62
Jek London
nazar, gapiga e’tibor bermayotganini shu yo'sin-
da namoyish qiladigan g'ayrishuuriy odati bor edi
uning. Keyin u o‘ziga ШЬ qolgan qahva quydi.
- Bugun «Nilufar»ga raqs tushgani boramizmi?
- deb so'radi Jim. - Pivo boladi. Temeskaldan
yigitlar kelishsa, mushtlashish bolmay iloji yo‘q.
Men, albatta, parvo ham qilmayman bunga.
Baribir, qizimni boshlab boraman. Uf!.. Og‘zim
judayam bemaza bo lib ketibdi-da. Nima balo
boldi o‘zi!
U aftini bujmaytirib, bir qultum qahva bilan
shosha-pisha og‘zini chayib tashladi.
- Sen Juliyani taniysanmi?
Martin bosh irg‘adi.
- U hozir men bilan yuribdi, - deb tushuntirdi
Jim. - Qiz emas, xuddi popuk deysan! Sen bi
lan tanishtirardim-u, lekin o'zingga og‘dirib ola-
san-da. Nimaga qizlar nuqul senga osilisharkin,
о lay agar tushunsam. Har qanaqa qizni ham bir
boqishda o'zingga og‘dirib olganingni ko‘rsam,
shunaqayam alam qiladiki kishiga.
- Sening bitta ham qizingni o'zimga og‘dirib
olganim yo‘q hali, - dedi Martin loqaydlik bilan.
- Nonushta qilib bolmaguningcha, baribir ket-
maysan deyman.
- Nega endi, - deb e’tiroz bildirdi Jim, - Meg-
gi-chi?
- E, u bilan hech qanday aloqa qilmaganman.
0 ‘sha safardan keyin u bilan hatto raqsga ham
tushmaganman.
- Ana shunaqa-da, - deb yubordi Jim, - sen
u bilan faqat raqsga tushib, bir-ikki marta
ko‘z qiringni tashlab qo^gansan-u, qiz tayyor
Martin Iden
63
bolgan-qolgan! Ehtimol, ko'nglingga hech nima
kelmagandir ham. Ammo u o‘shandan keyin
menga qiyo ham boqmay qoydi. Qachon qa-
rasang, faqat seni so'raydi. Agar xohlasang, sen
bilan darrov uchrashishga rozi bolardi.
- Lekin men uchrashishni xohlamadim-ku!
- Ahamiyati yo‘q. Baribir meni iste’foga chiqa-
rib yubordi, - Jim Martinga havas bilan tikildi.
- Qanaqa qilib rom qilasan-a, Mart?
- Ularga uncha parvo qilmayman, vassalom.
- Bundan chiqdi, o'zingni ular bilan hech
ishing yo'qday qilib ko‘rsatarkansan-da, a? - deb
surishtirardi Jim.
Martin nima javob qilsam ekan deb, bir daqiqa-
cha о у lab qoldi.
- Balki, shu ham ta’sir qilar. Lekin meni chin-
dan ham ular bilan hech ishim yo‘q. Sen ham
o'zingni shunaqa ko‘rsatishga urinib ko£r, zora
kor qilsa.
- Es-siz, kecha Raylinikida yo‘q eding-da, -
deb yubordi birdan Jim. Uning gapida na mantiq
va na ma’no bor edi, - u yerga G‘arbiy Oklenddan
Kalamush laqabli bir olifta yigit keluvdi. Musht-
lashishni unga chiqargan ekan! Yigitlarimizdan
bittasi ham uni yiqita olmadi! Hamma sening
yo'qligingga achindi! Kecha qayoqda daydib yu-
ruvding о‘zing?
- Oklendda edim, - deb javob qildi Martin.
- Teatrdamiding deyman?
Martin oldidagi taqsimchani nari surib qoyib,
eshik tomon yurdi.
- Xo'sh, raqs tushgani borasanmi? - deb qich-
qirdi Jim uning orqasidan.