Martin Iden
247
Bu ona uchun ham, qiz uchun ham
baho damlar edi, qosh qoraya boshlagan payt-
da ulaming namlangan ko'zlari yiltirardi. Ruf -
ma’suma, samimiy va tajribasiz qiz; ona - meh-
ribon, tushunadigan va pand-nasihat qiladigan
ayol edi.
- U sendan uch yosh kichkina, - dedi mis
sis Morz, - uning kiborlar davrasida hech qan
day mavqei yo‘q. U hech yerda xizmat qilmaydi,
maosh olmaydi. Qolidan hech qanday ish kel-
maydi. Agar seni sevsa, hikoya yozish, bolalar-
ga o'xshab xayol surish o'miga senga uylanish-
ga imkon va huquq beradigan biron mashg'ulot
to'g'risida о“у1аЬ ko'rishi kerak edi. Unga hech
qachon es kirmasa kerak deb qo'rqaman. U
mas’uliyatni sevmaydi, sening otangda, mister
Betlerda va umuman, bizning davraga mansub
barcha kishilarda bolgani kabi, erkak kishiga
xos bolgan chinakam ish axtarib topish istagi
yo‘q unda. Nazarimda, Martin Iden ikki dunyoda
ham pul ishlab topmasa kerak. Lekin bu dunyo
da pulsiz yashab bolmaydi, pulsiz baxtli bolol-
maydi kishi. Men, albatta, katta mol-dunyo haqi
da gapirayotganim yo'q, durustroq kun ko'rishga
yetadigan doimiy daromad bolsa bas. U senga
o'z sevgisi to'g'risida og'iz ochdimi?
- Og'iz ochgani yo'q. Hatto gapirishga urinib
ham ko'rgani yo'q, baribir, gapirsa ham quloq
solmasdim. Axir men uni sevmayman-ku.
- Bunga xursandman. Mening qizim, pokiza
qizim, bunday odamni sevishini istamasdim.
Axir dunyoda oliyjanob, pok yigitlar ozmi? Biroz
sabr qil. Bir kun emas-bir kun shunday odamni
eng be-
248
Jek London
uchratib, bir-birlaringni sevib qolasiz. Men otang
bilan qanday baxtli umr kechirgan bolsam, sen
ham u bilan shunday baxtli bolasan. Sen bir
narsani yodingda tutishing kerak...
- Nimani, oyi?
Missis Morz ohista va muloyim ovoz bilan dedi:
- Bolalaringni.
- Men... men buni о у lagan edim - deb e’tirof
etdi Ruf, ahyon-ahyonda uning vujudini qam-
rab oluvchi kutilmagan orzularni eslarkan, so‘ng
uyalganidan yana qizarib ketdi.
- Martin Iden aynan shu bolalar tufayli senga
er bola olmaydi, - dedi missis Morz ma’noli qilib.
- Bolalar sof irqli bolishi kerak, uning bunga
qurbi yetishi amrimahol. Otang matroslaming
turish-turmushi haqida menga gapirib berdi,
sen... sen gapimga tushunyapsanmi?
Ruf hamma narsani tushunayotganini his
qilib, hayajon bilan onasining qolini siqdi, hol-
buki, uning xayolidagi o‘sha dahshatli va mutlaq
tasawur hech vaqt aniq va muayyan tafakkur
shakliga kira olmasdi.
-
Bilasizmi, oyi, men sizdan hech qachon gap
yashirmayman, - deb gap boshladi qiz, - faqat
ba’zi-ba’zida, bugungiga o'xshab, o‘zingiz ham su-
rishtirib turishingiz kerak. Sizga buni anchadan
beri gapiraman deb yuruvdim, lekin qanday qilib
boshlashni bilmayotuvdim. Bu soxta uyatchan-
lik, albatta, lekin siz menga juda osongina
ко‘maklashishingiz mumkin! Ba’zida siz holim-
ni so'rab turishingiz, yuragimdagini ochib tash-
lashimga imkon berishingiz kerak. Axir siz ayol-
siz-ku! Oyi! - deb birdan qichqirib yubordi Ruf,
Martin Iden
249
u onasining qolidan mahkam ushlab va
ekanliklarini his qilib, xursand boldi. - Agar bu
suhbatni siz boshlamaganingizda, hech qachon
bu to‘g‘rida oyiamagan bolardim. Sizning ham
ayol ekanligingizni anglamoq uchun, awal o'zim-
ni ayol kishi deb his qilishim kerak edi.
- Ikkovimiz ham ayolmiz, - dedi ona qizini
bag'riga bosib quchoqlarkan, - ular o‘z taqdirla-
rining umumiyligi haqida yangi tuyg4i vujudga
kelganidan hayajonlanib, bir-birlarini quchoq-
lagancha xonadan chiqdilar. - Ikkovimiz ham
ayolmiz, - deb takrorladi yana ona.
Missis Morz bir soatdan keyin eriga g4irur bi
lan:
- Qizalog'im nihoyat o'zini ayol deb his qila
boshladi, - dedi.
- Ya’ni, birovni sevib qolibdi demoqchimisan?
- deb so'radi er xotiniga savol nazari bilan tikilib.
- Yo‘q, uni sevib qolishibdi demoqchiman, -
javob qildi xotin tabassum bilan. - Tajriba yaxshi
natija berdi. Qizimiz qalbida ayollik xislatlari
uyg'onibdi.
- Unda Idenni chetlatish kerak, - mister Morz
qisqagina qilib, jiddiy ohangda yakun yasadi.
Lekin xotini bosh chayqadi:
- Hojati yo‘q, bir necha kundan keyin o‘zi den
giz safariga jo‘nab ketadi. Qaytib kelganida esa
Ruf bu yerda bolmaydi. Uni Klara xolasinikiga
yuboramiz. Bir yil mamlakat sharqida yashab,
har xil odamlarni, ularning turish-turmushlari-
ni ко‘rib kelsa, havo va muhitni o‘zgartirsa, o‘zi-
ga foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |