Xvii-xix asrlardagi ijtimoiy siyosiy ahvol


ABULG`OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI



Download 31,52 Kb.
bet3/10
Sana18.08.2021
Hajmi31,52 Kb.
#151226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MARUZA MAVZULARi

ABULG`OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI

XVII-XIX asrlarda yaratilgan asarlarda ikki xil tendentsiya mavjud edi. Birinchi tendentsiya Shundan iboratki, unda Alisher Navoiy ijodiga ergashish tufayli badiiy asarlarda ko`tarinki uslub saqlangan edi. To`g`ri, bunday uslubda og`zaki nutq yoki jonli so`zlaShuv tili elementlari ham keng qo`llangan. Ikkinchi tendentsiyada esa tarixiy, ta`limiy asarlar tilida dialektlarning adabiy tilga bo`lgan ta`siri yanada kuchaygan. Shu jihatdan Abulg`ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «SHajarai tarokima» asarlarining tili xarakterlidir.

«Shajarai tarokima» asari turkman xalqi tarixiga bag`ishlangan. Unda afsonalar ham ko`p o`rinni egallagan.

   «Shajarai turk» asarida yoritilgan ma`lumot uchta tematikaga bo`linadi:

 1. Diniy xarakterdagi Odam ato haqidagi afsonalar.

 2. O`g`uz-turkmanlarning O`g`uz haqidagi ma`lumotlari.

                 3. Real asosga ega bo`lgan, lekin afsonaviy tarzda etib kelgan voqealar.

Abulg`ozi Baxodirxon asarlari tilida adabiy tilning soddalashtirilgani ko`rinadi. Buning o`ziga yarasha sababi bor. Tarix asarlarini yozgan, ayniqsa, hukmdor oiladan chikqan, mualliflar feodalizmni mangu tuzum deb, xalqli hukmdorlarga itoat ettirish uchun asarni xalq tuShunadigan tilda yozishga harakat qilar edilar. Shuning uchun ham Abulg`ozi o`zining tarix asarlari boshqa tarixlardan farqli ekanini ta`kidlab, quyidagilarni yozadi: «Barcha bilingki, bizdin burun turkiy tarix aytqanlar arabiy lug`atlarni qoshib tururlar va turkiyni ham saj` qilib tururlar. Uzlarining hunarlari va ustazlarini xalqqa ma`lum qilmaq uchun. Biz munlarning hech kaysisini qilmaduq, aning uchunkim, bu kitobni o`qug`uchi va tinglag`uchi, albatta, turk bolg`usi turur: bas, turklarga turkona aytmak kerak, to ularning barchasi fahm qilg`aylar». «Shajarai tarokima»dan olingan bu fikrni «SHajarai turk» dan olingan quyidagi parcha yana ham oydinlashtiradi: «Hamma ulug`lar, ham oddiy kishilar tuShunsun teb, men bu tarixni turkiy tili bila aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmenkim, besh yashar o`g`lon ham tuShunur. Tushunush oson bo`lsun teb, men Chig`atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir dona ham so`z qo`shmadim «.

Haqiqatan ham, Abulg`ozi asarlarining tilini kuzatar ekanmiz, unda san`atkorlarcha badiiy qayta ishlangan xalq so`zlaShuv tilining namunasini ko`ramiz. Asarda arabcha so`zlarga nisbatan turkiy so`zlar ko`p o`rinni egallagan. Unda ulkәn, bitmәk,  ulus,  yalavach (payg`ambar),  tilmәch,  ushaq (mayda)  charlamaq,  kөrklүk,  kent, boluk (bo`lim) kabi turkiy so`zlar qo`llangan.

Asarlar fonetikasida quyidagilar ko`zga tashlanadi:

So`z boshidagi d -t ga o`tadi: degәn-tegәn, deb-teb, dedik-teduk.

Ba`zi o`rinlarda so`z boshida y-j ga o`tadi : yov-jav, yo`l-jo`l

(Xorazmda jamlovchi o`g`uz shevalari mavjud bo`lganligi).

-q, -k undoshi bilan tugagan 2 bo`g`inli so`zlarga egalik affiksi qo`shilganda g ulardagi tovushi g ga o`tmaydi:

Ayaqi agrib yatur. eshiki yapiq.

Asarlar morfologiyasida esa tubandagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi: -chi so`z yasovchiga nisbatan -ji varianti ko`p qo`llangan: elchi, tevaji.

Sonning tartib son turi - lanchi affiksi bilan xosil qilingan: beshlәnchi, etilәnchi, tuquzlanchi.

Kelishik formalarining barchasi qo`llanishda bo`lgan.

Xarakterli xususiyat Shundaki, tuShum kelishigining -n/in//in affiksi bilan xosil qilingan formasi ham qayd qilinadi: kochlarin (xotinlarini) va kelinlәrin chaqirib.., Ma`lumki, bunday qo`llanish asosan poeziya janriga xosdir.

III shaxs kishilik olmosh an, ular  alar tarzida qo`llangan.

Buyruq-istak maylining 1 shaxs ko`pligi -aliң//ali

Affiksi bilan xosil qilingan. emdi shah; Malikni aytaling. Uurtni buzali tesalar.

Shunday qilib, Abulg`ozi asarlarida adabiy til so`zlaShuv tilini yaqinlashtirishga harakat qildi va uning asari adabiy tilda xalq tili elementlarining mustahkamlanishi uchun munosib hissa bo`lib qo`shildi.


Download 31,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish