Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

289

go‘sht  yoki  suyak  sho'rva  pishirib,  taomning 

xilini  ko'paytirardi.  Kuniga  ikki  marta  qaymoq- 

siz yoki sutsiz qahva ichar,  kechqurun esa choy 

ichardi;  lekin  qahva  ham,  choy  ham  nihoyatda 

ustalik bilan damlanardi.

Martin chor-nochor pulni rasamadi bilan sarf- 

lashga majbur edi. Kirxonada ishlab topgan pul- 

larining deyarli  hammasini  ta’til vaqtida xarjlab 

boldi, o'zining «jo‘n» asarlarini esa juda uzoqlar- 

ga  jo'natgan,  shuning  uchun  yana  bir  necha 

haftadan keyinginaulardan javob kelishi mumkin 

edi.  U tarki dunyo qilgan odamday yashar, faqat 

opasini  borib  ko‘rgani  yoki  Ruf bilan  uchrash- 

gani xilvatxonasini tark etardi.  U uch kishining 

ishini  qilardi.  Hamon  bir  vaqtlardagidek  faqat 

besh  soat  uxlar  va  faqat  otdek  soglomligi  tu- 

fayli  har kuni  o‘n  to‘qqiz  soat  surunkasiga oglr 

mehnatga  bardosh  berardi.  Martin  bir daqiqani 

ham bekor o'tkazmasdi.  U ko‘zgu  romi orqasiga 

ba’zi so'zlarning izohlari yozilgan va talaffuz etish 

belgilari  ko‘rsatilgan  qog‘ozlarni  qistirib  qoVar- 

di:  u  soqolini  olayotganda yoki  sochini  tarayot- 

ganda shu  so'zlarni  takrorlardi.  Xuddi  shunday 

qog'ozlar kerosinka tepasiga ham  osib  qoyilgan 

edi; u ovqat pishirayotganda yoki idish-tovoq yu- 

vayotganda  o‘sha  so'zlarni  yod  olardi.  Bunday 

qog‘ozlar doimo  o'zgarib  turardi.  Kitob mutolaa- 

si  paj^tida  notanish  so‘zni  uchratib  qolsa,  dar- 

hol  lug‘atni  titib,  u  so'zning  ma’nosini  qog'ozga 

ko'chirar  va  devorga  osib  qolardi  yoki  ko'zgu 

romining orqasiga qistirib qo'yardi.  Martin bun­

day  so‘zlar  yozilgan  qog'ozlami  cho'ntagiga 

ham  solib yurar va ko‘chada ketayotganda yoki




290 

Jek,  London

---------------------------------------------------------------------

do'konda navbat kutib turgan paytida ularga qa- 

rab-qarab qotyardi.

Martin  bu  usulini  faqat  so‘z  o'rganishgagina 

tatbiq  etmasdi.  U  nom  qozongan  mualliflaming 

kitoblarini  o‘qirkan,  uslubining  xususiyatlari, 

syujet tuzilishini, muallifning o‘ziga xos iboralari, 

obcshatishlari,  askiyalarini,  xullas,  muvaffaqi- 

yat  qozonish  uchun  imkon  beruvchi  hamma 

xususiyatlarini  qayd  qilib  borardi.  Shulaming 

hammasini  ko'chirib  olib,  mukammal  o‘rganar- 

di.  U  taqlid  qilishga  urinmasdi.  Faqat  qanday- 

dir  umumiy  tamoyillami  izlardi.  U  ko‘pchilik 

yozuvchilaming  asarlarida  uchragan  adabiy 

usullaming uzundan-uzoq ro'yxatini tuzardi; bu 

narsa adabiy usulning mohiyati haqida umumiy 

xulosa  chiqanshiga  yordam  berardi,  so'ng  shu 

xulosalarga  tayangan  holda  o'zining  xususiy, 

yangi,  betakror usulini  о у  lab  chiqarar  va  ular­

ni me yori bilan bir olchovda tatbiq etishga uri- 

nardi.  U jonli  tildagi  chiroyli  iboralami — xuddi 

о tdek kuydiruvchi yoki aksincha,  quloqqa xush 

yoquvchi  mayin  so‘zlarni,  odamlaming  bema’ni 

valdirashlandan ajralib ko'zga tashlanib  turadi- 

gan  ohanrabodek  so‘zlarni  yozib,  shu  yo‘sinda 

to plab yurardi.  Martin hamma vaqt va har yer­

da  hodisalaming  negizida  yotuvchi  tamoyillar- 

ni  izlardi.  U  hodisalarning  qanday  vujudga  ke- 

lishini bilishga harakat qilar va ayni vaqtda 



o‘zi 

ham  yaratish  imkoniga  erishishni  orzu  qilardi. 

Go zallikning  ajib jamolini tomosha  qilish  unga 

kifoya emas  edi;  u  oshxona isi o‘tirib  qolgan va 

uy  bekasi  bolalanmng  qiy-chuvi  eshitilib  tur- 

gan  torgina  hujrasida  gotyo  o‘z  tajribaxonasida




Martin  Ideni*

291

otirgan  kimyogar  singari  go'zallikni 

ga  bolib,  uning  qanday  tuzilishini  o'rganishga 

harakat qilardi. Bu narsa uning go'zallikni kashf 

etishiga yordam berishi kerak edi.

Martin faqat aql-idrok bilan ishlashi mumkin 

edi.  Uning odati shunaqa edi;  o‘z qalami ostidan 

nima  chiqishini  bilmay,  faqat  tasodifga  va  o'z 

qobiliyati  kuchiga  tayanib,  ko'r-ko'rona  ishlay 

olmasdi.  Tasodifiy  muvaffaqiyatlar  uni  qanoat- 

lantirmasdi.  U  har  bir  hodisaning  «qanday»  va 

«nima uchun»ligini o‘zi bilishni istardi. Uning ijo- 

di puxta oyiangan ijod edi, shuning uchun Mar­

tin  hikoya yo  she’r yozishga kirishishdan  oldin, 

butun  asarning  rejasini  miyasida  puxta  o'ylab 

olar,  o'z maqsadini ham,  o'z maqsadiga erishish 

uchun  ixtiyorida  bolgan  badiiy  vositalarni  ham 

aniq  tasawur  etardi.  Shu  bolmasa,  urinishlari 

zoye  ketishini  bilardi.  Ikkinchi  yoqdan,  miyasi­

da to'satdan pay do bolgan va keyinchalik asarga 

xalal berish u yoqda tursin, hattoki uning go'zal- 

ligini  oshiradigan,  takomillashtiradigan,  sinov- 

dan sharaf bilan otgan tasodifiy so'zlar va jum- 

lalami qadrlar edi.  Martin uchun bunday so'zlar 

ongli ijodiy urinish natijasigina emas,  balki un­

dan ham ulug'roq narsa edikim,  shuning uchun 

ulami ehtirom bilan tilga olardi. Lekin go'zallikni 

tadqiq etish  bilan  shug'ullanib,  uning qonunla- 

rini bilishga urinarkan, bu go'zallik tarkibida al­

laqanday mubham bir go'sha borligini va u yerga 

kirishga  o'zining  qodir  emasligini va  hali  biron- 

ta ham  odamzot u yerga  kira olmaganini  e’tirof 

etardi.  U  Spenser  asarlarini  o'qib,  shu  narsani 

mustahkam o'zlashtirib oldi: inson narsalarning

tarkiblar-



eng  so'nggi  mohiyatini  anglashga  qodir  emas, 

go'zallik  siri  misoli hayot  siri yanglig' hech  qan­

day  aqlga  sig‘maydigan  murakkab,  hattoki  un­

dan  ham  murakkabroq  muammodir;  go‘zallik 

va hayot bir-biri bilan chambarchas boglangan, 

insonning o‘zi esa shu yulduzlar to‘zoni,  quyosh 

nuri va yana allaqanday nomalum narsalaming 

bir zarrachasidir.

Shu mulohazalar ta’siri ostida Martin bir kun 

«Yulduzlar  to'zoni»  nomli  maqola yozdi;  bu  ma- 

qolasida u tanqidga emas, tanqidchilarga hujum 

qilgan edi. By nafis, ma’noli va hajv bilan sug'oril- 

gan chuqur, ajoyib asar edi. Biroq shu maqolani 

ham jumallar rad etdi.  Martin  esa yuragini ha- 

yajonga  solgan  fikrlardan  xalos  bolib, 

o‘z

  yoli- 


da  davom  etdi.  U  ko'pdan  beri  miyasida  paydo 

bolgan har bir fikmi awal yaxshilab pishitishni, 

yaxshilab  o^lab  olishni  va  shundan  keyingina 

qog ozga ко chirishni  odat qilgan edi.  Shu  payt- 

gacha bir satr ham asan bosilib  chiqmaganidan 

hech xafa emasdi. Asar yozish uning uchun mu­

rakkab  aqliy jarayonning so'nggi bosqichi, yigll- 

gan  dalil  va  holatlarni  umumlashtiruvchi,  alo- 

hida-alohida,  tarqoq  fikrlarni  boglovchi  so‘nggi 

tugun edi.  U bir maqolani yozib bolib,  miyasida 

yangi g-oya va masalalar uchun joy bo'shatardi. 

Xullas, bu ko'pchilik odamlarga xos bolgan, vaq- 

ti-vaqti bilan «gapirib yo yozib xumordan chiqish» 

odatiga  o'xshagan bir hoi ediki,  bu  odat  ba’zan 

haqiqiy yoxud soxta iztiroblarga bardosh berish- 

ga yoki ularm unutishga yordam beradi

292

 

Jek  London





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish