11-sinf uchun biologiya fanidan olimpiadaning I-bosqichi uchun test savollari
1. Jigar qurti qaysi sinfga mansub?
*A. So`rg`ichli chuvalchanglar sinfiga mansub
B. Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub
C. Halqali chuvalchanglar tipiga mansub
D. Ko`p tukli chuvalchanglar sinfi
2. Berilganlardan qaysi birining ichagi uch shohli ( biri tananing oldingi tomoniga, ikkitasi tananing orqa tomoniga ketgan)?
*A. Oq planariya B. Jigar qurti
C. Yomg'ir chuvalchangi D. Exinokok
3. Chuvalchanglarni qanday tiplari bor?
A. Yassi, kiprikli,halqali chuvalchanglar tipi
B. So'rg'ichlilar,kiprikli,tasmasimon chuvalchanglar tipi
*C. Yassi,to'garak,halqali chuvalchanglar tipi
D. So'rg'ichlilar,kiprikli,kam tukli chuvalchanglar tipi
4. Qadimgi koloniya bo'lib yashovchi xivchinlilardan dastlab qaysi hayvonlar paydo bo'lgan?
*А. Gidrasimonlar. В. Meduzalar.
C. Korall poliplar. D. Korall poliplar koloniyasi
5. Quyidagilar orasidan yassi suyaklarni ajrating.
1. Qovurg'a. 2. Yelka. 3. Peshona. 4. Umurtqa pog'onasi. 5. Tepa. 6. Chakka. 7. Yuqorigi jag'. 8. To’sh suyagi. 9. Chanoq. 10. o’mrov. 11. Kurak.
A. 1,8, 10. B. 2, 4, 6. *C. 5, 9, 11. D. 3, 7, 10
6. Bo`yin umurtqalari soni to`g`ri berilgan qatorni toping.
A. 15 ta B. 9 ta C.12 ta *D. 7 ta
7. Odamdagi muskullar qanday guruhlarga ajratiladi?
A. Skelet,silliq, ikki boshli,yurak muskullari
*B. Skelet,silliq, yurak muskullari
C. Yurak,ayrisimon,silliq, ikki boshli,yurak muskullari
D. Skelet,qo`l muskullari ,yurak muskullari
8. Yassioyoqlik nima?
*A) tovon gumbazining pasayib,yassilashishi ba`zan butunlay yo`q bo`lib ketishidan iborat
B) oyoqning qiyshayib qolishi hisoblanadi
C) Oyoqning tovon kafti ustki yuzasi gumbaz shaklida bo`lishi
D)oyoqning haddan ortiq uzun bo`lib ketishi
9. Viruslarni kim kashf qilgan?
A. Ibn Sino B. F.de Errel *C. D.I.Ivanovskiy D. S.G.Navashin
10. Sharsimon bakteriyalar qanday nomlanadi?
A. Vibrionlar *B. Kokklar C. Batsillalar D. Spirillalar
11. Hujayra biologiyasini o‘rganishda mamlakatimiz olimlaridan kimlarning hissalari katta hisoblanadi?
A. Beruniy *B. K.Zuparov, J.Hamidov
C. To‘laganov, Azimov D. Zohidov va Borovskiy
12. Fagositoz nima?
A. Har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir.
*B. Organik moddalar, masalan oqsillar, polisaxaridlar va qattiq zarrachalar hujayra ichiga o‘tishi
C. Hujayrani ikkiga bo‘linib tez kattalashishi
D. Hujayrani tez kichrayishi va bo‘linishi
13. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi ……….. deb ataladi?
Dissimilatsiya B. Assimilatsiya *C.Plastik almashinuv D. metobolizm
14. DNK molekulasining uzunligi 850 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar sonini aniqlang.
A. 2500 B. 7000 *C. 5000 D 1250
15. GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma-ketligidan iborat DNK molekulasi asosida sintezlangan oqsildagi aminokislotalar sonini aniqlang.
A. 8 B. 4 C.7 *D. 6
16. Anaerob nafas olish jarayonida sitoplazmada 14 molekula sut kislota hosil bo‘ldi. Parchalangan glukozaning miqdorini aniqlang.
A. 430 B. 2520 *C. 1260 D. 5000
17. Ekologik omillar qaysilar?
A. Abiotik,biotik,edafik B. Biotik,abiotik,zoogen
*C. Antropogen,biotik,abiotik D. Antropogen, abiotik,topografik
18. Gidraning tanasi radial____________________ simmetriyali hisoblanadi.
19. Uzoq vaqt dam olmasdan,jismoniy mehnat qilinganida muskullarning ish qobiliyatini asta-sekin pasayishi muskullar kontrakturasi ______ deb ataladi.
20. Prokariotlar — haqiqiy yadroga ega bo‘lmagan___ organizmlardir.
21. Pinotsitoz ___________ har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir.
22. Jinsiy hujayralarda xromosomalar ______gaploid___ to‘plamda bo`ladi.
23. Ekologik omil ko`rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin bo`lgan chidamlilik chegaralari doirasi _____tolerantlik___deyiladi.
24. Tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog`liq ravishda o`zgaruvchi organizmlar ______poykilotermlar deb nomlanadi.
25. Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko`ra o`simliklar uzun,qisqa,neytral kun o`simliklari kabi ekologik guruhlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |