Yeryong’oq (Xitoy yong’og’i) qimmatli moyli va oziq-ovqat o’simligidir. Bugungi kunda dunyoda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda moyli ekinlar, jumladan, yeryong’oq


Jadval-2.2. Yeryong’oq urug’idan moyi ishlab chiqarishda bo’ladigan yo’qotishlar



Download 4,38 Mb.
bet15/16
Sana18.07.2022
Hajmi4,38 Mb.
#824455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
YERYONG’OQNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Jadval-2.2. Yeryong’oq urug’idan moyi ishlab chiqarishda bo’ladigan yo’qotishlar.



Hisobga olinmaydigan yo’qotishlar

Presslash usulida

Ekstraktsiya usulida

1

Yeryong’oq po’chog’ining moyliligi, %

3,5

3

2

Yeryong’oq po’chog’ining chiqishi, %

18

12

3

Kunjaraning moyliligi, %

5,5

-

4

SHrotning moyliligi, %

-

1,2

5

Kunjara miqdori, %

35,0

-

6

SHrotning miqdori, %

-

37,0

7

Moy chiqimi, %

47,0

51,0

Yeryong’oq po’chog’ining moyliligi presslash usulida moy olishda 3,5%, ekstraktsiya usulida 3% ga teng. Yeryong’oq po’chog’ining chiqishi presslash usulida 18%, ekstraktsiyalash usulida 12% ga teng. Kunjaraning moyliligi presslash usulida 5,5%, chiqayotgan kunjara miqdori 35%, ekstraktsiyalash usulida shrotning moyliligi 1,2%, shrotning miqdori 37%. Moy chiqimi yesa presslash usulida 47,0% ni tashkil etgan bo’lsa, ekstraktsiyalash usulida eryong’oqdan moy chiqimi 51,0% bo’lishi aniqlandi. Hisobga olinmaydigan yo’qotishlar ikkala usulda ham 0,02% ga teng.
(2.3-jadval).
2.3. Yeryong’oq moyi ishlab chiqarishda hisobga olinmaydigan yo’qotishlar



Hisobga olinmaydigan yo’qotishlar

Presslash usulida

Ekstraktsiya usulida

1

Po’choqda moyning yo’qolishi

Pp = (3,5*18)/100 = 0,63%

Pp = (3,0*12)/100 = 0,36%

2

Kunjarada moyning yo’qolishi

Pk = (5,5*35)/100 = 1,925%

-

3

SHrotda moyning yo’qolishi

-

Psh = (1,2*37)/100 = 0,444%

4

Xisobga olinmaydigan yo’qotish

P = 0,02%

P = 0,02%

5

Umumiy yo’qoladigan moy

P = 0,63+1,925+0,02 = 0,575%

P =0,35+0,444+0,02 =0,824%

Har 100 tonna yeryong’oqdan presslash usulida moy olishda 2 tonnadan 575 kg moy yo’qoladi, ekstraktsiya usulida 100 tonna xom ashyodan 824 kg moy yo’qoladi.


XULOSA VA TAKLIFLAR
Yeryong’oq bir yillik o’simlik Fabaceae – dukkakdoshlar oilasiga, Arachishypogaea L. avlodi va turiga kiradi.
Yeryong’oq (araxis) – Arachishypogaea turiga Fabaceae oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Madaniy turi bir nechta kenja turlariga ega. Eng ko’p ekiladigani – ssp.vulgaris Z.Luz. Bu kenja turi to’rt xillariga bo’linadi. Tur xillari poyaning balandligi, shoxlanishi, bargning shakli va kattaligi, dukkagini tuzilishi, donning rangi bo’yicha farq qiladi.
Yeryong’oq ko’pchilik viloyatlarda aprelning uchinchi mayning birinchi o’n kunligida tuproq harorati 15-16°S bo’lganda, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda 9-10sm, o’rta va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarga 6-7sm chuqurlikda ekiladi.
Yeryong’oq o’simligining mahsulotlarini yetishtirishda salbiy ta’sir ko’rsatadigan zararli omillarga qarshi o’z muddatida va me’yorida tavsiya etilgan kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi.
Yeryong’oq dukkaklarini saqlash davrida uzoq muddat buzilmasdan saqlanishi va nafas olishiga nav, etilish darajasi, mexanik zarba olganolmaganligi, saqlanish muhiti va shu kabi sabablar ta’sir etadi. Saqlanish davrida haroratni o’zgaruvchan bo’lishi nafas olishni jadallashtiradi.
Saqlanish davrida omborxona havosida namlikning kamayishi hujayralari turgor holatini yo’qolishiga va nafas olishni kuchayishiga olib keladi. Nafas olish jadalligiga havoning gaz muhiti tarkibi ham ta’sir etadi. Havo tarkibida karbonat angidrid gazini ko’payishi va kislorodning kamayishi nafas olish jadalligini sekinlashishini ta’minlaydi. Dukkaklarni saqlanishi davrida patogen mikroorganizmlar ta’sirida kasalliklarga qarshilik ko’rsatishi, xususan, chirishga qarshi turish xususiyati pasayadi.
Sovitilmaydigan omborxonalarda qoplarda saqlanganlarida umumiy yo’qotish 10,3 foizni, sun’iy sovitiladigan omborxonalarda esa idish turiga ko’ra bu ko’rsatgich 7,1-11,8 foiz orasida bo’ldi.
Yeryong’oq dukkaklar perforatsiya qilingan qoplarda sun’iy sovitiladigan omborxonada saqlanganda polietilen setkalarga solib saqlanganga nisbatan yo’qolish miqdorini 7,1 foizgacha kamaytirdi, sovitilmaydigan omborxonada esa 6,8 foizga (21,2 foizdan 14,4 foizgacha) kamaytirishi kuzatildi.
Sifat ko’rsatkichlarini o’rganishda bir kilogramm yeryong’oqda har xil dukkaklarining soni bo’yicha o’rganilganda ma’lum bo’ldiki bitta urug’li dukkaklar o’rtacha 74 dona, og’irligi 50 gramm, ikkita urug’li dukkaklar o’rtacha 163 dona, og’irligi 227,3 gramm, uchta urug’li dukkaklarda o’rtacha 190,3 dona, og’irligi 443 gramm, to’rtta urug’li dukkaklilarda 95,6 dona, og’irligi 309 gramm kelganligi aniqlandi. Bunnan foizda ko’radigan bo’lsak, bir kilogrammda to’rt urug’lilar 30%, uchta urug’lilar 44%, ikkita urug’lilar 21%, bitta urug’lilar 5% chiqqanligi ma’lum bo’ldi.
Yeryong’oq urug’ining mag’izi va qobiq o’rtasidagi o’zaro nisbat uning naviga va o’stirilgan tabiiy iqlim sharoitiga qarab o’zgarib, yuqori sifatli moy shrot va kunjara olishda moyli urug’ni chaqish va uning qobig’ini ajratish asosiy va muhim jarayon hisoblanadi. Mag’iz va qobig’ning o’zaro munosabati uni qobig’ini ajratib qayta ishlaganda, olinayotgan mahsulotlar sifatiga va sheluxa, shrot, kunjara va moyning chiqishiga ta’sir etadi.
Yeryong’oq moyni birlamchi tozalash sifatli moyi olish uchun qattiq zarrachalardan ajratish va ajratilgan qoldiq tarkibidagi oziqalik xususiyatga ega bo’lgan moddalardan unumli foydalanishni hal etib, pressdan ajralayotgan yeryong’oq moyi tarkibidagi qattiq zarrachalar miqdori 10% dan 2% ga kamaytiradi, moy miqdorini 33% dan 38% oshiradi va bu mahsulot qaytma mahsulot deyiladi.



Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish