Variant №115
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
1. Ko’l baqasi qayerda uchramaydi
A) baland tog’li hududlarda;
B) Janubiy Afrikada;
C) shimoliy mintaqalarda;
D) A va C;
2. Baqalar qishki uyqusini qanday sharoitda o’tkazadi
1-suv ostidagi o’simliklar orasida; 2-ko’l tubidagi balchiqlar ichida; 3-daraxtlar ildizidagi yaqinidagi kovaklarda; 4-yerto’lalardagi zax joylarda; 5-kemiruvchilar inida; 6-to’nkalar ostida;
A) 4,5,6; B) 3,5,6;
C) 1,2,3; D) 3,4,5;
3. Ko’l baqasi qanday sharoitda ov qiladi
A) faqat kunduz kuni;
B) faqat kechqurunlari;
C) harorat eng yuqori ko’tarilganda;
D) B va C;
4. Ko’l baqasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang
1-ovga chiqqan baqa qimirlamay oljani poylab yotadi; 2-faqat harakatlangan o’ljani payqaydi; 3-og’iz bo’shlig’ida tishlari bo’lmaydi; 4-baqa og’izidan uzun tilini chiqarib o’ljasini yopishtirib oladi; 5-terisi qisman muguzlashgan; 6-kechasi faol hayot kechiradi;
A) 1,2,3; B) 2,5,6; C) 1,2,4; D) 1,2,6;
5. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan …………rezanatorlari bo’ladi
A) kumushrang pufak;
B) kulrang pufak;
C) nog’ora parda;
D) pufaksimon voronka;
6. Baqalar vaqqillagan ovozi kuchayadi
A) urchish davrida bahorda;
B) yoz kuni kechasi;
C) kechqurun ov paytida;
D) oziqlanishdan keyin;
7. Baqa skeletining tuzilishiga xos xususiyatlarni belgilang
1-umurtqa pog’onasi kalla suyagi bilan harakatchan birikkan; 2-ko’krak qafasi bo’lmaydi; 3-oldingi oyoqlari bitta yelka, bitta bilak suyaklardan iborat; 4-oldingi oyoqlari bitta yelka ikkita bilak suyagi bor; 5-dum umurtqalari qo’shilgan; 6-yelka kamari suyaklari umurtqa pog’onasi va to’sh suyagiga birikkan; 7-old oyoqlar yelka kamari ikkita ko’krak tirgak suyagi bor; 8-orqa oyoqlari kamarini quymich, qov, yonbosh suyaklar birikishidan hosil bo’lgan; 9-qovurg’alar qisman rivojlangan;
A) 1,2,3,5,8;
B) 1,4,5,6,7;
C) 1,3,5,6,8;
D) 1,2,4,5,7;
8 Baqaning.……havo burun teshigi va og’iz orqali o’pkaga o’tadi……o’pkadagi… CO2 gaziga to’yingan havo yana og’iz boshligi va buruin teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi
A) tomoq pastga tortilganda, tomoq ko’tarilganda;
B) tomoq ko’tarilganda, tomoq pastga tortilganda;
C) og’iz tubi tushib- og’iz boshlig’I kengayganda, halqum bo’shlig’I ko’tarilganda;
D) qorin muskullari qisqarganda, halqum bo’shlig’I ko’tariladi;
9. Qurbaqa 9 oy davomida qancha hasharotni yeydi
A) 1000 tagacha;
B) 2000 tagacha;
C) 3000 tagacha;
D) 7000 tagacha;
10. Baqa yuragi qorinchasini qon qanday ko’rinishda to’ldirib turadi
A) qorinchaning chap tomonida arteriya qoni ko’proq;
B) qorinchaning o’ng tomonida arteriya qoni ko’proq;
C) o’ng bo’lmacha yaqinida arteriya qoni ko’proq;
D) B va C;
11. Baqaning qorin bo’shlig’ida umurtqa pog’onasi ikki yonida joylashgan ayrish sistemasi ………dan iborat
A) ikkita tasmasimon buyrakdan;
B) ikkita qopsimon buyrakdan;
C) ikkita no’xatsimobn buyrakdan;
D) ikkita dukkaksimon buyrakdan;
12. Baqa skeletida qaysi suyaklari bo’lmaydi
A) to’sh suyagi;
B) qovurg’a suyagi;
C) ko’krak tirgak suyagi;
D) A va B;
13. Baqa orqa oyoqlari kamarini…suyaklar hosil qiladi
A) ikkita chanoq;
B) qov, quymich, yonbosh;
C) to’rtta chanoq;
D) uchta chanoq;
14. Baqa skeletidagi suyaklarning to’g’ri berilganini ko’rsating
1-bitta uzun dumhyu; 2-bitta yelka; 3-bitta bilak; 4-ikkita bilak; 5-ikkita ko’krak tirgak; 6-bitta ko’krak tirgak; 7-ikkita o’mrov; 8-ikkita kurak; 9-bitta kurak; 10-Kamar suyaklari bir uchi umurtqa pog’onasiga ikkinchi uchi to’sh suyagiga birikadi; 11-orqa oyoq kamari yonbosh, quymich, qov suyaklar qo’shilishidan iborat; 12-bitta o’mrov;
A) 1,2,4,5,7,8,10;
B) 1,2,3,6,7,8,,10,11;
C) 1,2,3,7,8,12,10,11;
D) 1,2,4,6,7,8,10,11;
15. Baqaning burun teshigi…….ochiladi
A) og’iz bo’shlig’iga;
B) hid sezuvchi ikkita xaltachaga;
C) yagona novsimon xaltachaga;
D) boshi ikki yon tomonidagi kulrang pufaklarga;
16. Suvda baqa orqa oyoqlarini ….suzadi
A) ikki yon tomonga silkinib;
B) yuqoriga va pastga silkinib;
C) gorizantal va vertical harakatlantirib;
D) bukib yozib;
17. Baqaning …..quruqlik muhitiga moslashganligini bildiradi
A) terisi yupqa bo’lishi;
B) terisi nam bo’lishi;
C) qovoqlarining rivojlanganligi;
D) barchasi to’g’ri;
18. Baqaning…….konussimon tishlari bor
A) yuqorigi va pastki jag’larida;
B) yuqori jog’i va tanglayida;
C) pastki jag’i va tili yon tomonida;
D) B va C;
19. Baqaning eshtish organining qaysi bo’limi rivojlangan
A) tashqi quloq va ichki quloq;
B) faqat o’rta quloq;
C) o’rta quloq va ichki quloq;
D) faqat ichki quloq;
20. Quruqlikka chiqqan yosh baqa qancha vaqtda voyaga yetadi va urchiy boshlaydi
A) yilning oxiri;
B) ikki yildan so’ng;
C) uch yildan so’ng;
D) quruqlikka chiqqan vaqtdan boshlab;
21. Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab qanday oziqlanadi
A) mikroorganizmlar bilan;
B) maydan suv o’tlari bilan;
C) tuxumdan qolgan oziq bilan;
D) A va B;
22. Rivojlanayotgan itbaliqning organlarida quruqlikka chiqishdan oldinroq qanday dastlab o’zgarish bo’ladi
A) tashqi jabralari paydo bo’ladi;
B) orqa oyoqlari paydo bo’ladi;
C) dumi yo’qoladi;
D) oldingi oyoqlar paydo bo’ladi;
23. Qurbaqa …suvga tushadi
A) oziq uchun;
B) terisini namlash uchun;
C) tanasini sovitish uchun;
D) ko’payish uchun;
24. Uzunligi 1,7m ga yetadigan gigant salamandra qayerda tarqalgan
A) Yangi Zellandiyada;
B) Janubiy-sharqiy Osiyoda;
C) Janubiy-garbiy Osiyoda;
D) Janubiy Evropada;
25. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga……..tur kiradi
A) 4000; B) 400; C) 600; D) 6000;
26. O’rta Osiyoda uchramaydigan suvda ham quruqlikda yashovchi hayvonni toping
A) salamandra; B) triton; C) siren; D) barchasi;
27. Qurbaqa bir kechada qancha hasharotni yeydi
A) 100 ta; B) 5000 ta; C) 3000 ta; D) 10 000 ta;
28. Baqalarda urug’lanish qanday sodir bo’ladi va qancha tuxum qo’yishi mumkin
A) urg’ochi baqalar suvga tashlagan tuxumlarni erkak baqalar urug’ suyuqligini to’kadi, 50 000-100 000;
B) urg’ochi baqa klaokasiga erkak baqa urug’ to’kadi, 5000-10 000;
C) urg’ochi baqalar suvga tashlagan tuxumlarni erkak baqalar urug’ suyuqligini to’kadi, 5000-10 000;
D) urg’ochi baqalar suvga tashlagan tuxumlarni erkak baqalar orqa oyoqlarida olib yurib urug’ lantiradi, 50 000-100 000;
29. Baqa tuxumining yaxshi qizishiga……..yordam beradi
A) tuxub qobig’i bo’rtib, tiniq yopishqoq parda bo’lishi;
B) tuxum usti qoramtir bo’lishi;
C) tuxum qobig’i orqali suvning sizib o’tib turishi;
D) tuxumning yumalaoq plastinkasimon bo’lishi;
30. O’pkali panjaqanotlilardan…..dastlab kelib chiqqan
A) qadimgi dumlilar;
B) qadimgi dumsizlar;
C) sudralib yuruvchilar;
D) hozirgi dumlilar;
31. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar bundan necha yil oldin kelib chiqqan
A) 300 ming; B) 30 ming;
C) 300 mln; D 3000 mln;
32. Baqaning ayrish organi….kiradi
A) bir juft tasmasimon buyrak, siydik nayi;
B) bitta tasmasimon buyrak va qovuq;
C) bir juft tasmasimon buyrak va qovuq;
D) bir juft tasmasimon buyrak, siydik nayi, qovuq;
33. Baqa tuxumlarini ………
A) suv tubiga yopishtirib qo’yadi;
B) suv o’tlariga yopishtirib qo’yadi;
C) suv yuzasiga top-to’p qilib qo’yadi;
D) orqa oyoqlarida tizimcha qilib olib yuradi;
34. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar……….
A) dengizda yashovchi baliqlardan kelib chiqqan;
B) chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
C) dengizdan chuchuk suvda yashashga o’tgan;
D) dengizda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
35. Qadimgi dumsizlar………..
A) chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
B) qadimgi dumlilardan kelib chiqqan;
C) o’pkali panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
D) dengizda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan;
36. Qadimgi panjaqanotlilarning………… suvda hamda quruqlikda yashovchilarga o’xshaydi
A) bosh bo’limining tanasiga birikishi;
B) suzgich suyaklari;
C) terisining tuzilishi;
D) A va C;
Do'stlaringiz bilan baham: |