Variant №106
Halqali chuvalchanglar tipi.
1.Yomg’ir chuvalchangi qaysi sinfga kiradi.
A) ko’p tukli chuvalchanglar;
B) kam tukli chuvalchanglar;
C) qizil chuvalchanglar;
D) halqali chuvalchanglar;
2. Yomg’ir chuvalchangining tanasi uzunligi to’g’ri berilgan javobni toping
A) 8-10sm;
B) 15-20sm;
C) 15-25 sm;
D) 8-20sm;
3. Yomg’ir chuvalchangi tuklari tana bo’g’imining qaysi tomonida va nechtadan joylashgan bo’ladi
A) qorin tomonida, 4 tadan;
B) yon tomonida, 8 tadan;
C) qorin tomonida, 8 tadan;
D) orqa va yon tomonida 8 tadan;
4. Yomg’ir chuvalchangi tanasidagi tuklar qanday vazifani bajaradi
A) tayanch;
B) harakatlanish;
C) sezish;
D) hech qanday vazifa bajarmaydi
5. Yomg’ir chuvalchangi belbog’I qanday hosil bo’lgan
A) halqasimon muskullar qo’shilishidan;
B) jinsiy organlar paydo bo’lishidan;
C) tana halqalari qo’shilishidan;
D) tana halqalari yo’g’onlashuvidan;
6. Yomg’ir chuvalchangi teri-muskul xaltasi qavatlarini ketma-ketlikda sanang
1-bir qavat epiteliy hujayralari; 2- bir necha qavat teri epiteliysi; 3- halqasimon muskullar; 4-bo’ylama muskullar; 5-muskul osti epiteliy qavati;
A) 1,3,4,5;
B) 1,3,5,4;
C) 2,3,4,5;
D) 2,3,5,4;
7. Yomg’ir chuvalchangi harakatlanganida………muskullar……tanasi cho’ziladi va ingichkalashadi. Oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi, tana devoridagi…..muskullar…….tanasi oldi yo’g’onlashib tuproq zarralari suriladi.
1-halqasimon muskullar; 2-bo’ylama muskullar; a) qisqaradi; b) yoziladi;
A) 2-a,1-a;
B) 1-b, 2-b;
C) 1-a,2-a;
D) t.j.y;
8. Yomg’ir chuvalchangi ichki tana bo’shlig’I devori qanday hosil bo’lgan
A) epiteliy hujayralaridan;
B) ichak muskullaridan;
C) hujayrasiz yupqa pardadan
D) muskul qavatda suyuqlik to’planishidan;
9. Yomg’ir chuvalchangi sezgi funksiyasini……bajaradi va …..ta’sirlarni sezadi.
a) teridagi tolalar; b) teridagi tuklar;
1-yorug’lik; 2-harorat; 3-bosim; 4-kimyoviy; 5-mexanik;
A) a-1,2,4,5;
B) b-1,2,4,5;
C) a-2,3,4,5;
D) b-2,3,4,5;
10. Yomg’ir chuvalchangi reflekslari yordamida………..
1-o’z ozig’ini topadi; 2-dushmanlardan saqlanadi; 3-kuchli yorug’likdan yashirinadi; 4-kuchli issiqlikdan yashirinadi; 5- namlikdan qochadi; 6-yorug’likka intiladi;
A) 1,2,3,4;
B) 1,2,4,5;
C) 2,4,5,6;
D) 2,3,4,5;
11. Yomg’ir chuvalchangi pillasida qancha tuxum qo’yadi va ulardan qancha vaqtda chuvalchanglar chiqadi
A) 6-20, bir oy;
B) 6-20 ikki oy;
C) 2-3 bir hafta;
D) 6-20 bir necha yil;
12. Yomg’ir chuvalchangi tuxum qo’yish davrida tanasi qaysi qismidan ajralib chiqqan shilimshiq moddadan pilla hosil bo’ladi.
A) butun tanasidagi halqalardan;
B) butun tanasidagi halqalarning qorin qismidan;
C ) oldingi tana halqalari yo’g’onlashgan qismidan;
D) og’iz yon halqalari qorin qismidan;
13. Yomg’ir chuvalchangi harakatlanishini nima yengillashtiradi
A) tanasidagi tuklar;
B) shilimshiq parda;
C) silliq epiteliy;
D) dildiroq modda;
14. Yomg’ir chuvalchangi “yurak” deb ataladigan tomirlari tanasi qaysi qismida joylashgan va ular nechta bo’ladi
A) halqum atrofida 5-6 ta;
B) qizilo’ngach atrofida 5-6 ta;
C) halqum atrofida 4-5 ta;
D) jig’ildon atrofida 4-5 ta;
15. Yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi organlarida boshqalariga nisbatan kapilyarlar soni ko’p bo’ladi
A) jinsiy organlarda va terisida;
B) terida va ichak devorida;
C) og’iz atrofida va ichak devorida;
D) tana bo’shlig’ida va terida;
16. Yomg’ir chuvalchangi yopiq qon aylanish sistemasi qanday tartibda tuzilgan bo’ladi
1-orqa va qorin qon tomirlari halqa tomiri orqali tutashgan; 2- orqa va qorin qon tomirlari kapilyarlar orqali tutashgan; 3-orqa qon tomiri bo’ylab tanasining orqa tomonga qon oqadi; 4- orqa qon tomiri bo’ylab tanasining oldingi tomonga qon oqadi; 5-qorin qon tomiri bo’ylab qon tanasining oldingi tomoniga oqadi; 6- qorin qon tomiri bo’ylab qon tanasining orqa tomoniga oqadi; 7-chuvalchang qoni faqat qon tomirlarda bo’ladi; 8-chuvalchang qoni tana bo’shligiga quyiladi;
A) 1,4,6,8;
B) 2,4,6,8
C) 1,4,6,7;
D) 1,3,5,7;
17. Yomg’ir chuvalchangida moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan CO2 tashqariga qanday chiqib turadi.
A) ayrish naychalari orqali;
B) tana bo’shlig’I suyuqligi orqali;
C) teridagi teshiklar orqali;
D) teri kapilyarlari orqali;
18. Yomg’ir chuvalchangi ayrish sistemasi to’g’ri berlgan javobni toping
1-tana bo’g’imida ikkitadan joylashgan naychalar; 2- tana bo’g’imida bittadan joylashgan naychalar; 3-tana bo’g’imidagi naychalar sirtmoqqa o’xshash ingichka va uzun; 4-tana bo’g’imidagi naychalar voronkaga o’xshash ingichka va uzun; 5-naychalarning bir uchi ichak bo’shlig’iga ochiladi; 6-naychalarning bir uchi tana bo’shlig’iga ochiladi; 7-naychalarning ikkinchi uchi teri orqali tashqariga ochiladi; 8-naychalarning ichki tomonga ochilgan uchida kipriklari bor; 9-naychalarning tashqariga ochilgan uchida kipriklar bor;
A) 1,3,6,7,9;
B) 1,3,6,7,8;
C) 2,3,6,7,9;
D) 1,4,5,7,8;
19. Yomg’ir chuvalchangi tanasining oldingi qismidagi……..to’planib, halqum usti va halqum osti nerv tugunlarini hosil qiladi. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’imi to’g’risida ……….nerv tugunlari joylashgan.
1-nerv hujayralari; 2-nerv tolalari; 3-bittadan; 4-ikkitadan; 5-yirik; 6-kichikroq;
A) 2,6,3,5;
B) 1,5,3,6;
C) 1,6,4,5;
D) 2,5,4,6;
20. Yomg’ir chuvalchangi nerv tugunlaridan…..nervlar chiqadi
A) faqat ichki organlarga;
B) faqat teriga;
C) faqat qorin tomoniga;
D) teri va ichki organlarga;
21. Yomg’ir chuvalchangi nechta turi bor
A) 20 000;
B) 70 000;
C) 7000;
D) 180;
22. Yomg’ir chuvalchangi qancha vaqt yashashi mumkin
A) bir necha yil;
B) bir necha oy;
C) bir necha hafta;
D) bir necha kun;
23. Yomg’ir chuvalchangi tuxumlaridan va pillasidan nechta chuvalchang chiqadi
A) 1ta, 20 ta;
B) 1, 2 3ta, 20ta;
C) 6ta, 20ta;
D) 1ta, 25ta;
24. Chuvalchanglar bir gektar maydonda bir yilda qancha chirindiga boy (donador koprolit) tuproqni ichagidan o’tkazib qayta ishlab berishi aniqlangan
A) 10-30 t;
B) 25000 t;
C) 3000 t;
D) 600 t;
25……….ning eyzeniya turidan biogumus olishda foydalaniladi
A) qizil chuvalchanglari; B) yomg’ir chuvalchanglari;
C) dengiz o’troq yashovchi chuvalchanglari; D) to’g’ri javob yoq;
26. Kam tuklilar sinfiga kiruvchi suvni tozalab sanitarlik vazifasini bajaruvchi chuvalchangni toping va uni qayerda uchratish mumkin
A) qizil chuvalchangi dengizda;
B) qizil chuvalchangi, chuchuk suvda;
C) nerida, chuchuk suvda;
D) nerida, dengizda;
27. Ko’p tuklilarda ……..ilk bor paydo bo’lgan oyoqlar xisoblanadi.
A) to’p-to’p bo’lib joylashgan tuklar;
B) muskulli o’simtalar;
C) xitinli o’simtalar;
D) tanasi old tomonidagi paypaslagichlari;
28. Qizil chuvalchanglar………. ko’paytiriladi.
A) baliqlar uchun yem sifatida;
B) suvni tozalovchi sifatida;
C) biogumus olishuchun;
D) chorvachilik chiqindilar qayta ishlash uchun;
29. Halqali chuvalchanglar ……..kelib chiqqan
A) erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan;
B) erkin yashovchi to’garak chuvalchanglardan;
C) ichaksiz kiprikli chuvalchanglardan;
D) og’iz aylangichlilardan;
30.Tanasida kipriklari bo’lgan lichinkalar xosil qiluvchi halqali chuvalchanglarni belgilang
A) yomg’ir chuvalchanglar;
B) qizil chuvalchanglar;
C) nerida chuvalchangi;
D) gigant yomg’ir chuvalchangi;
31. Kam tukli halqali chuvalchanglar qanday kelib chiqqan
A) qadimgi yassi chuvalchanglardan;
B) ko’p tukli chuvalchanglardan;
C) zuluklardan;
D) qadimgi dengizdagi kam tuklilardan;
32. Halqali chuvalchanglari harakat qilish organlari qanday ko’rinishda bo’ladi
A) bir juft kuraksimon o’simtalar;
B) ikki juft kuraksimon o’simtalar;
C) kuraksimon bir necha juft qillar;
D) kalta va uzun to’rt juft yoki undan ko’proq tuklar;
33. Yomg’ir chuvalchangi tuxumlarini……..
A) urg’ochisi bachadoniga qo’yadi;
B) ikkitasi bir biri bilan almashinadi;
C) pilla ichiga qo’yadi;
D) tuproqqa qo’yadi;
34. Yomg’ir chuvalchangi ayrish sistemasi……..
A) ko’p shoxlangan naychalardan iborat;
B) ikkata asosiy naychadan iborat;
C) orqa chiqarish teshigiga ochiladi;
D) sirtmoqsimon naychalardan iborat;
35. Yomg’ir chuvalchangi yurak vazifasini ……….bajaradi
A) ichak usti qon tomiri;
B) ichak osti qon tomiri;
C) halqum halqa qon tomiri;
D) qizilo’ngacha halqa qon tomiri;
36. Ko’p tukli chuvalchanglarda o’simtalar va qillar qanday vazifa bajaradi
A) tayanch, harakatlanish;
B) harakatlanish, Himoya
C) oziqni ushlash, tayanch;
D) sezish, tayanch;
Do'stlaringiz bilan baham: |