Suzuvchining kun tartibi.
Suzuvchining kun tartibini tuzishda bir kunda ikki marta, ba’zida uch marta trenirovka mashqlarini o‘tkazishni nazarda tutishga to‘g‘ri keladi.
B
79
irinchi ertalabki trenirovka mashqi soat 7-7.30 da o‘tkaziladi. Shuning uchun kun tartibida uyquga erta yotib, erta turish rejalashtiriladi. Shundan kelib chiqqan holda kun tartibiga kunduzgi uyqu vaqti ham kiritiladi. Ya’ni kunning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan trenirovka oldidan sportchi 1,5-2 soat uxlashi kerak.
Suzuvchining shaxsiy gigiyenasi.
Suzuvchining shaxsiy gigiyenasi sportning hamma turlari vakillarining shaxsiy gigiyenasi qoidalariga o‘xshash.
Shuning bilan birgalikda suzuvchilarda, ayniqsa, teri kasal-liklarini, xususan, epidermofitiya kasalligining oldini olishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Suzuvchining kiyimi va poyabzali gigiyenasi.
Suzuvchilar organizmni chiniqtirishga qaratilgan quruqlik-dagi trenirovka mashqlarida ob-havo sharoitiga mos kiyim va poyabzaldan foydalanadilar.
Suvda o‘tkaziladigan trenirovka va musobaqalarda suzuvchilarning kiyimi quyidagicha bo‘ladi:
- erkaklar, o‘smirlar, bolalar uchun – maxsus suzish trusisi;
- ayollar, qizlar uchun – maxsus suzish kostyumi.
Ayollar suzish kostyumi quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:
- oldi tomondagi ochiq joy bo‘yindan pastga 12 sm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
- orqa tomondagi ochiq joy bo‘yindan pastga – 20 sm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
-
80
qo‘ltiq ostidagi ochiq joy – old tomonda 5 sm dan ko‘p bo‘lmasligi, orqa tomonda 7 sm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Suzuvchilarni musobaqaga tayyorlash davrida trenirovka mashqlarini gigiyenik ta’minlash.
Suzuvchilarni musobaqaga tayyorlash davrida trenirovka mashqlari har kuni 2-3 marta katta jismoniy yuklama bilan o‘tkaziladi. Shuning uchun har bir trenirovka mashqidan keyin kuch-quvvatni tiklashga qaratilgan tadbirlar alohida e’tibor bilan tashkil etilishi lozim. Jumladan:
1. Har bir trenirovka mashqidan keyin iliq dush yoki iliq vanna (suv harorati +36+38o), 10-15 minut davomida qabul qilinadi.
2. Dush va vanna qabul qilayotgan paytda suzuvchi o‘zini-o‘zi massaj qiladi. Bunda tananing qaysi sohasi muskullarida charchash va og‘riq sezilsa, o‘sha muskullar ko‘proq massaj qilinadi.
3. Imkon bo‘lsa iliq gidromassaj qabul qilinadi (15-20 minut).
4. Musobaqa davri yaqinlashganda katta hajmda o‘tkazilgan trenirovka mashqlaridan keyin kuch-quvvatni tiklash tadbirlari quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:
- dushanba – iliq dush;
- seshanba – massaj, maxsus malhamlar surtib;
- chorshanba – gidromassaj, buning imkoni bo‘lmasa xvoya vannasi;
- payshanba – massaj, uning ketidan iliq dush;
- juma – gidromassaj yoki xvoya vannasi;
- shanba – massaj yoki iloji bo‘lsa, bug‘ hammom va massaj;
- yakshanba – dam olish kuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |