E’tiborga molik jihati: bolalarning
faolligini oshirish, inson hayotida yorug’lik
manbalarining ahamiyati haqida bilish.
San’at markazi
Applikatsiya: Televizor
Maqsad: bolalar o’zlarigatanish predmetlarning tasvirini qirqib yopishtira oladilar. Ularni qog’ozda to’g’ri joylashtira oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: A4 hajmli
oq qog’oz, rangli karton, qaychi, bo’yoq, mo’yqalam,
flomaster, televizor tasvirlangan rasm,
namunalar.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar mavzuga doyr rasmlar tomosha
qiladilar.
2. «Gapni davom yettir» ta’limiy o’yini.
Changyutgich uyni.....
Go’sht qiymalagich go’shtni.....
Kir yuvish mashinasi kirni.....
3. Tayyor ish namunasini ko’rib chiqish.
4. Amaliy ish. Amaliy ishni bpjprshpdm
ijodiy yondoshishni taklif etish.
Qo’shimcha: Amaliy ish
bajarish jarayonida
qo’shimcha bezak berishni taklif etish.
E’tiborga molik jihati: tasviriy ish
namunalarining tartibli, estetik did bilan
bajarilishi.
San’at markazi
Loy ishi: «Bizning yordamchilar»
Maqsad: bolalar to’g’ri to’rtburchak shaklidagi
predmetlarni yasay oladilar, detallar bilan
boyitish.
Kerakli jihoz va materiallar: plastilin,
kleyonka, stek, salfetka, maishiy texnika
vositalarining rasmlari va o’yinchoqlari.
Faoliyatning borishi:
1. Tarbiyachining maishiy texnika vositalar va ularning inson hayotidagi ahamiyati
haqida suhbati.
2. Suratdagi o’yinchoqlarni tomosha qilish.
3. Yasalish usullarini ko’rsatish.
4. Faoliyatni bajarish.
5. Bolalar faoliyatining ko’rgazmasini
yaratish.
Qo’shimcha: maishiy texnika jihozlari (muz-
latgich, telefon) haqida she’rlar o’qish.
E’tiborga molik jihati: mayda motorikani
rivojlantirish.
San’at markazi
Rasm: «Maishiy texnika jihozlari uchun belgilar»
Maqsad: bolalar maishiy texnika jihozlarini
biladilar, shakl, hajm haqida tasavvurga egalar, mustaqil ishlay oladilar, ranglarning mosini tailay oladilar, rasm tasvirini qog’oz varag’ida joylashtira oladilar.
Kerakli jihoz na materiallar: A4 hajmli
qog’oz, rangli qalamlar, maishiy texnika
jihozlari uchun belgilar illyustratsiyasi: «Nima qilish mumkin emas?»
Faoliyatni borishi:
1. Maishiy texnika jihozlari
illyustratsiyalariii ko’zdan kechirish.
2. Hayot xavfsizligi asoslari haqida
suhbat.
3. «Nima qilish mumkii emas?» ta’limiy
o’yini.
4. Amaliy ish faoliyati.
5. Bolalar ishlari ko’rgazmasi.
Qo’shimcha: «Muruvvatchalar» mulo’filmini
tomosha qilish.
E’tiborga molik jihati: tasiiriy ish
namunalarining tartibli, estetik did bilan
bajarilishi.