Yo’nalishga kirish


Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va yo’riqnomalarini buzganlik



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

 Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va yo’riqnomalarini buzganlik
uchun javobgarlik. 
Ba’zi bir rahbar shaxslarning o’z ishiga sovuqqonlik va 
loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib, 
baxtsiz hodisa yuz bersa, bu baxtsiz hodisaning og’ir – yengilligi va oqibatini 
hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi. 
Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoat fan va texnika 
taraqqiyotining hamma yutuqlarini o’zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. 
Undan oddiy tokarlik stanogidan tortib zamonaviy programmalashtirilgan agregat 
stanoklarigacha, oddiy yig’ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan 
konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bundan mashinasozlik zavodlari sexlarida bir 
necha yuzdan tortib bir necha ming nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin. 
Mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi 
bo’yicha texnika xavfsizligi me’yorlari darajasida bo’lishi va uni buzgan 
shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tartibida ogohlantirish, jamoat 
tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda jarima to’lash belgilanadi. 
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo’pol buzilishi 
natijasida og’ir jarohatlanish sodir bo’lsa, yoki bir necha kishi og’ir jarohatlansa, 
yoki baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, bu holatda rahbar xodim jinoiy 
javobgarlikka tortiladi.
Oliy ta’lim muassasasi bu institutlar va universitetlardir. Ular o’z nizomlariga 
asosan faoliyat olib boradilar. Yoshlarni o’qitish va ularga ta’lim tarbiya berishni 
amalga oshiradilar. Ushbu kitob oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan birinchi 
bosqich talabalarini o’qitish va ular foydalanishiga mo’ljallangan bo’lganligi 
sababli, yosh talabalarni oliy ta’lim tizimiga mostlashish jarayonini amalga 
oshirish maqsadida talabalarning asosiy vazifalarini aniqlashtirib berishni amalga 
oshiradi. 


Тalabalarning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash lozim:
-
talabalar o’qituvchi auditoriyaga kirguncha joylashgan bo’lishlari; 
-
barcha turdagi mashg’ulotlarga to’liq qatnashish ; 
-
ustozlar tomonidan mashg’ulot bo’yicha berilgan topshiriqlarni o’z 
vaqtida bajarish; 
-
fanlar bo’yicha reyting nazoratlarini o’z vaqtida topshirishlari lozim
-
amaliyotlarini talab darajasida o’tkazish va rasmiylashtirish; 
Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan kadrlar rag’barlik lavozimlarida 
faoliyat ko’rsatadilar. Bunda to’laqonli mavqeyga yerishish uchun yuqorida 
ko’rsatilgan vazifalarni bajarishgina emas.Bo’lajak mutaxassislarda muomila 
madaniyati 

odobi, 
ahloqi 
yetarli jarajada bo’lmog’i lozim.Ularsiz 
muvofoqiyatlarga erishib bo’lmaydi. 
Har bir korxona va tashkilotning o’z ichki tartib qoidalari mavjud 
shuningdek institut va universitetlarda ham. 
Bo’lajak kadrlar o’qish davomida amaliyot ko’rikmalarini ham hosil qilishi 
lozim. Ishlab chiqarishda birga ishlaydigan va atroflardigilani xurmatiga ega 
bo’lish mutaxassisning muvofaqiyatlariga ijobiy ta’sir etadi. Buning uchun to’g’ri 
so’zlik, adolatli faoliyat, insonparvarlik, vijdon va iymonli bo’lish lozim, notiqlik 
xususiyatiga erishish kerak. 
Yuqoridagi xususiyatlar uchun alohida formula, ifoda yo’q. Bunga xar bir 
odamning xayotdagi tajribalaridan foydalana olish xususiyatiga ega bo’lishi 
maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar o’quv jarayoni davomidan shakillansa 
yaxshi bo’ladi. Shu maqsadlarni ko’zlab taniqli olimlar (Т.Хudoyderdiyev 2008) 
pedagoglar ma’lumotlaridan foydalanib quyidagilarni keltirishni lozim deb 
hisoblaymiz:
Oliy ta’lim muassasasida xech kimning erkinligi cheklanmaydi. Odamning 
erkinligi doimo o’zimizning burchimiz va o’zgalarning xuquqi bilan cheklanadi. 
Masalan, bir yozuv stoli atrofida o’tirgan ikki talabaning erkinligi yonida o’tirgan 
talaba bilan xam bog’liq chunki ikkinchi odamga xalaqit berishi kerak emas, bu 
degani qo’lini xoxlagancha uzatish, yozuv stolini qimirlatish baland ovozda 


gapirish, stol ustini band qilish kabilarda norasmiy chegaralovlar bor. Chunki bir 
yozuv stoli ikki kishi mo’ljallangan. Shuningdek talaba xar bir joyda o’z 
chegaralovlarini bilishi va unga itoat etishi tarbiyalilik, onglilik darajasini 
ko’rsatadi. 
Qisqa qilib aytganda, erkinlikdan foydalanib faqat o’zini o’ylab, 
boshqalarni o’ylamay xushiga kelgan ishni qilaveraman deganlar xatolikka yo’l 
qo’yadi. Amaliyotda, ishlab chiqarishda ham shunday. 
Ahloq va odob sifatlariga ega bo’lish oldindan kelib chiqadigan 
ma’lumotlarni yengil va samarali yechilishiga olib keladi va ulkan maqsadlar 
tomon mag’rur yetaklaydi deb yozadi Т.Хudoyberdiyev. 
Oliy o’quv yurtiga qabul qilingan 1 bosqich talabasi turli mintaqalar va 
turlicha shart-sharoitlardan yangi dargox kirib keladi. Oliy dargox eshigiga kelishi 
bilan turli xil ogohlantiruvchi, taqiqlovchi va ko’rsatkich yozuvlariga duch keladi. 
Masalan “bizda chekish taqiqlanadi” degan yozuvga duch kelishi mumkin yoki lift 
o’qituvchilari uchun va boshqalar. Shunga o’xshash oliy ta’lim muassasasi 
rahbariyati bilan 1 – uchrashuvda talabalarning bajaradigan ishlari to’g’risida 
gapirganda aksariyat talabalar o’qiy olamanmi, sharoitga chiday olamanmi degan 
qo’rquvga tushishi mumkin. Albatta o’qiy olamiz, albatta sharoitga moslasha 
olasiz-bunga barcha erishish mumkin faqatgina shu muhit sharoitida va talabida 
faoliyat yurgiza olsa. Chunki, sizning oliy ma’lumotli yaqinlaringiz xam shu 
vazifalarni bajargan. Тalabalarni qayerda qanday kiyinish kerakligini bilishi uning 
sezuvchanligini, shu muhitni hurmat qilishini va o’ziga nisbatan boshqalar fikrini 
shakillanishini bildiradi. Yodingizda tuting: butun dunyo bo’yicha talabalar uchun 
eng yaxshi odat qoidasi mavjud. U ham bo’lsa moddiy holatdan qat’iy nazar o’quv 
mashg’ulotlariga qimmatbaho ustboshlarda kelmaslikdir. 
Odamlarning, shu jumladan talabalarning atrofidagilarga ayniqsa ustozga, 
o’zidan kattalarga, ayollarga hurmat bilan qarash, yaxshi munosabtda bo’lishi, 
insoniylikning yaxshi xususiyatidan bo’lishi bilan birga o’ziga nisbatan ham 
shuday baho bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu xar birimizning kayfiyatimizni yaxshi 
bo’lishi bilan birga sihat – salomatligimizga ham ijobiy ta’sir etadi.


Jamiyat taraqqiyoti kundan kunga rivojlanib bormoqda. Aksariyat 
talabalarda uyali telefonlari mavjud, o’qituvchi va xodimlarda ham. Uning ham 
foydali va zararli tomonlari mavjud. 
Ko’plab rivojlangan korxona va tashkilotlarda uyali telefonlardan ish vaqtida 
foydalanish taqiqlanadi. Respublikamizda xaydovchilar uchun texnikani 
boshqaruv vaqtida uyali telafondan foydalangani uchun jarima belgilangan. Ular 
ishlab chiqarishga yoki odamning xavfszligiga salbiy ta’sir etadi. 
Тalabalar uchun mashg’ulot vaqtida uyali telefondan foydalanishi mumkin 
emas. Uning mashg’ulot vaqtidagi ovozi, titrashi, gaplashilmasada uning egasiga, 
atrofdagilarga, mashg’ulot o’tuvchi o’qituvchiga salbiy ta’sir etadi, ularning fikrini 
buzadi, aytilishi kerak bo’lgan fikirlarni chalg’itadi, xatto telefonni olishga yoki 
o’chirishga bo’lgan xarakat zararlidir. Mashg’ulot samaradorligini pasaytiradi. 
Тalabalarning mashg’ulotga tayyorgarligi dars boshlanguncha bo’lishi kerak. Ust 
va bosh kiyimlarning holati o’quv qurollari: daftar, ruchka, qalam, chizg’ich va 
boshqa mashg’ulot uchun kerakli anjomlar taxtligi, yozuv taxtasi va o’qitish texnik 
vositalari (kompyuter, proyektor va b.) taxtligi ta’minlangan bo’lishi lozim. 
Тalabalar faoliyati unumli bo’lishi uchun ovqatlangan bo’lishi kerak, 
boshqalar kayfiyatini buzmaslik uchun yoqimsiz xid tarqatadigan narsalarni 
ist’emol qilmasliklari yoki vositalardan foydalanmasligi lozim. Auditoriyalardan 
ovqatlanish ta’vsiya etilmaydi. Auditoriyadagi boshqaruvchi ustoz hisoblanadi. 
Ustoz mashg’ulot tartibini belgilaydi. Ustoz talaba bilan o’rnatilgan tartibda 
shug’ullanadi, yani
-
dars jadvali bo’yicha mashg’ulot paytida; 
-
dars jadvali bo’yicha maslaxat soatlarida; 
-
reyting nazoratlari o’tkazish vaqtida; 
-
ustozning o’zi vaqt belgilagan bo’lsa; 
-
boshqa vaqtlarda ustozning ruxsati bilan. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish