Yangiasr avlopi


”  Tantal -  qadimgi yunon afsonasining qahramonlaridan



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

”  Tantal -  qadimgi yunon afsonasining qahramonlaridan. 

U  xudolar  tomonidan  muttasil  ochlik  va  tashnalik  azobi­

ga mahkum etilgan edi.  Holbuki,  uning tevarak-atrofi turli 

noz-ne’matlar bilan tola bolgan.


Martin  Iden

295

tagida uyulib yotardi. Bir vaqt u deyarli ikki 

kagacha  tuz  totmadi.  U  Morzlamikida  ovqatla- 

nishni orzu qila olmasdi,  chunki Ruf ikki hafta- 

ga San-Rafaelga mehmondorchilikka ketgan edi, 

opasinikiga  borishga  uyalardi.  Xuddi  shu  kun- 

larda,  olganning  ustiga  tepganday,  pochtachi 

birvarakayiga beshta qolyozmasini qaytarib olib 

keldi.  Shundan  keyin  Martin paltosini olib,  Ok- 

lendga jo‘nadi-yu, bir ozdan keyin uyga paltosiz, 

ammo  cho'ntagida  besh  dollar  pul  bilan  qaytib 

keldi.  U har qaysi baqqolga bir dollardan qarzi- 

ni to lagan edi, yana oshxonasida piyoz dog* qilib 

qovurilayotgan  go'shtning jiz-bizi  eshitildi,  qah- 

va  qaynadi  va  kattakon  xurma  tola  pishirilgan 

olxo'ri paydo boldi.  Martin ovqatlanib olib,  stol­

ga o'tirdi-yu,  shu kuniyoq yarim kechada «Sud- 

xo'rlik  qudrati»  degan  maqolasini  yozib  tugat- 

di.  Yozib  bolib,  uni  stol  ostiga uloqtirdi,  chun­

ki besh  dollar puldan  hech vaqo  qolmagan  edi: 

marka olishga pul yo‘q edi.

Bir  necha  kundan  so'ng  Martin  soatini,  un- 

dan keyin velosipedini  garovga qo“ydi;  ovqatdan 

iqtisod  qilish  hisobiga  markalar  sotib  oldi  va 

yana hamma qolyozmalami har tomonga yubor- 

di.  «Daromadli»  asarlar  Martinning  umidlarini 

puchga  chiqardi.  Ulami  hech  kim  sotib  olmas 

edi. U o‘z asarlarini gazeta va arzon baholi hafta- 

lik jumallarda bosilib chiqayotgan  asarlar bilan 

taqqoslarkan,  hamon  ilgarigidek,  o'zining  ular- 

dan ming karra yaxshi yozishiga ishonchi komil 

edi. Biroq, shunga qaramay, yozgan asarining bir 

satrini ham  sota olmadi.  Martin aksariyat gaze- 

talar  tayyor  materiallami  maxsus  agentliklar-




296

Jek  London

dan,  ya’ni,  «sindikatlar»dan  olishini  bilib  qolib, 

bir necha maqolasini ulardan biriga yubordi, le­

kin  tez kunda qolyozmalari u yerdan  ham  qay- 

tib  keldi,  qolyozmalarga,  sindikat  o'z  shtatidagi 

xodimlaming  kuchi  bilan  material  uyushtiradi, 

deb yozilgan bosma blanka ilova qilingan edi.

Martin  yoshlar  uchun  chiqariladigan  jumal- 

lardan  birida  «aralash»  deb  ataluvchi  bir  necha 

ustun  latifa va  shingil hikoyachalami  o'qib  qol­

di.  Mana,  pul  topishning yana  bir  usuli!  Lekin 

Martinning  bunda  ham  hech  omadi  yurishma- 

di: yuborgan asarlarining hammasi har galgidek 

yana o'ziga qaytib keldi. Keyinchalik bilsa, tahriri- 

yat xodimlari qo'shimcha daromad ishlash maq- 

sadida bunday mayda-chuyda asarlami, odatda, 

o'zlari yozarkan, vaholanki, endi bu narsalaming 

unga hech ahamiyati qolmagan edi.  Har haftada 

chiqadigan  yumoristik  gazetalar  uning  hamma 

laparu  she’rlarini  qaytarib  yubordi;  Martinning 

yirik  jurnallarga  yuborgan  she’riy  feletonlari 

ham  bosilmadi.  Endi gazeta feletoni  qolgan  edi. 

Martin  gazetalarda  bosilayotgan  feletonlardan 

yuz karra yaxshiroq feleton yozardi -  buni juda 

yaxshi tushunardi, shunga ko'ra adabiyot agent- 

liklaridan ikkitasining manzilini bilib olib, ulami 

ocherk va kichik hikoyalar bilan ko'mib tashladi. 

Biroq yozgan yigirmata asaridan birontasini ham 

bostira olmagach,  Martin yozishdan voz kechdi. 

Holbuki,  u  har kuni o'nlab  hikoya va feletonlar 

о qirdiki,  ular  Martinning  bu  sohada  yaratgan 

asarlan  bilan  tenglashishga  ojizlik  qilardi.  Tar- 

vuzi  qoltigidan  tushgan  Martin,  nihoyat,  o'z 

asarlarimga mahliyo bolib ijodimga tanqidiy ko'z




Martin Iden

297

bilan qarashdan va u  to‘g‘rida soglom fikr yuri- 

tish qobiliyatidan mahrum bolibman, degan qa- 

rorga keldi.

Berahm nashriyotlar avtomati hamon o‘z ishi- 

ni davom ettirardi.  Martin paketga qolyozma bi­

lan birga javob xati uchun marka solib, so‘ng uni 

pochta qutisiga tashlardi, uch-to‘rt haftadan ke­

yin esa pochtachi eshigini taqillatib, qolyozmasi- 

ni  qaytarib  berardi.  Aftidan,  mazkur  manzillar- 

da  bironta  ham  tirik jon  bolmay,  faqat  yaxshi 

sozlangan,  moylangan  avtomatlar  bolsa  kerak. 

Umidlari puchga chiqqan Martin,  umuman mu- 

harrirlar  borligiga  ham  shubha  qila  boshladi. 

Hali  shu  choqqacha  bironta  ham  muharrirning 

joni borligi sezilmadi;  Martin yozgan asarlaming 

o‘zi  muttasil  hech  qanday  izohsiz  rad  etilib  ke- 

lardi,  bu  esa,  muharrir  -   harf teruvchilar,  me- 

tranpajlar18  va tahririyat dastyorlari tomonidan 

to‘qilgan afsona, shular tarqatib yurgan bir afso- 

na, degan fikrni go^o tasdiqlayotganday bolardi.

Martinning  hayotidagi  birdan-bir  baxtiyor 

damlar  uning  Ruf bilan  otkazgan  damlari  edi, 

holbuki,  bunday  baxt  hamisha  nasib  bolmas 

edi.  Qalbini  doimo  betinch  qilgan  hayajon,  Ruf 

o‘z  sevgisini  oshkor  qilgandan  keyin  uni  yana 

ham  ko'proq azobga sola boshladi,  chunki  Ruf­

ning o‘zi hamon ilgarigiday yetishib bolmaydigan 

yuksaklikda edi.  Martin undan ikki yil kutib tu- 

rishni  iltimos  qilgan  edi,  lekin  vaqt  o‘tib  borar- 

di-jai,  Martin  hali  ham  hech  nimaga  muyassar 

bo la olgani yo‘q edi.  Bundan tashqari,  Ruf Mar­

tinning  mashg'ulotini  ma’qul  ko‘rmasdi,  buni


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish