Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

227

-  


Hech  ilojini  topa  olmayapman,  -   dedi 

shanba  kuni  keldi  deguncha  ichkilik  xumor 

qilaveradi.

Yana bir hafta tinimsiz mehnatda o'tdi, bu sa- 

far  ham  ko'zni  qamashtiradigan  elektr  chirog'i 

yorug'ida  vaqt  yarim  kechadan  oqqanga  qadar 

ishlashdi,  shanba kuni  esa Jo  ishni  soat uchda 

tugatganlariga  tuzukroq  sevinib  ulgurmasdan 

hamma  qayg4ilarini  unutish  uchun  qishloqqa 

jo'nadi. Martin bu yakshanbani ham awalgisidek 

o'tkazdi.  U daraxtlar soyasida bir oz mizg'ib oldi, 

keyin  parishonlik  bilan  gazetani  ko‘zdan  ke- 

chirdi,  undan keyin,  hech narsa qilmay va hech 

narsani o^lamay,  bir necha soat cho'zilib yotdi. 

Uning  о У  o^lashga  majoli  qolmagan  edi,  shu­

ning uchun,  negadir,  o'zini yerga urgan,  yuziga 

qora  surtgan  kishidek  o'zidan  o‘zi  nafratlandi. 

Martindagi jamiki oliy hislar toptalgan, izzat-naf- 

si xo'rlangan,  hayotiy kuchi esa shu qadar zaif- 

lashgandiki,  endi unda orzu-umiddan asar ham 

qolmagan edi. U olgan. Uning qalbi olgan edi. U 

oddiy hayvonga, ish hayvoniga aylanib qolgandi. 

Endi u yashil yaproqlar orasini yorib  otayotgan 

quyosh shulasining go'zalligini sezmas, lojuvard 

samoning  teranligi  ortiq  uni  qiziqtirmas,  sirli 

jumboqlarga tola fazo haqida fikr tug'dirmas. va- 

holanki,  o'sha jumboqlarni yechishni Martin ju- 

da-juda  istardi.  Hayot  chidab  bolmaydigan  da- 

rajada zerikarli va bema’ni edi, go у  о u kishining 

g'ashiga  tegishdan  boshqa  narsaga  yaramasdi. 

Uning  tasawur  ekraniga  qora  parda  yopilgan, 

orzu-tilaklari esa bir qatra ham shula tushmay- 

digan  qorongl  hujraga  qamalib,  iztirob  chekib



228

Jek  London

.

  Endi  har  shanba  kuni  qishloqqa borib, 

muntazam  ravishda  ichib  keladigan  va  qattiq 

mast  bo lib,  navbatdagi  mashaqqatli  mehnat 

haftasini unutib yuboradigan Joga uning havasi 

kela boshladi.

To'rtinchi  hafta  boshlandi;  Martin  o'zini 

solcar,  hayotga la’nat o'qirdi.  U  o'zining maglu- 

biyatga uchraganini ming nadomat ila tan  olar- 

di. Muharrirlar uning hikoyalarini rad etib, to‘g‘ri 

qilgan  ekanlar.  Buni  u  endi  o‘zi  ham  ochiq-oy- 

din tushunar va o‘z ustidan hamda yaqinginada 

ko'ngliga  kelgan  xom  xayollardan  kulardi.  Ruf 

unga  «Dengiz qo‘shiqlari»ni pochta orqali qayta- 

rib yubordi.  Martin uning xatini loqaydlik bilan 

o'qib chiqdi.  Qiz,  she’rlami maroq bilan o'qidim, 

deb  zo‘rma-zo‘raki yozgani  sezilib turardi.  Lekin 

Ruf yolg'on  gapirishni bilmas,  haqiqatni  o'zidan 

yashirish  ham  uning  uchun  juda  qiyin  edi. 

She’rlar unga yoqmabdi, uning ishtiyoqsiz va qiy- 

nalib  yozgan  maqtovlarining har  bir  satrida  bu 

yaqqol sezilib turardi. Qiz albatta haq edi. Martin 

o‘z  she’rlanni qayta o'qib chiqib, bunga ishondi; 

endi bu  she’rlardan hech  qanday nafosat topol- 

madi  va  ularni  yozishga  nima  majbur  qilganini 

hech  tushuna  olmadi.  Dadillik  bilan  yozilgan 

iboralar  unga  endi  kulgili  bolib,  o'xshatishlar 

dahshatli va bema’ni bolib tuyuldi, umuman, bu 

she’rlar tamomila ahmoqona va haqiqatdan yiroq 

edi.  U  shu  zabotiyoq  «Dengiz  qo‘shiqlari»ni jon- 

jon  deb  yondirib  yuborardi-yu,  lekin  yoqaman 

degan bilan qog‘ozlarni  o't olmasdi-da,  mashina 

bolimiga tushib yondirish uchun esa unda kuch 

yo‘q edi’, uning butun kuchi begonalarning kirini

yotardi



Martin Iden

229

yuvishga sarf bolar,  o‘z shaxsiy ishi uchun hech 

darmoni qolmasdi.

Martin nima qilib bolsa ham, yakshanba kuni 

Rufga maktub yozaman deb ahd qilib qotydi. Le­

kin shanba kuni kechqurun ishni tugallab van- 

naga  tushib  chiqqach,  unda  hamma  tashvish- 

lami unutish xohishi tugildi. U o‘ziga o‘zi: «Borib 

ko‘ray-chi,  Jo  qanday  vaqtichoglik  qilayotgani- 

kin», -  dedi-yu, yolg‘on gapirganini shu zahotiyoq 

angladi;  lekin  buning  ustida  bosh  qotirib  oti- 

rishga holi kelmadi, keyin baribir, o‘zini yolg‘on- 

chilikda  ayblamoqchi  emas  edi,  chunki  uning 

birdan-bir  istagi  shu  tashvishlami  boshdan 

chiqarib  tashlash  edi.  U  go^o  sayr qilib yurgan 

odamday hech shoshmasdan qishloq tomon yol 

oldi,  lekin  qovoqxonaga  yaqinlashganda  beixti- 

yor qadamini ildamlatdi.

-   Sen  suvdan  boshqa  hech  nima  ichmasang 

kerak deb o'ylovdim! -  deya qarshi oldi uni Jo.

Martin  javob  qilishni  loyiq  topmadi,  viski 

buyurib,  o'ziga  bir  stakanni  toldirib  quydi-da, 

shishani Joga uzatdi.

-  Tezroq bol, -  dedi u qo'rslik bilan.

Lekin Jo imillab  haiakat qilayotgan edi,  Mar­

tin stakanidagi viskini bir ko'tarib ichdi-da, yana 

quydi.

-  Endi kutib o'tirishim mumkin, -  dedi Martin 



qovogini uyib. -  Lekin baribir, tezroq bol.

Jo  ortiq  yalintirib  o'tirmadi,  ular  baravai' 

ichishdi.

-  Axiyri bolmabdi-da? -  dedi Jo.

Lekin  Martin  bu  masalani  muzokara qilishni 

istamadi.




-  Senga aytuvdim-ku, bu ish emas, jahannam 

azobi  deb,  -   gapida  davom  etdi  Jo.  -   Ochig‘ini 

aytsam,  taslim  bolganing  menga  yoqmayapti, 

Mart.  E, padariga la’natl Ke, ichamiz.

Martin  indamasdan  ichar,  dam-badam  viski 

buyurib,  sochlari silliq qilib taralgan, moviy ko‘z, 

o‘zi  qiz  bolaga  o“xshagan  bufetchi  yigitni  tong 

qoldirardi.

-  Odamlami bunaqa molday ishlatish g'irt ab- 

lahlik, -  derdi Jo. -  Agar ichmaydigan bolganim- 

da  allaqachon kirxonalariga o‘t  qo'yib yuborgan 

bolardim.  Xudo  haqqi,  ulaming  baxtiga  ichib 

turaman.

Lekin  Martin  unga  javob  qilmadi.  Yana  ik- 

ki-uch  stakandan keyin kayfi oshib,  mast bolib 

qoldi.  Mana  nihoyat,  shuncha  haftadan  beri 

birinchi  marta  hayot  nafasini  u  ham  his  qila 

boshladi.  Uning  xayollari  qaytib  keldi.  Orzu- 

lari  qorong'i  hujradan  otilib  chiqib,  uni  porloq 

cho'qqilar san chorlay boshladi.  Uning tasawur 

ekrani  yana  kumushday  yaraqlay  boshladi  va 

unda  bir-birlarini  quvalashib,  ravshan  lavhalar 

lipillab  o'ta  boshladi.  Eng  go*zal  va  g'ayrioddiy 

narsalar  unga  hamroh  boldi,  u  yana  hamma 

narsani bilar, hamma narsaga qodir edi. Shular- 

ni  Joga  tushuntirmoqchi  bolgan  edi,  ammo  Jo 

ham  o‘z  orzulari  bilan  band  ekan,  oglr  ishdan 

xalos  bolib,  о zining bug‘ bilan ishlaydigan kat- 

takon kirxonasi bolishini orzu qilardi.

-  


Ha,  Mart.  Kirxonamda bolalar  ishlashmay- 

di,  gapimga ishonaverishing mumkin.  Bolalami 

aslo ishlatmayman. Soat oltidan keyin kirxonam­

da  hech  kimni  qoldirmayman.  Eshityapsanmi?



230 

Jek  London


Martin  Iden

231

Mashinalar  ko‘p  boladi,  odamlar  ham  ishni 

vaqtida  tugatishi  mumkin  boladi.  Seni  bolsa, 

Mart,  o'zimga  yordamchi  qilib  olaman.  Rejam 

mana bunday.  Ichishni tashlayman-u,  pul yig‘a 

boshlayman, ikki yildan keyin qarabsanki...

Lekin Martin Joni bufetchiga ro'para qilib, o‘zi 

uning  gapiga  quloq  solmay  qotydi;  bufetchi  esa 

to  yangi  kirgan  xo‘randalar  -   ikkita  shu  yerlik 

fermer chaqirmaguncha, Joning gaplariga quloq 

solib  turdi.  Martin  shu  fermerlami  ham,  yana 

bir  necha  batrakni,  mehmonxona  bogt>onining 

yordamchisi  bilan  otboqami,  bufetchining  o‘zi- 

ni  ham,  yana  qovoqxonaga  xuddi  soyadek  lip 

etib  kirib,  peshtaxtaning  narigi  boshida  turgan 

sayoqni ham, xullas,  traktirdagi hamma xo‘ran- 

dalami shohona saxovat bilan mehmon qildi.


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish