Martin Iden
253
edi. Martinning sevishi qizga kunday ravshan
edi, shuning uchun Ruf unda muhabbat nisho-
nalari paydo bolishidan, ko'zlarining chaqnashi-
dan, qollarining qaltirashidan, oftobda qoraygan
yonoqlarining birdan cho'g'dek qizarib ketishi-
dan lazzatlanardi. Ba’zida Ruf hatto Martinning
yuragiga o*t yoqar, lekin buni shu qadar tortin-
choqlik va munislik bilan qilardiki, na Martin,
na o‘zi payqardi buni. Ruf o'zida ayollik qudrati
borliginn tushunib, bundan o'zida yo'q sevinar
va Martin bilan o'ynashib, unga tegajoqlik qilib,
bamisoli Momo Havodek lazzat topardi.
Martin esa sukut saqlardi, chunki gapni ni-
madan boshlashni bilmasdi, u vujudini qam-
rab olgan tuyg4ilaming benihoya kuchli bolgani
uchun sukut saqlar va qo‘rqa-pisa, no'noqlik
bilan yaqinlashish yolini axtarardi. Martinning
qol tegizishidan qiz huzur qilar, huzur qilish u
yoqda tursin, hattoki lazzat olardi. Martin buni
bilmas, ammo o'zining Rufga yoqishini sezardi.
To'g'ri, ular salomlashganda va xayrlashgan-
dagina qol siqishar, lekin velosipedga minayot-
ganda, bir-birlariga kitob uzatganda yoki uni
birgalikda varaqlaganda, ko'pincha barmoqlari
bir-biriga tegib ketardi. Shunday vaqtlar ham
bolardiki, qizning soch tolalari uning yonoqlari-
ga tegib ketar yoki qiz kitobning qiziq yeriga kel-
ganda engashib bir ongagina yelkasi bilan yigit-
ga suykalib ketardi. Ruf bunday damlarda o'zini
qamrab olgan ajib tuyg4ilardan xijolat bolib, jil
mayib qo'yardi: masalan, ba’zida Ruf Martinning
sochlarini titkilagisi kelardi; Martin esa, ajntii
vaqtda, o'qishdan charchab, boshini uning tiz-
254
Jek London
zasiga qo'yishni va ko'zlarini yumgancha kelajak
haqida - ikkovlarining kelajakda birga yashash-
lari haqida o'ylashni jon-dili bilan istardi. Martin
yakshanba kunlari bog' sayiliga chiqqan paytlari-
da juda ko‘p marta boshini bironta qizning tiz-
zasiga qo^ib, bamaylixotir uxlab ketardi, Mar-
tin o‘sha qizga uni quyoshdan saqlash, o‘zining
muhabbatga haddan tashqari loqayd ekanligiga
ajablanib, oshiqona ko‘zlari bilan tikilib o‘tirish
imkonini berar edi. Ma’shuqasining tizzasiga
bosh qo'yish Martinga dunyoda eng oson ishdek
tuyulardi, endi esa, Rufning jamoliga boqarkan,
buni imkon xorijidagi aqlga sig'maydigan orzu
deb tan oldi. Lekin Martin tabiatidagi tamkinlik,
uning o'ziga ham sezdirmay, maqsad sari olib
borayotgan edi. U aynan shu tamkinligi tufayli
Rufning ko'nglida shubha tug'dirmadi. Tajriba-
siz va uyatchan Ruf bu uchrashuvlarining oqi-
bati qanday xatarli ekanligini tushunmasdi. Ruf
nima qilayotganini o‘zi ham bilmay, yigit sari tal-
pinar, u esa oradagi yaqinlik tobora zo'raya bo-
rayotganini sezarkan, dadilroq bolishni istar va
lekin jur’at eta olmasdi.
Bir kun Martin axiyri jur’at qildi. Rufning uyi-
ga kelib, uni pardalan tushirilgan xonada o4ir-
ganini ko‘rdi; qiz boshi qattiq oe'riyotganidan
shikoyat qildi.
- Hech nima kor qilmayapti, - dedi qiz Martin
ning savoliga javoban. - Doktor Xoll dori ichi-
shimni man qilib qo'ydi.
—
Men sizni hech qanday dori-darmonsiz tu-
zataman, —
dedi Martin. —
Albatta, sizga uning
ta’sir etish-etmasligini bilmayman, lekin xohla-
Martin Iden
255
sangiz, sinab ko‘rish mumkin. Mening
usulim - uqalash. Buni Yaponiyada o'rgatishgan
edi. Yaponlar uqalashga juda mohirdirlar. Keyin-
chalik xuddi shu uqalash usulini xiyol o'zgartiril-
gan shaklini gavayaliklarda ham ко‘r dim. Ular
bu usulni «lomi-lomi» deb atarkanlar. Bu uqa
lash ba’zan har qanday dori-darmondan ham
yaxshiroq ta’sir qiladi kishiga.
Martinning qoli qizning peshanasiga tegar-teg-
mas, Ruf xo'rsinib turib dedi:
- Qanday yaxshi-ya!
Yarim soatdan keyin qiz:
- Charchamadingizmi? - deb so'radi.
Bu savol ortiqcha edi, chunki qiz Martinning
nima deb javob berishini bilardi. Shuning uchun
Ruf mudrab, o‘zini Martinning ixtiyoriga top-
shirdi. Uning barmoqlaridan shifobaxsh kuch
oqib olib, dardiga davo bolardi - har holda, qiz
ga shunday tuyulardi. Nihoyat, ogViq shuncha-
lik yo‘qoldiki, Ruf bahuzur uxlab qoldi, Martin
esa sekingina xonadan chiqib ketdi.
Kechqurun qiz unga telefon qildi.
- Kechki ovqat mahaligacha uxlab man, - dedi
Ruf, - siz meni butunlay tuzatib qoydingiz, mis
ter Iden, minnatdorchiligimni qanday bildiri-
shimni ham bilmayman.
Martin ham sevinganidan,
ham xijolat
bolganidan zo‘rg‘a gap topib javob qildi, chunki
Brauning bilan Elizabet Barret o'rtasidagi ishqiy
mojaro hech xayolidan ketmasdi. Brauning o'z
ma’shuqasi uchun nimalar qilgan bolsa, u, ya’ni,
Martin Iden ham Ruf Morz uchun shuni qila
oladi. U xonasiga qaytib kirib, o'rniga yotdi-da,
davolash
Spenserning «Sotsiologiya»sini o'qishga kirishdi.
Lekin o'qigani bilan miyasiga hech nima kirmas-
di. Uning butun fikru zikri muhabbatda edi, u
bir ozdan so‘ng, hamma yog‘iga siyoh tomib if-
los bolib ketgan stolcha oldiga borib o'tirgani-
ni o‘zi ham sezmay qoldi. Shu oqshom yozilgan
sonet, «Muhabbat sonetlari» turkumidagi ellikta
she’ming birinchisi boldi; bu she’rlarni u ikki
oydan keyin yozib bitirdi. U Elizabet Barretning
«Portugalcha sonetlar»idan ilhomlanib yozgan
edi. Martin she’rlarini buyuk ijod uchun eng qu-
lay vaziyatda - oshiqi shaydo bolib yurgan ma-
halida yozgan edi.
U Ruf bilan uchrashmagan vaqtlarida «Mu
habbat sonetlari» bilan shug'ullanar, o‘z uyida
yoki qiroatxonada mutolaa qilar, noshirlarning
qanday asarlarni yoqtirishlarini bilishga urinib,
jurnallarning hamma sonini navbatma-navbat
diqqat bilan kuzatib borardi. Martin Ruf bilan
birga bolgan paytlarida esa ham orzu-umid-
larga tolar, ham ko'ngli alag‘da bolardi, ammo
ham u, ham bu hoi Martinni bir xilda iztirob-
ga solardi. Martin Rufning bosh og‘riq kasali-
ni tuzatgandan keyin bir hafta o'tgach, Norman
oydin kechada Merrit kolida qayiqda sayr qi-
lishni taklif qildi. Artur bilan Olni buni bajonidil
ma’qullashdi. Martindan boshqa hech kim yel-
kanli kemani boshqarishni bilmasdi, shuning
uchun ham undan kapitanlik vazifasini zimma-
siga olishni iltimos qilishdi. Ruf qayiqning tum-
shug‘iga, Martinning yoniga o'tirdi, qolgan uch
yigit qayiq о rtasidagi ko'ndalang o‘rindiqcha-
larga о tirib olib, о zlanning talabalikka tegishli
256
Jek London
...
Martin Iden
257
ishlari haqida uzundan-uzoq munozara bosh-
lab yuborishdi.
Oy hali chiqmagan edi, yulduzlar charaqlagan
osmonga jimgina tikilib o‘tirgan Ruf birdan o'zini
yolg'iz his qila boshladi. Martinga qaradi. Birdan
esib kelgan shamol qayiqni xiyolgina bir tomonga
og‘dirdi, shunda Martin bir qoli bilan rumpel14,
ikkinchi qoli bilan grotashkotni15 ushlagancha,
suvga turtib chiqib turgan sohilni aylanib o'tish
uchun, qayiqning yo‘nalishini bir oz o'zgartirdi.
U qizning qarayotganini sezmas, qiz esa unga
tikilib qarab o‘tirarkan, bu zo‘r iste’dodli yi-
gitni bekorga vaqt sarflab muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi ochiq-oydin ko‘rinib turgan o'rtamiyo-
na hikoya va she’rlar yozishga undagan antiqa
havas haqida o^lardi.
Rufning ko‘zlari yigitning chiroyli qo'ndirilgan
boshiga, yulduzlar yorugida g'ira-shira ko'rinib
turgan baquwat bo“yniga tushdi, so‘ng uning
vujudini yana shu boyinni mahkam quchoqlab
olish istagi qamrab oldi. Martinning Rufga yoq-
mayotganday tuyulgan o‘ziga xos kuchi ayni za-
monda uni maftun ham qilgan edi. Ruf borgan
sari o'zini yolg'iz his qilib, holdan toyganini sezdi.
Qayiqning chayqalishi g'ashiga tegardi. U Mar
tinning faqat qoli tegishi bilan boshining og‘ri-
shi qolganini esladi. Martin uning yonida, shun-
doqqina yonginasida o'tiribdi, qayiq qiyshaygan
paytda qiz Martin tomonga surilayotgandek
boldi. Shu payt birdan Rufning Martinga su-
Do'stlaringiz bilan baham: |