E’tiborga molik jihati: plastilin bilan
ishlay olish, tasavvurni boyitish, ijodiy
yondashish.
San’at markazi
Applikatsiya: «Sehrli bog»
Maqsad: bolalar applikatsiya yasashda yangi
usuldan foydalanadilar, kartonga yopishtirilgan mato yordamida manzara yasaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: turli rang-
dagi A4 hajmli karton, mato parchalari, mayda
kvadratlarga bo’lingan rangli qog’oz, PVA yelimi, namunalar, mo’yqalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. Namunalarni tomosha qilish.
2. Bolalarni applikatsiya yasashning yangi
texnikasiga o’rgatish.
3. «Daraxtni ta’rifiga ko’ra top» ta’limiy
o’yini.
4. Amaliy ish faoliyati.
5. Bolalar ijodi namunalari ko’rgazmasi,
rag’batlantirish.
Qo’shimcha: bolalar bilan sehrli bog’ haqida
suhbat, «O’xshash yaproqni top», «To’rtinchisi
ortiqcha» ta’limiy o’yinlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |