Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Jek  London

day kichkinagina uchqun bor ediki,  u har hafta 

oxirida  velosipedda  bir  yuz  qirq  mil  keladigan 

masofani bosib o'tishga majbur etardi.  Lekin bu 

dam olish emas edi. Bu ham mashinaga o'xshash 

mexanik ish  edi,  bora-bora Martinning  qalbida- 

gi  awalgi  hayotidan  qolgan  birdan-bir  nishona

-   o‘sha  so'nggi  uchqun  ham  so‘ndi.  Yettinchi 

haftaning oxirida u hech tixirlik ham qilmasdan, 

Jo bilan birga qishloqqa jo'nadi va yana dushan- 

bagacha hayot quchog'ida ekanligini sezdi.

Biroq keyingi shanba kuni u qaqshagan a’zoyi 

badanidagi  horg‘inlikni  undan  ham  kuchliroq 

horg'inlik  bilan  bartaraf qilish  uchun  yana  ve­

losipedda  yetmish  mil  yol  bosdi.  Keyin  faqat 

uchinchi oyning oxirida Jo bilan birga uchinchi 

marta qishloqqa bordi.  Mast bolib, yana jonlan- 

di,  gotyo  bexosdan  chaqnagan  yashin  yorug'ida 

o'zining  qanchalik  hayvonga  aylanganini  -   ich- 

gani uchun emas, moldek ishlagani uchun hay­

vonga  aylanganini  ko'rdi.  Mastlik  sabab  emas, 

natija edi.  Zaruriyat qonuniga binoan kun orqa- 

sidan  tun  qanday  ergashib  kelsa,  mastlik  ham 

ish orqasidan shunday ergashib kelardi. Ish hay- 

voniga aylanganingdan keyin, hech qachon nur- 

li  cho'qqilarga  chiqa  olmaysan:  bu  fikrni uning 

ko'ngliga viski  soldi,  bu fikrga u qo'shildi.  Viski 

buyuk hikmatni ochib berdi. U Martinga muhim 

bir haqiqatni ko'rsatdi.

Martin qog'oz bilan qalam  so'rab  oldi-da,  bu­

tun  ulfatlarga  viski  buyurdi  va  hamma  uning 

sogligi  uchun  ichish  bilan  band  bolganda,  u 

peshtaxtaga suyamb, qog'ozga bir nimalarni yozdi:

-  Jo, telegramma, -  dedi u. - O'qib ko'r.




Martin Iden

235

Jo mastlik bilan  tirjayib  o'qiy boshladi. 

o'qigan narsasidan kayfi uchdi-ketdi. U Martinga 

ginaxonlik bilan tikildi, ko'zlarida yosh miltilladi.

-  Meni tashlab  ketmoqchimisan,  Mart? -  deb 

so'radi u g'amgin qiyofada.

Martin  «ha»  degandek  bosh  irg‘adi-da,  bitta 

bolani chaqirib, uni telegrafga g'izillatdi.

-  To'xta! -  dedi Jo tili zo'rg'a kalimaga kelib. -  

Men ba’zi narsalarni о*у1аЬ olishim kerak.

U yiqilib ketmaslik uchun peshtaxtani ushlab 

qoldi,  Martin  esa,  to  Jo  fikrini  yig‘ib  olguncha, 

uni quchoqlab ushlab turdi.

-  Ikkala ishchi ketadi deb yoz, -  dedi to'satdan 

Jo. -  Yoz.

-  Ammo  sen  nega  ketasan?  -   deb  so'radi 

Martin.

-   Sen  nega  ketayotgan  bolsang,  men  ham 

shuning uchun.

-   Men  dengiz  safariga jo'nayman,  sen  borol- 

maysan.

-  To‘g‘ri,  -  javob  qildi Jo,  -  lekin  men jahon- 

gashta bolaman. Judayam qoyil boladi-da.

Martin  unga  sinovchan  ko'zlari  bilan  bir 

daqiqacha tikilib turdi-da, nihoyat dedi:

-   Olay  agar,  to‘g‘ri  gapirding!  Ish  hayvoni 

bolgandan  darbadar  bolgan  yaxshi.  Har  na 

bolganda  ham  bir  kuningni  ko'rasan.  Holbu- 

ki,  ishlab  shu  paytgacha  hech  tuzukroq  kun 

ko'rmagansan ham.

-   Ko'rganman,  -   deb  e’tiroz  bildirdi  Jo,  -   bir 

marta kasalxonada yotganman. Terlama bolgan- 

man, senga aytib bergan edim, shekilli. Judayam 

soz bolgan edi-da!

Lekin



236 

Jek  London

Jm * '

To  Martin  telegrammadagi  «ikkinchi  ishchi» 

so'zini  «kirxonaning  ikkala  ishchisi»  deb  tuzat- 

guncha Jo hikoyasini davom ettirdi:

-  

Kasalxonada  yotganimda  hech  ichgim  kel- 



magan  edi.  Qiziq-a?  Lekin  bir  hafta  mobaynida 

eshakdek ishlaganimdan keyin bir to'yib ichma- 

sam  bolmaydi-da.  Oshpazlaming...  nowoylar- 

ning  ham...  molday  ichishini  hamma  biladi. 

Ish  o‘zi  shunaqa.  To*xta!  Telegramma  haqining 

yarmini men to layman.

-   Qo^sang-chi,  keyin  hisoblashamiz,  -   dedi 

Martin.


-  Hey, bu yoqqa kelinglar, men eriyman! -  deb 

qichqirdi Jo.

Dushanba  kuni  ertalab  Jo  hayajondan  hech 

o‘ziga kelolmasdi.  U boshining og‘riganiga parvo 

qilmadi, ishga ham qiziqmadi. U derazaga loqayd 

tikilib  оЧтЬ,  quyoshni,  daraxtlami  tomosha 

qilarkan,  qanchadan-qancha qimmatli daqiqalar 

oiiib ketdi.

-  

Buni  qara!  - deb  qichqirdi  u.  -   Shulaming 



hammasi  meniki-ku,  axir.  Ozodlik  bu!  Men 

daraxt  soyasida  yotib,  istasam,  ming  yil  ham 

uxlashim  mumkin.  Yur.  Mart,  hech  narsaga 

parvo  qilmaymiz.  Nimani  kutamiz?  Oldimiz- 

da  bekorchilar  mamlakati  yotibdi,  endi  men 

o'sha yoqqa chipta olaman, lekin orqaga qaytish 

uchun chipta olish yo‘q.

Bir  necha  daqiqadan  so‘ng,  Jo  kir  yuvish 

mashinasiga  kirlami  sola  turib,  mehmonxona 

xo'jayinining koyiagini ko'rib qoldi. Jo uning bel- 

gisini  tanirdi.  Endi  erishilgan  ozodlikdan  mast



Martin Iden

237

bolib,  u ko'ylakni yerga otdi va uni  oyog'i  bilan 

toptay boshladi.

-   Shu  ko^lak  sening  basharang  bolsa  soz 

bolardi,  golland  to‘ng‘izi!  -   deb  baqirardi  u.  -  

Mana!  Seni jazoing shu!  Ha!  Mana!  Qani,  biron- 

ta odam o'rtaga tushib ko‘rsin-chi!  Qani,  tushib 

ko'rsin!


Martin  kula-kula  uni  tartibga  chaqira  bosh­

ladi.  Seshanba  kuni  kechqurun  ikkita  yangi 

ishchi  keldi,  Jo  bilan  Martin  haftaning  oxiriga- 

cha  ularga  kirxonaning  butun  yo 1-yo ‘riqlarini 

o'rgatish bilan mashg'ul bolishdi. Jo o'tirib olib, 

yol-yo‘riq  ko‘rsatardi,  ammo  o‘zi  qolini  hech 

nimaga urmasdi.

-  Ahmog‘i yo‘q! -  dedi u, -  hech narsa qilmay- 

man.  Muddatdan  oldin  bo'shatib yuborsa  ham 

mayli,  baribir,  qolimni  hech  nimaga  urmay- 

man.  Ishlab  bolganman.  Endi yuk vagonlarida 

sayr  qilaman,  daraxt  soyalarida  yotib  uxlay- 

man.  Hey,  shalviraganlar!  Tezroq  qimirlanglar! 

Ter to‘kinglar! Ter to‘kib ishlanglar, jin urgurlar! 

Tarrakdek qotganingizdan keyin, siz ham xuddi 

men singari chiriysiz, siz qanday yashadingiz-u, 

men qanday kun kechirdim, baribir emasmi? A? 

Qani,  menga  ayting-chi,  azizlar,  baribir  emas­

mi, axir?

Shanba kuni ular hisob-kitob qilishib, chorra- 

hagacha birga borishdi.

-   Sen,  albatta,  men  bilan  ketmaysan,  senga 

yolvorishning ham hojati yo'qdir-a? -  deb so'radi 

Jo tamomila umidsiz qiyofada.

Martin boshini sarak-sarak qilib qo“ydi.  U ve~ 

losipediga minmoqchi bolib turgan edi.  Ular qol




238

Jek  London

Ш Е Г -

siqishib xayrlashishdi. Jo Martinning qolini bir- 

pas ushlab turib dedi:

-  Bu dunyoda hali sen bilan yana ko‘rishamiz, 

Mart.  Yuragim  sezib  turibdi.  Alvido,  Mart!  Baxt 

yor  bolsin  senga.  Yaxshi  ko'raman  seni,  xudo 

haqqi, yaxshi ko'raman!

To  Martin  muyulishga  borib  ko'zdan  g'oyib 

bolguncha, Jo yol o‘rtasida uning orqasidan xo- 

mush tikilib turdi.

-  Ajoyib  yigit-da,  -   deb  g'oldiradi  u,  -   juda 

ajoyib yigit.

Keyin  u  yol  yoqalab,  suv  chiqargich  tomon 

ketdi;  u  yerda,  chekka yolda,  besh-oltita  bo'sh 

yuk vagoni poezd  sostaviga ulanishini kutib  tu­

rardi.



Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish