Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

276

Jek  London

Ruf ham hali yosh.  Bu bolalik havasi, vaqti ke­

lib unutilib ketadi.

Ular  shu  qarorga  kelishdi.  0 ‘z  oila  a’zolari 

o‘rtasida  Martin  bilan  Ruf  unashtirilgan  deb 

e’tirof etildi-yu, ammo hech kimga ovoza qilinma- 

di.  Ota bilan ona buning keragi ham yo‘q degan 

fikrda edilar. Unashish muddatining juda uzoqqa 

cho'zilishi  o‘z-o‘zidan  malum  edi.  Martinga  o‘z 

turmush tarzini o'zgartirishi va bironta jiddiy ish 

bilan  shug4illanishi zarurligi haqida hech  nima 

deyishmadi;  yozuvchilikni  tark  eting,  deb  unga 

hech kim maslahat ham bermadi.  Uning hayot- 

da  muvaffaqiyat  qozonishiga  ко ‘maklashish  bu 

oila a’zolarining niyatida yo‘q edi.  Martin bolsa, 

o‘z  badxohlarining  tegirmoniga  suv  quyish  bi­

lan ovora edi,  chunki u jiddiyroq bir mashg4ilot 

axtarib topish haqida mutlaqo bosh qotirmasdi.

-  

Bilmadim,  mening  tashabbusim  sizga  ma- 



qul  bolarmikin,  -   dedi  Martin  Rufga  oradan 

bir  necha  kun  o'tgach,  —

  opamning  uyida  tu- 

rish  menga  qimmatga  tushib  ketyapti,  shuning 

uchun  alohida yashamoqchiman.  Men  Shimoliy 

Oklenddagi  sokin  bir  uydan  bir  xonani  ijaraga 

oldim,  kerosinka  ham  sotib  oldim,  o‘zim  ovqat 

pishiraman endi.

Ruf  sevinib  ketdi.  Ayniqsa,  unga  kerosinka 

yoqqan edi.

  Mister  Betler ham  shundan  boshlagan  edi,



-  dedi u.

Martin muhtaram jentlmenning ismi sharifini 

eshitib, qovoqlanni uydi va gapida davom etdi:

— Men hamma qolyozmalarimga markalar yo- 

pishtirib, yana tahririyatlarga jo‘natib yubordim.



Martin Iden

277

Bugun yangi kvartiraga  ко‘chib  o'taman- 

tadan ish boshlayman.

Ruf bu shodiyona xabarga jon-tani bilan xay- 

rixohlik bildirarkan:

- Xizmatga kiribsiz-da! -  deb qichqirib yubor­

di  va  tabassum  bilan  unga  yaqin  kelib,  qolini 

mahkam  qisdi.  -   Nega  endi  menga  hech  nima 

demadingiz? Qanday xizmat o‘zi u?

Ammo Martin boshini sarak-sarak qildi.

-  Men ertadan boshlab yana yozishga kirisha- 

man demoqchi edim.

Qizning  chakkasi  tirishdi,  Martin  shosha-pi- 

sha  gapini  davom  ettirdi:  -   Gapimga  to‘g‘ri 

tushuning.  Bu  safar men  shirin xayollarga ber- 

ilmayman.  Men  endi,  yolglz  moddiy  ahvolni 

yaxshilash  uchun  jiddiy  ishlash  niyatidaman. 

Yana  dengiz  safariga  jo'nagandan  shu  ma’qul, 

oklendlik  oddiy  xizmatchiga  qaraganda  xiyla 

durustroq  pul  topaman  deb  oyiayman.  Keyingi 

oylar ichida ko‘p  narsalar ustida bosh qotirdim. 

Men  aravaga  qo‘shilgan  otdek  ishlaganim  yo‘q, 

deyarli  hech  nima  yozganim  ham  yo‘q,  yozgan 

bolsam ham, matbuot uchun yozmadim. Butun 

vaqtimni  sizni  sevishga va turli-tuman  narsalar 

ustida mulohaza yuritishga bag'ishladim. To‘g‘ri, 

ba’zi  narsalarni  o'qib  turdim,  lekin  u  o‘qiganla- 

rim -  asosan, jurnallar -  mening mulohazalarim 

bilan  bevosita  aloqador  edi.  Men  o‘zim  to'g'rim- 

da,  dunyo  haqida,  dunyoda  tutgan  mavqeim 

haqida  va  sizga  manzur  boladigan  martabaga 

erishish uchun qanday imkoniyatlarga ega ekan- 

ligim  haqida  otyladim.  Bundan  tashqari,  men 

Spenseming  «Uslub  falsafasi»ni  o'qib  chiqdim;

da,  er-



u  kitobda  menga,  aniqrog'i,  mening yozuvchilik 

faoliyatimga,  shuningdek,  har  oyda  jumallar- 

da  bosilayotgan  asarlarga  bevosita  aloqador 

bolgan  juda  ko'p  ajoyib  fikrlarni  uchratdim. 

Mana  shularning  hammasi  natijasida,  ya’ni, 

o'y-mulohazalar,  mutolaalar  va  sizga  bolgan 

muhabbatim  natijasida  shunday  qarorga  kel- 

dim:  adabiyotni kasb  qilaman.  Durdona asarlar 

yozishni vaqtincha tark  etib,  har xil  oldi-qochdi 

narsalarni;  feletonlar,  latifalar,  kundalik  hayot 

haqida kichik she’rlar, hajviyalar, xullas, nimaga 

talab bor bolsa, shuni yozaman. Axir, gazetalar- 

ga,  yumor  sahifalariga,  yakshanbalik  ilovalarga 

material hozirlab beradigan adabiyot agentliklari 

mavjud-ku. Men ularga nima kerak bolsa shuni 

yozaman,  sizni ishontirib aytamanki,  bu ishdan 

chakana pul topmayman. Oyiga to'rt yuz, hattoki 

besh yuz dollar ham tushiradigan azamatlar bor. 

Men  ularga  o'xshamoqchi  emas man;  lekin  har 

holda non  pulimni topib  turaman,  undan keyin 

o'z ishim bilan shug'ullanishimga ham, o'qishim- 

ga  ham  vaqtim  boladi;  holbuki,  hech  qanday 

xizmatda  ham  mening  o'qishimga  imkon  tug'il- 

maydi. Men chinakam asarlar ustida ham sekin- 

asta qalam tebrata boshlayman,  ham  o'qiyman, 

ham  chinakam  ishga  hozirlik  ko'raman.  Bila- 

sizmi,  hozir  men  qanchalik  ilgarilab  ketganim- 

ni ко'rib,  о zim ham ajablanaman.  Men qolimga 

birinchi  marta  qalam  olganimda,  ochig'i,  nima 

to'g'rida  yozishni  bilolmay  boshim  qotgan  edi. 

Har xil hodisalar haqida ulaming asl mohiyatini 

mukammal  tushunmasdan  turib  yozaverardim. 

Menda hech qanday g oya, hech qanday muloha-

278 

Jek  London



Martin Iden

279

za yo‘q edi. Fikr yuritishim uchun hatto so‘z 

topolmasdim.  Boshimdan  kechirgan  narsalar- 

ning  hammasi  ko‘z  oldimda  ma’nosiz  lavhalar 

bolib qatorlashib  turardi.  Lekin men ko'p  o‘qib, 

so‘z  boyligimm  orttirganimdan  keyin,  o‘sha 

lavhalaming hammasida ilgari men payqamagan 

juda ko“p narsalami ko‘ra boshladim. Ana shun- 

dan keyin haqiqiy asarlar yoza boshladim:  Men 

«Sarguzasht»,  «Quvonch»,  «Qozon»,  «Hayot  sha- 

robi»,  «Quvnoq ko'cha»,  «Muhabbat sonetlari» va 

«Dengiz qo‘shiqlari»ni yozdim. Men bu singari va 

bulardan  ham  ancha  yaxshipoq  asarlami yana 

ko*p yozaman,  lekin ular bilan faqat bo‘sh vaqt- 

larimda shug4illanaman. Endi men ortiq havoyi- 

lik qilmajrman.  Awaliga,  non puH topish uchun 

qopa ish bilan shug4illanaman, so'ng durdonalar 

yozishga  kirishaman.  Kecha  kechqurun,  o‘zim- 

ning haqliginmi ataylab sizga isbot qilish uchun, 

haftalik yumoristik  gazetalar uchun  besh-oltita 

mayda-chuyda narsa yozib qo'ydim, yotish oldi- 

dan esa hazilomuz term alar yozishda ham kuch 

sinab ko'rish xayolimga kelib qoldi-yu, bir soatcha 

vaqt ichida bir emas, toYt terma yozib tashladim. 

Har bir bandiga bir dollardan olish mumkin. Ish 

orasida, uyquga yotar paytda toVt dollardan ish- 

lab turish chakki emas,  albatta. To‘g‘ri,  bunday 

ishning hech qanday qiymati yo‘q. Bu zerikarli va 

bir xil  ish,  lekin  umrbod  kontorada  o'tirib,  oyi- 

ga oltmish  dollardan  maosh  olib,  keti  uzilmay- 

digan  raqamlami  daftarga  ko'chirish  bilan  ovo- 

ra  bolishdek  zeriktiradigan  ish  emas.  Buning 

ustiga, bu ish har holda adabiyotga aloqador va 

haqiqiy asarlar yozishimga imkon tug‘diradi.

ham



280

Jek  London

-  Lekin o'sha haqiqiy asarlami, durdona asar- 

lami yozishingizdan nima naf? -  deb so'radi Ruf.

-  Baribir, ularni sota olmaysiz-ku!

-  Unday demang... -  deb gap boshladi Martin. 

Ruf uning gapini boldi:

-  Hozir o'zingiz sanab o‘tgan va o'zingizga juda 

ham  yoqqan  asarlaringizdan  haligacha  biron 

satrini  ham  sota  olmadingiz-ku.  Biz  hech  kim 

sotib  olmaydigan  durdona  asarlarga  orqa  qilib 

turmush qura olmaymiz.

-  Unda hamma sotib oladigan laparlarga orqa 

qilib  turmush  qurishimiz  mumkin,  -   dedi  Mar­

tin  o‘jarlik bilan va Rufni quchoqladi.  Lekin ho­

zir Rufning erkalanishga hushi yo‘q edi, -  mana, 

eshiting, -  dedi Martin ataylab  sho'x ohangda, -  

buni san’at deb bolmaydi-yu, pul ishlasa boladi:

Yo‘qligimda b irjo‘ram 

Aqchaga bo‘lib muhtoj,

Qarz so‘rab kepti atay.

Topolmay qilib alam,

Jo‘ram tushkur noiloj,

So'kkan emishpaydar-pay.

Uyda yo‘q ЬоЧдап esam,

Dardini qaydan bilay!..16

She’rning sho'x, o“ynoqi ritmi 




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish