^
5
.
aytishga sira
268
Jek London
kan, - negaki siz... Axir siz matros bolgansiz-ku,
matroslar esa, men bilaman...
Ruf indamay qoldi.
- Har qaysi portda xotin olishga odatlanib qo-
lishgan, - deb Rufning gapini tugalladi Martin.
- Siz shunday demoqchimidingiz?
- Ha, - deb ohistagina javob qildi qiz.
- Lekin u muhabbat emas-ku, - deb qat’iyat
bilan e’tiroz bildirdi Martin. - Men ko‘p portlarda
boldim, lekin to sizni uchratgunimcha muhab
batga o‘xshaydigan hech qanday hisni boshim-
dan kechirmadim. Bilasizmi, birinchi marta
sizning uyingizdan qaytayotganimda, meni sal
bolmasa tutib olib ketishmoqchi bolishgan edi.
- Nega tutishadi?
- Nega bolardi. Polismen meni mast deb o“yla-
di. Men chindan ham mast edim... muhabbat-
dan mast edim!
- Lekin biz mavzudan chetlab ketdik. Siz ik-
kalamiz ham go'dakmiz deb aytdingiz, men esam
bu mumkin emas dedim. Gap mana shu haqda
borayotgan edi.
- Ilgari hech kimni sevmaganman deb ayt-
dim-ku, - e’tiroz bildirdi Martin, - siz mening
birinchi, eng birinchi sevgilimsiz.
- Baribir matros bolgansiz, - deb takidlardi qiz.
- Shunga qaramay, birinchi marta sizni sevdim.
- Durust, lekin ayollar... boshqa ayollar ham
bolgan-ku!.. O! - shunda Ruf Martinni qattiq ta-
ajjubga qo'yib, birdan yum-yum yiglay boshladi,
uni yupatish uchun ozmuncha bo‘sa olinmadi.
Martinning esiga beixtiyor Kiplingning so'zlari
keldi: «Lekin asilzoda ledi bilan Judi O’Gredi
Martin Iden
269
boshqa jihatlardan baravar edilar».
ganda, bu to‘g‘ri fikr, deb o^ladi Martin, hol-
buki, u o'qigan romanlar boshqacha fikr yurit-
ishga majbur etardi. Shu romanlar asosida, u
yuqori tabaqaga mansub bolgan ayol kishiga
musharraf bolishning birdan-bir yoli - rasmiy
ravishda uylanishni taklif qilish deb tasawur
qila boshladi. 0 ‘zi о‘sib katta bolgan muhitda
yigit va qizlar uchun о‘pish va quchoqlashlar
oddiy bir hoi edi. Lekin yuqori sinfning nazokat-
li namoyandalari orasida bu tarzda muhab-
bat izhor etish Martinning nazarida mumkin
bolmagan bir holday tuyulgan edi. Bundan
chiqdi, romanlarda yolg‘on yozilgan ekan. Bu
fikr hozir isbotlandi. Bir xildagi so‘zsiz navozish,
ham qashshoq ishchi ayollarga, ham yuqori ta-
baqa qizlariga bir xilda ta’sir etishi mumkin
ekan. Ularning mavqelari bir-biriga o‘xshamasa
ham, «boshqa jihatlardan barobar» edilar. Agar
u Gerbert Spenserni eslaganida edi, bu fikr o‘zi-
ning ham xayoliga kelgan bolardi. Shunga ko‘ra
Martin Rufni navozish va bo'salar bilan yupatar
ekan, asilzoda ledi bilan Juda O’Gredi, aslini ol-
ganda, har jihatdan barobar, degan fikrga jon
deb qo'shildi. Bu fikr Rufni unga yaqinlashtirar,
unga muyassar bolishni yengillashtirardi. Ruf
ning chiroyli badani ham boshqa odamlarning
badaniga o'xshardi.. Ularning er-xotin bolish-
lari uchun g‘ayriixtiyoriy hech narsa yo‘q edi.
Ular o'rtasida birdan-bir farq sinfiy farq edi,
ammo bu ham ochiglni aytganda, faqat zohiriy
farq edi. Bunga parvo qilmasa ham bolardi. Axir
Martin qirmizi rang shohona libos kiyish dara-
Aslini ol-
270
Jek London
jasigacha ko'tarilgan rumolik bir qul haqida ki-
tobda o'qigan edi-ku. Nega endi u ham Rufga
musharraf bolish darajasiga ko'tarila olmasin?
Ruf nechoglik sof, ma’suma, o‘qimishli va taTDi
nozik qiz bolmasin, baribir, u Lizi Konolli kabi
va dunyodagi jamiki lizzi konollilar kabi oddiy
bir ayol. Ularga xos bolgan hamma xususiyat
Rufga ham xos edi. Ruf sevishi, nafratlanishi
mumkin edi, ehtimol, jazavasi tutib, to‘polon
qilgan paytlari ham bolgandir; nihoyat, u rashk
qila olar, Martinning har bir portdagi oYrtash-
larini o^lab, halitdan rashk qila boshladi ham.
- Bundan tashqari, men sizdan kattaman, -
dedi birdan Ruf Martinning ko‘ziga tikilib, - men
sizdan uch yosh kattaman.
- Shunday bolsa ham, bolasiz. Hayotiy tajriba-
ga boylikda men sizdan uch emas, ottiz uch yosh
kattaman, - deb e’tiroz bildirdi Martin.
Haqiqatda esa, muhabbat bobida ulaming
ikkovi ham hali go‘dak edilar; Rufning universi-
tet diplomi, ilmiy darajasini, Martinning falsafiy
malumoti va mashaqqatli hayot tajribasiga qa-
ramay, ular o‘z tuyg'ularini go‘daklarga o'xshab
no'noqlik va soddadillik bilan bayon etardilar.
Ular botib borayotgan quyosh nurlari og'ushida
xuddi haqiqiy oshiq-ma’shuqalarday suhbatla-
shib o'tirishardi; muhabbatning va ularni bir-bi-
riga qovushtirgan taqdirning qudratli mo'jizasi-
dan taajjublanishar, bir-birlarini hali dunyoda
hech kirn muyassar bolmagan eng kuchli mu
habbat bilan sevishlariga ishonishar edi. Ular
muttasil o‘zlarining ilk uchrashuvlarini eslashar,
bir-birlaridan olgan taassurotlarini qayta tiklash-
Martin Iden
271
ga, o‘sha paytda nima o'ylashganini,
qilishganini aniq eslashga urinishardi.
G'arbdagi bulutlar botib borayotgan quyosh-
ni yutib yubordi. Ufq alvon rangga kirdi, te-
varak-atrof ham shu alvon rangga burkandi va
Ruf «Alvido, baxtiyor kun» deb ohista ashula ayta
boshladi. U boshini Martinning yelkasiga qotyib
kuylar, qollari esa Martinning qollarida edi, shu
chog‘ ikkovlari ham bir-birlarining qalblarini o‘z
qollarida ushlab turar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |