“Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” gmp ma’ruzalar matni


Fakultet kengash raisi: ______________ Ilxomov H



Download 0,54 Mb.
bet2/21
Sana02.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#731159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ЯИЧА маърузалар матни

Fakultet kengash raisi: ______________ Ilxomov H.


Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi


_____________ S.U.Aliev

Toshkent Farmatsevtika instituti


Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi
5A 510603 – Dorilarning sanoat texnologiyasi
ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 1 kurs magistratura talabalari uchun
Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” fanidan
2016-2017 o‘quv yili ma’ruzalarining rejasi

  1. “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) umumiy qoidalar va talablar

  2. Dori vositalari sifatni boshqarishga nisbatan talablar

  3. Sifat nazorati uchun jixozlar

  4. Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan farmatsevtik texnologiyalar va farmatsevtik asbob-uskunalar

  5. Dori vositalari sifat nazoratiga nisbatan talablar

  6. Dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni

  7. “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” bo‘yicha farmatsevtik ishlab chiqarish uchun havo va suvni tayyorlash

  8. “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” jaxon standartini bino va xonalarga bo‘lgan talablari

  9. “Toza xona”lar tasnifi va ularning standartlari

  10. “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” jaxon standartini xodimlarga qo‘ygan talablari

Kirish
Dori vositalari haqida gap ketar ekan, dorilarni tegishli tartibda sifat nazoratidan o‘tkazish haqida to‘xtalib o‘tish joiz. Farmatsevtika sanoati mahsulotlari Shunday mahsulot turiki, ularni sertifikatlashtirmasdan farmatsevtika bozoriga chiqarib bo‘lmaydi. Ular inson uchun eng aziz ne’mat - salomatlikni asrashga va mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Aksincha, sifatsiz va yaroqlilik muddati o‘tgan dori-darmonlar insonlar salomatligiga ziyon keltirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari sifat nazorati tizimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, uning hududiy filiallari, mustaqil sertifikatlashtirish idoralari, Shuningdek, “Dori-darmon” AK va mahalliy farmatsevtika sanoati korxonalari ichki nazorat tahlil laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iYuldagi “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq dori vositalari sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlar turkumiga kiritildi. Ushbu Qarorga ko‘ra mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya tahlillaridan o‘tib, muvofiqlik sertifikati berilgandan keyingina sotuvga chiqariladi, Bugungi kunda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan 6500 dan ortiq dori vositalarining hammasi uchun me’yoriy hujjatlar tasdiqlangan bo‘lib, bu standartlarning aksariyati xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirilgan. Farmatsevtika sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy korxonalarimiz faoliyatiga xalqaro GMR sifat standartini joriy etish juda muhim. Sertifikatlash — sifat talablarini to‘la ta’minlash degani. Har bir dori vositasi, tibbiyot anjomi avvalo tibbiy ekspertizadan o‘tkazilib me’yoriy hujjat tasdiqlanganidan so‘nggina ro‘yxatga olinishi lozim. Ro‘yxatga olingan dori vositalari xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi. Me’yoriy talablar qancha Yuqori bo‘lsa, mahsulot sifati ham Shuncha Yuqori bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 6599, Shu jumladan 1265 nomdagi mahalliy, 5334 nomdagi xorijiy farmatsevtika sanoati dori vositalari tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan. Ruxsat etilgan dori vositalari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan barcha farmakoterapevtik guruhlardagi kasalliklarni davolash imkonini beradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrda Yurtimizda atigi ikkita farmatsevtika korxonasi tomonidan 20 ga yaqin dori vositalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 133 ta korxona dori vositalari ishlab chikarish litsenziyasiga ega. Shulardan 26 ta farmatsevtika korxonalari xalqaro sifatni boshqarish tizimi IS0 9001 va GMR sertifikatlariga ega bo‘lgan korxonalardir. Bugungi kunda mahalliy korxonalardan 17 tasi o‘z mahsulotlarini chet ellarga eksport kilmokda.Korxonalar tomonidan ishlab chikarilayotgan 30 dan ortiq tabiiy dori vositalari mahalliy xomashyolar, asosan dorivor o‘simliklar asosida respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan. 
Ayni kunlarda Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zfarmsanoat” DAK tomonidan bu yo‘nalishda zaruriy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Ularga asosan O‘zbekiston hududidagi barcha farmatsevtika korxonalarida inventarizatsiya o‘tkazilib, sifat sertifikatlari taqdim etiladi. Ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi sifat standartlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni xal qilishga to‘g‘ri keldi:

  • farmatsevtik ishlab chiqarish va uni tashkil qilish asoslarini izohlash;

  • O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoati va uning rivojlanishini tahlil qilish;

  • GMP (Good manufacturing practice – Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti) va uning asosiy qoidalari bilan tanishish;

  • infuzion eritmalar va ular haqida umumiy tuShunchalarga ega bo‘lish;

  • GMP bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni to‘plash;

  • zaruriy atamalarni tahlil qilish;

  • “toza xona”lar tasnifi va ularning standartlari bilan tanishish;

  • validatsiya va uni o‘tkazish tartibini izohlash;

  • dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha talablarni ishlab chiqish;

  • bino va xonalarni tayyorlash;

  • xodimlarni tayyorlash;

  • ishlab chiqarish asbob-uskunalarini tayyorlash;

  • in’eksion suvni tayyorlash;

  • eritmani tayyorlash, flakonlarga quyish, qadoqlash va o‘rash;

  • sifatni ta’minlash;

  • sifatni nazorat qilish;

  • -infuzion eritmalar sifatini baholash.

Binobarin, tizimda rejaga muvofiq 2016 yilgacha ISO 9001 2008 sifat boshqaruvi tizimi joriy etiladigan korxonalar soni 50 taga etkazilishi, GMR standartlari joriy etiladigan korxonalar soni 20 tadan oshirilishi rejalashtirilgan. Shubhasiz, Yuqorida keltirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarining sifati, samaradorligi va bezararligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dissertatsiya ishi Toshkent Farmatsevtika institutining ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasiga muovfiq (Davlat qayd qilish raqami №01910000744) “Infuzion eritmalar ishlab chiqarish jarayoniga GMP talablarini joriy qilish” mavzusi asosida bajariladi.
Joriy yilning olti oyi mobaynida «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan qariyb 160 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning Shu davriga nisbatan ko‘proq demakdir. Ma’lumki, barcha sohada bo‘lgani kabi farmatsevtika sanoatida ham ilm-fan va texnologiyalar Yutuqlaridan keng foydalanish taraqqiyotning muhim shartidir. Bu borada ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy muassasalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar tarmoq rivojida muhim omil bo‘lmoqda.
Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Prezidentimiz Farmon va Qarorlari, qator Davlat dasturlari qabul qilindi. Ana Shu huquqiy hujjatlarga muvofiq, sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida keng ko‘lamda ishlar amalga oshirildi va boshqa loyihalar joriy qilindi.
Bundan tashqari, respublikada farmatsevtika tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini Yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari qabul qilindi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Prezidentimizning 2006 yil 14 iYuldagi №416 — sonli «Dori vositalari va tibbiy ashyolar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab — quvvatlash to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalarida qo‘llaniladigan xom-ashyo va materiallar qo‘shimcha bojxona to‘lovidan ozod bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 yanvardagi 1048-sonli «Sanoat kooperatsiyasi asosida 2009 yilda tayyor mahsulot, butlovchi buYumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori zamonaviy import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, tarmoq ichki va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, aholi bandligini oshirish maqsadida, Shuningdek, Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi yakunlari asosida qabul qilingan.
Mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilayotgan tibbiy texnika va tibbiy buYumlar tibbiyot amaliyotida – tashhis qo‘yishda, davolash ishlarida, xirurgik amaliyotida va tibbiyotning boshqa sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Mahalliy korxonalarda 94 ta farmakoterapevtik guruhlardagi 1000 dan ziyod nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Mahalliy farmatsevtika korxonalariga xalqaro standartlarni joriy etish ham izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, 10 ta korxonada ISO-9001 sifatni boshqarish standartlari, 3 ta korxonada GMP standartlari talablari joriy etildi. Ushbu standartlarning joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarining eksport hajmi ortishiga sabab bo‘ldi. Buning barobarida, respublikamizda jami 2020 ta tibbiy texnika va tibbiy buYumlar tibbiyot amaliyotida ishlatilishiga ruxsat etilgan bo‘lsa, ulardan 219 tasi respublikamiz mahalliy ishlab chiqaruvchilari tomonidan etkazib berilmoqda. Mahalliy ishlab chiqarish korxonalaridan 12 tasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan 130 nomdagi dori vositalari 9 ta davlatda ro‘yxatga olinib, ularga respublikamizda ishlab chiqarilayotgan tibbiy mahsulotlar etkazilmoqda. Oxirgi uch yil ichida 20 dan ortiq original dori turlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Aytish muhimki, davlatimiz tomonidan farmatsevtika sohasiga qaratilayotgan e’tibor bois, ushbu yo‘nalishda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlar o‘z natijasini berib, muvaffaqiyatlarga erishilayotganligi Yuqoridagi fikrlarimizning yorqin dalilidir. Jumladan, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 iYuldagi PQ-416-sonli "Dori vositalari va tibbiy ashyolar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi 2007 yil 19 noyabrdagi 731-sonli "2011 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida"gi Qarorlari va Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buYum va materiallarni mahalliylashtirish Dasturlari Iqtisodiyot va Moliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, "O‘zfarmsanoat" DAK hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi "Dori vositalari va tibbiyot buYumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xom ashyolar ro‘yxati"ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 2010 yil 21 yanvardagi 15-sonli Qarori qabul qilindi. Bu esa mahalliy farmatsevtika sanoati rivojlanishiga, yangi raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqarilishining jadal sur’atlar bilan o‘sishiga olib keladi.
Ta’kidlash muhimki, mustaqilligimizning dastlabki yillarida mamlakatimizda bor-yo‘g‘i 2 ta korxona tomonidan 20 ga yaqin dori vositalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugunga kelib farmatsevtika korxonalari soni 139 taga etdi va ular tomonidan 1300 dan ortiq turdagi dori vositalari tayyorlanmoqda. E’tiborli jihati, ayni paytda 26 ta mahalliy farmatsevtika korxonasi o‘z faoliyatiga ISO 9001 xalqaro sifat standarti hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan GMP – Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti standart¬larini joriy etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 17 ta farmatsevtika korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori-darmon va tibbiy mahsulotlar dunyoning 20 dan ortiq davlatlariga eksport qilinmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Bioorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Shuningdek, Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan dorivor o‘simliklar asosida original dori vositalarini tayyorlash bo‘yicha ilmiy izlanish olib borilmoqda. Xususan, so‘nggi 20 yil mobaynida mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida 30 ga yaqin original dori vositalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilib, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Aholini va davolash muassasalarini sifatli va arzon dori-darmonlar bilan ta’minlash mamlakatimiz tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 19 noyabrda qabul qilingan “2011 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida”gi qarori soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni paytda yurtimizda “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni tasarrufida 110 dan ziyod farmatsevtika korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 605,8 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1997 y., 4-5-son, 120-modda; 1999 y., 5-son, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 41-son, 405-modda; 2009 y., 38-son, 416-modda) O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat ekanligi aytib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati dori vositalari bilan ta’minlash sohasidagi siyosatni belgilaydi va ro‘yobga chiqaradi, dori vositalari va tibbiy buYumlar bilan ta’minlashga doir sog‘liqni saqlash dasturlarini tasdiqlaydi va mablag‘ bilan ta’minlaydi, ularning narxlarini nazorat qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari dori vositalari, tibbiy buYumlar muomalasini nazorat qiladi, dori vositalari bilan ta’minlash davlat dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: davlat buyurtmasini tuzadi va davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buYumlarning asosiy turlari mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini ta’minlaydi; laboratoriya, ishlab chiqarish va dorixona amaliyoti uchun xos bo‘lgan standartlarni tasdiqlaydi; milliy farmakopeyani tasdiqlaydi; dori vositalari va tibbiy buYumlarning sifati nazorat qilinishini, ular ro‘yxatdan o‘tkazilishi, standartlashtirilishi va sertifikatsiyalanishini ta’minlaydi; narkotik, zaharli, psixotrop, radiofarmatsevtik (radioaktiv), kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari va etil spirtini sotish, saqlash, hisobga olish, ularning zaxiralarini hosil qilish tartibini belgilaydi; dori vositalari va tibbiy buYumlarning davlat reestrini Yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan e’lon qilib boradi; dori vositalarining zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni tayyorlash, ishlab chiqarish, olib kelish va sotishni to‘xtatib qo‘yadi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi.
Dori vositalari va tibbiy buYumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma egasi ushbu guvohnomani bergan muassasani dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi ma’lumotlardan xabardor qilib turishi shart.
Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, yo‘q qilishni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatga ega bo‘lishlari kerak.
Dori vositalari farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalaridan (substansiyalaridan) va yordamchi moddalardan tayyorlanadi.
Dori vositalarini markalash, idishga joylash-o‘rash va ularning tashqi bezagiga doir qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buYumlarni dori vositalari va tibbiy buYumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlarni etkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, Shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buYumlarni Yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Dori vositalari va tibbiy buYumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, Shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buYumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, Shuningdek tibbiyot va farmatsevtika o‘quv Yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi».
O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarini, tibbiy buYumlarni eksport va import qilishning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan yagona tartibi amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 noyabrdagi PQ-731-sonli “2011 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 46-47-son, 465-modda) farmatsevtika tarmog‘i korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali va oqilona foydalanish, eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, Shuningdek respublika aholisining mahalliy dori vositalari va tibbiyot buYumlariga bo‘lgan talab-ehtiyojini yanada to‘liq qondirish maqsadida:
1. Quyidagilar 2011 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
- respublika aholisi, davolash-profilaktika va dorixona muassasalarining mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish asosida ularni ishlab chiqarishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
- ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan, Shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, Shuningdek tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish hisobiga ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buYumlari sarf-xarajatlarini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirish;
- respublika korxonalarida yangi dori substansiyalari va tayyor dori vositalarining sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini ta’minlash, eng avvalo ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni davolash uchun ularni mahalliy xom ashyodan tayyorlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini amalga oshirish.
2. «O‘zfarmsanoat» DAK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, farmatsevtika tarmog‘i korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2011 yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi ma’qullansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- 2007—2011 yillardagi davrda farmatsevtika sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining maqsadli parametrlari;
- mahsulot ishlab chiqarishning prognoz parametrlari hamda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya takliflari;
3. «O‘zfarmsanoat» DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
- ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini yaxshilash, ularning aholiga, birinchi navbatda pensionerlar, nogironlar va qariyalar uchun maqbul narxlarda ishlab chiqarilishini ta’minlashga alohida e’tibor bergan holda, chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
- aholiga hamda davolash-profilaktika va dorixona muassasalari xodimlariga mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining turlari to‘g‘risida muntazam va tizimli asosda axborot berib borilishini, Shuningdek mahalliy dori vositalari va tibbiyot buYumlarining har yilgi savdo-yarmarkalari o‘tkazilishini ta’minlasin;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Dori-darmon» AK bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganishga yo‘naltirilgan marketing siyosatini doimiy asosda olib borishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda respublika korxonalarida yangi dori substansiyalari va tayyor dori vositalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ularni mahalliy xom ashyodan tayyorlash bo‘yicha tizimli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazsin va innovatsiya ishlanmalarini yaratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar turlari bo‘yicha mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan preparatlar va tibbiyot buYumlarini hisobga olgan holda 2008—2011 yillarda respublika davolash-profilaktika muassasalari va aholisini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari hajmi va turlarini aniqlash maqsadida davolash standartlarining tizimlashtirilishini yakunlash ishlari belgilab qo‘yilgan.
Mustaqillikka erishgunimizga qadar mamlakatimizda sanoqli farmatsevtika korxonasi dori vositalari ishlab chiqarar, ishlab chiqariladigan mahsulot esa bir necha nomni tashkil qilar edi, xolos.
Bugungi kunda respublikada tabletkalar, kapsulalar, in’eksion va infuzion eritmalar, surtmalar, galen preparatlar va boshqa dori shakllari ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar muvoffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan «Novofarma PlYus» MCHJ qo‘shma korxonasi va «Farmed sanoat» xususiy korxonasi xalqaro standart GMP – «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti» qoidalari talablariga javob beradi.
«Radiks» IICHK, «Jurabek Laboratories» MCHJ, «Sarbonteks» qo‘shma korxonalari tomonidan farmatsevtika va tibbiy mahsulotlar dunyoning boshqa davlatlariga eksport qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha say-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Shuni quvonch bilan aytish mumkinki, bugun farmatsevtika sanoati borgan sari xalq xo‘jaligining muhim bir yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Farmatsevtika sanoatini mahalliy xom ashyo bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan xo‘jaliklarda 50 dan ortiq dorivor o‘simliklar etishtirilmoqda. Ularga 12 ta korxonada ishlov berilib, bezarar va sifatli xomashyo ishlab chikarilmoqda.
Farmatsevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan shisha idishlar va ampulalar ishlab chiqaradigan zavodlar to‘liq ishlab turibdi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab xukumatimiz tomonidan aholi sog‘lig‘ini saqlash va kasalliklarni davolashda muhim o‘rin tutuvchi dori vositalari muomalasini me’yorlashtirishga qaratilgan huquqiy va boshqaruv hujjatlarini yaratish va ularni amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor berildi.
YUrtimizda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Prizidentimiz Farmon va Qarorlari, qator Davlat dasturlari qabul qilindi. Ana Shu huquqiy xujjatlarga muvofiq, sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida keng ko‘lamda ishlar amalga oshirildi va boshqa loyihalar joriy qilindi.
Bundan tashqari, respublikada farmatsevtika tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari qabul qilindi.
Mustaqil respublikamizda farmatsevtika fani va sanoatini jadallik bilan rivojlanishi dori vositalari sifatini nazorat etish tizimida qabul qilingan boshqaruv hujjatlari hamda mahalliy imkoniyatlarni hisobga olgan holda dori vositalarini yaratish yo‘lida izlanishlar olib borishni talab etadi. Shuningdek, alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan 20 tadan ortiq turdagi original dori vositalari ishlab chiqarilayotgan va amaliyotga tadbiq etilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi mahalliy xom ashyo bazasiga, Shu jumladan O‘zbekiston hududida o‘sadigan dorivor o‘simliklar asosida ishlab chiqarishga asoslangandir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari - Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalar kimyosi instituti, Akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, UzKFITI va boshqa institutlar olimlari tomonidan mahalliy xom ashyolar asosida yaratilgan, yuqori samaradorlikka va bezararlikka ega dori vositalari texnologiyasini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Aytib o‘tilgan institutlar tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarilgan dorivor moddalar (substansiyalar) dan farmatsevtika korxonalarida tayyor dori turlari yaratilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda farmatsevtika sanoati xalq xo‘jaligining hayotiy zarur tarmog‘i sifatida shakllandi va rivojlanish bosqichiga o‘tdi.
2009 yil 1 avgustiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida jami 108 ta korxona Sog‘liqni saqlash vazirligining farmatsevtika faoliyati uchun litsenziyasiga ega, ulardan 20 tasi qo‘shma korxona va chet el korxonalaridir.
Dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatimizda DAK “Uzfarmsanoat” kompaniyasining farmatsevtika bo‘yicha zavodlari, qator shaxsiy korxonalar, Shuningdek fanlar Akademiyasi va boshqa vazirliklarda tashkillashtirilgan alohida korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda olimlar va ishlab chiqaruvchilar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan holda, oxirgi uch yilda 35 ta o‘z nomiga ega bo‘lgan seriya raqamli mahalliy dori-darmonlar substansiyasi tashkil etildi.
Eksport qilinuvchi farmatsevtika mahsulotining hajmi o‘sib borayotganligi tahsinga sazovordir. Jumladan, hozirda eksport qilinayotgan “Sitizina” farmokopey ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. “Allapinin” antiritmik preparati ko‘p yillardan buyon eksport qilinmoqda va uning eksport hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Fanlar Akademiyasida farmatsevtikaga oid mahsulotlar ishlab chiqarish, dori va boshqa tibbiy preparatlarning da’volash xususiyatlari va tadqiqotlari bilan o‘simlik moddalari kimyo instituti, biorganik kimyo va polimer kimyosi va fizikasi, “mikrobiologiya va yadro fizikasi institutlari, Radiopreparat” korxonasi Shug‘ullanadi. Masalan, o‘simlik moddalari Institutida oxirgi vaqtlarda yangi texnologiya joriy etilib, mutaxasssislarimiz tomonidan ishlab chiqilgan 7 ta original eksport qilishga mo‘ljallangan dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Biorganik kimyo instituti tomonidan 12 nafar yangi import qilinayotgan dori vositalarining o‘rnini bosa oladigan va eksport qilishga mo‘ljallangan mahalliy Yuksak samaraga ega preparatlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan. Mikrobiologiya instituti mahalliy texnologiyalardan foydalangan holda, oshqazon-ichak kasalliklarini da’volash va profilaktika qilish uchun 5 nafar biopreparatlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ygan.
Shunday qilib, mamlakatimizda yig‘ilgan tajriba, ilmiy va ishlab chiqarish muassasalarining hamkorligi va ularning Yuksak salohiyati farmatsevtika sohasida biotexnologiyani joriy etishga va sog‘liqni saqlash amaliyotiga samarali mahalliy dori vositalarini joriy etishga imkon bermoqda.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish