xususan, teri rakini ko’paytiradi, okeanlarda plankton va chig’anoqsimon,
organizmlarning qirilib ketishiga, ekinlar hosilining keskin kamayishiga olib keladi.
Bulardan tashqari sanoatlashgan rayonlarda atmosfera tarkibida antropogen
aerozollar (yiliga 6 mln. tonnagacha yetadi) ko’payib, ular kondensatsiya yadrosi
vazifasini o’tashi tufayli bulutlar ko’proq vujudga keladi, ifloslangan yog’inlar
miqdorining ko’payishi mumkin.
Shahar havosi tarkibidagi har xil zaharli gazlar va ayniqsa antropogen
changlar transportlardan, sanoatdan,
isitish inshootlaridan, qurilishdan chiqadi.
Shaharlarda havo aylanishining sustligi tufayli diametri 4-10 mikron bo’lgan
changlar 1 km gacha ko’tarilib, radiusi 10 km bo’lgan maydonga tarqaladi.
Diametri kattaroq (10 mikrondan katta) bo’lgan changlar uncha yuqoriga
ko’tarilmay atrofga yoyilib, 300-500 m balandliklarda uchib yuradi va so’ngra
shaharga chang, qurum sifatida qaytib tushadi. Parij shahrining 1 km
2
yuzasiga 260
t, Nyu-Yorkda 300 t, Тokioda - 408 t, Moskvada 120 t qurum, chang tushadi.
Germaniya territoriyasiga avtomobillardan va zavodlardan chiqqan chang, qurum
hisobiga har soatda 230 t qattiq zarrachalar tushadi. Germaniyaning Myunxen
shahrida atmosferaga avtomobil shinalaridan (tormoz berish tufayli) yiliga 1000
t changsimon rezinalar qo’shiladi.
Atmosfera ifloslanishining suvga ta’siri. Atmosferaning (changlar, qurumlar,
tutunlar va boshqa qattiq zarrachalar hamda zaharli gazlar bilan) ifloslanishi
sayyoramiz suv resurslariga ham salbiy ta’sir etadi. Atmosferaning ifloslanishi
tufayli Moskvada (1910-1962 yillarda), Kiyev va Novosibirsk (1967-1973
yillarda) shaharlarida atrofiga nisbatan yog’in 11 % ko’p tushgan.
Samarqand
shahri atrofiga nisbatan bir yilda 6 kun ko’p tuman tushgan, 11 mm yog’in ko’p
yoqqan.
Atmosfera havosining ifloslanishini kishi organizmiga t a ’ s i r i . Bir kishi sutka
davomida o’rtacha 25 kg cha havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi
zararli chang, qurum va zaharli gazlar kishi organizmida to’planaveradi. Bu esa
asta-sekin kishi organizmining zaiflashishiga olib keladi va oqibatda inson
organizmi turli infeksiyalarga yetarli darajada qarshilik ko’rsata olmaydigan
bo’lib qoladi, oqibatda har xil kasalliklarni, chunonchi astma, ko’z kasali, jigar
sirrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o’pka
kasalligi, yo’tal kabi kasalliklarning
ko’payishiga sabab bo’ladi
O’simliklarni zararlanishida atmosferaning urushlar natijasida zaharlovchi
moddalar bilan ifloslanishi ham mavjud. AQShning Vetnamdagi mudhish urush
yillari davrida 90 ming t zaharlovchi moddalar 2 mln. ga maydonga tashlangan.
Natijada bugungi kunga kelib 1,5 mln. ga joyda o’rmon va o’tloqlar qurib, qishloq
xo’jalngiga yaroqsiz yerga aylanib qolgan. Bunday hodisa Laosda, Kambodjada
ham ro’y bergan.
Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar. Agar
atmosferada o’z-o’zini tabiiy tozalash jarayoni bo’lmaganda edi, Yer kurrasida
havo juda ifloslanib hayot uchun vujudga kelgan bo’lar edi. Тabiiy tozalanish
jarayoni
shundan iboratki, yog’inlar iflos moddalarni havodan yuvadi, shamollar
havodagi ifloslovchi moddalarni uchirib, bir joyda to’planishiga yo’l qo’ymaydi,
tuproqqa yoki suv yuzasiga tushgan iflos moddalar esa reaktsiyaga kiradi va
oqibatda neytrallashib qoladi. Lekin sanoat ayniqsa yoqilg’i sanoati taraqqiy etgan,
transport rivojlangan, aholini ko’payib, urbanizatsiya jarayoni kuchayayotgan
bizning asrimizda atmosferoaning sun’iy ifloslanishi tabiiy tozalanishga nisbatan
ustun kelmoqda. Shu sababli atmosfera o’z-o’zini
tabiiy holda tozalaydi deb
xotorjam bo’lish juda katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu
tufayli atmosferaning sun’iy ifloslanishdan tozalash yo’llarini joriy etish, uning
oldini olish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.
Atmosferaning sun’iy ifloslanishini oldini olishga qaratilgan bir necha chora-
tadbirlar mavjud bo’lib, ularning eng muhimlariga qo’yidagilar kiradi:
1.
Zavod va fabrikalari, kommunal xo’jaliklar va uylardagi pechlarda
ko’mir, torf, qoramoy yoqishni o’rniga elektr energiyadan,
elektr energiya
yetishmagan taqdirda gazlardan foydalanishga o’tish. Bu holatlarda atmosferaga
chang, qurum, zaxarli moddlalar gazlar kamroq chiqadi.
2.
Sanoat korxonalarda va kommunal xo’jaliklarda ishlab chiqarish
texnologiyasini o’zgartirish, ya’ni chikindiciz texnologiyalarni joriy etishdir.
3.
Avtotransport gazlarini, dudlarini kamaytirish juda muhimdir.
Avtomobildan chiqadigan zaxarli gaz miqdorini kamaytirish uchun ularning texnik
holatiga va dvigateliga yoqilg’ining bir me’yorda borishiga qa’tiy rioya qilish
kerak.
4.
Yashil o’simliklar maydonini kengaytirish. Yashil o’simliklar iflos
havoni filtrlaydi, barglarida
changni ushlab qoladi, karbonat angidridni yutadi va
kislorodni ishlab beradi.
5.
Shaharlar havosini toza saqlashda shaharlar va sanoat markazlarida
havoning tozaligini muntazam nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega.
Тoshkent shaxri havosining tozaligini 1966 yildan boshlab nazorat qilish amalga
oshiriladi.
6.
Har xil axlatlarni va yog’och ishlash korxonalaridan chiqqan
chiqindilarni yoqish atmosferaning ifloslanishida ham katta rol o’ynaydi,
shuning uchun atmosferani toza saqklash uchun axlatlarni utilizatsiyalash lozim
va yog’och ishlash korxonalarida chiqindilarni yoqmasdan qayta ishlashga o’tish
kerak.
7.
Sanoat korxonalarida atmosferaga chiqayotgan zararli moddalarni
tozalovchi inshootlar qurish.
8.
Sanoat korxonalarida tutun chiqaruvchi quvuralarni balandroq
qurishdir. Shunda iflos chang va gazlar keng maydonga yoyiladi va ularning
miqdori kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: