300
Jek London
yopishadi. So‘ng, ulaming eng asosiy vazifasi,
universitet yoshlari miyasidagi jamiki betakror
fikrlami sitib chiqarish va muayyan andazadan
chiqmay fikr yuritishga majbur etishdan iborat.
- Menimcha, - deb e’tiroz bildirdi Ruf, - ham
ma e’tirof etgan narsaga amal qilganim tufayli,
haqiqatga sizdan ko‘ra yaqinroqqa o'xshayman,
chunki siz muqaddas tasvirlarga hujum qil-
gan yowoyi odamdek, baobro‘ odamlarga tash-
lanyapsiz.
- Muqaddas tasvirlami yowoyilar emas, mis-
sionerlar oyoqosti qiladilar, - deb kuldi Martin,
- lekin, afsuski, barcha missionerlar majusiy-
lar mamlakatlariga tarqalib ketganlar, oqibat,
mister Vanderuoter bilan mister Prapsni ag‘da-
rishga yordam beradigan bironta ham missioner
qolmagan.
- Ular bilan birga hamma universitetlaming
professorlarini ham, - deb ilova qildi qiz.
Martin qat’iy bosh chayqadi.
— Yo‘q. Tabiiyot fanlari muallimlari qolsin. Ular
chindan ham katta ish qilyaptilar. Lekin miya-
lari zig'ircha kelmaydigan to‘tiqushnamo ingliz
filologiyasi muallimlaridan o‘ndan to'qqizini hay-
dab yuborilsa ham zarar qilmasdi.
Martinning filologlarga nisbatan bu qadar
yomon ko‘z bilan qarashi Rufga shakkoklikday
tuyuldi. U salmoqli ovoz bilan gapiruvchi nozik
madaniyat ahli bolmish basavlat va olifta kiyin-
gan universitet muallimlarini o‘zi negadir sevib
qolgan, shu beo'xshov kostyum kiygan, qora ish-
chiga xos polat muskulli, vazmin tabiat, kechagi
matros bilan hech bir narsa to‘g‘risida xotirjam
Martin Iden
301
gaplasha olmaydigan, o'z fikrini odob bilan
qilish o'miga qizishib ketadigan, sabot ko'rsatish
kerak bolgan yerda baqirib yuboradigan odam
bilan beixtiyor taqqoslab ko'rdi. Muallimlar hap
holda durustgina maosh olishardi hamda ular
- buni e’tirof etmay bolmaydi - chinakam jentl-
men edilar, holbuki, Martin bir pens ham ishlab
topa olmas, jentlmenga ham uncha o'xshamasdi.
Ruf Martinning dalillarini chuqurroq tah-
lil qilishni hatto lozim ham topmadi. Vaziyat
uning dalillari xatoligidan dalolat berib turardi.
Muallimlar adabiyot haqida, shubhasiz, to'g'ri
mulohaza yuritardilar, chunki ular hayotda mu-
vaffaqiyat qozongan odamlar edilar, bironta ham
asarini sota olmagani uchun ham Martin yang-
lishardi. Martinning taTDiri bilan aytganda, ular-
ning «omadi» kelgan-u, Martinniki kelmayotgan
edi. Shuning uchun ham, kechagina, xuddi shu
xonaning o'rtasida uyalganidan cho'g'day qiza-
rib, beso'naqaylik bilan bironta bezak buyumi-
ni tushirib yuborishdan qo'rqib atrofga alang-
lab turgan va «Svaynbern»ning olganiga ancha
boldimi, deb so'rab, «Tobora yuksakka» va «Ha
yot surasi»ni o'qiganman, deb tentaklarcha maq-
tangan yigit adabiyot haqida qanday qilib to'g'ri
mulohaza yurita olsin.
Shunday qilib, Ruf hamma e’tirof etgan nar
sa oldida bosh egishini o'zi tasdiqladi. Mar
tin uning fikrlarini juda yaxshi tushunsa ham,
ularga ahamiyat bermasdi. U Rufning Prapsga,
Vanderuoterga va ingliz filologiyasi muallimla-
riga nisbatan qanday munosabatda bolishidan
qatiy nazar uni sevardi, lekin Martin tafakkur
bayon
Do'stlaringiz bilan baham: |