Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


Yevrosiyo mintaqasida hamkorlik aloqalarining rivojlanishi



Download 167,69 Kb.
bet19/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

2.2. Yevrosiyo mintaqasida hamkorlik aloqalarining rivojlanishi.

SSSR parchalangan vaqtdan beri o’tgan davr mobaynida sovet tuzumidan keyingi makon o’zining institutsional shakllari, xalqaro siyosiy rolining o’rnatilishi va rivojlanishi jarayonining bir necha bosqichlarini bosib o’tdi92.

Sovet Ittifoqi qulagan vaqtda Yevrosiyo mintaqasida ham etniklararo va etnosiyosiy, ham hududiy xususiyatlarga ega bo’lgan qator qurolli nizolar bo’lib o’tdi. Hududiy nizolar oqibatida mintaqa ichida xalqaro vaziyatning beqarorlashuvining yorqin namunasi sifatida Armaniston va Ozarbayjon o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Tog’li Qorabog’ hududi sababli bu ikki davlatning baxsi o’zining faoliyati davomida mintaqaviy nizodan xalqaro ahamiyatga ega muommoga aylandi. Bunday holatlar sobiq sotsiolistik respublikalarning ko’pchiligida yuzaga keldi. Bir necha yillar davomida Yevrosiyo mintaqasi shu kabi muammolar bilan yuzlashib keldi. Shu bilan birga ayrim muommoli masalalarning haligacha o’z yechimini topmay kelayotganligi mintaqa xavfsizligi uchun jiddiy muommolarni tug’dirmoqda.

Ma’lumki, SSSR tarkibiga kirgan respublikalar egallagan maydoni, aholisi soni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, ilmiy potentsiali, madaniy asoslar va qator boshqa jihatlariga ko’ra bir-biridan farq qilardi93. Bu esa ittifoq parchalangandan keyin yaqqol namoyon bo’ldi. Shunday hollarda sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda va rivojlantirishda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi muhim ahamiyat kasb etdi.

1991-yil 8-dekabrda Belorus hukumatining Belovech Pushchadagi “Viskuli” qarorgohida Belorus, Rossiya va Ukraina davlat rahbarlari (A. Lukashenko, B. Yelsin, L. Kravchuk) Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligini tuzish haqidagi Bitimni imzoladilar. 1991-yil 21-dekabrda Alma-Atada asosiy protol ko’rinishida “Protol Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligini tuzish haqidagi Bitimning tarkibiy qismiga aylanadi” deb qayd etilgan holda sobiq SSSR respublikalarining 11 rahbari tomonidan imzolandi. Keyinroq, 1993-yil oktabrda MDH ga Gruziya kirdi94.

Mintaqadagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun 1992-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining davlatlararo muvofiqlashtiruvchi organlari – Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Parlamentlararo Assambleya, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Inson huquqlari bo’yicha komissiya va boshqa organlar – jami 60 ta ustavli va sohaviy tashkilotlar tuzildi. Davlat boshliqlari kengashi va Hukumat boshliqlari kengashi MDH ning oliy organlariga aylandi.1993-yil yanvarda qabul qilingan (Ukraina imzolamagan) MDH ning Ustavi hamdo’stlikning quyidagi muhim maqsadlarini ifoda etdi:



  1. Siyosiy, iqtisodiy, ekologik, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning yo’lga qo’yilishi;

  2. Umumiy iqtisodiy makon doirasida barcha tomonlama va balanslashtirilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish;

  3. Davlatlararo integratsiya;

  4. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarining ta’minlanishi, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlik, qurollanishni va harbiy harajatlarni qisqartirish;

  5. MDH mamlakatlari fuqorolariga hamdo’stlik doirasida erkin muloqot va harakatlanishni yo’lga qo’yish;

  6. Huquqiy munosabatlar sohasida yuridik yordam va hamkorlikni amalga oshirish;

  7. Baxslar va nizolarning tinch yo’l bilan hal etilishini ta’minlash95.

1996-yil mayda MDH Ustavi xalqaro shartnoma sifatida BMT kotibiyatida ro’yxatga olindi. MDH davlatlararo mintaqaviy tashkilot sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. MDH faoliyatida muhim zarvaraq bo’lib unga BMT Bosh Assambleyasi 1994-yil martda kuzatuvchi maqomini taqdim etdi. MDH Ijroiy kotibiyati vakillari BMT, YI, YXHT, ASEAN, YUNESKO doirasida o’tkazilayotgan yirik yig’ilishlar va forumlarning ishida qatnashib kelmoqda. MDH Ustavining asosida ishtirokchi davlatlar, ta’sischi davlatlar va a’zo davlatlar bir-biridan farqlanadi. Birinchi guruhga MDH ning ta’sis hujjatini imzolagan barcha 12 davlat kiradi: Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston va Ukraina. Ikkinchi guruhga – 1991-yil 8-dekabrda MDH ni tuzish haqidagi Bitimni imzolagan davlatlar va 1991-yil 21-dekabrdan Ustav qabul qilinguncha (1993-yil 22-yanvarda) ushbu Bitimga Protokolni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar kiradi. Bular Armeniya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, O’zbekiston, Ukraina. Yana biri Bitimni imzolagan, lekin Ustav bilan belgilangan muddatda ratifikatsiya qilmagan Ozarbayjon (1993-yil 24-yanvar), Gruziya (1993-yil 3-dekabr), Moldova (1994-yil 8-aprel) va Tojikiston (1993-yil 26-iyun) davlatlaridir96.

MDH shu paytgacha bo’lib o’tgan sammitlarida eng muhim masalalar muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Turli yillarda MDH mamlakatlari rahbarlarining ikki tomonlama va ko’p tomonlama uchrashuvlarida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarga oid hujjatlar imzolandi va ko’pgina tarixiy ahamiyatga molik loyihalar amalga oshirildi.

MDH sobiq SSSR xalqlari o’rtasidagi tarixiy aloqalarning yangi asosda saqlanishi va rivojlanishida mutlaqo muhim rol o’ynadi. 2001-yil 30-noyabrda Moskvada tashkil etilgan MDH ning yubiley sammiti Hamdo’stlikning pozitiv potensialidan samarali foydalanishga yangi mamlakatlarning umumiy intilishlarini namoyon etdi. MDH ga a’zo davlatlar rahbarlarining hamdo’stlik tashkil topganligining o’n yilligi munosabati bilan e’lon qilingan bayonotida ko’p tomonlama hamkorlikning chuqurlashuvi ushbu mamlakatlarning milliy manfaatlariga javob berayotganligi va umumjahon tendensiyalari oqimiga o’tayotganligi tasdiqlandi97.

Muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida MDH o’z a’zlolari orasida “bog’lovchi” vazifasini bajarishda keng imkoniyatlarga ega emas edi. Bu hamdo’stlik mamlakatlari yetakchilarining muqobil integratsion variantlarni izlashiga olib keldi. Mintaqaviylashtirish jarayoni tashkiliy shakl kasb etdi. Quyidagi integratsion guruhlar shakllantirildi: Belorus va Rossiya Ittifoqi (BRI), Bojxona Ittifoqi (BI), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH), Gruziya, Ukraina, O’zbekiston, Ozarbayjon va Moldova hamkorligi (GUO’OMH), Uch tomonlama iqtisodiy ittifoq (UTII). MDH maydonida anchayin aniq umumiy maqsadlar va muommolar bilan bir qancha tashkilotlar shakllandi:



Armeniya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, O’zbekistonni o’z ichiga olgan Jamoaviy xavfsizlik haqidagi Shartnoma Tashkiloti. JXSHT ning vazifasi – xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotika vositalari va psixotrop moddalar aylanmasi bilan kurashish kuchlarini muvofiqlashtirish va birlashtirish. 2002-yil 7-oktabrda tuzilgan tashkilotga binoan Rossiya Markaziy Osiyoda o’zining harbiy faoliyatini saqlaydi.


Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish