Variant №121
Yirtqich, dengiz, toq va juft tuyoqli sutemizuvchilar
1.Urg’ochi bo’rilar………….ko’zi yumuq, jish bola tug’adi
A) 13 tagacha;
B) 8 tagacha;
C) 10 tagacha;
D) 4-5 ta;
2. Qachon yangi tug’ilgan bo’ri bolalari go’sht parchalari va chalajon hayvon bilan oziqlana boshlaydi
A) 2-3 oydan keyin;
B) 120 kundan keyin;
C) 35-40 kundan keyin;
D) 3-4 oydan keyin;
3. Bo’ri qancha umr ko’radi
A) 10 yil;
B) 15 yil;
C) 20 yil;
D) 25 yil;
4. Tulki ko’zi yumuq bo’lasini qachon tug’adi
A) bahorda;
B) yozda;
C) kuzda;
D) kuzning oxirida;
5. Hidni juda yaxshi sezadi kundizi pana joyga bikinib, kechasi o’ljasini taqib etib tutadi. Bu tariff qaysi yirtqichga tegishli
A) bo’ri;
B) yo’lbars;
C) silovsin;
D) B va C;
6. Yo’lbars qayerda tarqalgan
A) Janubiy Osiyoda;
B) Uzoq Sharqda;
C) Avstraliyada;
D) A va B;
7. O’zbekistonning daryo o’zanlarida ……………uchraydi
A) to’qay mushugi;
B) ilvirs(qoplon);
C) silovsin;
D) B va C;
8. Oyoqlari kalta, tanasi ingichka yoriqlarga kirishga moslashgan, inlarni jarliklar va tepaliklar yonbag’irlariga quradio, kechasi ovga chiqadi. Bu qaysi hayvonga tegishli ta’rif
A) olmaxon;
B) oq tovushqon;
C) toloy tovushqoni;
D) qashqaldoq;
9. Oq ayiq nima bilan oziqlanadi
A) baliqlar;
B) tuylen;
C) morj;
D) A va B;
10. O’zbekiston tog’larida uchraydigan qo’ng’ir ayiq nima bilan oziqlanadi
A) o’simliklar ildizi;
B) hasharotlar;
C) sug’ur;
D) barchasi to’g’ri;
11. Antraktida dengizida yashaydigan Grelandiya tyuleniga xos belgini ko’rsating
1- quruqlikda kurak oyoqlari yordamida sudralib harakat qiladi; 2-keyingi oyoqlari faqat suzish uchun xizmat qiladi; 3-tanasi dag’al siyrak jun bilan qoplangan; 4-ko’pchiligining quloq suprasi bo’lmaydi; 5-bolasining terisi oq kalta siyrak jun bilan qoplangan; 6-urg’ochisi bittadan ko’zi yumuq bola tug’adi; 7-bolasini suvda tug’adi;
A) 1,2,3,4;
B) 1,3,4,5;
C) 2,3,5,6;
D) 3,5,6,7;
12. Tirnoqlari ilmoqqa o’xshab egilgan va o’tkir tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. Oljasini tirnoqlari bilan tutib, tishlari bilan ushlab turadi, u o’ljasini pana joyda poylab tutadi. Bu qaysi yirtqichga tegishli ta’rif
A) bo’ri;
B) ko’rsak;
C) yo’lbars;
D) tulki;
13. O’zbekiston tog’li hududlarida uchraydigan, soni juda kamayib ketganligi uchun “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonni aniqlang
A) ilvirs;
B) to’qay mushugi;
C) dasht mushugi;
D) B va C;
14. Kurakoyoqlilar qanday maqsadda ovlanadi
A) terisi uchun;
B) mo’ynasi uchun;
C) yog’i uchun;
D) barchasi to’g’ri;
15. Ko’k kidda ………..bo’lmaydi
A) orqa suzgich;
B) tishlari;
C) dum umurtqalari;
D) barchasi to’g’ri;
16. …………..ning og’iz bo’shlig’ida juda ko’p bir xil tipda tuzilgan konussimon tishlari bo’ladi
A) delfinlar;
B) kosholotlar;
C) kasatkalar;
D) barchasi to’g’ri;
17. Kitsimonlar ichida qaysi birining bosh miyasi murakkab tuzilgan
A) ko’k kit;
B) kosholotlar;
C) finvollar;
D) delfinlar;
18. Kurakoyoqlilar va kitsimonlarning qadimgi ajdodlari hozirgi………ga o’xshashtuzilgan quruqlikda yashovchihayvonlar bo’lgan. Ular tishlarining tuzilishi ana shundan dalolat beradi.
A) qo’lqanotlilar;
B) yirqichlar;
C) kemiruvchilar;
D) xaltalilar;
19. Sutemizuvchilarning suvda hayot kechirishi natijasida tanasida qanday o’zgarish bo’lgan
A) tanasi suyri shakilga kirgan;
B) oldingi oyoqlari eshkakka aylangan;
C) terisi ostida yog’ qavati paydo bo’lgan;
D) barchasi to’g’ri;
20. Kavsh qaytaruchi juft tuyoqlilarni aniqlang
A) to’ng’iz;
B) arxar;
C) suv ayg’iri;
D) xonaki cho’chqa;
21. Qaysi hayvonlarning shoxlari har yili almashinib turadi
A) zubr va sayg’oq;
B) bug’u va los;
C) sayg’oq va los;
D) arxar va jayron;
22. Sayg’oq(oqquyruq) qayerlarda uchraydi
A) Zomin tog’ etaklarida;
B) Bobotog’ etaklarda;
C) Ustyurt dashtlarda;
D) Alp o’tloqlarda;
23. Tanasi hamda oyoqlari yog’on va kalta bo’lib, oyoqlarida to’rtta barmoqlari bor va ikkitasikuchli rivojlangan hayvonni belgilang
A) suv ayg’iri;
B) to’ng’iz;
C) karkidon;
D) tapir;
24. Oshqozoni bir kamerali, ko’richak o’simtasi uzun bo’lgan, yalangliklarda yashaydigan o’txo’r xayvonni belgilang
A) buxoro bug’usi;
B) to’ng’iz;
C) sayg’oq;
D) qulon;
25. Xonaki otlar…………kelib chiqqan
A) Prjevalskiy otidan;
B) tarpandan;
C) tapirdan;
D) qulondan;
26. Tapirlarning turlari hozir qayerda yashaydi
A) Janubiy Amerika o’rmonlarda;
B) Mo’g’iliston cho’llarda;
C) Xitoy cho’llarda;
D) Hindistonda;
27.Tanasining uzunligi 180 sm vazni 200-240 kg keladigan, to’da bo’lib yashaydigan va uning bolasi yo’l-yo’l tusda Yevropda va Osiyoda tarqalgan, O’zbekiston tog’li joylarda va to’qaylarda uchraydigan hayvonni toping
A) g’izol;
B) xongul;
C) arxar;
D) to’ng’iz;
28. Karkidon qayerda tarqalgan
A) Janubiy Osiyoda;
B) Janubiy-Sharqiy Osiyoda;
C) Yevropa va Uzoq Sharqda;
D) Janubiy va Markaziy Amerikada;
29. Buxoro bug’usi hozir qaysi qo’riqxonada boqilmoqda
A) Qizilqum qo’riqxonsida;
B) Payg’ambar orolida;
C) Zomin qo’riqxonasida;
D) A va B;
30. Kurakoyoqlilar hayotini ko’p qismini suvda o’tkazadi, faqat ………… uchun quruqlikka chiqadi
A) oziqlanish;
B) dam olish;
C) ko’payish;
D) B va C;
31. Yo’lbarsga xos xuxusiyatlarni belgilang
A) o’ljasini poylab tutadi;
B) hidni yaxshi sezadi;
C) o’ljasini taqib qiladi;
D) oila bolib yashaydi;
32. Oq ayiq yirtqichlar ichida eng yirigi bo’lib suvda yaxshi suzadi va sho’ng’iydi uning og’irligi………gacha boradi
A) 800 kg;
B) 130 kg;
C) 170 kg;
D) 200 kg;
33. Bo’rsiq inlarini qanday sharoitlarga quradi
A) daraxtlar kovagi va suv bo’yiga;
B) tepaliklar yon bag’riga va jarliklarga;
C) suv bo’yiga va tekistliklarga;
D) daryo, ko’l qirg’oqlari va tekistliklarga;
34. Qaysi yirtqich yozda inda yashab 4-5 ta ko’zi yumuq bola tug’adi. Kuzda oilasi tarqalib ketadi va qishda yungi qalin bo’lganligi tufayli iniga kirmaydigan hayvonni aniqlang
A) bo’ri;
B) qo’ng’ir ayiq;
C) tulki;
D) bo’rsiq;
35. Prjevalskiy otining vazni qancha keladi
A) 200-240 kg;
B) 300 kg;
C) 350 kg;
D) 180 kg;
36. Yovvoyi otning bo’yi qancha keladi
A) 100 sm;
B) 130 sm;
C) 180 sm;
D) 220 sm;
Do'stlaringiz bilan baham: |