuri tushishini 
kamaytiriadi, natijada fotosintez jarayoni sustlashadi va o’simlik 
rivojlanishini sekilashtiradi. Oqibati xalq xo’jaligiga zarar bilan baholanadi. 
Buning mohiyatini ХFХ mutaxassislari bilishi va korxonadagi faoliyatida 
hisobga olishi zarur. Manbalarga qaraganda qurum ayrim o’simliklarni 
kuydiradi, ularning qurib qolishiga sabab bo’ladi. Atmosfera havosiga 
chiqadigan zararli va zaharli gazlar nafas oluvchi barcha tirik organizmlarga 
salbiy ta’sir etadi. Sog’ligini yomonlashtiradi. Ularning ayrimlari kislotali 
yomg’irlar hosil qiladi. Тojikiston alyuminiy zavodi Surxadaryo viloyati 
hududida odamlar va hayvonlar tishlarini yemirilib ketishiga sabab 
bo’layotganligi haqida matbuotda ma’lumotlar bor. Shularni hisobga olib 
xayo 
faoliyati 
xavfsizligi 
mutaxassisi 
iqtisodiyot 
rivojlanishining 
barqarorligini ta’minlash uchun barcha sohalar faoliyatlari to’g’risida 
tasavvurga ega bo’lishlari va shulardan kelib chiqib o’z ish faoliyatini yo’lga 
qo’yishlari lozim. 
Qurilish va uning sanoati to’g’risida ma’lumotlarni kerakli fanlar orqali 
o’rganish yo’nalish talaba va mutaxassislarining vazifasidir. Qurilish bu keng 
qamrovli murakkab tushuncha bo’lib, u qurilish materiallari, ularni qayta 
ishlash, qurilish mashina va mexanizmlari, qurilish texnologiyalari, ishchi 
kuchi kabi komplekslarni o’z ichiga oladi. Qurilish sohasini rivojlantirishda 
ham xayot faoliyoti xavfsizligi mutaxassisining o’rni alohida ahamiyatga ega. 
U qurilish sohasida xavfsizlik bo’yicha ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim. 


Bu esa sohada barqarorlikni va rivojlanishni ta’minlovchi amal hisoblanadi. 
Тan jarohatlanishi, zararlanish, kasallanishlarni ma’lum darajada oldi olinadi. 
Qishloq xo’jaligi sohasida xayot faoliyoti xavfsizligi mutaxassisi o’zining 
bilimi bilan atmosfera, yer, suvni ifloslanishini oldini olishda yetakchi 
ahamiyatga ega. Pestitsidlarni ishlatishda ularning chegaraviy miqdorlarini 
bilish va targ’ibot qilishi lozim. Pestitsidlarni odamlarning inson organizmiga 
ta’siri oqibatlarini bilishi undan zararlanishlarni ma’lum darajada oldini oladi. 
Respublikamizning mevachilik, sabzavotchilik va boshqa dexqonchilik 
hududlarida haddan tashqari zararli dorilarni ko’p ishlatilishi ayrim tur 
kassaliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqida bo’lajak mutaxassislar “Ishlab 
chiqarish”. jarayonlarida xavfsizlik fanini o’qishi bilan tasavvurga ega 
bo’ladilar Sanoat rivojlanishida xayot faoliyoti xavfsizligi mutaxassislari o’z 
o’rniga ega. Sanoat ishlab chiqarish mashina va mexanizmlar, texnologiyalar, 
inson resursi va maxsus xususiyatli manbalar bilan bog’liq. Kimyo 
korxonalari, tog’-kon sanoati va boshqa korxonalarda ishlovchi xayot 
faoliyoti xavfsizligi mutahasislari soha bo’yicha tushunchalarga ega bo’lib, 
ulardagi xayot faoliyoti xavfsizligi ishlarini tashkil qilishi va doimiy 
nazoratni olib borishi kerak. Hozirgi vaqtda barcha tur faoliyatlarda zararli 
moddalarni tarqalishini oldini olish, ularni zararlantirish global xarakterdagi
ishlardan hisoblanadi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish