MUNIS ASARLARINING TIL VA USLUBI
XVII-XIX asrlar adabiy tilining taraqqiyotida, uning jonli so`zlaShuv tili xlsobiga boyib borishida Boborahim Mashrab (1657-1711), Vafoiy (hayoti va faoliyati haqida to`la ma`lumot yo`q), Muhammadrizo Ogahiy, Pahlavonquli Ravnaq, Muhammadniyoz Nishotiy, Mujrim-Obid, Shermuhammad kabi Shoir va yozuvchilarning roli kattadir. Shundan biz Munis, Gulxaniy va Maxmur asarlarining til xususiyatlari bilan tanishamiz.
Munisning lirik she`rlari devon sifatida to`plangan bo`lib u «Munis-ul-ushshoq» deb ataladi. Shuningdek, u «Firdavs-ul-iqbol» tarixiy asarining hamda pedagogika va tilShunoslikka oid «Savodi ta`lim» risolasining muallifidir. Munis Mirxondning «Ravzat-us-safo» asarini o`zbek tiliga tarjima ham qilgan.
Munis adabiyotida va adabiy til normalarini saqlashda Navoiy traditsiyalariga amal qiladi. Shuning uchun ham u Navoiyni o`ziga pir, ustod deb biladi:
Sөz ichrә Navāiyki, jahāngirdurur
Munisg`a maāniy yolida pir durur.
Har bir progressiv yozuvchi va Shoirlarda bo`lganidek, Munis o`z ijodiyotida Navoiy traditsiyalarini davom ettirar ekan, adabiy tilni xalq so`zlaShuv nutqi hisobiga boyitib bordi.
Munis Xorazmiy asarlarida xalq so`zlaShuv tilida mavjud bo`lgan leksik boyliklardan ustalik bilan foydalandi. Uning tilida umoch, atala, tang, lang, pavgon, taqir-tukur, shaqur-Shuqur, qabag`, tapuq, qopu, evur, evrulay evurdi, yugorusa, yurumoq, batar kabi so`zlar qo`llangan. Shoir She`riyatida ko`tarinki ruhni saqlash maqsadida ma`ni kishvarin (*ma`no viloyati), (ahli donish, guli-gulshan, otashi ishqing, ganji husn, guli latif, mehrobi tarh, (qayriyama g,osh uchun qurilgan bino), motomi oShufta (oshiq motami) kabi izofali birikmalardan ham foydalandi.
Munis asarlaridagi grammatik formalar asosan o`sha davr normalariga muvofiq keladi. Ayrim affiks variantlaridagana farqlar seziladi. Masalan, qaratqich kelishigi —nung tarzida uchraydi:
Muniңdek өzүңi xazin qilma kөp
Kүңүl mātamidin g`amin qilma kөp.
Umuman, kelishik affikslarining barcha singarmonistik variantlari uchraydi.
Munis She`rlarida bog`lovchilardan lek, va lekin, var kabi bog`lovchilari qo`llangan.
Lek sendin kөrүb base ixlās
Seni bu xizmat ichrә qilduq xās.
Valekin charxi dunparvar qilib lahza yүz bedad
Vujudimni etibdүr xāk yanglig` mujibi nakbat.
Var yaxshi tug`ulmasa qalamlar
SHak yoqki yaman tuShular raqamlar.
Munis asarlarida o`g`uz tili elementlari ham ko`plab qo`llangan.
1.Buyuk Navoiy traditsiyasiga ergashish tufayli;
2.Shermuhammad Munisning o`zi o`g`uz shevasi vakili bo`lishi tufayli.
3.Ulug` Ozarbayjon Shoiri Fuzuliyning ijodidan ilhomlanish tufayli uning asarlariga kirib kelgandir.
Uning She`rlarida sifatdoshning -mish affiksi bilan ifodalangan turi qayd qilinadi:
Hamesha bashim urarmen yoling sari sanamā
Magarki ishq aro bolmish men elga qiblanamā.
Shuni aytish kerakki, -mish affiksining olgan so`z uning asarlarida o`tgan zamon fe`li ma`nosida ham qo`llangan:
Roza bisyor meni taң etmish (etdi)
Badanim sust, ayag`im laң etmish.
Bo`l so`zining o`g`uz tillariga xos o`l varianti ham qo`llangan:
Har sөzki kөңүldin oldi mavjud
Xat bolmasa, bolg`ay erdi nābud.
Yoki:
Shayxlar kandidin oldim tangdil
Lutf ilә bol dilkusho, ey mug`bacha.
Navoiy va Bobur asarlarida uchraganidek, hozirgi-kelasi zamon fe`lining bo`lishsizi -mon affiksi bilan ifodalangan:
Bā vujudi mahrumiyat tapmisham mahrumlik
Har nechә qilsam jaamul bilman aniң illәtin.
Munis asarlaridagi arabcha-forscha so`zlarning qo`llanishida Navoiy va Bobur traditsiyasiga amal qilganini ko`ramiz. Munis tomonidan qo`llangan arabcha, forscha-tojikcha so`zlar Navoiy va Bobur asarlarida qayd qilingan so`zlardir. Lekin ulardan Munis o`z o`rnida va maqsadga muvofiq foydalangan Turkiy so`zlardan foydalanish ya`ni undan qofiya, radif sifatida foydalanishda Lutfiy ijodining ta`siri ko`rinadi. Masalan,
Tez etar jānān g`ami ishqim otini qozg`alab
Qaydurur ul otg`a bir-bir ustuxānimni qalab.
Yoki:
Jānimg`a urdung ātashi ishqing tutashturub,
Yaqting songaklarimni ul otg`a qalashturub.
Yoki:
Ultururlar meni har dam kөzu qashi talashib
Tirguzurlar ikki jān baxsh dudāg`i yarashib.
Keltirilgan baytlardagi qofiyalarda turkiy so`zlar ishtirok etgan. Munis hatto undov va taqlidiy so`zlardan ham qofiya sifatida foydalangan.
Firākiң shiddatidin kөzlәrimdin qan aqar tim-tim,
Kөrib ani raqibi kinavar har dam kүlәr qah-qah.
Chekar zavqi sihi qadding bilә qumri fig`ān ku-ku
Tuzar shavqi gүli ro`yiң bilә bulbul navā chaq-chaq.
Ko`rinadiki, o`zbek adabiy tili imkoniyatlari Munis ijodida keng kuloch yoydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |