ABDURAHMON AL-HAMISIY (1920-1987)
Bu yo‘nalishga mansub yozuvchilarning aksariyati, hamisha omma harakatning eng
qaynagan joyida bo‘ldilar, ularning qalbi va qulog‘i doimo xalq dardi-quvonchiga yaqin bo‘ldi.
Ular xalq vakillari obrazini chizishga, dunyoqarashini aks ettirishga, xalqning milliy -
vatanparvarlik va ijtimoiy kurashini tasvirlashga mohir edilar. Abdurahmon al-Hamisiy ana shu
toifadagi yozuvchilarning eng iste’dodli vakili edi.
Abdurahmon al-Hamisiy 1920 yilning 12 noyabrida Port-Saidda tug‘ildi. Otasi dehqon,
onasi esa shaharlik dindor oiladan edi. Al-Hamisiyning hikoya qilishicha, uning bolaligi xiyla
og‘ir kechgan: ota-onasi inoq bo‘lishmagan, oxiri ajrashishgan. Al-Hamisiy shunday xotirlaydi:
«Ko‘p yillardan keyin bu voqealarni eslab, butun iztirob-uqubatlar ortida yurakka nashtar urgan
yagona qo‘lni - bir-biriga begona bo‘lganlarni nikoh zanjiri bilan bog‘lovchi tobe’likning qo‘lini
ko‘rdim».
27
25
Кирпиченко В. Н. Современная египетская проза, М., 1986 стр 67
26
Кирпиченко В. Н. Современная арабская проза, М., 1986 стр 68
27
Ҳозир ва бундан кейин ҳам иќтибослар Р. У. Хўжаеванинг «Художественная проза и драматургия Абдурахмана аль – Хамиси». Т.,
1975 китобидан олинади.
66
Al-Hamisiy oz muddat onasi bilan, so‘ng otasi bilan birga bo‘ldi. Otasi bolaga yetarli
diqqat qilolmadi, uni qo‘shni qishloqdagi begona oilaga berdi, chunki u yerda boshlang‘ich
qishloq maktabi bor edi. Shunday qilib al-Hamisiy yetti yoshidan ota-ona mehridan bebahra,
odamlar orasida yashay boshladi.
Rutubatli bolalik yozuvchi qalbida og‘ir izlar qoldirdi: «Men dard alamlarimni to‘kib
solishni juda erta o‘yladim, chunki qalbimdan og‘ir g‘ussalar o‘rin olgan edi, ana shu yuk-
iztiroblarni sochib yuborishim kerak edi. Atrofimda esa menga quloq soladigan zot,
tushunadigan hamdard yo‘q edi. Faqat qayg‘uli, noxush yolg‘izlik, ota-ona mehriga zor baxtsiz
bolalik bor edi, xolos. Men yurak dardlarimni bo‘shatishim lozim edi, 8 yoshimdayoq zajali
yozishga urindim. Ular o‘ta sodda, ammo dard bilan to‘la edi».
30-yillarning o‘rtalarida ingliz istilosiga qarshi Misrning ko‘p shaharlarida, jumladan,
Mansurda ham kuchli g‘alayonlar, ish tashlash va namoyishlar bo‘ldi. Inglizlarga qarshi
harakatda talabalar, maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari faollik ko‘rsatdilar. Ana shu
harakatda al-Hamisiy barvaqt ishtirok etadi. U mansurlik o‘quvchilar namoyishiga qatnashibgina
qolmasdan, Foruq polisiyasi va Britaniya askarlarining namoyishchilarga nisbatan qilgan
qonxo‘rligi guvohi bo‘ldi. Namoyishchilarni o‘qqa tutish paytida al-Hamisiyning do‘sti, Mansur
sudyasi o‘g‘li o‘ldirildi. U al-Hamisiy qo‘lida jon berdi. Bu dahshatli voqeaning yosh yigitchaga
ta’sirini ifodalash amri mahol.
Al-Hamisiy oliy ma’lumot ololmadi. U ayovsiz hayot yo‘lini bosib o‘tdi: daydi aktyor,
hammol, avtobus konduktori, baqqol do‘konida dastyor bo‘lib ishladi, nashriyotlarda
musahhihlik, maktabda o‘qituvchilik qildi.
A. V. Lunacharskiyning xalq ziyolilari sha’niga aytilgan: «Xalq ichidan chiqib o‘zicha
bilimdon bo‘lganlarda tabiiyki, yorqin bo‘yoqlar va yaltiroqlikka, melodrama, ko‘tarinki ovozga
qiziqish kuchli bo‘ladi. Shu yerning o‘zida ta’kidlashimiz kerakki, bu toifaga, bevosita xalqqa
xos kuzatuvlar ham xosdir»
28
.
Al-Hamisiy 1938 yilda Qohiraga keldi va u yerda taniqli Misr shoiri Xalil Mutron bilan
uchrashdi. Har qanday boshlovchi shoir singari al-Hamisiy hayajon bilan o‘zining ilk she’rlarini
zabardast shoir hukmiga havola qildi. Xalil Mutron she’rlarni faqat ma’qullabgina qo‘ymasdan,
ularning matbuotda chop etilishiga ham yordam berdi. Bu she’rlar lirik bo‘lib, romantik va
ma’yuslik bilan sug‘orilgan edi. Mazkur she’rlarda Misr xalqining og‘ir ahvoliga qarshi g‘azab
va isyon ifodalangan edi.
1945 yildan boshlab al-Hamisiy Qohira matbuotida ishlay boshlaydi, uni bu dargohga
adabiy iste’dodi boshlab kelgan edi.
Jurnalistika unga ilgari noma’lum bo‘lgan ko‘pgina ijtimoiy va siyosiy masalalarni
tushunishga yordamlashdi. Har kuni al-Hamisiy qo‘li ostidan yuzlab xalqaro voqealar haqidagi
axborotlar o‘tardi, tabiiyki, yosh adib ularni oldin ongsiz, keyinroq tetik tahlil qila boshladi.
Abdurahmon
al-Hamisiy
taraqqiyparvar
demokratik
adabiyot
va
jurnalistikaning rahnamolaridan biriga aylandi va «Roz al-Yusuf», «al-Hilol»
nashriyotlaridagi yozuvchi doiralari va jurnalistlariga nisbatan keskin muxoliflikka
o‘tdi, «al-Misriy» va «al-Masa» gazetalari atrofiga uyushgan doiralarga yaqinlashdi.
30-yillarning oxiridagi «Al-Maso», «al-Gumhuriya» gazetasidagi hamkorlik al-
Hamisiyni Misrning mashhur ijtimoiy-siyosiy, adabiy arboblari-tinchlik tarafdorlari
Misr komitetining raisi Homid Muhiddin (sobiq «al-Maso»ning bosh muharriri),
adabiy tanqidchi Ahmad Rushdiy Solih, Butun Dunyo Sira Ittifoqi raisi,
adabiyotshunos Muhammad Mandur, hozirgi taraqqiyparvar Misr dramaturgi Nu ’mon
Ashur va boshqalar bilan mustahkam bog‘ladi.
Ana shu 1945-1953 yillarda al-Hamisiy lirik va romantiklikdan demokrat yozuvchiga,
grajdan yozuvchi darajasiga ko‘tariladi, uning asarlarida vatan ozodligi va ijtimoiy adolatsizlikka
qarshi chaqiriq salobatli jaranglaydi. 1945-1953 yillarda al-Hamisiy jahon mumtoz adabiyoti
vakillarining asarlarini mustaqil chuqur o‘rganadi, ularning ichidan ayniqsa rus adabiyoti
28
Р. Ходжаева. Художественная проза и драматургия А. ал-Хамиси. Т., 1975 стр 7
67
vakillarini ilg‘or, taraqqiyparvar g‘oyalari, yuksak insoniy ideallari, gumanizmi uchun yuqori
baholaydi. Ular ijodidan ilhomlanib al-Hamisiy M. Gorkiy, M Sholoxov to‘g‘risida qator
maqolalar yozadi, ularda arab kitobxonini yozuvchi biografiyasi, ijodining o‘ziga xos
xususiyatlari bilan tanishtiradi.
M. Gorkiy hamisha al-Hamisiyning adabiy ideali bo‘lib, uni insonga muhabbat,
yashashga, o‘qishga, mehnatga, tinchlikka bo‘lgan huquqini himoya qiladigan asarlar yozishga
undagan.
1965 yilda Gorkiy kunlari arafasida al-Hamisiy «Literaturnaya gazeta» sahifalarida
«Ikkinchi jahon urushi natijalaridan biri shu bo‘ldiki, Misr Gorkiyga behad qiziqdi va uni sevib
qoldi, biz Gorkiyga mahliyo bo‘ldik. O‘sha davrlarda Gorkiyning hikoyalari va romanlari biz
uchun inqilobiy targ‘ibotchi, ma’naviy rahbar, bizning sotsializmga bo‘lgan muhabbatimizni
yuksaltiruvchi, kurashimiz g‘alabasiga ishonch tug‘diruvchi mayoq vazifasini o‘tadi»
29
deb
yozgan edi. Inqilobgacha bo‘lgan Misr ijtimoiy voqeligini al-Hamisiy keng tahlil va tanqid
qiladi. Adib burjua jamiyati illatlarini ochib tashlaydi va la’natlaydi, qonunlarining vahshiy
tabiatini, chirigan ahloqni ayovsiz fosh etadi. Al-Hamisiy Misr, Sudan, Jazoir va boshqa Afrika
xalqlari milliy-ozodlik kurashi haqida yozadi.
Al-Hamisiy o‘z asarlarida xotinlarni uy tutquni, quliga aylantirgan reaksion urf-odatlar va
an’analarga qarshi chiqadi, xotin-qizlar ozodligi, ular o‘z huquqlarini o‘zlari himoya qilishlari
tarafdori. Al-Hamisiyning butun ijodida gumanist san’atkor sadosi yangrab turadi, u insonga
mehr, taraqqiyotga ishonch ruhi bilan yo‘g‘rilgan.
Al-Hamisiy uslubi hamisha rivojlanib va boyib bordi, u ijodining ilk davrlarida birdaniga
shakllanmadi. Al-Hamisiy «Bu qon qurimaydi» deb nomlangan hikoyalar to‘plamining so‘ng
so‘zida «G‘oyaviy pozisiyalarim mujassamlangan narsalarni ko‘rishga vosita bo‘ladigan,
voqealarni tahlil etadigan va munosabatni belgilaydigan bugungi falsafam yuzaga kelguncha
ijodiy yuksalish davri turli bosqichlarni boshdan kechirdi va ko‘p yillarga cho‘zildi»
30
, deb
eslaydi.
Adabiyot maydoniga al-Hamisiy shoir sifatida kirib keldi. O‘rta maktabda o‘qib yurgan
chog‘idayoq yosh shoir ilk devonini tuzdi, 17 yoshidan boshlab, hozirgi Misr yozuvchisi Yusuf
Idrisning ko‘rsatishicha, adabiy doiralarda nozik kuzatishlari va o‘ziga xos yorqin badiiy
ifodalari bilan shuhrat qozondi. 1943 yilda al-Hamisiyning «O‘tmish» dostoni bosilib chiqdi va
kitobxonlar, adabiy tanqid asarni yuksak baholadilar. Doston fikr yangiligi, tuyg‘ular
samimiyligi, hayajonli ifodasi bilan muxlislarni maftun etdi.
«O‘tmish»da 23 yashar Hamisiyning turmush tajribasi, erta boshlangan mustaqil hayot
girdobi o‘z aksini topdi. She’rlarini devon shaklida jamlash va chop etish turli sabablarga ko‘ra
ancha kechikib ketdi. Faqat 1958 yildagina birinchi devon «Insoniy ehtiroslar», 1962 yilda esa
ikkinchisi - «Ko‘z yoshlari va olov» bosilib chiqdi.
Al-Hamisiy devonlari tahlilidan ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyat - shoir
evolyusiyasi, san’atkorning individual ichki alamini aks ettiruvchi intim lirikadan zamonasining
dolzarb muammolarini ko‘targan yirik asarlarga o‘tish edi. Taniqli arab adabiy tanqidchisi
Muhammad Mandur (1907-1965) «Insoniy ehtiroslar»ga yozgan so‘z boshisida: «Ushbu 9
qasida Abdurahmonning ijodiy evolyusiyasini yaqqol namoyish qilib kelmoqda, yoshlik tongida
jaranglagan nasriy, jo‘shqin romantizmdan milliy kurashning teran g‘oyaviy she’riyati sari
taraqqiyotini «Jazoirlik Abul Qosim», «Iroq haqidagi qo‘shiq»lari ham ko‘rsatib turibdi» degan
edi. Ba’zi arab munaqqidlari al-Hamisiyning ilk she’riyatiga g‘arb romantizmi vakillari, ayniqsa,
Shiller va Bayron sezilarli ta’sir o‘tkazganini ta’kidlaydilar. Mazkur shoirlar 30-40-yillarda
Misrda ko‘p tarjima qilingan va sevilib o‘qilgan. To‘g‘ri, ular al-Hamisiy ijodiga ta’sir qilgan
bo‘lishlari mumkin, lekin bu shoir individualligini aslo yo‘qqa chiqarmaydi. Al-Hamisiyning
daslabki she’rlari chuqur lirizm bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, shoirning ichki tuyg‘ularini, muhabbati
iztiroblari, shaxs ozodligiga chanqoqlik tuyg‘ularini bildiradi.
29
Ходжаева Р. У. Художественная проза и драматургия А. аль-Хамиси, Т., 1975, стр 56
30
Ходжаева Р. У. Художественная проза и драматургия А. ал-Ҳамиси. Т., 1975 стр 57
68
1957 yilda «Jazoirlik Abul Qosim» dostoni chop etildi. Bu asar shoir iste’dodining
teranlashayotganidan, dunyoqarashi kengayotganidan darak berardi. Doston o‘sha davr
taraqqiyparvar adabiyotchilarning dolzarb talablarini, adabiyotni hayot uchun yaratish, uning
ijtimoiy roli, mas’uliyati, g‘oyaviyligi, uning milliy-ozodlik kurashiga munosabatini e’tiborga
olib yaratish talabini qondirar edi.
«Jazoirlik Abul Qosim», «Moskva haqida qo‘shiq», «Iroq xaqida qo‘shiq», «Alo
Abdullatif xotirasiga», «Gagarin mening qishlog‘imda» kabi asarlari mazmuni uning dastlabki
«O‘tmish», «Kechasi», «Isyon» dostonlaridan keskin farq qiladi. Ularda mustaqillik va vatan
ozodligi yo‘lidagi kurash va fidoyilik kuylanadi. «Jazoirlik Abul Qosim»da Jazoir ozodligi
uchun jangga kirgan va qahramonlarcha halok bo‘lgan falloh tarixi hikoya qilinadi.
Mayli so‘nggi nola yuzlarini o‘zgartirsin,
G‘azabimiz kuchayadi bilmasdan oxir,
Go‘zal Laylo, yechgin motam libosin,
Sevganing o‘lmagan, u barhayot, safdadir
Yana o‘lim sari borar yurt g‘amini deb,
Dushmanlarni nari haydar, u bo‘lar g‘olib.
1966 yilda «al-Kotib» jurnalida Al-Hamisiyning «Kamshish xotirasi», «Istak», «Mening
orzularim», «Kichkina may va shar» she’rlari e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |