trubalar qancha baland bo’lsa, zaxarli changlar va gazlar shuncha keng maydonga
yoyilib, uning yer usti konsentratsiyasi kamayadi. Masalan, balandligi 100 m
bo’lgan trubadan chiqayotgan chang va gazlar radiusi 20 km bo’lgan territoriyaga
tarqalsa, balandligi 250 m bo’lgan trubadan chiqqan chang, gazlar radiusi 75 km
territoriyaga tarqaladi. Lekin bu usulda havodagi chang,
gazlar miqdori
kamaymaydi, faqat keng territoriyaga tarqaladi.Uning atrof-muhit, iqtisodiyot
ob’ektlarini zararlik darajasi kamayadi. Тutun qurimidan o’simliklar katta
zarar ko’radi. Qurum o’simlik yaproqlariga tushsa unga quyosh nuri tushishini
kamaytiriadi, natijada fotosintez jarayoni sustlashadi va o’simlik
rivojlanishini sekilashtiradi. Oqibati xalq xo’jaligiga zarar bilan baholanadi.
Buning mohiyatini ХFХ mutaxassislari bilishi va korxonadagi faoliyatida
hisobga olishi zarur. Manbalarga qaraganda qurum ayrim o’simliklarni
kuydiradi, ularning qurib qolishiga sabab bo’ladi. Atmosfera havosiga
chiqadigan zararli va zaharli gazlar nafas oluvchi barcha tirik organizmlarga
salbiy ta’sir etadi. Sog’ligini yomonlashtiradi. Ularning
ayrimlari kislotali
yomg’irlar hosil qiladi. Тojikiston alyuminiy zavodi Surxadaryo viloyati
hududida odamlar va hayvonlar tishlarini yemirilib ketishiga sabab
bo’layotganligi haqida matbuotda ma’lumotlar bor. Shularni hisobga olib
xayo
faoliyati
xavfsizligi
mutaxassisi
iqtisodiyot
rivojlanishining
barqarorligini ta’minlash uchun barcha sohalar faoliyatlari to’g’risida
tasavvurga ega bo’lishlari va shulardan kelib chiqib o’z ish faoliyatini yo’lga
qo’yishlari lozim.
Qurilish va uning sanoati to’g’risida ma’lumotlarni kerakli fanlar orqali
o’rganish yo’nalish talaba va mutaxassislarining vazifasidir.
Qurilish bu keng
qamrovli murakkab tushuncha bo’lib, u qurilish materiallari, ularni qayta
ishlash, qurilish mashina va mexanizmlari, qurilish texnologiyalari,
ishchi
kuchi kabi komplekslarni o’z ichiga oladi. Qurilish sohasini rivojlantirishda
ham xayot faoliyoti xavfsizligi mutaxassisining o’rni alohida ahamiyatga ega.
U qurilish sohasida xavfsizlik bo’yicha ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishi lozim.
Bu esa sohada barqarorlikni va rivojlanishni ta’minlovchi amal hisoblanadi.
Тan jarohatlanishi, zararlanish, kasallanishlarni ma’lum darajada oldi olinadi.
Qishloq xo’jaligi sohasida xayot faoliyoti xavfsizligi mutaxassisi o’zining
bilimi bilan atmosfera, yer, suvni ifloslanishini oldini olishda yetakchi
ahamiyatga ega. Pestitsidlarni ishlatishda ularning chegaraviy miqdorlarini
bilish va targ’ibot qilishi lozim. Pestitsidlarni odamlarning inson organizmiga
ta’siri oqibatlarini bilishi undan zararlanishlarni ma’lum darajada oldini oladi.
Respublikamizning
mevachilik, sabzavotchilik va boshqa dexqonchilik
hududlarida haddan tashqari zararli dorilarni ko’p ishlatilishi ayrim tur
kassaliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqida bo’lajak mutaxassislar “Ishlab
chiqarish”. jarayonlarida xavfsizlik fanini o’qishi bilan tasavvurga ega
bo’ladilar Sanoat rivojlanishida xayot faoliyoti xavfsizligi mutaxassislari o’z
o’rniga ega. Sanoat ishlab chiqarish mashina va mexanizmlar, texnologiyalar,
inson resursi va maxsus xususiyatli manbalar bilan bog’liq. Kimyo
korxonalari, tog’-kon sanoati va boshqa korxonalarda
ishlovchi xayot
faoliyoti xavfsizligi mutahasislari soha bo’yicha tushunchalarga ega bo’lib,
ulardagi xayot faoliyoti xavfsizligi ishlarini tashkil qilishi va doimiy
nazoratni olib borishi kerak. Hozirgi vaqtda barcha tur faoliyatlarda zararli
moddalarni tarqalishini oldini olish, ularni zararlantirish global xarakterdagi
ishlardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: