ni bahuzur yeb olirardi. U chilangar shogirdi edi;
iyagi yalqov tabiatligi va irodasizligidan darak
berar, irodasizligi bir qadar aqliy qoloqligi bilan
qo'shilib, yashash uchun kurash jarayonida mu-
vaffaqiyat qozonolmasligidan xabar berardi.
- Nega yemayapsan? - deb so'radi u Mar-
tinning yaxshi pishmagan va sovib qolgan suli
bo'tqasini istar-istamas kovlab o'tirganini ко‘rib.
- Yo, kecha yana ichib keluvdingmi?
Martin «yo‘q» deganday bosh chayqab qo'ydi.
Atrofidagi narsalarning faqironaligidan ko'ngli
xasta edi. Endi Ruf Morz undan yana ham uzoq-
lashib ketgandek boldi.
- Men rosa ichibman, - dedi Jim asab bilan
tirjayib, - o'zim ham girt mast bo lib qolibman.
Do'stlaringiz bilan baham: |