Umumiy qoidalar
Bino va xonalarning joylanishi, loyixalanishi va qurilishi ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi, Shuningdek ishlab chiqarishda kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan xatoliklar bo‘lmasligini ta’minlashi kerak. Xonalarni ishga tayyorlash va ularni ish holatida ushlash, tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har tomonlama kontaminatsiya, chang va boshqa iflosliklar to‘planishlarni Yuq qilish imkoniyatini berishi kerak.
Dori vositalari ishlab chiqariladigan xonalarni pestitsid va gerbitsidlar ishlab chiqarish uchun foydalanish qat’iyan man etiladi.
Farmatsevtika korxonalari bitta yoki bir nechta ishlab chiqarish binolarida joylashishi lozim. Uning kattaligi, loyihasi va joylashishi ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tarzda bajarilishi ta’minlanishi kerak.
Ishlab chiqarish binolari, inshootlar va xonalar amaldagi qurilish me’yorlari va qonunlari (QMVK)ga, tibbiy sanoati korxonalarini loyihalash va qurish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda ushbu hujjat talablariga mos ravishda loyixalanishi lozim.
Ishlab chiqarish binolari changlanish, ifloslanishni oldini oladigan, hasharotlar va hayvonlar kira olmaydigan qilib loyihalanishi va qurilishi kerak.
Ishlab chiqarish binosidagi xonalar joylashishi Shunday rejalashtirilishi kerakki, ular quyidagilarni ta’minlashi lozim:
texnologik bog‘liq, xonalar o‘rtasidagi masofalar o‘ta qisqa.bo‘lib, jarayonlar uzluksizligini ta’minlash;
odamlar o‘tish va texnologik oqimlarni o‘zaro kesishini oldini olishi;
iloji boricha tozalikning bir xil darajasidagi xonalar yaqin joylashishi;
birlamchi xom ashyolarning xar xil turi va seriyalari, yarim tayyor mahsulotlar hamda tayyor dori vositalarini o‘zaro aralashib ketish oldini olish maqsadida, jihozlar va materiallarni oqilona joylashtirish;
sanitariya-gigiena rejimi shartlariga to‘la rioya qilish:
ishlab chiqarish xonalarini omborxona va maishiy-sanitariya xonalari sifatida foydalanishni, xodimlar kelishini taqiqlash;
birlamchi xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor dori vositalarini bino ichida hamda bitta binodan ikkinchisiga olib o‘tishda ifloslanishdan ) himoya qilish;
texnika havfsizligi hamda yong‘in havfsizligi me’yor va qoidalariga rioya qilish;
boshqa guruhdagi dori vositalarining o‘zaro kontaminatsiyasi oldini olish maqsadida betalaktamin antibiotiklar ishlab chiqarishda alohida xonalardan foydalanish;
o‘ta faol, zaharli yoki uchuvchan moddalar ishlab chiqarishda alohida xonalardan foydalanish;
Ishlab chiqarish xonalarida kuyidagilar bo‘lishi shart:
xonalar, jihozlar va tayyor mahsulot tozaligini ta’mnnlovchi yoritgich, ventilyasiya, elektr tizimlari, suv tarmog‘i va kanalizatsiya, ishlab chiqarish chiqindilarini.olib ketish tizimlari
dori vositalarini ishlab chiqarish va saqlash davrida ularning sifatini saqlab turish, hamda xodimlarga nisbatan qo‘yilgan gigienik talabni bajarilishini va foydalanilayotgan jihozlarning aniq ishlashi uchun zarur harorat hamda nisbiy namligini ta’minlovchi konditsioner kurilmalari
ishlab chiqarish xonalariga yakin joylashgan toza va maishiy-sanitariya xonalari.
Xonalar (ishlab chshqarish. saqlash va maishiy-sanitariya xonalari Shular jumlasiga kiradi) funksional-texnologiya bloklarga birlashtirilishi lozim, zarur xollarda alohida ishlaydigan muxandislik tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak!
Barcha ishlab chiqarish xonalari havoning mikroorganizmlar va mexanik zarrachalar bilan ifloslanish darajasi bo‘yicha tavsiflanadi Xonalar yoki zonalarning tozalik darajasi texnologik jarayonlarning xarakteriga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |