Variant №109
O’rgimchaksimonlar sinfi
1. Butli o’rgimchak tanasi qanday shakilga ega
A) boshko’krak va dumaloq qorin;
B) bosh, ko’krak va dumaloq qorin;
C) boshko’krak bilan qorin o’rtasida ikkita erkin bo’g’imli;
D) tanasi yassi va yaxlit;
2. Butli o’rgimchakning ko’zlari nechta va qanday tuzilishda bo’ladi
A) 8 ta, murakkab ko’zlar;
B) 8 ta, oddiy ko’zlar;
C) 4 ta oddiy ko’zlar;
D) 4 ta murakkab ko’zlar;
3. Butli o’rgimchakning ikki juft og’iz organlari bo’lsa birinchi jufti ustki jag’lari qanday vazifa bajaradi
A) tuyg’u organi hisoblanadi;
B) o’ljasini tanasini teshish uchun xizmat qiladi;
C) oziqni tutish vazifasini bajaradi;
D) harakatlanishda qatnashadi;
4. Butli o’rgimchakning ustki jag’larining birinchi bo’g’imi nimadan iborat va uning asosida nima joylashgan
A) harakatchan tirnoqsimon o’simta, zahar bezlari;
B) sezgir tukchalar, tuyg’u organi;
C) harakatsiz tirnoqsimon o’simta, zahar bezlari;
D) egilgan naychalar, tuyg’u organi;
5. Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlarining yurish oyoqlaridan qanday farqi bor
1-mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan; 2-asosiy bo’g’imi pastki jag’ vazifasini bajaradi; 3-asosiy bo’g’imida zahar bezi joylashgan; 4-birmuncha kaltaroq bo’ladi; 5-uzun va ingichka bo’ladi; 6-o’tkir uchli tirnoq bilan tugaydi; 7-ikki juftdan bo’ladi
A) 2,3,4;
B) 1,2,4;
C) 2,5,6;
D) 1,2,7;
6. Butli o’rgimchakning «o’rgimchak so’galari» tanasi qaysi qismida joylashgan va ular nechta bo’ladi
A) orqa oyoqlarining uchida uchtadan;
B) boshko’krak oldingi qismida uch juftdan;
C) qorin bo’limining oxirida uchtadan;
D) qorin bo’limining keyingi uchida uch juftdan;
7. Butli o’rgimchakning tutqich to’rini qanday ko’rinishda joylashtiradi
A) pana joylarda tuproq ustida, g’ildirak shakilda;
B) tuproqda chuqur bo’lgan tik in og’zida g’ildirak shakilda to’ri;
C) g’ildirak shakilda, o’tlar orasida tik tortilgan;
D) xas-cho’plar orasida tartibsiz tortilgan iplardan iborat;
8. Butli o’rgimchakning o’ljasini tutish bosqichlari to’g’ri berilgan javobni toping
1-tutqich to’ri yonidagi to’rdan to’qiligan inda o’ljasini poylab yotadi; 2-toshlar ostida va tuproqdagi chuqurchaga to’r to’qiydi; 3-tasodifan to’rga tushgan xashorotlarni ip bilan o’raydi; 4-asosan pashsha, kapalaklar bilan oziqlanadi; 5-asosan chigirtka, temirchak, qo’ng’izlar bilan oziqlanadi; 6-o’ljasini ustki jag’lari yordamida zaharlab o’ldiradi; 7-o’ljasini zaharlab qoldirib ketadi; 8-o’ljasini pastki jag’lari yordamida zaharlab o’ldiradi; 9-yuqori va pastki jag’lari yordamida oziqni maydalaydi; 10-tirnoqsimon o’simta yordamida maydalangan oziqni og’ziga yo’naltiradi;
A) 1,3,4,6,7;
B) 1,3,5,6,7;
C) 1,3,5,8,9;
D) 2,5,8,9,10;
9. Butli o’rgimchakning qornining oldingi tomonida…….joylashgan
A) ko’plab varaqsimon o’simtalar;
B) ikkita o’pka xaltalari;
C) to’rtta o’pka xaltalari;
D) bitta o’pka xaltasi;
10. Butli o’rgimchakning ………..devorida qon aylanadi
A) o’pka xaltalari;
B) varaqsimon o’simtalari;
C) nafas teshiklari qopqog’i;
D) t.j.y.
11. Butli o’rgimchakning qorin bo’limining bo’g’imlari……….
A) qo’shilib ketgan;
B) o’nta bo’g’imli bo’ladi;
C) o’nta bo’g’imli oldingi ikkitasi erkin bo’ladi;
D) o’nta bo’g’imli oxirgisi zaxar bezi bilan tugaydi;
12. Butli o’rgimchakning ko’payishi tog’ri berilgan javobni toping
1-urg’ochisi kuzda tuxum qo’yadi; 2-urg’ochisi yoz oxirida tuxum qo’yadi; 3-ipdan to’qilgan pillaga bittadan tuxum qo’yadi; 4- tuxumlardanbahorda yosh o’rgimchaklar chiqadi; 5-tuxumlardan kuzning o’rtalarida yosh o’rgimchaklar chiqadi; 6-bir yil yashaydi; 7-7-8yildan 20 yilgacha umir ko’radi; 9-ipdan to’qilgan pilla ichiga bir nechta tuxum qo’yadi;
A) 1,4,6,9;
B) 2,5,7,8;
C) 1,3,6,9;
D) 2,3,6,9;
13. O”rgimchaklar orasida eng yirigi qaysi va qancha keladi
A) biy(tarantula), 3-4sm;
B) falanga, 6-7sm;
C) qoraqurt 4-10 sm;
D) qoraqurt 4-10mm;
14. Qaysi o’rgimchak urg’ochisining qorni ustida qizg’ish dog’I bor
A) butli o’rgimchak;
B) qoraqurt;
C) biy(tarantula);
D) qushxo’r o’rgimchak;
15. Qoraqurt ………….dasht va cho’llarida uchraydi
1-O”rta Osiyo; 2-Kavkaz; 3-Hindiston; 4-Eron; 5-Sharqiy Osiyo; 6-Tropik mintaqalarda; 7-Xitoy; 8-Qirim;
A) 1,3,7,8;
B) 1,2,8;
C) 5,6,7,8;
D) 2,3,4,7;
16. Qoraqurtga xos bo’lgan belgilarni toping
1-urg’ochisi qorni ustida qizg’ish dog’I bor; 2-urg’ochisi erkagiga nisbatan yirik; 3-odam uchun xavfli zaxarli; 4-pashsha, chivin kabi hashasharotlarni qirib foyda keltiradi; 5-ba’zan mayday sudralib yuruvchilarga hujum qiladi; 6-uning zahar bezi bo’lmaydi; 7-tanasi bosh, ko’krak va qorin bo’limlardan iborat; 8-qornining orqa tomonida oqish dog’I bor;
A) 1,2,3,4;
B) 5,6,7,8;
C) 1,3,5,7;
D) 4,6,7,8;
17. Qaysi o’rgimchaksimonlar tunda ovga chiqadi
1-butli o’rgimchak; 2-biy(tarantula); 3-chayon; 4-sariq falanga; 5-nimfa; 6-o’rgimchakkana; 7-kulrang satir;
A) 1,2,3;
B) 2,3,4;
C) 2,5,6;
D) 1,5,7;
18. O”rgimchaksimonlardan qaysi biri O’rta Osiyoda tarqalgan eng yirigi xisoblanadi
A) biy (tarantula);
B) qoraqurt;
C) falanga(solpuga);
D) butli o’rgimchak;
19. O”rgimchaksimonlarning turlariga xos bo’lgan belgilarni juftlab ko’rsating
a)-falanga; b)-chayon; c)-butli o’rgimchak;
1-ikkita ko’zi bor; 2-sakkizta oddiy ko’zklari bor; 3-ikkitasi yirik o’ntasi maydaroq ko’zlari bor; 4-to’rtta oddiy ko’zlari bor; 5-ikkitasi yirik beshtasimaydaroq ko’zlari bor;
A) a-4, b-5, c-4;
B) a-1, b-3, c-2;
C) a-1, b-2, c-3;
D) a-2, b-2, c-2;
20.O”rgimchaksimonlardan qaysi birida gavda bo’limlari qo’shilib ketgan va bo’g’imlarga bo’linmagan bo’ladi
A) falanga(solpuga);
B) butli o’rgimchak;
C) mol kana;
D) chayon;
21. .O”rgimchaksimonlardan qaysi biri hidni eng yaxshi sezuvchi bo’ladi
A) solpugalar;
B) chayonlar;
C) kanalar;
D) o’rgimchaklar;
22. Kanalarning og’iz organlari qanday tuzilishda bo’ladi.
A) jag’lari va oyoqpaypaslagichlari qo’shilishidan hartumchasi hosil bo’lgan;
B) yuqori jag’ va yuqori lab qo’shilishidan hsrtumcha hosil bo’lgan;
C) yuqori lab va pastki lablar qo’shilib og’iz atrofida hartumchani hosil qilgan;
D) jag’larning o’zaro qo’shilishidan kemiruvchi-so’ruvchi og’iz organiga ega bo’lgan;
23. Kanalar qon so’rish bilan birga qanday kasalliklarni yuqtiradi (parazitolog Ye.N. Povlovskiy va mikrobiolog L.A.Zilberaniqlagan «1930»)
A) terlama, teri qo’tiri;
B) tif, relaksin piroplazmoz;
C) tulyaremiya, ensefalit;
D) A va C tog’ri;
24. O’rgimchaksimonlarning qancha turi bor
A) 30 000;
B) 3000;
C) 70 000;
D) 7000;
25. O’rgimchaksimonlarda qanday turkumlar bor
1-biylar; 2-falangalar; 3-chayonlar; 4-kanalar; 5-o’rgimchaklar; 6-qoraqurtlar;
A) 2,3,4,5;
B) 2,3,5,6;
C) 1,3,4,5;
D) 3,4,5,6;
26. Gavdasi qo’ng’ir-sarg’ish tusda, sirtidan uzun tuklar bilan qoplangan, oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga o’xshash bo’lgan o’rgimchaksimonni toping
A) qoraqurt;
B) tarantula (biy);
C) butli o’rgimchak;
D) falanga (solpuga);
27. Tanasi yaxlit, bosh, ko’krak, qorin qismi qo’shilib ketgan va bo’g’imlarga bo’linmagan o’rgimchaksimonni toping]
A) falanga;
B) o’rgimchaklar;
C) chayonlar;
D) kanalar;
28. O’rgimchaklar orasida to’r to’qimasdan ov qiladigan, o’ljasini taqib qilib yoki unga pistirmadan hujum qiladigan va O’zbekistonda uchraydigan vakilini toping
A) qoraqurt;
B) qushxo’r o’rgimchak;
C) butli o’rgimchak;
D) biy;
29. O’rgimchaklar qachon pilla ichiga tuxum qo’ya boshlaydi
A) yozning oxirida juftlashish vaqtida;
B) kuz kirishi bilan;
C) bahor boshlanishi bilan;
D) yozning o’rtalarida;
30. O’rgimchaklar qanday tartibda rivojlanadi
A) o’zgarishsiz, tuxumdan voyaga yetganiga o’xshash yosh o’rgimchaklar chiqadi;
B) Tuxumdan chiqqan lichinkalari 3 juft bo’ladi;
C) lichinkalar voyaga yetgunga qadar bir necha marta tulaydi
D) B va C to’g’ril;
31. Tana tuzilishiga to’g’ri tarifi berilgan o’rgimchaksimonlarni toping;
a) boshko’krak va qorin; b) bosh, ko’krak, va qorin; c) tanasi yaxlit;
1-sariq chayon; 2-sariq falanga; 3-mol kana; 4-qoraqurt; 5-biy; 6-o’rgimchakkana;
A) a-2, b-6, c-1,4,5;
B) a-1,4,5, b-2, c-3,6;
C) a-2; b-1,4,5, c-3,6;
D) a-3,6, b-1,4,5, c-2;
32. O’rgimchaklarning ipdan to’qilgan pillasi qanday vazifa bajaradi
A) bahorda yosh o’rgimchaklar tarqalishiga yordam beradi;
B) tuxumlarini qishgi sovuqdan saqlaydi;
C) bir qancha tuxumlarini bir joyda saqlab, ona o’rgimchak tuxumlarini topishiga yordam beradi;
D) B va C to’g’ri;
33. O’rgimchaklardagi qorin pastki qismida joylashgan ikki tutam ingichka naysimon organlari bu….
A) ayrish organi-malpigi naychalari;
B) o’pkasi;
C) traxeyasi;
D) tuxumdonlari;
34. Quyidagi belgilar qaysi bo’g’imoyoqlilarga tegishli ekanligini aniqlang
a-chayon; b-falanga; c-kana;
1-qornining ingichka qismini yuqoriga ko’tarib tez yugutadi; 2- 20-30 ta tirik bola tug’adi; 3-zararkunanda xasharotlarni qirib foyda keltiradi; 4-qorin bo’limi keng va ingichka orqa qismdan iborat; 5-janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan; 6-eng mayday o’rgimchaksimonlar; 7-tanasi yassi oval shakilda bog’imlarga bo’linmagan; 8-gavda bo’limlari qo’shilib ketgan; 9-hidni juda yaxshi sezadi; 10-turli hasharotlar mayday sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi; 11-zahar bezi bo’lmaydi; 12-jag’lari o’tkir tirnoqqa, oyoq paypaslagichlari yurish oyoqqa oxshaydi; 13-oyoqpaypaslagichlari qisqichga aylangan; 14-jag’lari va oyoqpaypaslagichlari qo’shilishidan sanchib so’ruvchi xartumchasi paydo bo’lgan;
A) a-1,2,3,4,5, b-9,10,11, c-6,7,8,14;
B) a-1,2,3,4,5, b-10,11,12, c-6,7,8,9,14,
C) a-1,2,3,4,5, b-10,11,13, c-6,7,8,12;
D) a-1,2,3,11,12, b-10,11,13, c-6,7,8,9;
35. Biy eng yirik o’rgimchak bo’lib……….
A) yerdagi chuqurchalarda in quradi;
B) chuqur va tik inda yshaydi;
C) iniga xas-cho’p tashiydi;
D) toshlar ostiga tutqich to’r to’qiydi;
36. O’rgimchakning qorin bo’limi uchida……….bo’ladi
A) ikki juft o’rgimchak so’galari;
B) oqish dog’I;
C) uch juft o’rgimchak so’galari
D) zaharli nayzasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |