Yangiasr avlopi


Seshanba kuni  ham  ish  shunday  oglr boldi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Seshanba kuni  ham  ish  shunday  oglr boldi. 

Martin Joning chaqqonligiga qoyil qoldi.  Epchil- 

likda unga shayton ham bas kela olmasdi. Uzun- 

dan-uzoq ish kuni mobaynida u bir daqiqani ham


Martin Iden

217

bekor o‘tkazmas,  butun fikru zikri ishda va 

yolakay  Martinga  qayerda  besh  marta  harakat 

qilish o'miga uch  marta,  uch marta o‘miga ikki 

marta harakat qilish yollarini o'rgatardi.  Martin 

Joning ishini kuzatib turib, unga taqlid qilmoqchi 

bolardi.  Uning o‘zi ham  chaqqon,  idrokli,  mohir 

ishchi edi,  shuning uchun ham ishda hech kim 

undan  o‘zib  keta  olmasligidan  doim  g\irurlanib 

yurardi.  Endi u butun diqqatini ishga qaratmoq- 

chi,  Joning barcha maslahatlariga amal qilmoq­

chi boldi.  U  dazmol  qilgan vaqtida  pufakchalar 

hosil  bolmaydigan  qilib,  yoqa  va  manjetlami 

shunday  mohirlik  bilan  kraxmallay  boshladiki, 

hatto Jo uni maqtab ham qo^di.

Ular  hech  tanaffus  qilmay  ishlashardi.  Jo 

bir  ishni  tugallagan  zahoti,  hech  nimani  kutib 

o'tirmay,  paysalga  solmay,  darhol  boshqa  ish­

ni  boshlab  yuborardi.  Ular  ikki  yuzta  koyiakni 

kraxmallashdi; o‘ng qollari bilan koyiakning yo- 

qasi,  manjetlarini  va  kolcragini  biqirlab  qaynab 

turgan kraxmalga tiqib, chap qollari bilan uning 

qolgan  qismini  kraxmalga  tekkizmaslik  uchun 

yuqori ko‘tarib turishardi; kraxmal shunaqayam 

issiq ediki,  har safar kraxmal  siqilgandan keyin 

qollarini  sovuq  suvga  tiqib  olishardi.  Shu  kuni 

kechqurun ular ayollarning nafis ichki kiyimlari- 

dagi burmalarni kraxmallash bilan ovora bolib, 

soat o‘n yarimgacha ishlashdi.

-   Tropik  mamlakatlarda  ham  ish  bunchalik 

qiyin emas, -  dedi kulimsirab Martin.

-  Lekin u yerlar menga to‘g‘ri kelmaydi, -  deb 

jiddiy ohangda e’tiroz bildirdi Jo, -  bundan bosh­

qa hech qanday ish qolimdan kelmaydi.




218

Jek  London

-  Lekin bunaqa ishga suyaging yo‘q ekan.

-   Bolmasam-chi,  men  Oklendda  o‘n  bir 

yoshimdan ishlay boshlaganman. Bug' qozonning 

oldida turib ishlardim. 0 ‘shandan beri o‘n sakkiz 

yil o'tdi, men hamma vaqt shu ish bilan shug4il- 

lanaman. Lekin bu yerdagidek jahannam azobini 

hali hech qayerda ko'rmadim. Bu yerda kam de- 

ganda uch kishi ishlashi kerak.  Ertaga  kechasi 

ham  ishlashga  to‘g‘ri  keladi.  Chorshanba  kun- 

lari doim kechasi ishlashga to‘g‘ri keladi: yoqa va 

manjetlar ko‘p boladi.

Martin  yana  soatni  burab  qoyib,  stol  ortiga 

o'tirdi-da,  Fiskning  kitobini  ochdi.  Lekin  u  bir 

abzats  ham  o‘qiy  olmadi.  Satrlar  ko‘zi  oldida 

dikir-dikir  o'ynay  boshladi,  uni  mudroq  bosib, 

munkib-munkib keta boshladi.  Uyqusini  qochi- 

rish  uchun  xonaning  u  boshidan  bu  boshiga 

borib,  mushti  bilan  boshiga  gurs-gurs  urdi,  le­

kin bu ham foyda bermadi.  Keyin oldiga kitobni 

ochib qo'yib, barmoqlari bilan qovoqlarini ushlab 

turib o‘qiy boshladi, lekin shu zahotiyoq ko'zlari 

ochiq  holda  uxlab  qoldi.  U  horg'inlikni  yenga 

olmagandan  keyin  nima  qilayotganini  o‘zi  ham 

his qilmay,  o'zini karavotga otdi. Yetti soat mast 

uyquda yotdi,  soat  qo‘ng‘irog‘idan  uyg'onarkan, 

hamon uyquga to'ymaganini his qildi.

-  Ancha o'qidingmi? - deb so'radi undan Jo.

Martin  «о qimadim»  degandek  bosh  chayqab

qoydi.


  Hechqisi  yo q!  -  deb  tasalli  bera  boshladi 

unga Jo.  -  Kiyim tekislaydigan  g'altakni  bugun 

kechasi ishga tushiramiz,  ertaga ishni soat olti- 

da  tugatamiz.  O'shanda  kitob  o‘qishingga  vaqt 

boladi.



Martin  Iden

219

Bugun  Martin  achchiq  sovun  eritmasi 

rilgan  kattakon  tog'orada jun  kiyimlami  chay- 

di,  ammo  bu  ish  tog‘ora  tepasiga  qo'ndirilgan, 

ko'ndalang  dorga  o'rnatilgan  glldirak  vtulkasi 

bilan porshindan iborat maxsus moslama orqali 

bajarildi.

-  0 ‘zim ixtiro  qilganman,  -  g4irur bilan  dedi 

Jo. -  Ham kir to‘qmoqlaydigan yog'ochning, ham 

qolning vazifasini bajaradi, buning ustiga hafta- 

siga hech bolmaganda o‘n besh daqiqa vaqt te- 

jaydi!  Bu jahannam  qa’rida har bir daqiqaning 

qadri  qanchalik  qimmat  ekanini  о‘zing  yaxshi 

bilasan!


Yoqa  va  manjetlami  kiyim  g‘altakda  tekis- 

lashni  ham  Jo  kashf etgan  edi.  Elektr  chirog'i 

yorug‘ida ishni davom ettirishganida Jo tushun- 

tirib berdi:

-  Boshqa kirxonalarda hali buni o^ylab topish- 

magan.  Men bolsam shu tufayli shanba kunlari 

ishni soat uchda tugallay olaman.  Faqat bu ish­

ni juda ustalik  bilan  bajarish  kerak,  vassalom. 

Buning ustiga harorat va bosim malum daraja- 

da bolishi kerak, yana kirni g'altakdan uch mar­

ta o‘tkazish kerak. Mana, qapa.

U manjetni qoliga oldi.

-   Qol  bilan  ham  bunday  qila  olmaysan, 

to‘g‘rimi?

Payshanba  kuni  Joning  fig'oni  chiqib  ketdi: 

moljaldan tashqari yana bir tugun kraxmallana- 

digan nafis ichki kiyim yuborishibdi.

-  Padariga la’nat! -  deb baqirdi u. -  Ablahlar! 

Endi  ishlab  bo‘pman.  Bir  haftadan  beri  mol- 

day ishlab,  har bir daqiqani tejasam-u,  tomdan

toldi-



2 20

Jek  London

tarasha  tushganday,  to'satdan  moljaldan  ortiq- 

cha  yana  bir  tugun  kraxmallanadigan  ichki  ki- 

yim yuborishsa!  Men ozod mamlakatda yashay- 

man,  men o'sha golland to‘ng‘iziga uning haqida 

ko'nglimdagi  gapni  bitta  qo'ymay  yuziga  ayta- 

man!  Men u bilan fransuzcha chuldirashib o^tir- 

mayman.  Qo'shma Shtatlar tilida ham munosib 

so'zlar topiladi. Moljaldan ortiq bir tugun kir-a!

-  


Bugun ham yarim kechagacha ishlashga to‘g‘ri 

keladi, -  dedi u bir daqiqadan keyin. U g'azablan- 

ganini unutgan va taqdirga tan bergan edi.

Bu  kechasi  ham  Martin  o'qiy  olmadi.  U  bir 

haftadan beri gazeta betini ko'rmagan, lekin o‘zi 

ham  sira  ko'rish  ishtiyoqi  yo‘qligidan  taajjubda 

edi. Yangi axborotlar uni qiziqtirmasdi. Uning bi- 

ron narsaga qiziqadigan holi qolmagan edi, lekin 

shunga  qaramay,  shaiba kuni  chindanam  ish- 

ni  soat  uchda  tugatsalar,  velosipedda  Oklend- 

ga  borib  kelmoqchi  boldi.  Yetmish  mil  u  yoq- 

qa va yetmish mil  bu yoqqa velosipedda yurish 

bu -  dam  ham  ololmaydi,  kelgusi haftaga kuch 

ham yig‘a olmaydi degan gap edi.  Poyezdda bor- 

sa yaxshi  bolardi-ya,  lekin  bu  narsa unga  ikki 

yanm dollarga tushardi, Martin esa pul yiglshga 

qat’iy ahd qilgan edi.


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish