0*N TO‘QQIZINCHI BOB
Ruf oilasi bilan Oklendga qaytib kelgach, Mar
tin yana u bilan uchrasha boshladi. Tahsilni tu-
gatib, ilmiy daraja olgan Ruf endi hamma vaqtini
ilmga sarflamas, Martin esa butun ma’naviy va
jismoniy kuchini og'ir mehnatga sarflab char-
chaganidan yozmay qotygan edi. Bu hoi ulaming
tez-tez ko'rishib turishlariga imkon berardi, oqi-
bat ular bir-birlariga tobora ko'proq yaqinlasha
boshladilar.
Dastlabki paytlarda Martin hech ish qilmay
faqat dam oldi. U ko‘p гдх1аг, ko‘p otylar, umu
man, katta baxtsizlikdan keyin tadrijiy ravishda
o'ziga kelayotgan kishidek yashardi. Lekin mana,
u so'nggi haftalarda erinchoqlik bilan ko‘z yu-
gurtirib chiqadigan gazetalarni endi asta-sekin
Martin Iden
239
qiziqish bilan kuzata boshladi, bu uning takror
uyg‘onayotganidan darak beruvchi ilk alomat
edi. Shundan so'ng u yana mutolaaga kirishdi,
awaliga she’riy va nasriy asarlami o‘qiy boshla
di, lekin yana bir necha kun otar-olmas, ancha-
dan beri unutib yuborgan Fiskning asarlariga
boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi. Martinning jismoniy
jihatdan ota soglomligi uning deyarli butunlay
yo‘qolib ketgan g‘ayratini qayta tiklashga im
kon berdi, oqibat, unda yana yoshlik g4iruri va
ehtiros uyg'ondi.
Martin, miriqib dam olganimdan keyin dengiz
safariga jo'nayman, deganida Ruf xafa bolganini
yashirolmadi.
- Nega endi? - deb so'radi qiz.
- Pul kerak, - dedi Martin, - noshirlarga yan-
gidan hujum boshlashim uchun menga pul ke
rak. Bu kurashda pul va matonat eng yaxshi
quroldir.
- Durust, agar faqat pul kerak bolsa, nega
kirxonada qolib ishlayvermadingiz?
- Chunki kirxonada men hayvonga aylanib
qolardim. Bunaqa ishda ichkilikka berilib ketish
ham hech gap emas.
Qiz unga dahshat bilan qaradi.
- Aytmoqchisizki... - deb gap boshladi u.
Martin javob berishdan osonlikcha bosh torti-
shi mumkin edi, lekin u yolg‘on gapirishni xush
ko‘rmasdi, buning ustiga yana, oqibati nima
bolsa-bolsin, baribir, hamma vaqt rost gapira-
man, deb ahd qilib qo^gani esiga tushib ketdi.
- Ha, - deb javob berdi u, - bir necha marta
mast boldim.
Ruf seskanib ketib, nariroqqa siljidi.
- Menga tanish bolgan odamlarning birontasi
ham bunday ahvolga tushmaydi.
- Zero, ulaming birontasi ham «Qaynar Buloq»
kirxonasida ishlamagan, - deb Martin achchiq
istehzo bilan e’tiroz bildirdi. - Va’zxonlarning
aytishicha, mehnat yaxshi narsa, hatto uning in-
songa foydasi ham bor; xudo shohid, men hech
qachon mehnatdan qo‘rqqan odammasman. Le
kin hamma narsa ham me’yorida bolsa yaxshi.
Holbuki, kirxonada ana shu me’yor yo‘q edi.
Shuning uchun ham dengiz safariga bel bogla-
dim. Bu oxirgi safarim boladi. Qaytib kelgach,
jurnal sahifalariga yol topa olaman. Bunga imo-
nim ко mil.
Ruf g‘amgin va norozi tarzda sukut saqlar,
Martin esa u kechirgan narsalarni Ruf tushuna
olmasligini his qildi.
-
Vaqti kelib, men bularning hammasi haqi
da bir kitob yozaman, kitobning nomi «Mehnat-
ning xo'rlanishi» yoki «Ishchilar sinfida mastlik
psixologiyasi» boladi yoki shunga o‘xshash nom
topaman.
Agar Martin bilan Rufning tanishishgan bi
rinchi kunini mustasno qilsak, shu paytgacha
ular hech qachon bir-birlaridan bu qadar uzoq-
da turmagan edilar. Martinning qalbidagi noro-
zilik tuyg4isini niqoblab turgan ochiq e’tirofi
Rufni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Lekin qizni
bu uzoqlashishning sababidan ko‘ra, shu uzoq-
lashishning o‘zi ko'proq hayratga solgan edi.
Shu uzoqlashish holati ulaming bir-birlariga
naqadar yaqin bolib qolganini ko'rsatar va Ruf
Do'stlaringiz bilan baham: |