Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

YIGIRMA BESHINCHI BOB

Mariya Silva qashshoq edi, qashshoqlik nima- 

ligini yaxshi bilardi. Ruf esa «qashshoqlik» so'zini 

malum darajada yashashda bir o‘ng‘aysizlik deb 

tushunardi.  U  Martin Idenning qashshoq ekan­

ligini bilar va xayolan uning hayotini yosh Avraam 

Linkolnning  yoki  mister  Betleming,  umuman, 

hayotini muhtojlikdan boshlab,  nihoyat,  muvaf- 

faqiyatga erishgan va ajoyib hayot kechira bosh- 

lagan jamiki odamlarning hayoti bilan taqqoslar-




308

Jek  London

di.  Ruf qashshoqlikning ko‘ngilsiz  hodisa ekan- 

ligini e’tirof etarkan, ayni vaqtda buijuaziyaning, 

qashshoqlik -  aql-idrokli va qobiliyatli  odamlar- 

ni  yuksak  martabaga  r aglD atlantir adigan  ajoyib 

vosita,  deb  tasalli  beruvchi  nazariyasiga  ham 

qo'shilardi.  Shuning  uchun  Martinning  soat va 

paltosini  garovga qoYganini eshitib,  Ruf uncha- 

lik xafa ham bolmadi. Aksincha, endi yana ham 

tezroq  esini yig'ib,  adabiy  mashg'ulotlarini  tark 

etadi degan umidda xursand ham boldi.

Ruf  Martinning  ozib,  bir  holatda  bolib  qol- 

gan  yuziga  tikilganda  ham,  uning  och  qolgani 

xayoliga kelmasdi. U hatto Martindagi o‘zgarish- 

ni,  ruhlanishni,  ilgarilari  Rufni  ham  o‘ziga rom 

qilib,  ham  hurkitadigan  hayvoniy  kuch-qudrat 

yo'qolganini  ко‘rib,  quvondi  ham.  Ba’zida  Ruf 

uning  ko'zlarida  allaqanday  antiqa  uchqunlar 

ко‘rib  zavqlanardi;  bu  uni  shoirga  yoki  olim- 

ga,  ya’ni,  Martinni  uning  o‘zi  xohlagan  kishiga 

o'xshatib yuborardikim,  Ruf ham uni shu shoir 

у о  olim  sifatida  ko‘rishni  istardi.  Lekin  Mar­

tinning  cho'kkan  yuzlari  va  chaqnab  turgan 

ko‘zlarini ko'rgan Mariya Silva bu holatni tamo- 

mila  boshqacha  tushunardi,  shu  alomatlarga 

qarab,  о z  uyida  turuvchi  yigitning  turmushi- 

dagi  o‘zganshlarni  kun  sayin  kuzatib  borardi. 

Martin bir kuni uyidan palto kiyib chiqib ketib, 

kun  sovuq  va  yomg'ir  yog'ib  turgan  bolishiga 

qaramay,  paltosiz  qaytib  kelganini  ko‘rgan  edi. 

Shundan  keyin  Martinning  yuzi  bir  necha  va- 

qtgacha tolishib,  ко zlandagi ochlik uchqunlari 

so'ngandi.  Shuningdek,  Mariya  soat bilan velo- 

sipedning ham g‘oyib bolganini payqadi, bu hoi




Martin Iden

309

ham  Martinga  bir  oz  darmon  bolgan  edi. 

dan tashqari,  Mariya Martinning qanchalik ko'p 

ishlashini  bilardi,  chunki  bir  kechada  qancha 

kerosin  sarflashi  unga  aniq  malum  edi.  Ish! 

Martinning  o‘zidan  kam  ishlamasligini  Mariya 

juda  yaxshi  tushunardi,  vaholanki,  uning  ishi 

mutlaqo boshqacha edi.  Martinning qancha och 

bolsa,  shuncha g‘ayrat bilan ishlaganini ko‘rib, 

Mariya taajjub qilardi. Ba’zan u Martinning juda 

ham  och  ekanligini  sezgan  paytlarida  bolalari- 

dan  birining  qoliga  yangi  yopilgan  non  berib, 

Martinga kiritib yuborar,  shunda ham u,  buna­

qa shirin non yopish sizning qolingizdan kelma- 

sa  kerak,  degan  bahona  bilan  kiritib  yuborar- 

di.  Ba’zida bir tovoqqina qaynoq sho'rva kiritar, 

ammo ayni vaqtda, o'z jigarporalarim -  farzand- 

larimning og‘zidan  oshini tortib  olishga haqqim 

bormikin deb iztirob chekardi.  Martinning qalbi 

Mariyaga  nisbatan  minnatdorchilik  hissi  bilan 

limmo-lim  tolardi,  chunki  u  kambag'allarning 

mehribonligining qadriga yetadigan odam edi.

Bir kuni Mariya uyida qolgan oxirgi ozuqalari- 

ni pishirib, bir gala bolalarini toVg'izdi-da, oxirgi 

o'n  besh  sent  puliga  bir  gallon  arzon  vino  olib 

keldi  va  oshxonaga  suv  olgani  kirgan  Martinga 

vinodan  quyib berdi.  Martin Mariyaning soglig'i 

uchun,  Mariya  esa  Martinning  soglig'i  uchun 

ichishdi.  Keyin  Mariya  uning  ishiga  rivoj  tilab 

ichdi,  Martin  esa  Jems  Grant  tezroq  kelib,  kir 

yuvish haqini tolasin deb ichdi. Jems Grant du- 

radgor shogirdi bolib, yuvdirgan kirining haqini 

vaqtida to lamas,  natijada Mariyadan uch dollar 

qarz bolib qolgan edi.

Bun-



310

Jek  London

Martin  ham,  Mariya  ham  och  qoringa 

ichishgan  edi,  shuning  uchun  yangi  nordon 

vino ikkovining ham miyasiga urdi, Ular bir-bir- 

lariga  hech  o'xshamasalar  ham,  ikkovlari  ham 

qashshoq,  ikkovlari  ham yolg‘iz  qol  edi;  shun­

day  bolsa  ham  hech  qachon  qashshoqliklari- 

ni  tilga  olmasdilar,  ana  shu  qashshoqlik  iplari 

ularni  bir-biriga  chambarchas  boglab  qo^gan 

edi.  Martinning Azor  orollarida  bolganini  eshi- 

tib,  Mariya sevinib ketdi,  chunki Mariya o‘n bir 

yoshigacha o‘sha yerda yashagan edi.  Ota-onasi 

keyin ко‘chib o‘tgan Gavayi orollarida ham Mar­

tinning  bolganini  bilib,  boshi  osmonga  yetdi. 

Lekin Martin unga Mauyi orolida ham bolgani­

ni  aytganda,  o‘sha  orolda  turmushga  chiqqan 

Mariya  sevinganidan  terisiga  sig'may  ket­

di.  Mariya bolg4isi  eri  bilan  ilk  bor  tanishgan 

Kagului  orolida  esa  Martin  ikki  marta  bolgan 

ekan.  Ha,  qand  ortgan  kemalami  Mariya  un- 

cha  eslamas  ekan!  Ie,  shu  kemalarda  suzgan- 

midi u? Buni qarang-a, dunyo  shunaqayam tor 

ekanmi?  Vaylukuda-chi?  Martin  u  yerda  ham 

bolgan... Plantatsiyaning bosh nozirini tanirmi- 

di?  Bo'lmasam-chi,  uning  sogliglga bir  stakan 

vino ham ichgan.

Ular shu tarzda xotiralar olamiga g‘arq bolib, 

och  qoringa  nordon  vino  ichib  o'tirishdi.  Shuni 

ham  aytish  kerakki,  kelajak  Martinga unchalik 

mudhish bolib tuyulmasdi. U bir kun emas, bir 

kun muvaffaqiyatga va shon-shuhratga erishadi. 

Hozirdanoq ularning nafasini his  qilyapti.  Yana 

ozgina  urinsa,  qo И  bilan  tutib  olishi  mumkin.

3hu  payt u  qarshisida  o'tirgan ayolning  solg'in




Martin  Iden

311

chehrasiga  tikilib  qaray  boshladi.  U 

yuborgan non bilan sho‘rva esiga tushdi-da, qal­

bida minnatdorlik tuyg4isi uyg'onganini his  qil­

di, unga yaxshilik qilmoqchi boldi.

-  Mariya,  -  deb  qichqirib yubordi u birdan,  -  

dilingizdagi eng katta orzuingizni ayting.

Mariya hayron bolib unga tikilib qoldi.

-   Masalan,  hoziming  o'zida  ko‘proq  nimani 

xohlardingiz?




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish