yigit doim his qilib turardi. Rost, Ruf bu to‘g‘rida
uning yuziga shartta aytmasa ham, har holda,
unga shama qilib turardi. Ruf xafa bolmas, lekin
ma’qullamasdi ham; holbuki, unchalik yuvosh
tabiat bolmagan boshqa ayol uni ranjitaverish-
ganidan albatta achchiqlangan bolardi. Ruf o‘zi
qayta tarbiyalamoqchi bolgan odam qayta tarbi-
yalanmayotganidan achchiqlanardi, xolos. Dast-
labki paytlarda birmuncha itoatkor bolib tuyul-
gan Martin keyinroq birdan oyog'ini tirab turib
oldi-yu, mister Morzga ham, mister Betlerga ham
o'xshashni istamadi.
Ruf Martinning diqqatga loyiq, muhim tomon-
larini payqamas yoki tushunmasdi, bu undan
ham yomon edi. Inson hayotida mavjud bolgan
hap qanday shaklga ham moslana oladigan
halimday yumshoq bu odamni Ruf o‘jar va qay-
sar deb hisoblardi, chunki u Martinni o‘zi bilgan
birdan-bir qolipga solishga ojiz edi. Ruf uning
fikrlari parvozini kuzatishga qodir emas edi va
Martin Rufning qurbi yetmaydigan cho‘qqilarga
chiqqanida, qiz uni shunchaki adashyapti deb
hisoblardi. Qiz otasining, onasining, akalarining
va hatto Olnining mulohazalariga ham tushunar-
di-yu, Martinga tushunmas edi va buning uchun
aybni Martinning o‘ziga to'nkardi. Haqiqatni ja-
honga taratishga uringan so‘qqabosh kishining
azaliy fojiasi tayyorlanayotgan edi.
Bir kuni Martin Ruf bilan Praps va Vanderuo-
ter haqida bahslashib qoldi.
-
Siz e’tibor qozongan har bir kimsa oldida
ta’zim qilishga odatlanib qolgansiz, - dedi Mar
tin. - Ularning e’tiborli va ulkan nufuzli odam-
298
Jek London
Martin Iden
299
lar ekanligiga qo'shilaman, ularni Qo‘
Shtatlaming adabiyot tanqidchilari deb ata-
shadi. Har bir maktab muallifi Vanderuotemi
Amerika munaqqidlarining dohiysi deb tan oladi.
Lekin men uning asarlarini o'qib ko'rgan edim,
mohir mahmadonalikning eng oddiy namuna-
si bolib tuyuldi menga. Tumtaroq jumlalar bi
lan niqoblangan yuzaki mulohazalardan boshqa
hech vaqo yo‘q. Praps ham undan qolishmaydi.
Chunonchi, uning «0 ‘rmon baxmal о tlari» ma-
qolasi g‘oyat chiroyli yozilgan. Bironta ham ver-
gulini olib tashlab bolmaydi, umumiy ohangiga
kelsak, bay-bay, naqadar dabdabali! Qo'shma
Shtatlarda eng katta haq oladigan tanqidchi shu
boladi. Lekin, qo‘polligimni xudoning o‘zi kechir-
sin, ochig'ini aytganda, u aslo tanqidchi emas.
Angliyada tanqid san’ati ancha yuksak saviya-
da turadi. Gap shundaki, bu singari tanqidchilar
hamma vaqt barchaga malum haqiqatni takror-
laydilar; bu haqiqat ularning yozuvlarida ham
dabdabali, ham yuksak axloqiy tus kasb etadi.
Ular og‘izdan og‘izga o‘tib yuruvchi mulohazalar
jarchisi, xolos. Ularning tanqidiy maqolalari yak-
shanbalik xutbani eslatadi. Har qanday yol bi
lan bolsa ham, ingliz filologlarini qollab-quwat-
laydilar, filologlar esa, o‘z navbatida, bu tanqid-
chilarni qollaydilar. Na ularning, na bularning
bosh chanogl ostida bironta mustaqil g'oyaning
maskan qurganini ko‘ra olasiz. Ular faqat barcha
e’tirof etgan narsalarnigina biladilar - ochig'ini
aytganda - ularning o'zini hamma e’tirof etgan.
Barcha tasdiqlangan g‘oyalar ularga xuddi pivo
shishasiga yopishtirilgan yorliq singari chippa
shma