Variant №107
Molluskalar tipi
1.Chuchuk suv shillig’i qaysi sinfga kiradi
A) boshoyoqli molluskalar;
B) qorinoyoqqli molluskalar;
C) ikki pallali molluskalar;
D) mantiya terililar;
2. Chuchuk suv shillig’I tanasi …..
A) spiral chig’anoq ichida joylashgan;
B) chig’anoqning o’ramlari ingichkalashgan qismida joylashgan
C) chig’anoqning kengaygan qismida joylashgan;
D) chig’anoq o’ramlari sirti, tanasini tashkil qilgan;
3. Chuchuk suv shillig’i paypaslagichlari boshida qanday joylashgan va nechtadan
A) boshining oldingi tomonida, 2 juftdan;
B) boshining ikki yonida 1 juftdan;
C) boshinining ikki yonida, 4 tadan;
D) boshida paypaslagichlar emas mo’ylovlari bo’ladi;
4. Chuchuk suv shillig’I qanday tartibda harakatlanadi
A) oyoq muskullarini tebratib, sirpanib;
B) oyoq muskullarini to’lqinsimon qisqartirib, sirpanib;
C) oyoq muskullarini tebratib, siltanib;
D) qorin muskullarini tebratib, siltanib;
5. Chuchuk suv shillig’I ………. qoplangan muskulli tilchasi bo’ladi.
A) og’izida, mayday bo’rtmachalar bilan;
B) halqumida, tishchalar bilan;
C) halqumida, muskulli o’simtalar bilan;
D) halqumida, mayday bo’rtmachalar bilan;
6. Chuchuk suv shillig’ining ichagi qanday joylashgan va jigari qanday vazifani bajaradi
A) halqasimon buralib joylashgan, ichagiga hazm shira ajratadi;
B) uzun nayga o’xshab joylashgan oshqozoniga hazm shirasi ajratadi;
C) halqasimon buralib joylashgan, oshqozoniga hazm shira ajratadi;
D) halqasimon buralib joylashgan, oziq jigar naychalarida hazm bo’ladi;
7. Chuchuk suv shillig’ining so’lak bezlari soni va ishlab chiqargan suyuqlik qayerga ochiladi
A) qizilo’ngachga 1 juft;
B) halqumga 1 juft;
C) og’iz bo’shlig’iga 1 juft;
D) qizilo’ngachga 2 juft;
8. Chuchuk suv shillig’ining yuragi…….
A) naysimon, ikki kamerali bo’ladi;
B) yurak oldi bo’lmasi va qorinchasidan iborat;
C) ikkita bo’lma va bitta qorinchadan iborat;
D) besh qirrali, uch juft teshikli bo’ladi
9. Chuchuk suv shillig’ining o’pkasida kislorodga to’yingan qon qayerga o’tadi
A) mayda kapilyarlarga
B) yurak oldi bo’lmasiga;
C) tana bo’shlig’iga;
D) yurak devoiri uch juft teshiklarga;
10. Chuchuk suv shillig’ining tasmaga o’xshash buyragi nechta va bu yurakning voronkasimon kengaygan qismi qayerga ochiladi
A) 1 ta, tana bo’shlig’iga;
B) 1 ta, yurak oldi bo’lmasiga;
C) 2 ta, tana bo’shlig’iga;
D) 2 ta, yurak oldi bo’lmasiga;
11. Chuchuk suv shillig’I tuxumlarini qanday tartibda qo’yadi
A) tizimcha shakilda qo’yadi;
B) uzun shilimshiq ip ichiga qo’yadi;
C) shilimshiq moddadan hosil bo’lgan pilla ichiga qo’yadi;
D) A va B;
12. Qorinoyoqli molluskalarning yer yuzida nechta turi bor
A) 10 000; B) 100 000;
C) 1000; D) 20 000;
13. Qorinoyoqli molluskalarning quruqlikda yashovchi qanday turlari bor
A) yalong’och va tok shillig’I;
B) rapana va midiya;
C) rapana va tok shillig’I;
D) rapana va yalong’och shilliq
14. O’zbekiston xududida uchrovchi qorinoyoqli molluskalarni belgilang
A) rapana va tirik tug’ar shilig’i
B) tok shillig’I va bedapoya shillig’I;
C) yalong’och shillig’I va bedapoya shillig’I;
D) rapana va bitiniya;
15. O’simliklar yashil qismiga ziyon keltiruvchi qorinoyoqlilar
A) tok shillig’I va yalong’och shillig’I;
B) dengiz quloqchasi va rapana;
C) tirik tug’ar shilliqlar va dengiz likopchasi;
D) dengiz likopchasi va yalong’och shillig’I;
16. Qorinoyoqli molyuskalarni belgilang
1-tok shillig’I; 2-yalong’och shillig’I; 3-bitiniya; 4-midiya; 5-ustritsa; 6-tirik tug’ar shillig’I;
A) 1,4,6;
B) 1,3,4;
C) 1,2,3;
D) 1,2,5;
17. Qorinoyoqli molluskalar qanday nafas oladi
A) faqat o’pkasi yordamida;
B) faqat jabrasi yordamida;
C) o’pkasi va jabrasi yordamida;
D) mantiya yuzasi orqali;
18. Ikki pallali molluskalarni qanday sharoitlarda uchratish mumkin
A) dengiz va chuchuk suvda;
B) dengiz, chuchuk suv, quruqlikda;
C) faqat chuchuk suvda;
D) faqat dengizda;
19. Baqachanoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang
1-baqachanoq tinch oqar suvlarda uchraydi; 2-tanasini qumga yoki loyga yarmigacha ko’mib yotadi; 3-chig’anog’I keyingi tomoni to’mtoq; 4-chig’anog’I oldingi tomoni suyri; 5-uzunligi 10-15sm; 6-uzunligi 20-30sm;
A) 1,2,5; B) 2,3,4;
C) 2,3,6; D) 1,3,4;
20. Baqachanoq ayrish maxsuloti qayerga ochiladi
A) mantiya chetiga;
B) ustki tirqishsimon teshikka;
C) pastki sifonga;
D) jabralarning sirtiga;
21. Baqachanoq og’zi oldidagi paypaslagichlar nechta va ular qanday vazifa bajaradi
A) 2 ta, oziqni hazm qilish sistemasiga yo’naltiradi;
B) 4 ta, oziqni tutib qoladi;
C) 2 ta, mantiya bo’shlig’ida suvni harakatlantiradi;
D) 4 juft jabralarni yuvib turadi;
22. Baqachanoqning nafas olish organi qanday tartibda joylashgan va qanday tartibda nafas oladi
1-jabralar oyog’ining ikki yonida joylashgan; 2-jabralari oyoqlarining ustida joylashgan; 3-jabralari sirtidagi kiprikchalar; 4-mantiya bo’shlig’iga pardasidagi kiprikchalar orqali suv kiradi; 5-suv jabralarni yuvib turadi; 6-paypaslagichlarning harakati tufayli suv jabralarni yuvadi;
A) 1,3,4,5;
B) 1,3,4,6;
C) 2,3,4,6;
D) 1,4,5,6;
23. Baqachanoq nerv sistemasini nima tashkil qiladi.
A) 6 ta nerv tugunlari va ularning tolalari tutashgan;
B) 2 juft nerv tugunlari va ularning tolalari tutashgan;
C) 5 juft nerv tuguni va ularning tolalari tutashgan;
D) 2 ta nerv tuguni va ularning tolalari tutashgan;
24. Baqachanoq lichinkasi qayerda baqachanoqqa aylanadi
A) baliq terisida;
B) suv tubiga tushgach;
C) baliq terisidan suvga chiqqach;
D) jabralar sirtida rivojlangach;
25. Ikki pallalilar ………..dan ortiq turni o’z ichiga oladi
A) 30 000;
B) 3000;
C) 100 000;
D) 10 000;
26. Ikki pallalilar eng yirigi….og’irligi 250 kg keladi
A) ustritsa;
B) arxitevtis;
C) tridakna;
D) taroqcha;
27. Qaysi ikki pallalilar go’shti uchun ovlanadi
A) perlovitsa, dreysena, midiya;
B) ustritsa, taroqcha, midiya;
C) ustritsa, tridakna, midiya;
D) perlovitsa, tridakna, taroqcha;
28. Qaysi ikki pallalilar ayrim mamlakatlarda ko’paytiriladi
A) marvariddorlar;
B) taroqchalar;
C) ustritsalar;
D) A va C;
29. Sho’rlangan suvlarda tarqalgan, suv o’tkazadigan quvurlarni ishdan chiqaradigan molluskani belgilang
A) tridakna;
B) perlovitsa;
C) taroqcha;
D) dreysena;
30. Boshoyoqli molluskalar gavdasining uzunligi qancha keladi va tanasi qanday bo’limlarga ajralgan
A) 1sm dan 5m gacha, bosh, tana;
B) 1sm dan 5 ma gacha, bosh, ko’krak, qorin;
C) 1 m dan 5 m gacha, boshko’krak, tana;
D) 8 sm dan 10 m gacha, bosh, tana;
31. Boshoyoqli molluskalarning yirik noksimon siyoh xaltasi yo’li qayerga ochiladi
A) voronkasimon teshigiga;
B) orqa ichagiga;
C) paypaslagichlaridagi so’rg’ichlariga;
D) mantiya bo’shlig’iga;
32. Boshoyoqli molluskalar nechta turi bor va qayerda ko’proq uchraydi
A) 6500 tur, okeanda;
B) 650 000 tur, ochiq dengizlarda;
C) 650 tur, tropik dengizda;
D) 30 000 tur, tropik dengizda;
33. Qaysi boshoyoqlilar go’shti uchun ovlanadi
A) kalmar, karakatitsa, sakkizoyoq;
B) ustritsa, taroqcha, midiya;
C) osminog, parlovitsa, arxitevtis;
D) arxitevtis, osminog, karakatitsa;
34. Molluskalrning tana bo’shlig’ini qaysi to’qima tashkil qiladi
A) nerv to’qima;
B) muskul to’qima;
C) biriktiruvchi to’qima;
D) epiteliy to’qima;
35.Baqachanoqning chiqarish sifoniga qaysi a’zolar ochiladi
a) jabralar; b) ayrish yo’li; d)orqa chiqaruv teshigi; e)mantiya bo’shlig’I; f)qon tomiri; h)jinsiy teshik;
A) b,d,h;
B) a,b,d;
C) b,d,e;
D) b,d,f;
36. Mamlakatimizda qaysi ikki pallalilar uchraydi
A) baqachanoq va dreysena;
B) baqachanoq va midiya;
C) baqachanoq va tridakna;
D) baqachanoq va ustritsa;
Do'stlaringiz bilan baham: |