Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

 
Demokratik yozuvchilar 
1952 yil inqilobi Misr adabiy hayotidagi burilishi nuqtasi bo‘ldi. 
Bu  harakatni  arab  Sharqida  ikkinchi  jahon  urushi  va  urushdan  keyingi  yillarda  sodir 
bo‘lgan  murakkab  tarixiy  jarayonlar  asta-sekin  yuzaga  keltirgan  edi.  Ammo  40-yillar  oxirida 
juda  keskinlashgan  reaksiya  sharoitida  hech  qanday  «portlashlar»  bo‘lishi  mumkin  emas  edi. 
Kuchlar inqilobdan keyinroq o‘zini ko‘rsatish uchun asta-sekin yig‘ilayotgan edi. 
1952 yilning kuzidayoq bir guruh yosh adiblar Misr matbuotida yangi arab adabiyotining 
klassiklari (Taha Husayn, Al-Akkad va b.)ga qarshi ularni g‘oyasizlikda, g‘ayridemokratiklikda, 
gumanistik  ideallarni unutishda ayblab keskin  bahs boshladilar.  Ba’zi  yosh munaqqidlar 20-30 
yillardagi  hamma  adabiyotni  romantik  deb  atab,  chinakam  realistik  adabiyot  vaqti  faqat  hozir 
keldi, degan fikr bilan maydonga chiqdilar. Misrning barcha taraqqiyparvar yosh yozuvchilarini 
birlashtirgan «Yangi realizm» maktabi ana shunday yuzaga keldi. Ularning qarashlari qat’iyligi 
va izchilligi  bilan ajralib turardi.  Ular mamlakatdagi  inqilob,  respublika, ijtimoiy o‘zgarishlarni 
olqishladilar, Misrning to‘la milliy ozodligi uchun kurashda ishtirok etdilar. Bu maktab o‘zining 
ijtimoiy  tarkibi  jihatidan  ham  boshqacha:  agar  «Misr  modernistlari»  ko‘proq  aristokratiya  va 
milliy burjuaziya vakillari bo‘lsa, endi adabiyotga fallohlar, ishchilar, xizmatchilar kirib keldilar. 
Ular  adabiyotga  ikkita  asosiy  talabni  qo‘ydilar:  realizm  va  xalqchilik;  ularning  ideali  tanqidiy 
realizmga moyil, ularga, o‘zlarining e’tiroficha, qisman Gorkiy ijodi katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Yosh  yozuvchilar  asarlarida  faollik,  optimizm  ruhi  hukmron.  Ular  ijodida  inqilobiy, 
ijtimoiy mavzular katta o‘rin egallaydi. Ular asarlari qahramoni qilib, o‘zlari o‘sgan va yashagan 
muhitdagi  kishilarni:  huquqini  tanigan  ishchilar,  ilg‘or  ziyolilar,  yer  uchun  kurashayotgan 
fallohlarni tanladilar. 
«Yangi realizm» yozuvchilari - ash-Sharqoviy (1921 yilda tug‘.) al-Hamisiy (1920 yilda 
tug‘.)  va  boshqalarga,  ayniqsa  daslabki  yillarda,  zaifliklar  xos  edi:  ulardagi  publisistikachilik 
ba’zan  jo‘n  ritorika  va  sxematizmga  aylanib  ketardi,  ayni  chog‘da  ularda  sentimentalizm 
xususiyatlari  ortiq  darajada  ifodalanardi.  Katta  avlodga  mansub  tanqidchilar  yoshlarni  ular 
asarida  badiiy  tasvirning  bo‘shligi  uchun  koyirdilar.  Ammo  asta-sekin  «yangi  realizm»  kuch 
yig‘di,  ular  orasida  Yusuf  Idris  (1927  yilda  tug‘.)  –  hozirgi  Misrning  yirik  novellachisi, 
Muhammad Sidqiy, Abul Muti, Abu an-Naga, Fardox Munib kabi adiblar paydo bo‘ldi. 
Asta-sekin  bahslardagi  keskinlik  ham  pasaydi.  Katta  avlod  vakillari  Mahmud  Teymur, 
Tavfiq  al-Hakim,  Taha  Husayn  inqilobdan  ilhomlanib,  o‘zlarining  inqilob  tamoyillariga 
sodiqliklarini  isbotladilar.  Najib  Mahfuz  qator  yangi  romanlar  yaratdi.  Ular  orasida  «Beyn  al-
Kasreyn»  trilogiyasi  bo‘lib,  bu  asar  «ziyoli  va  inqilob»  mavzusiga  bag‘ishlandi.  Demokratik 
yo‘nalish she’riyatda ham shakllandi (Saloh Abd as-Sabur, Najib Surur, Ahmad Abd al-Muti, al-
Hijoiy). Bu she’riyat ham shaklan, ham mazmunan inqilobiy ruhda edi. 


 
59 
Zamonaning  hamma  talablariga  hozir  javob  bo‘lgan  she’riyat  arab  she’r  tuzilishining 
an’anaviy qonunlarini buzishga jur’at etdi, erkin she’rdan keng foydalandi. 
Ammo she’riyatdagi bu to‘ntarish yangi xavfni ham tug‘dirdi «she’riyatning nasrlashuvi» 
yuzaga  keldi.  Katta  avlodga  mansub  tanqidchilar  al-Akkad,  Taha  Husayn  shoirlarni  shu 
sababdan  koyir  edilar.  Demokratik  tanqid  esa  shakl  nuqsonlarini,  hatto  ochiqdan-ochiq 
didaktikani qabul qilib, yangi she’riyat Misrning hozirgi hayotidagi yangilanish va taraqqiyotni 
aks ettirayotganini, uning kelajagi borligini ta’kidlagan edi. 
Xuddi shu omil tufayli Misr she’riyati, bir Misr tanqidchisining fikricha, ilgari bo‘lmagan 
dramatik  xarakter  kasb  etdi,  unda  jonli  ohanglar  yuzaga  keldi,  mumtoz  she’riyatni  qiynagan 
ritorika yo‘qoldi, poetik tilning yangilanishi sodir bo‘ldi. 
Bugungi  Misr  adabiyotida  realistik  yo‘nalish  yagona  bo‘lmasa-da,  ammo  yetakchi 
mavqeda.  Undagi  guruhlar  va  oqimlar  yetarlicha  rang-barang:  ular  ichki  g‘oyaviy  kurashni  va 
birinchi  navbatda  tinimsiz  davom  etayotgan  ekzistensializm  ta’sirini  aks  ettiradi.  Bu  esa  katta 
qiziqish  va  qizg‘in  munozaralarga  sabab  bo‘ladi.  Misrda  bu  ta’limotning  o‘z  nazariyotchisi, 
ekzistensializmni  tasavvuf  ta’limoti  bilan  bog‘lovchi,  unda  gumanizm  konsepsiyasini 
rivojlantiruvchi Abdurahamon al-Badaviy bor. Nazarimizda, uning gumanizm konsepsiyasi XIX 
asr oxiri, XX asr boshidagi arab ma’rifatparvarligining gumanistik ta’limoti ayrim xususiyatlari 
bilan bog‘lanib ketadi. 
Shubhasiz,  hozirgi  arab  tanqidchilari,  odatda,  yetarli  asoslamagan  holda  romantik  deb 
atayotgan  yo‘nalishga  ekzistensializm  ta’sir  etayotganini  ta’kidlash  mumkin.  Amin  Yusuf 
G‘urob,  Ibrohim al-Vardoniy asarlarida muhabbat mavzusi ijtimoiy muammolardan xoli tarzda 
hukmronlik  qildi,  barcha  konfliktlarni  sub’ektiv  hissiyotlar  olamiga  olib  kirib,  insonning 
muqarrar  yolg‘izligi,  uning  yovuzliklar  qurshovidagi  ojizligi  ta’kidlanadi.  Ayni  chog‘da, 
ularning ijodida hozirgi arab adabiyotidan joy olgan sentimentalizm xususiyatlari saqlanadi. 
Sentimentalizm alomatlari nohaq ravishda inqilobiy romantiklar atalayotgan yozuvchilar 
guruhiga  ham  mansubdir,  chunki  ularning  asarlaridagi  voqelik  tasvirida  hech  qanday  romantik 
ko‘tarinkilik  ko‘rinmaydi.  Bu  Yusuf  as-Sibaiyning  «Qalbimni  qaytib  ber»,  Ehson 
Abdulquddusning «Bizning uydagi erkak» romanlaridagi kabi revolyusion voqealar fonida sodir 
bo‘ladigan  ehtirosli  sevgi  sarguzashtlaridan  o‘zga  narsa  emas.  Shu  xildagi  adabiyotga  arablar 
orasida  qiziqish  katta.  Bularning  soxta  romantiklar  adabiyoti  bilan  umumiyligi  juda  oz  bo‘lsa 
ham, ekzistensialistik falsafa ta’siridan xoli emaslar. Ammo ko‘pincha ularning bir yo‘nalishga 
mansubligi ta’kidlanadi. 
Ekzistensializm  ta’siri  ba’zi  adiblarning  yangi  shakl  izlashlarida  ham  namoyon  bo‘ladi. 
(Keksa  Misr  dramaturgi  Tavfiq  al-Hakimning  absurd  teatriga  o‘xshash  teatr  yaratishga  urinishi 
bunga misol). Ba’zi bizda mashhur bo‘lmagan shoirlar ijodidagi urinishlarni eslatish kifoya. 
Hozirgi vaqtda Misr adabiyotidagi barcha oqimlarga uzil-kesil baho berish qiyin. Ulardan 
qaysi biri hayotiy va sermahsulligini kelajak belgilaydi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish