Variant №117
Qushlar sinfi
1.Qushlarning qanot panjasiga birikkan eng yirik patlar……….xisoblanadi
A) 1-tartib qoqish patlari;
B) 2-tartib qoqish patlari;
C) 1-tartib o’siqchalari;
D) 2-tartib o’siqchalari;
2. …………….yelpig’ichi yumshoq va g’ovak bo’ladi, 2-tartib o’siqchalar bo’lmaydi
A) qillar;
B) momiq patlar;
C) ipsimon patlar;
D) qoplag’ich patlar;
3. Qushlarning ……….muguzdan iborat
A) tumshug’I va tirnoqlari;
B) patlari;
C) tangachalari
D) barchasi to’g’ri;
4. Patlar tuzilishiga ko’ra ………….bo’linadi
A) kontur patlar va qillarga;
B) kontur patlar va qoplag’ich patlarga
C) parlar va qillargal;
D) kontur patlar va parlarga;
5. Qushlarning skeleti………..pishiqligini taminlaydi
A) bir qancha suyaklar qo’shilib o’sgani;
B) suyak bo’shlig’ida havo bo’lishi;
C) suyaklarni yupqaligi;
D) to’sh suyagi oldinga bo’rtib chiqqanligi;
6.Qush skeletidagi qaysi suyaklar harakatsiz birikkan
A) qovurg’alar va to’sh;
B) pastki jag’ va yuqori jag’;
C) ko’krak umurtqalari;
D) A va B;
7. ………….suyaklarning pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi va bu suyak qanot suyaklarning mustahkamligini oshiradi, qanot qoqishda yuzaga keladigan zarbani kamaytiradi
A) qilichsimon egilgan kurak;
B) ikkita yelka oldi;
C) ingichka o’mrov;
D) A va C;
8. Qushlarning qanotlarida nechta barmoq bo’ladi
A) 4 ta;
B) 3 ta;
C) 2 ta;
D) 1 ta;
9. Qushlar uchganda eng ko’p og’irlik qanotidagi qaysi suyaklarga tushadi
A) yelka kamari suyagi;
B) panja suyagi;
C) yelka suyagi;
D) bilak tirsak suyagi;
10. Qushlarning chanoq suyaklari soni qancha va bu suyaklar umurtqa pog’onasining qaysi bo’limlari bilan harakatsiz qo’shilgan
A) 3 ta, bel, dumg’aza, dum;
B) 6 ta, bel, dumg’aza, dum;
C) 2 ta, dumg’aza, dum;
D) 4 ta, dumg’aza, dum;
11. Faqat qushlar uchun xos bo’lgan va qo’nganida zarbani kamaytiruvchi suyakni ko’rsating
A) qilichsimon egilgan kurak;
B) o’mrov ayrisi;
C) to’sh toji;
D ) ilik suyagi;
12. Katta ko’krak muskullari ostidagi o’mrov muskullarining qisqarishi tufayli…………..
A) boshini egadi;
B) qanotlar ko’tariladi;
C) qanotlar tushiriladi;
D) qanotlar gavdasi ustiga taxlanadi;
13. Ko’k kaptar uchganida bir minutda necha marta nafas oladi
A) 400; B) 550; C) 26; D) 100;
14. Qushlar tinch turganida yuragi minutiga necha marta uradi
A) 100; B) 167; C) 165 D) 44;
15. Qaysi qushlar ayrim so’zlarni va iboralarni eslab qolib, takrorlashi mumkin
1-mayna; 2-to’rg’ay; 3-qorabovur; 4-qarg’a; 5-qorayaloq; 6-to’ti;
A) 2,4,5,6; B) 1,3,4,6; C) 1,4,5,6; D) 2,3,4,6;
16. Qaysi qushlarning jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi
A) laylaklar, qarqaralar;
B) laylaklar, karqurlar;
C) qurlar, karqurlar;
D) oqqushlar, qurlar;
17. Qaysi qushlarning jufti bir mavsum saqlanadi
1-hakka; 2-musicha; 3-bulbul; 4-chumchuq; 5-kaklik; 6-bedana;
A) 1,3,5,6; B) 1,2,3,4; C) 1,3,4,6; D) 1,2,3,5;
18. Qaysi qushlar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi
1-laylaklar; 2-vahmaqush; 3-go’ngqarg’a; 4-qizilto’sh; 5-kaptar; 6-ko’rgalak;
A) 1,3,4,5; B) 1,2,3,5; C) 1,3,4,6; D) 1,3,5,6;
19. Qaysi qushlar daraxtlarning kovagida uya quradi
1-ko’rgalak; 2-sassiqpopishak; 3-qizilishton; 4-yapoloqqush; 5-chittak; 6-qizilto’sh;
A) 2,4,5,6; B) 2,3,5,6; C) 1,2,3,5; D) 2,3,4,5;
20. Qaysi qush ko’pincha nina bargli daraxtlarga kosasimon uya quradi
A) vahmaqush;
B) ko’rgalak;
C) qizilto’sh;
D) yapaloqqush;
21. Qaysi qushlar uya qurmaydi
1-kakku; 2-kurkunak; 3-kayra; 4-pingivin; 5-tuvaloq; 6-o’rdak; 7-turna ;
A) 1,3,6,7; B) 1,2,4,7; C) 1,2,4,5; D) 1,3,4,5;
22. Qaysi qushlarning tuxumdan chiqqan jo’jalarning ko’zi yumuq quloq teshigi yopiq, yalang’och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo’ladi
1-kaptar; 2-bedana; 3-qirg’ovul; 4-musicha; 5-laylak; 6-tuyaqush; 7-hakka;
A) 1,4,5,7; B) 1,3,4,5; C) 1,2,4,7; D) 1,4,5,6;
23. Arxeopteriks ………..ta umurtqalardan iborat dumining bo’lishi bilan sudralib yuruvchilarga o’xshaydi
A) 20 ta; B) 39 ta; C) 15 ta; D) 22 ta;
24. Yo’rg’a tuvaloq jo’jalarini dushmandan himoya qilish uchun qanday harakat qiladi
A) ona qush jo’jalariga tovush bilan ogohlantiradi, jo’jalari esa bekinadi va ona qush dushmanga tashlanadi;
B) ona qush dushmanlarini sezganida ovozi boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi;
C) ona qush yirtqich hayvon etiborini tortish va jo’jalaridan nariroqqa olib ketish uchun yaralangan qush nayrangini ishlatadi;
D) ona qush kuchli tovush bilan erkagini chaqiradi va birgalikda dushmanga tashlanadi;
25. Qushlar qanotlar kamari suyaklari……….dan iborat
A) ko’krak tirgak, kurak, o’mrov;
B) ko’krak tirgak, omrov;
C) ko’krak tirsak, kurak;
D) kurak, omrov;
26. Qushlar qovurg’alari suyaklari bir uchi bilan ko’krak umurtqalariga birikkan ikkinchi uchi bilan esa……….birikadi
A) bir qismi ertkin, qolgani to’sh suyagiga harakatsizan birikkan;
B) hammasi to’sh suyagiga harakatchan birikkan;
C) bir qismi ko’krak tirgak suyagi bilan, qolgani to’sh suyagi bilan harakatchan birikkan;
D) qo’shilish burchagining uchki qismi orqa tomonga yo’nalgan bo’lib, to’sh suyagiga harakatsiz birikkan;
27. ……...... parlari yaxshi rivojlangan
A) o’rmon qushlarining;
B) cho’l qushlarining;
C) suv qushlarining;
D) yirtqich qushlarining;
28. Nima uchun gozsimonlarning patlari suv yuqtirmaydi
A) o’siqchalar zich joylashganligi va ilgaklar yordamida tutashganligi uchun;
B) terisidan ajraladigan hog’simon modda patlarga surtilganligi uchun;
C) og’zi bo’shlig’iga ajraladigan maxsus suyuqlikni patlariga surtgani uchun;
D) dumg’aza bezidagi yog’simon moddani tumshug’i bilan siqib chiqarib patlarga surtgani uchun;
29. Ko’krak toj suyagiga ………………muskullar birikadi
A) katta ko’krak muskullari;
B) o’mrov osti muskullari;
C) bo’yin muskullari;
D) A va B;
30. Qushlarning …………….ko’krak qafasi suyaklarini tashkil qiladi.
A) kokrak umurtqalari, qovurg’alar, to’sh suyagi;
B) kokrak umurtqalari, qovurg’alar, to’sh, o’mrov suyagi;
C) kokrak umurtqalari, ko’krak tirgak, qovurg’alar, to’sh suyagi;
D) kokrak umurtqalari, qovurg’alar, ko’krak tirgak, o’mrov, to’sh suyagi;
31. Qushlarning yutgan qattiq ozig’I qaysi organi devoir kutikulasi va toshlar yordamida ezilib, hazm bo’lishga tayyor bo’ladi
A) jig’ildon;
B) muskulli oshqozon;
C) bezli oshqozon;
D) o’rta ichak;
32. Qushlar jig’ildoni qanday vazifa bajaradi
A) oziq maydalanadigan organi;
B) zaxira oziq saqlanadigan organi;
C) oziq hazm bo’ladigan o’rgani;
D) A va B;
33. Qushlar bosh miyasining……………..
A) oldingi qismi va miyachasi kuchli rivojlangan;
B) o’rta miya va miyachasi kuchli rivojlangan
C) oraliq va o’rta miya kuchli rivojlangan;
D) yarim sharlari va miyachasi yaxshi rivojlanmagan;
34. Kayra o’z tuxumini………qo’yadi
A) kosasimon uyasiga;
B) daraxt kovagidagi uyasiga;
C) boshqa qushlar uyasiga;
D) yalang’och qoyaga;
35. Qushlar ko’payish usuliga binoan …………guruhlarga bo’linadi
A) tuxum bosuvchi va jish bola ochuvchi;
B) uya quradigan va tuxum bosadigan;
C) jish bola ochuvchi va jo’ja ochuvchi;
D) uya quradigan va tuxum bosadigan;
36. Qushlar tuxum sariqligi………….. tuxum po’chog’iga osilib turadi
A) sariqlik parda yordamida;
B) oqsil kanopcha yordamida;
C) murtak diski yordamida;
D) po’choq osti parda yordamida;
Do'stlaringiz bilan baham: |