Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

240 

Jek  London


Martin  Iden

241

unga yana  ham yaqinlashishni  istardi.  Bundan 

tashqari,  uning  Martinga  rahmi  kelar,  shu  sa- 

babli  uning  qalbida  Martinni  to‘g‘ii  yolga  sol- 

sam degan soddagina orzular paydo bolardi. Qiz 

yoldan ozgan bu yigitni qutqarmoqchi, uni qur- 

shab  olgan  muhitdan  xalos  etmoqchi,  yigitning 

xohishiga xilof bolsa-da, uni o‘zidan qutqarmoq­

chi edi. Rufning nazarida, uni bu ishga undayot- 

gan  narsa  mavhum  va  oliyjanob  mulohazalar 

edi,  shuning  uchun  ham bulaming hammasiga 

faqat  rashk va  ishq istagi  sabab  ekanligi  uning 

xayoliga kelmasdi.

Kuz,  havo  ochiq  kunlari  ular  ko'pincha velo- 

siped  minib,  shahardan  chetga, juda  uzoqlarga 

ketishardi, u yerlarda, tepaliklarda o‘tirib, kishi- 

da  nash’ali  fikrlar  uyg‘otuvchi  yaxshi,  ta’sirli 

nazm  asarlarini  galma-gal  ovoz  chiqarib  o‘qi- 

shardi.  Ruf unga  fidoyilik,  sabr-toqat,  mehnat- 

sevarlik xislatlarini talqin qilishga harakat qilar- 

di, chunki qiz bu xususiyatlarni o‘z otasi, mister 

Betler va butun dunyoni kitob bilan ta’minlayot- 

gan  «kitoblar qiroli»ga aylangan,  ко‘chib kelgan- 

da bir qashshoq bola bolgan Endiyu  Karnegida 

ko‘rgan edi.

Rufning  bu  urinishlarini  Martin  qadrlar  edi. 

U  endi  qizning  fikr-o'ylarini  xiyla  yaxshi  tu- 

shunar,  uning  qalbi  muhr  bosilgan  sirli  kitob- 

ga  o^xshamasdi.  Ular  suhbatlashishar,  teng 

kishilardek fikrlaxini ochiq aytishardi. Bu suhbat 

paytida paydo bolgan ixtiloflar Martin Rufni se- 

vishiga xalal bermasdi.  Yigitning muhabbati  to- 

bora teranlasha va zo‘raya bordi, chunki u Rufni 

shu  turishicha  sevar,  hattoki  qizning  jismoniy




242

Jek  London

zaifligi uning ko‘zida alohida go‘zallik baxsh etar- 

di.  U  uzoq yillar  o‘midan  turib  bir  qadam  ham 

yurmagan va nihoyat,  unutilmas  bir kun  Brau- 

ning bilan  birga qochib,  ochiq havoda dadil  qa­

dam  tashlagan  kasalmand  ayol  Elizabet  Barret 

haqida o‘qigan edi.  Brauning o‘z sevgilisi uchun 

nelar qilgan bolsa, Martin ham Ruf uchun shun­

day  qilishga  bel  boglagan  edi.  Lekin  awal  Ruf 

unga  ko‘ngil  qo^ishi  kerak.  Qolgani  osonlikcha 

bolaveradi. U qizning joniga malham, beliga quv- 

vat  boladi.  Martin  Ruf bilan  kelgusida turmush 

qurib, birga yashashi haqida tez-tez xayol surardi. 

U o‘zi bilan Rufni mehnat bilan bunyod qilingan 

huzur-halovatli va farovon hayot qoynida tasav- 

vur qilardi. Ular kitob o'qishadi va she’riyat haqi­

da suhbat qurishadi, Ruf rang-barang yostiqcha- 

larga yonboshlab yotib,  ovoz chiqarib unga kitob 

o'qiydi.  Martinning ko‘z  oldida hamisha  ikkovla- 

rining  butun  hayotlari  ramzi  bolgan  bir  man­

zara namoyon bolardi. Ba’zida qiz emas, o‘zi ovoz 

chiqarib  o‘qiydi,  bunday paytlarda u  qizning be- 

lidan  quchoqlab  oUradi,  qizning  jajji  boshi  esa 

Martinning yelkasiga qoyilgan boladi,  ba’zan ik- 

kovlari bir kitobni ovoz chiqarmasdan o‘qishadi va 

bosma satrlardan ufurib turgan butun nafosatni 

yolg'iz ko'zlari bilan qamrab olishadi.

Ruf  tabiat  manzarasini  yaxshi  koVardi  va 

shunga  ko‘ra  Martinning  boy  tasawuri  shu 

ko‘ngilli voqea sodir bolayotgan sahna dekorat- 

siyasini  o'zgartirishga  imkon  berardi.  Goh  ular 

baland  tik  qoyalar  bilan  o'ralgan  vodiyda  oti- 

rishadi,  goh  bu  manzara  allaqayerdagi  toglar 

qo^nidagi  chamanzorga  yoki  etaklariga  dengiz




Martin  Iden

243

tolqinlari kelib shaloplab urilayotgan xilvat 

tepalarga aylanib qoladi, ba’zida u o‘zi bilan Ruf­

ni  tropik yurtdagi vulqonli  orolda his  qiladi,  bu 

yerda shovillab  oqib tushayotgan  shalolalarning 

tomchilarini  shamol  dengizga uchirib  olib  keta- 

di.  Lekin ular,  go'zal  orzular  sultonlari bolmish 

Martin  bilan  Ruf,  hamisha  oldinda,  kitob  uzra 

bosh  egib  o'tirgan  holda  namoyon  bolar,  tabiat 

go'zalligi ular uchun fon vazifasini o'tardi, xolos. 

Bu  lavhaning  ichkari  tomonida  ularning jahon 

boyliklaridan  lazzatlanishiga  imkon  tug'dirgan 

mehnat va muvaffaqiyat hamda shu mehnat tu- 

fayli orttirilgan davlat kolankalari tuman parda- 

si orasidan g'ira-shira ko'zga tashlanib turardi.

-  Qizginam,  ehtiyot bolsang yaxshi bolardi, -  

dedi bir kun  Rufning onasi  qiziga ogohlantiruv- 

chi ohangda.

-  Nima deyotganingizga tushunyapman, lekin 

bu bolmagan gap.  U mening...

Ruf uyalganidan  qizarib  ketdi,  bu  -   hayotning 

muqaddas sirlari haqida o‘z onasi bilan, ya’ni, uning 

uchun  muqaddas  hisoblangan  ona  bilan  umrida 

birinchi bor gaplashgan qizning uyalishi edi.

-  U  sening tenging emas,  -  deb  onasi qizning 

gapini tamomladi.

Ruf bosh irg'adi.

-   Men  bunday  demoqchi  emasdim,  lekin  bu 

to‘g‘ri  gap.  U  qo'pol,  beso'naqay,  kuchli...  Had- 

dan tashqari baquwat, u yomon muhitda...

Qiz  duduqlanib  qoldi.  Onasi  bilan  bunday 

mavzularda  gaplashish  uning  uchun  mutlaqo 

yangilik edi. Bu safar ham ona qizning fikrini ni- 

hoyasiga yetkazdi.

qum



244

Jek  London

-   U  yomon  muhitda  yashagan.  Shunday  de- 

moqchimiding?

Ruf yana bosh irg'adi, yuziga qon yugurdi.

-  Ha,  men  aynan  shuni aytmoqchi  edim.  Bu, 

albatta,  uning aybi  emas,  lekin u  haddan  tash- 

qari ko‘p to‘qnash kelgan...

-  Hayot sarqitlarigami?

-   Ha.  Shuning  uchun  nimasi  bilandir  meni 

xavotirga  solyapti.  Ba’zan  o‘z  boshidan  kechir- 

ganlami  xotirjamlik  bilan  hikoya  qila  bosh- 

laganda meni  dahshat bosadi.  Go*yo  u  aytayot- 

gan gaplaming hech yomon tomoni yo'qdek.  Le­

kin bu yaxshi emas. To'g'rimi?

Ona-bola  bir-birlarini  quchoqlab  o‘tirishar- 

di,  Ruf  sukutga  tolgan  edi,  ona  qizining  yana 

gap boshlashini kutib,  mehribonlik bilan qolini 

siladi.


-  Lekin u bilan birga bolish men uchun  ma- 

roqli, -  deb gapida davom etdi Ruf, -  birinchidan, 

men unga ba’zi jihatdan vasiylik qilaman. Undan 

keyin...  men  shu  paytgacha  erkaklardan  hech 

do‘st  orttirmagan  edim,  aslida  u  menga  do‘st 

emas.  U  ayni  vaqtda  ham  do‘st,  ham  shogird. 

Ba’zida  men  undan  qo'rqaman,  shunda  men 

xuddi buldog it bilan -  tishlarining oqini ko'rsa- 

tib,  irillab,  hozir  zanjirini  uzib  menga  tashlan- 

moqchi bolib turgan mana bundoq katta buldog 

bilan оynashayotganga o'xshayman.

Ruf yana  sukutga  cho'mdi,  onasi  esa  uning 

gapirishini kutardi.


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish