Variant №104
Yassi chuvalchanglar tipi
1. Oq planariya tanasining uzunligi va rangi
A) 2-3sm oq va sariq B) 2-3 sm oq va kulrang
C) 3-4 sm oqish va kulrang D) 3-4 sm oq va sarg’ish
2. Oq planariya tanasi sirti qanday hujayralardan tuzilgan
A) kutikula vaepiteliy; B) bir qavat epiteliy
C) bir necha qavat epiteliy; D) bir necha qavat kiprikli epiteliy
3. Oq planariya kipriklar yordamida………harakat qiladi
A) o’z o’qi atrofida B) sirpanib
C) spiral aylanma D) reaktiv
4. Oq planariya qanday simmetriyaga ega
A) radial B) nurli
C) ikki tomonlama D) simmetriyasiz
5. Oq planariya qaysi organlari bo’lmaydi
1-og’iz; 2-qizilo’ngach; 3-orqa ichak; 4-orqa chiqaruv teshigi; 5—ichak shoxlari;
A) 1,2,3; B) 2,3,4;
C) 2,4,5; D) 2,3,5
6. Oq planariya qanday oziqlanadi
A) paypaslagichlari orqali og’izdan halqumga yutadi
B) tanasi bilan qoplab o’giz orqali so’radi
C) kipriklar orqali og’izdan halqumga yutadi
D) oziqni qamrab butun tanasi yuzasi orqali so’radi
7. Oq planariyada oziqning hazm bo’lmagan qismi tashqariga qanday chiqariladi
A) chiqaruv naychalar orqali
B) tana yuzasi orqali
C) og’iz orqali
D) orqa chiqaruv teshigi orqali
8. Oq planariyaning ayrish sistemasi ketma-ketligi xolida belgilang
1- tashqariga ochiluvchi naychalar; 2-ichak bo’shlig’iga ochiluvchi naychalar;
3-shoxlangan bir juft naychalar; 4- yirik ikkita naycha; 5-yirik bitta naycha; 6-uchi berk naycha; 7-g’ovak to’qima;
A) 7,6,4,1; B) 7,6,5,1;
C) 7,6,5,2; D) 7,6,4,2;
9. Oq planariyaning sezgi organlarini belgilang
1-teri; 2- nerv hujayralari; 3-nerv tolalar; 4-paypaslagichlar; 5-ko’zchalar; 6-kipriklar; 7-nerv tugunlari;
A) 4,5,6; B) 1,4,5;
C) 2,3,7; D) 4,5,7;
10. . Oq planariyaning ko’payish organlarini va tartibini ko’rsating
1-ikkita tuxumdon; 2-bitta tuxumdon; 3-oval uru’don; 4-pufak shaklidagi urug’don; 5-urug’langan tuxumlar bachadonida rivojlanadi; 6-qo’shilish organi; 7-jinsiy teshik; 8-tuxumlar pilla ichida rivojlanadi; 9-tuxumdan yosh planariya chiqadi; 10-yosh planariya pilla ichidan chiqadi; 11-tuxumdan lichinka chiqadi; 12-lichinka pilla ichidan chiqadi; 13-bir vaqtda tuxum va urug’lar rivojlanadi; 14-avval tuxum hujayra keyin urug’ hujayra rivojlanadi;
A) 1,4,6,7,8,9,10,13; B) 1,4,5,6,7,11,12,,14;
C) 2,3,6,7,8,9,10,13; D) 2,3,5,6,7,10,11,14;
11. . Oq planariya qachon mayda bo’laklarga bo’linib ketadi
A) harorat normal holatda, kislorod kamaysa;
B) harorat oshganda, kislorod kamaysa;
C) bosim ko’tarilganda, harorat oshganda;
D) harorat pasayganda kislorod yetari bo’lganda;
12. Jigar qurtining uzunligini aniqlang
A) 2-3sm: B) 3-4sm:
C) 8-10sm: D) 15-20 sm:
13. Qaysi chuvalchanglarda ilk bor hazm qilish, ayirish, jinsiy, nerv sistemasi, sezgi organlari paydo bo’lgan
A) kiprikli chuvalchanglarda;
B) so’rg’ichli chuvalchanglarda;
C) tasmasimon chuvalchanglarda;
D) ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda;
14. Jigar qurtining voyaga yetgani hazim qilish vunksiyasi va sistemasi qanday tuzilishda bo’ladi
1-og’zi; 2- qisqa halqum; 3-uch shoxli ichak; 4-ikki shoxli ichak; 5-ichak yon shoxlari; 6-o’t suyuqligi bilan oziqlanadi; 7-qonni so’rib oziqlanadi; 8-ichakdagi oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi; 9-ichakdagi hazm bo’la boshlagan oziqni og’zi orqali so’radi;
A) 1,2,4,5,6,7; B) 1,2,3,5,6,7;
C) 4,5,6,7,8,9; D) 1,2,4,5,6,9;
15. Jigar qurtining asosiy xo’jayni qaysi organizmlar xisoblanadi
A) sut emizuvchilar B) suv shillig’I;
C) qora mollar; D) yirtqich hayvonlar;
16. Jigar qurti tuxumlarida qachon kiprikli lichinkalar chiqadi
A) tuxumlar suvga tushganda;
B) suv shillig’I chig’anog’ida;
C) suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushganda;
D) urug’langa tuxumlar pilla ichiga tushganda
17. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan …. Chiqadi
A) tuxumdan lichinka;
B) sistadan lichinka;
C) sistadan voyaga yetganiga o’xshashi;
D) tuxumdan voyaga yetganiga o’xshashi;
18. Tasmasimon chuvalchanglar gavdasi qanday tuzilgan
A) yassi; B) bargsimon;
C) ipsimon; D) slindrsimon;
19. Qoramol tasmasimon chuvalchagi boshida so’rg’ichlar soni nechta
A) 4ta; B) 2ta ;
C) 4 juft; D) 5ta;
20. Qoramol tasmasimon chuvalchagi tanasida nechtagacha bo’gim bo’lishi mumkin
A) bir mln; B) ming;
C) yuz ming; D) o’n mln;
21. Qoramol tasmasimon chuvalchagi gavdasi qanday tuzilishga ega
1-yassi; 2-kichkina bosh; 3-ingichka bo’yin; 4-bo’g’imli tana; 5-har bir bo’g’imida ikkita tuxumdon; 6- har bir bo’g’imidajuda ko’p urug’don; 7- har bir bo’g’imida bitta bachadon; 8- har bir bo’g’imida bitta tuxumdon; 9- har bir bo’g’imida ikkita bachadon; 10- har bir bo’g’imida bitta urug’don; 11- har bir bo’g’imida juda ko’p bachadon;
A) 1,2,3,4,5,6,7; B) 1,2,3,4,8,9,10;
C) 1,2,4,8,9,10,11; D) 1,2,3,8,9,10,11;
22. Yassi chuvalchanglar ichida hazm qilish sistemasi rivojlanmagan vakili
A) oq planariya;
B) jigar qurti;
C) qoramol tasmasimon chuvalchangi
D) askarida
23. Qoramol tasmasimon chuvalchagi asosiy xo’jaynini toping
A) odam B) qoramol
C) suv shillig’I D) it, bo’ri;
24. Qoramol tasmasimon chuvalchagi odamning qaysi organida parazitlik qiladi
A) yo’g’on ichagida; B) o’t yo’lida;
C) muskulida; D) ingichka ichagida
25. So’rg’ichli va tasmasimon chuvalchangining ………..parazit yashashga moslanishi xisoblanadi
1-so’rg’ichlar bo’lishi; 2-lichinkalik davri bo’lishi; 3-finna hosil qilishi; 4-sista hosil qilishi; 5-tanasida kutikula bo’lishi; 6- ko’p tuxum qo’yishi; 7- tana bo’shlig’I g’ovak toqima bilan tolganligi;
A) 1,2,3; B) 1,5,7;
C) 1,5,6; D) 4,5,7;
26. Qoramol tasmasimon chuvalchangi uzunligi qancha
A) 8-10sm B) 8-10m
C) 15-20sm D) 3-4 m
27. Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgisi
A) hozirgi kiprikli chuvalchanglar;
B) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar;
C) so’rg’ichli chuvalchanglar ;
D) tasmasimon chuvalchagi;
28. Bo’shliqichlilarning lichinkasiga o’xshash bo’lgan chuvalchangni belgilang
A) to’garak chuvalchanglar;
B) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar;
C) so’rg’ichli chuvalchanglar ;
D) tasmasimon chuvalchagi;
29. Finna bu nima
A) lichinka qalin qobiqqa o’ralgan va ichi suyuqlikka tolgan bosqichi;
B) lichinkaning yupqa pardaga o’ralib suyuqlikka to’lgan pufakchasi
C) tuxumlarning yupqa pardaga o’ralib suyuqlikka to’lgan pufakchasi
D) sistalarning qalin qobiqli suyuqlik ichida joylashishi
30. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qaysi organi sezgi vazifasini bajaradi
A) boshchasi; B) so’rg’ichlari;
C) terisi; D to’g’ri javob yo’q
31. Qoramol tasmasimon chuvalchangi ko’payishi bosqichlar to’g’ri berilgan javobni toping
1-lichinkalar yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o’ralib sistaga aylanadi; 2- qon orqali jigar, muskullarda o’rnashadi; 3-olti ilmoqli lichinkalar muskulda yupqa pardaga o’raladi; 4-pufaklik davriga o’tadi; 5-suyuqlik bilan to’la pufak odamga yuqadi
6-o’t yo’llaridan urug’langan tuxumlar ichakka tushadi; 7-ichakda bachadoni tuxumlarga to’lgach bo’imi uziladi; 8-ichakdan axlat bilan tashqariga tuxumlarga to’la bachadonli bo’g’imi chiqadi; 9-chuvalchang bachadonidan tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqadi; 10-tuxumlar yem-xashak orqali qoramolga yuqadi; 11-tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak devoir orqali qonga o’tadi;
A) 7,8,10,11,2,3,4,5; B) 6,8,10,11,2,3,4,5;
C) 7,8,910,11,2,3,4; D) 7,8,10,11,2,1,4,5;
32. Jigar qurti asosiy xo’jayniga qanday yuqadi
A) tuxumi orqali; B) sistasi orqali ;
C) finnasi orqali; D) lichinkasi orqali;
33. Ikki yonlama simmetriya bu…
A) tana bo’ylab o’tgan markaziy chiziqning ikki tomonida organlarning teng miqdorida joylashuvi;
B) tana organlarining markazdan chiqadigan radial chiziq bo’ylab joylashuvi;
C) tana organlarining bir tekislikda joylashuvi;
D) tana organlarining nurli chiziq bo’ylab joylashuvi;
34. Oq planariya epiteli to’qimasi …..joylashgan
A) tanasi qorin qismida bir qavat joylashgan;
B) tanasi sirtida bir tekis joylashgan;
C) tanasi orqasida bir tekis joylashgan;
D) tanasi sirtida ko’p qavatli joylashgan;
35. Oq planariyaga xos belgilarni juftlab ko’rsating
a) nerv tugunlari; b) pilla; s) germafradit; e) kalta o’simtalar;
1-erkak va urg’ochi chinsga ega; 2-tuxum qo’yish xaltachasi; 3-boshqa organism bilan oziqlanadi; 4-nerv hujayralar to’plami; 5-sezgi paypaslagichlar; 6-nerv tolalar to’рlami; 7-suzgichi
A) a-4, b-2, s-1, e-5; B) a-6, b-2, s-1, e-5;
C) a-4, b-2, s-3, e-5; D) a-4, b-2, s-1, e-7;
36. Yassi chuvalchanglar nechta turi ma’lum
A) 120 000
B) 12000
C) 20 000
D) 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |